Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.2020 08.03.2019 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.03.2019 yildagi 200-son
Date of entry into force
09.03.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 230-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi mudirlari bir hafta muddatda bo‘limlar mudirlari hamda mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 3-avgustdagi 615-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi mudirlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 8-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik bo‘limining (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) apparatining Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati va apparati faoliyatini xorijiy davlat hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha ta’minlaydigan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalari, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish maqsadida tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan yangi baholash tizimi joriy etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan nazorat tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) ishlarini muvofiqlashtirish va ularning bayonnoma qarorlari bajarilishining monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash hamda tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining normalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, hukumatlararo va idoralararo darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi hamda ularga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni qisqa va o‘rta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqadi hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tadbirlarni tashkil etish va respublika delegatsiyalarining xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, turli darajadagi tashriflar hamda respublikada va xorijda xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishga doir takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil qilish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi, shuningdek, xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari dasturlarini tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarorlarining tayyorlanishi va qabul qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflariga axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va yuqori darajadagi tashriflar natijalari bo‘yicha hisobotlarni to‘playdi, umumlashtiradi, tayyorlaydi hamda ma’lumotlar bankini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga har choraklik tahliliy hisobotlar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar doirasida turli darajadagi majlislarga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, xalqaro tadbirlar kun tartibi masalalari yuzasidan respublikaning pozitsiyasini belgilash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi darajasida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” tayyorlanishini hamda ularning ijrosi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlarning diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar, xorijiy hukumatlar, tijorat hamda bank tuzilmalari vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzodlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) ishlarini muvofiqlashtirish va ularning bayonnoma qarorlari bajarilishining monitoringini olib borish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislarining kun tartibini va O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tarkiblarini kelishishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari rahbarlik qiladigan hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) Bo‘lim yuritadigan masalalar bo‘yicha majlislarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari hamda vazifalariga, shuningdek, umume’tirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda hamda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning bevosita Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularda qo‘yilgan masalalarni hal etishga oid takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash hamda tuzish masalalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining norma ijodkorligi faoliyatini tahlil qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan monitoring va tahlil natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining o‘rinbosariga ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish masalalari yuzasidan materiallar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish yuzasidan ijro intizomiga rioya etilishini o‘rganishni tashkil qiladi, shu asosda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishiga kiritish uchun axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining normalari, oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, hukumatlararo va idoralararo darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilib borish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborotni to‘plash, umumlashtirish hamda tahlil jihatidan qayta ishlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki shakllantirilishi, yuritilishi hamda muntazam yangilanishining monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan shartnoma-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha doimiy ishlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim unga belgilangan tartibda yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqbollari, shu jumladan mavjud muammoli masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar haqida zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ratifikatsiya qilish hamda tasdiqlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalarining ko‘rib chiqilishi haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, Tashqi ishlar vazirligidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining bajarilishi haqidagi axborotni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va muzokaralarga zarur axborot-tahliliy materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bajariladigan hamkorlik rejalarining (“yo‘l xaritalari”) amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni so‘rash va muntazam olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida tegishli materiallar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqvaruvchisi topshirig‘iga binoan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning majlislarida hamda yig‘ilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlar, xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqalar tashkilotlar bilan Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining Reglamentlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda kelgan hujjatlarni qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini stajirovkaga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Bo‘lim belgilangan muddatlarda bajarilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bo‘lim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Bo‘lim vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan hamda qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini, shuningdek, xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspertizadan sifatli o‘tkazilishini, ularning imzolangandan so‘ng amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash hamda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bo‘limning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bo‘lim tuzilmasiga Bo‘lim mudiri, shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yevropa va Amerika mamlakatlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim tuzilmasiga bitta inspektor ham kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bo‘lim ishlariga Bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bo‘lim mudiri, mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mutaxassislarida ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar, avvalgi ish joyida berilgan martaba darajalari va diplomatik daraja saqlab qolinadi. Bo‘limdagi ish vaqtiga martaba darajalari va diplomatik daraja, shuningdek, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar olish uchun zarur ish staji qo‘shiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim xodimlariga ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bo‘lim ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Bo‘limning ish rejalari, Bo‘lim mudiri va Bo‘lim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limning ish rejasi va Bo‘lim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha Bo‘limning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlar asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bo‘lim mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi, Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish hamda tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ratifikatsiya qilish hamda tasdiqlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish va tayyorlashda ishtirok etishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, hukumatlararo va idoralararo darajadagi kelishuvlar amalga oshirilishining monitoringini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlar va boshqa kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Bo‘lim yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim kadrlarining zaxirasini shakllantiradi, tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqish uchun kiritadi, Bo‘lim mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim ishlarining rejasi ishlab chiqilishini va uning ijrosining