Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi sugʻurta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Sugʻurta hamda sugʻurta faoliyati
Sugʻurta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar toʻlaydigan sugʻurta mukofotlaridan shuningdek sugʻurtalovchining boshqa mablagʻlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlash yoʻli bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Sugʻurta faoliyati deganda sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining sugʻurtani amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati tushuniladi.
4-modda. Sugʻurta sohalari va turlari (klasslari)
Sugʻurta quyidagi sohalarga boʻlinadi:
hayotni sugʻurta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati va pul taʼminoti bilan bogʻliq manfaatlarini sugʻurta qilish, bunda shartnoma boʻyicha sugʻurtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sugʻurta pullarining sugʻurta shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan oshirilgan foizni oʻz ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy toʻlovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sugʻurta (shaxsiy, mulkiy sugʻurta, javobgarlikni sugʻurta qilish hamda hayotni sugʻurta qilish sohasiga taalluqli boʻlmagan boshqa sugʻurta turlari).
Sugʻurta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bogʻliq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sugʻurta sohalari sugʻurta turlariga (klasslariga) boʻlinadi. Sugʻurta turlari (klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
5-modda. Sugʻurta faoliyati subyektlari
Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sugʻurta faoliyatining subyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar, sugʻurta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sugʻurta syurveyerlari, shuningdek assistans sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridir.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Sugʻurta brokeri, qayta sugʻurta brokeri va sugʻurta agenti sugʻurta vositachilari hisoblanadilar.
6-modda. Sugʻurtalovchi
Tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs sugʻurtalovchi deb eʼtirof etiladi.
Sugʻurtalovchilar sugʻurtani amalga oshirishga bevosita bogʻliq boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
61-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari tuzish;
(61-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʻurta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-192-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda)
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni, shuningdek sugʻurta agenti sifatida sugʻurta vositachiligini amalga oshirish;
sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
(61-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonunchilikka muvofiq belgilash;
(61-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
(61-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta agentlari, sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlashni qonunchilikda va (yoki) sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
(61-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sugʻurta qildiruvchining sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sugʻurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʻrsatish;
ilgari sugʻurtalovchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olingan yoki sugʻurta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
Oʻzbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
oʻzining alohida boʻlinmalarini tashkil etish.
Sugʻurtalovchi qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini qonunchilik talablariga muvofiq taʼminlashi;
(61-modda uchinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻzi vakolat bergan sugʻurta agentlarining reyestrini yuritishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
(61-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonunchilikda yoki sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlashi;
(61-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri oʻzgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sugʻurta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;
sugʻurta zaxiralarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
(61-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunchilikda belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi;
(61-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar koʻrsatish uchun jalb etishi;
(61-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
(61-modda uchinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(61-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sugʻurta brokeri
Sugʻurta qildiruvchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sugʻurta brokeri hisoblanadi.
Sugʻurta brokerining faoliyati sugʻurta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qoʻshib olib borilishi mumkin emas, qayta sugʻurta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
Sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Sugʻurta brokeri oʻzi bilan sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni asosida uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
8-modda. Qayta sugʻurta brokeri
Oʻz nomidan va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sugʻurtalovchining topshirigʻiga binoan qayta sugʻurta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish boʻyicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sugʻurta brokeri hisoblanadi.
Qayta sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sugʻurta brokeri oʻzi bilan sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
81-modda. Sugʻurta hamda qayta sugʻurta brokerlarining huquq va majburiyatlari
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har qanday turi boʻyicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sugʻurtalovchini tanlash;
(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sugʻurta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida maʼlumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari qonunchilikka hamda oʻzlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(81-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasini tuzish va ijro etish boʻyicha toʻliq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning soʻrovlariga koʻra taqdim etishi;
(81-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi.
(81-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi;
(81-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan eri oʻzgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sugʻurtalovchilarni xabardor qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart;
(81-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlarining zimmasida qonunchilikka hamda oʻzlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(81-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Sugʻurta agenti
Sugʻurtalovchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish boʻyicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sugʻurta agenti hisoblanadi.
Sugʻurtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sugʻurta agenti boʻla olmaydilar.
Sugʻurta agenti oʻz faoliyatini sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.
Sugʻurta agenti faqat oʻzi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sugʻurtalovchi reyestriga kiritilganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Quyidagilarga:
sugʻurta agentining tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta shartnomalari tuzishiga;
agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta boʻyicha sugʻurta agentining Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalari tuzish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurta agenti — jismoniy shaxs oʻz nomiga, toʻlovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, oʻgʻli, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta agenti sifatida ish koʻrishga haqli emas.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni asosida uchinchi—oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
91-modda. Sugʻurta agentining huquq va majburiyatlari
Sugʻurta agenti quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sugʻurtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sugʻurtaga qabul qilinayotgan sugʻurta tavakkalchiligini baholashda, sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta toʻlovini toʻlashda va sugʻurta qildiruvchining sugʻurta mukofotini toʻliq hajmda hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlashida zarur koʻmak koʻrsatish;
sugʻurtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sugʻurta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
sugʻurta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga toʻliqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq boʻlgan manbalardan tavakkalchilik va sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda maʼlumotlar toʻplash.
Sugʻurta agenti qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta agenti:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(91-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta shartnomasi tuzishda va sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlashda hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirishga koʻmaklashishi;
(91-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta tariflari, sugʻurtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sugʻurta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sugʻurta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida axborotga ega boʻlishi;
sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirishda sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi, unga sugʻurta tavakkalchiligini pasaytirish va sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi;
sugʻurta qildiruvchilarning soʻroviga koʻra ularga sugʻurtaning amaldagi shartlari toʻgʻrisida axborot berishi;
sugʻurta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga oʻz vaqtida qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sugʻurta shartnomalari va olingan sugʻurta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sugʻurta hujjatlarining saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida tavakkalchilik shart-sharoitlarining jiddiy ravishda oʻzgarishiga taalluqli axborotni sugʻurtalovchi oʻz vaqtida olishini, shuningdek sugʻurta eʼtirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida axborotning oʻz vaqtida almashinishini taʼminlashi;
tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda, sugʻurtalovchining topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan sugʻurta toʻlovlari toʻlanishini tashkil etishi shart.
Sugʻurta agentining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(91-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
92-modda. Adjaster
Adjaster sugʻurtalovchining (sugʻurta qildiruvchining) va boshqa buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha quyidagi xizmatlarni koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:
(92-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
sugʻurta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;
sugʻurta obyektining shikastlanish sabablarini va sugʻurta hodisasi mavjudligini aniqlash;
sugʻurta hodisasi mavjud boʻlgan taqdirda — sugʻurta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash;
toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlash;
sugʻurta hodisasi boʻyicha xulosa tuzish.
(92-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Adjaster oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) va boshqa buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
(92-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Adjaster:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Adjaster xizmati koʻrsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sugʻurtalovchi zararlarning oʻrnini qoplash va nizolarni hal qilish chogʻida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
93-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
adjaster xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini (sugʻurta qildiruvchini) va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
(93-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta voqeasini (sugʻurta hodisasini) oʻrganish uchun sugʻurtalovchidan (sugʻurta qildiruvchidan) va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni soʻrash va olish;
(93-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta hodisasi yuz berganidan soʻng sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
oʻzi sugʻurta obyektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini qoʻllagan holda) koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorini aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
(93-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Adjaster qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(93-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Adjaster:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(93-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta hujjatlarining saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sugʻurta hodisasiga taalluqli maʼlumotlarni oʻz vaqtida tahlil qilish uchun chora-tadbirlar koʻrishi.
