Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 06.11.2013 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.2013 yildagi 298-son
Date of entry into force
11.11.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Sugʻurta faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
1-ILOVA

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — qayta tashkil etishga ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma ushbu Nizomga 1 va 2 ilovalarga muvofiq sxema va shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish sugʻurtalovchilarga qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurtalovchilarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etishda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchilar tomonidan ularning moliyaviy barqarorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchilar tomonidan ularga huquqiy vorislik tartibida oʻtgan ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun sugʻurtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislarning (qatnashchilarning) yoki taʼsis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sugʻurtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasi (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurtalovchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qayta tashkil etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki ularning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda sugʻurtalovchiga darhol beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ sugʻurtalovchining arizasini koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi yoki rad etadi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida sugʻurtalovchining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida sugʻurtalovchining arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida sugʻurtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnoma bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom boʻlgandan keyin sugʻurtalovchi uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish niyatida boʻlgan qayta tashkil etishni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sugʻurtalovchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati va sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va qayta tashkil etishni sodir etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay sugʻurtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda xabardor qiladi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning sugʻurtalovchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;

sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.

Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sugʻurtalovchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sugʻurtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish sugʻurtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari sugʻurtalovchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin sugʻurtalovchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sugʻurtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Qayta tashkil etishga ruxsatnomalar dublikatlarini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sugʻurtalovchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shuningdek qayta tashkil etishga ruxsatnomaning asl nusxasini — u yaroqsiz holga kelgan taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vakolatli organ qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrida sugʻurtalovchilar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etishga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etishga ruxsatnomalar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎_________________________
‎(sugʻurtalovchining nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi ___________ (sugʻurtalovchining nomi)ning 20___ yil “___” __________dagi ___-son arizasini koʻrib chiqib quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi ____________ (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) shaklida qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

‎‎__________________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎20____ yil “____” ___________
‎№ ______‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

‎‎Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
‎ A R I Z A

‎‎

____________________________________________________________________
‎(sugʻurtalovchining toʻliq nomi va joylashgan joyi (pochta manzili))

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ____________ (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) shaklida qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.

Ilovalar:‎
1. _____________‎
2. _____________‎
...‎
‎‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan 0,5 gacha kamaygan taqdirda sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish (keyingi oʻrinlarda chora-tadbirlar kompleksini kelishish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ deb ataladi)tomonidan amalga oshiriladi hamda sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” degan yozuvni kiritish, kelishish sanasini koʻrsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish sugʻurtalovchilarga sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish amal qilish muddati cheklanmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirishda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchilarning sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish tadbirlarining faqat kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun sugʻurtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining rahbari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi chora-tadbirlar kompleksi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun ishlab chiqilgan va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish tadbirlari, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalarini oʻz ichiga olishi lozim. Bunda chora-tadbirlar kompleksida ustunlik sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini qisqa muddatlarda sogʻlomlashtirishga olib keladigan tadbirlarga berilishi va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan toʻlov qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash usullarini qoʻllash nazarda tutilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar kompleksi amalga oshiriladigan muddati oxirida sugʻurtalovchi toʻlov qobiliyatining rejalashtirilayotgan koʻrsatkichlari hisob-kitobi. Agar chora-tadbirlar kompleksida ustav kapitalini muassislar (aksiyadorlar) mablagʻlari hisobidan oʻzgartirish nazarda tutilgan boʻlsa, chora-tadbirlar kompleksi muassislar (aksiyadorlar) bilan kelishilishi kerak. Bunda chora-tadbirlar kompleksida muassislar (aksiyadorlar) yigʻilishi bayonnomasining tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda muassislar (aksiyadorlar) yigʻilishi bayonnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurtalovchidan ushbu Nizomning 6-moddasida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol sugʻurtalovchiga beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ sugʻurtalovchining chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda chora-tadbirlar kompleksini kelishadi yoki rad etadi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻgʻrisida sugʻurtalovchining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar vakolatli organ chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki uni rad etish toʻgʻrisida sugʻurtalovchining arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida chora-tadbirlar kompleksini bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom boʻlgandan keyin sugʻurtalovchi uni amalga oshirish uchun kelishish niyatida boʻlgan chora-tadbirlar kompleksini sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sugʻurtalovchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishga majburdir. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi olingunga qadar qabul qilingan sanasi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati va sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga tenglashtiriladi va sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchiga kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishi (yuborishi) yoki kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda xabardor qilishi shart. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13 Chora-tadbirlar kompleksini kelishish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning sugʻurtalovchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sugʻurtalovchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sugʻurtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat chora-tadbirlar kompleksini kelishish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish chora-tadbirlar kompleksini kelishishni yoki uni kelishishni rad etish sugʻurtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin sugʻurtalovchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sugʻurtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sugʻurtalovchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda sugʻurtalovchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida kelishilgan kompleks chora-tadbirlarga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, kelishilgan chora-tadbirlar ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan kompleks chora-tadbirlardagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, kelishilgan kompleks chora-tadbirlar sugʻurtalovchilarning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ular olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

20. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi qayta rasmiylashtirgunga qadar kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan sugʻurtalovchi yoki uning huquqiy vakili ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida vakolatli organning belgisi bilan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirishda vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar komplekslari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sugʻurtalovchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shuningdek kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining asl nusxasini — u yaroqsiz holga kelgan taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Berilgan kelishilgan chora-tadbirlar komplekslari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrida sugʻurtalovchilar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilgan sana va uning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20____ yil “____” ___________
‎№ ______‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

‎‎Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish
‎chora-tadbirlari kompleksini kelishish toʻgʻrisida
‎A R I Z A

‎‎_______________________________________________________ manzili boʻyicha joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili))

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishishni iltimos qiladi.

Ilovalar:‎
1. _____________
2. _____________‎
...‎
‎‎
Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi ‎‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibini (keyingi oʻrinlarda ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish deb ataladi) belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga asosan sxema boʻyicha amalga oshiriladi hamda ogohlantirish tadbirlari roʻyxatining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” yozuvini kiritish, kelishish sanasini koʻrsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash orqali rasmiylashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish sugʻurtalovchilarga ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish cheklanmagan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat etish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish sugʻurtalovchilarga ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirishda ruxsat etish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatiga muvofiq ogohlantirish tadbirlari zaxirasi mablagʻlaridan faqat baxtsiz hodisalar, sugʻurtalangan mol-mulkni yoʻqotish yoki ziyon yetishining oldini olishga, shuningdek boshqa sugʻurta hodisalarining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish uchun sugʻurtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan shakl boʻyicha ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish haqidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki nusxada sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlangan ogohlantirish tadbirlari roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni sugʻurtalovchilardan talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish uchun sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol sugʻurtalovchiga beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish yoki kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish haqidagi arizani koʻrib chiqadi, mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilgan sanadan oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishadi yoki kelishishni rad etadi. Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar vakolatli organ sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida uni berish yoki berishni rad etishda sugʻurtalovchiga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini bermasa yoki uni berishni rad etsa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tugashi bilan sugʻurtalovchi, kelishishni olish koʻzda tutilgan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sugʻurtalovchining yozma xabarnomasini olgach besh ish kuni mobaynida unga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini berishi shart. Kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini olgunga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati va sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatiga tenglashtiriladi va ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchiga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini beradi (yuboradi) yoki uni kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning sugʻurtalovchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishning rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, xabarnoma sugʻurtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sugʻurtalovchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sugʻurtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtalovchi ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishning rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish yoki uni rad etish sugʻurtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan sugʻurtalovchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin sugʻurtalovchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sugʻurtalovchi ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sugʻurtalovchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda sugʻurtalovchi yoki uning vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatiga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatidagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxati sugʻurtalovchilarning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan sugʻurtalovchi yoki uning vorisi ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirgunga qadar vakolatli organning arizani qabul qilgan sanasi toʻgʻrisidagi belgisi bilan ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish haqida berilgan arizasi asosida ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirishda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatlari berilgan reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish va berish, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish haqidagi arizasi vakolatli organ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sugʻurtalovchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxati dublikatini, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatining asl nusxasini berishi (yuborishi) shart. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxati dublikatini berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatining amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishdan bosh tortish ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol buzilishiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan roʻyxatlari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan roʻyxatlari reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan roʻyxatlari reyestrida sugʻurtalovchilar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan roʻyxatining berilgan sanasi va raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan roʻyxatining amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatini bekor qilish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan roʻyxatining dublikatlarini berish asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan roʻyxatlari reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil “_____” ______________
‎№ _______

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan
‎ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq _____________ ___________________ (joylashgan joyi (pochta manzili) boʻyicha joylashgan ________________________ (sugʻurtalovchining toʻliq nomi) sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishishni
‎soʻraydi.

Ilova:‎
1. _____________‎
2. _____________‎
...‎
‎‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 592-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)