Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2021 05.10.2018 yildagi PQ-3962-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.10.2018 yildagi PQ-3962-son
Date of entry into force
06.10.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat hokimiyatining barcha boʻgʻinlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-5017-son farmoyishiga muvofiq vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) ulanishi taʼminlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2800 dan ortiq qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, yaratilgan sharoitlarga qaramasdan, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yoʻlga qoʻyilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining ijrosi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy asosda texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirishni taʼminlovchi ishchi organ hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari maxfiylik belgisi ostidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari maʼlumotlar bazasini yuritish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun masʼul;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi ommaviy axborot vositalarida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro etilishi haqidagi jamoatchilik fikrini baholab borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga axborot kiritib borish uchun masʼuldir.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu nizomga muvofiq “Ijro.gov.uz” tizimida doimiy ishlashning tashkil qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yigʻilishlarni oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimidagi majlislar va yigʻilishlar maxsus markazlashgan maʼlumotlar bazasiga oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi koʻrsatilgan qaydlar kiritilganidan soʻng amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgandan soʻng uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yigʻilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimidagi markazlashgan maʼlumotlar bazasida qayd etilmagan holda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining aniq amaliy natijalarga erishilishi taʼminlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro holatini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda muhokama qilinishini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
byurokratik toʻsiqlar va muammolarni hal etish muddatlarining choʻzilishi holatlarini bartaraf etish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishida doimiy ravishda koʻmaklashib borish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan, buyruqbozlikka va masalalarni hal etishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻygan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijrosi holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining taqdimnomalari va talablari bajarilmagan taqdirda tegishli materiallar javobgarlik choralarini koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini taʼminlovchi “Jamoatfikri.uz” portalining tashkil etilishi va yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalini tashkil etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida ulanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda har bir davlat organi va tashkilotlarida, ularning hududiy boʻlinmalarida majlislar va yigʻilishlarni jismoniy shaxslar ishtirokisiz masofadan oʻtkazish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarining xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvarga qadar “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va hududlar darajasida oʻtkaziladigan majlis va yigʻilishlar markazlashgan maʼlumotlar bazasini yaratsin va yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyulga qadar elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish maqsadida yagona talablar, shuningdek, ushbu tizimning davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning elektron hujjat almashinuvi tizimlari bilan muvofiqlashtirish boʻyicha integratsiyaviy shlyuz ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida roʻyxatga olish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha hisob kartotekalarining qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari boʻyicha ijro intizomini nazorat qilish jarayonini, keyinchalik “Ijro.gov.uz” tizimi bilan integratsiya qilgan holda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, adliya organlari mahalliy ijro hokimiyati organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanishi va kelishilishida amaliy yordam koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Aripov), uning oʻrinbosarlari (Ramatov, Qoʻchqorov, Xolmurodov, Sultonov, Otajonov, Abduhakimov, Mirzayev, Norboyeva), shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga (Abduqodirov) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining masʼul vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan ishlarning tashkil qilinishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga (Nizomiddinov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ijro intizomini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining amalga oshirilishida koʻmaklashish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga (Murodov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali ijro etilishi yuzasidan tegishli prokuror nazorati taʼminlanishi, shuningdek, ularni toʻliq boʻlmagan holda va kechiktirib bajargan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari koʻrilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga (Ikromov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tegishli darajada taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining soʻzsiz, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga (Sodiqov) — “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalining takomillashtirilishi, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy asosda choralar koʻrib borilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga (Davletov) — normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida topshiriqlar ijrosining aniq muddatlari belgilanishi, shuningdek, ularning aniq va ravshan bayon qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi, shuningdek, ularning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3962-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (bundan keyin — “Ijro.gov.uz” tizimi)ning ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining raisligi ostida oʻtkazilgan kengashlar bayonnomalarida belgilangan topshiriqlar (bundan keyin — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari) bajarilishining nazoratini taʼminlovchi axborot tizimi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxfiylik grifi boʻlgan hujjatlar va topshiriqlar bundan mustasno, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishining nazoratini taʼminlovchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi ishlashining