(93-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
(93-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Adjaster zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(93-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
94-modda. Aktuar tashkilot va aktuariy
(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Aktuar tashkilot quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir:
(94-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sugʻurta majmui boʻyicha zarar yetkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari ogʻirligi darajasini belgilash;
sugʻurtalovchining zarur sugʻurta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
(94-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurtalovchining investitsiyalar sifatida toʻplangan badallardan foydalanishida kapital qoʻyilma normasi va netto-stavka miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga koʻmaklashadigan tarzda aniqlash;
sugʻurta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sugʻurta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;
sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini sugʻurtalovchilar uchun ularni oʻtkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash;
sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash;
(94-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurtalovchining daromadlarini sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har xil turlari boʻyicha rejalashtirish.
(94-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
aktuar hisob-kitoblarini amalga oshirish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
sugʻurta bilan bogʻliq boshqa aktuar xizmatlari koʻrsatish.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq toʻlov asosida faqat aktuar xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini koʻrsatganlik, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan oʻzga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar boʻladi.
Aktuar tashkilot oʻz shtatida kamida bitta aktuariyga ega boʻlishi kerak.
(94-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Aktuariy:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariy hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
95-modda. Aktuar tashkilotning huquq va majburiyatlari
(95-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan axborot sugʻurtalovchi va boshqa buyurtmachilar tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
(95-modda birinchi qismining birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
boshqa aktuar tashkilotlarni va oʻzga mutaxassislarni aktuar xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
(95-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Aktuar tashkilot qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(95-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aktuar tashkilot:
(95-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(95-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
aktuar xizmatlari koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi.
(95-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
(95-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aktuar tashkilot zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(95-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
96-modda. Sugʻurta syurveyeri
Sugʻurta syurveyeri quyidagilar boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilguniga qadar sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
(96-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
(96-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
tekshirilayotgan sugʻurta obyekti boʻyicha xulosa tuzish.
Sugʻurta ekspertizasini oʻtkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sugʻurta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sugʻurta syurveyeri:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Sugʻurta syurveyeri ishining natijalari boʻyicha hisobot taqdim etiladi, sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bu hisobotdan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzish chogʻida foydalanishi mumkin.
Sugʻurta syurveyerining hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
97-modda. Sugʻurta syurveyerining huquq va majburiyatlari
Sugʻurta syurveyeri:
xizmatlar koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini (sugʻurta qildiruvchini) erkin tanlashga;
sugʻurta obyektini oʻrganish uchun sugʻurta qildiruvchidan (sugʻurtalovchidan) zarur axborotni soʻrash va olishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sugʻurta obyektlariga daxldor boʻlgan boshqa tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli.
Sugʻurta syurveyeri qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(97-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta syurveyeri:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(97-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta ekspertizasi oʻtkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi.
(97-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
(97-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta syurveyeri zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(97-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
98-modda. Assistans
Assistans sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sugʻurtalovchilarga sugʻurta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy koʻmak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Assistans xizmatlariga sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sugʻurtalovchilar tomonidan haq toʻlanadi.
Assistans:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
99-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari
Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha sugʻurtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha axborot sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Assistans qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(99-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Assistans:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(99-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta qildiruvchilardan (sugʻurtalangan shaxslardan) sugʻurta voqealari (sugʻurta hodisalari) toʻgʻrisidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sugʻurta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sugʻurta polisi asosida sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga) zarur yordam koʻrsatishi;
sugʻurta hodisalarini koʻrib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrishi.
(99-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
(99-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Assistans zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(99-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi:
ijro etilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan koʻp yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning toʻlovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalaydi;
sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlar hisobini yuritish hamda ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli qogʻozlariga sugʻurta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan mustasno;
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
(10-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sugʻurtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sugʻurtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
(10-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini toʻliq yoki ayrim sugʻurta turlariga (klasslariga) nisbatan toʻxtatib qoʻyadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
(10-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilariga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalarni qoʻllaydi;
(10-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sugʻurta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat toʻgʻrisida yillik hisobotlarni , shuningdek sugʻurta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisida statistika maʼlumotlarini eʼlon qiladi;
sugʻurtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sugʻurtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi, sugʻurtalovchining ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlar roʻyxatini kelishib olish tartibi bundan mustasno;
(10-moddaning ikkinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
aktuar xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi;
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni oʻtkazadi;
belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni asosida oʻn birinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan qonunchilikda belgilangan axborotni soʻrab oladi.
