Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.02.1992 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 26.02.1992 yildagi 85-son
Date of entry into force
26.02.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.02.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq va bozor infrastrukturasini jadal shakllantirish, davlatga qarashli boʻlmagan korxonalarni va fuqarolarni xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga faol jalb etish, respublika bozorini isteʼmol mollari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini, eng avvalo, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish sohasida, har tomonlama ragʻbatlantirsinlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, kichik korxonalar tuzilishiga amaliy yordam koʻrsatsinlar, Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasi va uning tashkilotlariga oʻz ustav vazifalarini bajarishda koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev) 1992-yil 28-fevralgacha tegishli bankka tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasining hisob-kitob schyotiga Vazirlar Mahkamasining rezerv fondidan 2 mln. soʻm oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlar uyushmasi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik, shaklidan qatʼi nazar, kichik korxonalar, ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etish boʻyicha moliyaviy tadbirlarni taʼminlash uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlar, davlat, jamoat korxonalari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mintaqa jamgʻarmalari tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi nizomlar 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari oʻz amaliy faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qoidalarga qatʼiy amal qilsinlar, xoʻjalik tashabbuskorligini faol rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar, joylardagi davlat va xoʻjalik organlari, yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan tegishli respublika qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning boshqa suveren davlatlarga va chet elga yetkazib berilishi bilan bogʻliq tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini amalga oshirishda talab katta boʻlgan, vatanimizda ishlab chiqarilgan za import mahsulotlarni muqobil xarid qilishda va ular bilan respublika bozorini toʻldirishda tadbirkorlarning faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-martdagi 97-son qarori (17-band “v” kichik bandining 2-xatboshi)ning, 1989-yil 10-maydagi 162-son qarori (8-bandining “g” kichik bandi va “d” kichik bandining 4-xatboshi)ning, 1990-yil 15-yanvardagi 33-son qarori (1-ilovaning 26-bandi)ning xalq isteʼmoli mollarini import qilishni cheklash toʻgʻrisidagi qismining amal qilishi 1992-1993-yillarda toʻxtatib qoʻyilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir hafta muddat ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Sultonov) tashqi iqtisodiy tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha cheklashlarni olib tashlashga doir takliflarni taqdim etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi (oʻrtoq Joʻrayev) xalq isteʼmoli mollarini respublikaga import qilish boʻyicha boj imtiyozlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi (oʻrtoq Usmonov), Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq Volkov), mahalliy boshqaruv organlari Tadbirkorlar uyushmasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va barter boʻyicha xarid qilingan xalq isteʼmoli mollarini shartnoma narxlarida sotish uchun ularga savdo binolarini ijaraga (paychilarning roziligi bilan matlubot kooperatsiyasi tizimida) bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga uning korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan xalq isteʼmoli mollarini, odatdagicha, respublika aholisiga sotish, bunda savdo tashkilotlari bilan oʻzaro foydali shartnomalar tuzish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga qiruvchi korxonalarda kelishilgan hajmlarda va roʻyxat boʻyicha majburiy yetkazib beriladigan mahsulotlar (ishlar va xizmatlarni joylashtirishni nazarda tutsin. Tadbirkorlar uyushmasi har yili belgilangan muddatlarda oʻz takliflarini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi (oʻrtoq Sharipov), “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish” (oʻrtoq Gataulin), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” (oʻrtoq Husanov), Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Muminov) bilan birgalikda roʻyxat boʻyicha birkitilgan korxonalarga, Tadbirkorlar uyushmasi aʼzolariga belgilangan majburiy mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kooperativlar faoliyatini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiquvchi Respublika komissiyasining nomini oʻzgartirish va Oʻzbekiston SSRni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishda uning hissasini oshirish toʻgʻrisida” 1989-yil 27-sentabrdagi 315-son qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kooperativlar faoliyatini va mehnatni tashkil etishning yakka tartibdagi shakllarini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiquvchi Respublika komissiyasi sostaviga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 1990-yil 24-yanvardagi 51-son qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kooperativlar va mehnatni tashkil qilishning yakka tartibdagi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish hamda respublikaning suveren huquqlarini, oʻzini oʻzi boshqarishni va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashni kengaytirish asosida iqtisodiy islohotni amalga oshirish