koordinatori sifatida ish koʻradigan Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — “Ijro.gov.uz” tizimini vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga joriy qilish uchun javobgar boʻlgan, shuningdek, uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — “Ijro.gov.uz” tizimida harakatlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari — “Ijro.gov.uz” tizimini qoʻllagan holda oʻz lavozim majburiyatlari doirasida harakatlanayotgan “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari yoki vakolatli xodimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Ijro.gov.uz” tizimining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli, samarali hamda natijadorlik bilan ijro etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimiga ulangan ishtirokchilar uchun yagona axborot makonini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatiga muvofiq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash, shuningdek, ish yuritish ichki jarayonlarini avtomatlashtirish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida muntazam idoralararo elektron hamkorligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish idoralararo elektron hamkorlik ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining kanselyariyasi tomonidan tegishli hujjat qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalarini tarqatish, shu jumladan vakolatli davlat organiga yuborish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshirigʻini shakllantirish amalga oshiriladi. Shoshilinch topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali darhol joʻnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalari olingan kundan boshlab — bir ish kuni davomida vakolatli davlat organi tomonidan masʼul ijrochilari va bajarish muddatlari koʻrsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshiriqlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijro nazoratini taʼminlash boʻyicha biriktirilgan masʼul tarkibiy boʻlinmalari) tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan nazorat bandlari belgilangan tartibda qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasi Apparatidagi masʼul bajaruvchilarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlarida, shuningdek, ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan shaxslarda aks etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini ijro etish sifati va muddatlariga rioya etilishining “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosining muntazam nazorati va tahlili taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro natijalari bilan tanishib chiqishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — masʼul bajaruvchilar tegishli nazorat topshiriqlarining bajarish muddatlari yaqinlashgani toʻgʻrisida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali muntazam xabardor qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari ijro etilgani natijalariga asosan masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan muddatlarda hisobotga (nazorat topshirigʻiga beriladigan javobga) tegishli axborot (isbotlovchi hujjatlar) PDF formatida ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nazorat bandlarini bajarish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning aniq yoʻnalishlari koʻrsatib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi tegishli masʼul ijrochilar tomonidan nazorat bandlarini bajarish natijalarini kelishib olish bir ish kunidan kechiktirmagan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat bandlari qoniqarsiz bajarilganida ijro natijalari qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari qoniqarli darajada bajarilganida “Ijro.gov.uz” tizimiga tasdiq maʼlumoti kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlarini bajarish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmay quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan nazorat bandlari masʼul ijrochilar tomonidan toʻliq va sifatli bajarilganida vakolatli davlat organi tomonidan ushbu topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat bandlarini bajarish natijalari qoniqarsiz deb topilganida vakolatli organ tomonidan ushbu nazorat bandini qayta ishlash uchun tegishli masʼul bajaruvchiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali boshqatdan yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan nazorat bandlarini ijro natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Foydalanuvchilarning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishlarini tashkil qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foydalanuvchilarning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishlarini tashkil qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarni roʻyxatga olish, ulash va oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga Call-markaz orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilarning xato yoki notoʻgʻri ishlashlarining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” ishining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizalarning shakllarini “Ijro.gov.uz” tizimidan olish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni davomida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisob raqamiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch ish kuni davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan yangi foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kalitining sertifikatini generatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki ishtirokchisining ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqarilishini operator taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish (maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilot kadrlar boʻlinmasining xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga topshirilgan himoyalangan apparat qurilmasi, kadrlar boʻlinmasi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasining egasini almashtirish uchun operatorga soʻrov yuborilgandan soʻng, “Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari koʻtarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosining nazoratini tashkil qilish joylarga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlarida va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini va nazoratini tashkil qilish ham ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining nazoratini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish va ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son, 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son hujjatlariga asosida ham amalga oshiriladi.
(izohning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining nazoratini tashkil qilish joylarga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini va ijrosi nazoratini tashkil qilish ham ushbu Sxemada koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2018-y., 07/18/3962/2004-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)