(10-modda ikkinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
(10-modda ikkinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek sugʻurta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar, bundan “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati, “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etish mustasno.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
11-modda. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari, shuningdek sugʻurta bozorining yuridik shaxs boʻlgan boshqa professional ishtirokchilari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish esa, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qayta sugʻurta brokerlari, adjasterlar, aktuar tashkilotlar, sugʻurta syurveyerlari, assistanslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir haftalik muddatda bu haqda maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
12-modda. Sugʻurtalovchilarning ustav fondi
Sugʻurtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchi ustav fondining kamida toʻqson foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablagʻlaridan shakllantiriladi.
Sugʻurtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurtalovchining boshlangʻich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan boʻlishi va qonunchilikda belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomiga doir talablar
Sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sugʻurtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomlari mustasno.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
14-modda. Sugʻurtalovchining firma nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini yoki joylashgan manzilini oʻzgartirish
Sugʻurtalovchining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili oʻzgargan taqdirda sugʻurtalovchi bu haqda sugʻurta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, oʻz ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sugʻurta shartnomalari boʻyicha esa yozma ravishda xabardor qilishi shart.
15-modda. Sugʻurta faoliyatini litsenziyalash
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sugʻurtalovchiga yoxud hayotni sugʻurta qilish sohasida, yoxud umumiy sugʻurta sohasida, yoxud faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sugʻurta sohasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-267-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
Litsenziyada sugʻurtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sugʻurta turlari (klasslari) koʻrsatiladi.
16-modda. Sugʻurtalovchining litsenziyasi amal qilishi toʻxtatib turilishining oʻziga xos xususiyatlari
Sugʻurtalovchining litsenziyasi amal qilishining toʻxtatib turilishi uning yangi sugʻurta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sugʻurta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab boʻladi. Bunda sugʻurtalovchi ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir.
17-modda. Sugʻurtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining oʻziga xos xususiyatlari
Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi sugʻurtalovchini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari toʻxtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyatiga oʻtadi. Muvaqqat maʼmuriyat sud qaror chiqargunga qadar boʻlgan davrda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sugʻurtalovchini tugatish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yoʻllangan sudga taqdim etiladi.
Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati oʻz faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sugʻurtalovchining boshqaruv xarajatlari (maʼmuriy xarajatlari), sugʻurtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlash bilan bogʻliq hollar bundan mustasnodir.
Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari sugʻurtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sugʻurtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
18-modda. Sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari
Sugʻurtalovchilarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Sugʻurtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sugʻurtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;
tuzilayotgan sugʻurtalovchining balansi va faoliyatining taxminiy moliyaviy natijalari;
qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasi (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishni oʻtkazish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar:
sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin boʻlsa;
(18-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-267-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
sugʻurtalovchilarning qayta tashkil etilishi sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi soʻrab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz maʼlumotlar boʻlsa yoxud bu hujjatlar qonunchilikka nomuvofiq boʻlsa;
(18-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etish qonunchilikka zid boʻlsa.
(18-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishni oʻtkazish uchun berilgan arizani takroran koʻrib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishni oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchi (sugʻurtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sugʻurtalovchilarga litsenziyalar berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan sugʻurtalovchilar litsenziya olguniga qadar boʻlgan davrda ular yangi sugʻurta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sugʻurta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida oʻzlariga oʻtgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasno.