nazoratini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida Bo‘lim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mutaxassislari o‘rtasida majburiyatlar taqsimotini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bo‘lim mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda mutaxassislardan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bo‘lim bosh mutaxassisi o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Bo‘lim mudirining topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini o‘rganadi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar yuzasidan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam to‘ldirishi va yangilanishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bo‘yicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro bitimlar, kelishuvlar, “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy sheriklar qabul qilgan majburiyatlar bajarilishining monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha materiallar va hujjatlar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar yuzasidan Bo‘lim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvichisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlar va boshqa kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida Bo‘lim mudiri bilan kelishgan holda yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektor Bo‘limda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda harbiylashtirilgan tuzilmalar deb ataladi) faoliyatini moliyaviy hamda moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asnoda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi vazifalar, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari doirasidagi vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan yangi baholash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limida, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalarni qurol-aslaha, harbiy (maxsus) texnika va harbiy-texnik mulk bilan jihozlash kompleks dasturlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqishda harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan tashkiliy-amaliy tadbirlar hamda o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha taqdim etilgan takliflar hamda hujjatlar loyihalarini tahlil qilish, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha ishlarni va joriy holatni monitoring hamda tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini axborot bilan va huquqiy ta’minlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalarning tegishli funksional masalalari va hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tizimli asosda shakllantirish hamda yuritish, uning muntazam to‘ldirilishi va yangilashini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli, puxta va o‘z vaqtida tayyorlanishini, harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashga taalluqli topshiriqlar hamda qabul qilingan qarorlar bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan harbiylashtirilgan tuzilmalarning tarmoq xizmatlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, uning bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini axborot bilan va huquqiy, shuningdek, moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi islohotlar amalga oshirilishining samaradorligini muntazam va tizimli asosda har tomonlama hamda tanqidiy tahlil qilishni ta’minlash, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish va kompleks vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi islohotlar amalga oshirilishini kompleks va tizimli o‘rganishni tashkil qilish, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik holatini tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarining bartaraf etilishi haqidagi axborotni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimini, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi boshlig‘i sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida axborot-tahliliy ta’minlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni tayyorlash va amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun harbiylashtirilgan tuzilmalarning ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, harbiylashtirilgan tegishli tuzilmalar faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik ta’minlashning muammoli masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi bo‘yicha taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish hamda umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida harbiylashtirilgan tuzilmalar rahbarlarining batafsil axborotlari, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun rejalashtirilgan tegishli masalalarni tayyorlaydi hamda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlarining rahbarlari va ularning birinchi o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga har choraklik tahliliy hisobotlar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar va biriktirilgan masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam yangilanishi hamda to‘ldirib borilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi yuritadigan sohaga doir masalalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlardagi ishlar holatini, shu jumladan joyiga chiqqan holda o‘rganadi, Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini o‘rganadi hamda Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallar, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlarning Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi, qayta ishlaydi, ularga zarur tahliliy hamda ma’lumotnoma materiallarining sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlar uchun materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining kompleks ravishda sifatli ishlab chiqilishi hamda tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini, Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ularning himoya qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini Bo‘limga yuklangan vazifalarga muvofiq muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri va Bosh vazir maslahatchilari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar ishini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi, ular qabul qilgan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularda qo‘yilgan masalalarni hal etishga oid takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Bo‘lim faoliyati sohalaridagi islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni tizimli asosda o‘tkazishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshirig‘iga binoan — davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Bo‘lim yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Bo‘lim belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bo‘lim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Bo‘lim vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limdagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar natijalari bo‘yicha Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bo‘limning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bo‘lim tuzilmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mudiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bo‘lim ishlariga Bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bo‘lim mudiri va bosh mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bo‘lim ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Bo‘limning ish rejalari, Bo‘lim mudiri va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim mudirining shaxsiy ish rejasi, bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha Bo‘limning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlar asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Bo‘lim majlislarida hisobotlarni eshitish hamda ma’lumotlar tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bo‘lim mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi, bosh mutaxassislar va inspektorning ishlarini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda moliyaviy, moddiy-texnik, axborot bilan va huquqiy ta’minlash bo‘yicha tadbirlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalarga doir istiqbolli vazifalarning amalga oshirilishi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘limning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, bosh mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning bosh mutaxassislar o‘rtasida taqsimlanishini, shuningdek, Bo‘limning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi, Bo‘lim bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, idoralararo kollegial organlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Bo‘lim yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lim kadrlari zaxirasining shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlash tashkil etilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bo‘lim mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda, uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda bosh mutaxassislardan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bo‘lim bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Bo‘lim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha amalga oshirish jadvali yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining Bo‘lim bosh mutaxassislarining javobgarlik sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilanishi va to‘ldirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy bo‘linmalar ishlarining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektor Bo‘limda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/200/2730-son)