(18-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda oʻziga boshqa sugʻurtalovchi qoʻshilayotgan sugʻurtalovchi, agar qoʻshib olish natijasida litsenziyaning shartlari oʻzgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-267-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sugʻurtalovchilarda yangidan vujudga kelgan sugʻurtalovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
20-modda. Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati
Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sugʻurtalovchining asosiy vazifalarini taʼminlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar toʻlanganidan soʻng quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — hayotni sugʻurta qilish sohasida majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning talablari;
ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
toʻrtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha talablar. Koʻrsatilgan talablar toʻliq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar hamda jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
21-modda. Sugʻurtalovchining sugʻurta zaxiralari
Qabul qilingan sugʻurta majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun sugʻurtalovchilar ham soʻmda, ham chet el valyutasida toʻlangan sugʻurta mukofotlaridan qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda sugʻurta zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchining sugʻurta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib qoʻyilishi mumkin emas.
22-modda. Sugʻurtalovchilar toʻlov qobiliyatining kafolatlari
Sugʻurtalovchilar ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdordan va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoridan ortiq majburiyatlarni oʻz zimmalariga olishlari mumkin emas, ularning bu majburiyatlarni bajarish qobiliyati toʻlovga qobiliyatlilik normativlariga va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sugʻurta qilingan hollar bundan mustasnodir. Sugʻurtalovchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilishga haqlidirlar.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
23-modda. Sugʻurtalovchilar buxgalteriya hisobining oʻziga xos xususiyatlari
Sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va qayta sugʻurta brokerlari maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadilar.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Monopolistik faoliyatga yoʻl qoʻyilmasligi
Sugʻurta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir sugʻurtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sugʻurta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga oʻz uyushmalari (ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sugʻurta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish yoʻlida foydalanish taqiqlanadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
25-modda. Axborot olish huquqi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sugʻurtalovchilarning va adjasterlarning soʻroviga koʻra sugʻurta hodisalarining roʻy berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorlarini sugʻurtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Maxsus vakolatli davlat organi sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablagʻlari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni oʻz vakolati doirasida talab qilib olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, soʻrov sabablari koʻrsatilgan holda amalga oshirilmogʻi lozim.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Maxsus vakolatli davlat organi oʻzi olgan axborotning sir tutilishiga rioya etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
26-modda. Sugʻurta siri
Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi, sugʻurtalangan mol-mulk, sugʻurta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sugʻurta bitimlari va operatsiyalarining roʻyxati, sugʻurta tariflari, sugʻurta turlari hamda muddatlari ochiq axborot boʻlib, sugʻurta siri predmeti boʻlishi mumkin emas.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar sugʻurta qildiruvchi, shuningdek sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar oʻzlariga taalluqli maʼlumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchining roziligi olinmagan holda sugʻurtalovchi tomonidan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi OʻRQ-156-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sugʻurtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sugʻurta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, bundan sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar mustasno, qonunchilikda majburiy sugʻurta boʻyicha belgilangan majburiyatning sugʻurta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sugʻurta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladi.
(26-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
sugʻurta qildiruvchi oʻz vasiyatnomasida koʻrsatgan shaxsga;
sud va notariusga — ularning ish yurituvida boʻlgan merosga oid ishlar boʻyicha sudning qarori yoki notariusning oʻz muhri bilan tasdiqlangan yozma soʻrovi asosida. Notariusning yozma soʻroviga sugʻurta qildiruvchi vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan boʻlishi kerak;
konsulga uning ish yurituvida boʻlgan merosga oid ishlar yuzasidan.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(26-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi.
(26-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Chet el sugʻurta tashkilotlarining faoliyati
Chet el sugʻurta tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslar — sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishlari mumkin.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari tomonidan sugʻurta amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi OʻRQ-323-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
28-modda. Nizolarni hal etish
Sugʻurta faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-modda. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
358-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 37-38-son, 376-modda; 2008-y., 17-son, 129-modda; 52-son, 508-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2010-y., 50-son, 471-modda; 2012-y., 15-son, 165-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)