yuzasidan respublika komissiyalarining vakolatlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 1990-yil 16-martdagi 140-son qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi (oʻrtoq Malikov) Tadbirkorlar uyushmasi, Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar qoʻmitasi (oʻrtoq Sultonov), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev), Davlat banki (oʻrtoq Mullajonov) va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida oʻz kuchini yoʻqotgan normalarni bekor qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishning huquqiy asoslarini taʼminlash uchun soliq solish, bank va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida respublika qonunchiligi va Hukumat qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiqtisodiyot kompleksi (oʻrtoq Hamidov) 5 kun muddat ichida ushbu takliflarni koʻrib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari, manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan ishlab chiqarish kooperativlari, korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mehnat daftarchalari va ular uchun suqma varaqlar tayyorlashni taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchalari yuritishni amalga oshiruvchi davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar xodimlariga zarur boʻladigan amaldagi qonunchilik materiallarini yetkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar tomonidan mehnat daftarchalari va ular uchun suqma varaqlarni hisobga olish, saqlash, berish va toʻldirishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi XXYuK direksiyasi (oʻrtoq Lukovskiy) Tadbirkorlar uyushmasiga koʻrgazmalar, yarmarkalar, birja savdolari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun pavilonlardan birini imtiyozli shartlar boʻyicha ijaraga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Toshkent shahar hokimligi (oʻrtoq Fozilbekov) bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga uning tarkibiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun 3000 kv metr maydonli binolar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekistonning Moskva shahridagi doimiy vakolatxonasi (oʻrtoq Saidov) Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasining vakolatxonasini joylashtirish uchun tegishli binoni aniqlasin va Uyushmaga ijaraga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi (oʻrtoq Rahimov) Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasi va uning tarkibiy boʻlinmalarini belgilangan tartibda zarur telefon, teleks va faksimil aloqa bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (oʻrtoq Abdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (oʻrtoq Yoʻldoshev) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishda Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi (oʻrtoq Xayitboyev) teleradioeshittirishlar dasturlarida tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitishga bagʻishlangan eshittirish va koʻrsatuvlar, oʻquv dasturlarini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Aloqa vazirligi Tadbirkorlar uyushmasiga belgilangan tartibda noshirlik huquqi bergan holda Uyushmaning davriy nashrlarini, tadbirkorlik faoliyatini targʻib etish, reklama qilish va rivojlantirish bilan bogʻliq bosma mahsulotlarini chiqarish va tarqatish uchun zarur matbaachilik quvvatlari ajratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi 1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasining buyurtmasiga muvofiq (roʻznoma va kitobbop) qogʻozga fondlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 26-fevraldagi 85-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bundan keyin Jamgʻarma deb ataladigan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi xususiylashtirish jarayonlariga koʻmaklashish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, tovar bozorlarini rivojlantirish, Tadbirkorlarga amaliy, moddiy va moliyaviy yordam berish, Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi huzurida kafolot jamgʻarmasi sifatida tuziladi. Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi Jamgʻarma majburiyatlari boʻyicha javob beradi. Jamgʻarma mulk va vositalarga Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi va taʼsis etuvchilar Kengashi tomonidan belgilangan doirada egalik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma oʻzining alohida balansiga ega boʻlib, tadbirkorlar Uyushmasi va boshqa taʼsis etuvchilar bilan birga oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqa korxonalar va tashkilotlar bilan, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, huquqiy munosabatlarda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning manzilgohi: Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishda, kichik, ijara va qoʻshma korxonalar, kooperativlar, ayrim fuqarolarning istiqbolli, ustuvor faoliyat turlarini yaratishga qaratilgan ishlariga amaliy, moddiy va moliyaviy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi va uning hududiy tuzilmalarining ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari uchun imtiyozli kreditlar berish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini axborot, moddiy-texnika, moliyaviy, huquqiy jihatdan taʼminlash, respublika iqtisodiyotining turli sohalari va tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyatini umumlashtirish va ilgʻor tajribani, uning usul va turlarini keng yoyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma taʼsischilarining, aksioner-aʼzolarining hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa korxonalar va tashkilotlarning boʻsh turgan pul mablagʻlari va moddiy resurslarini ixtiyoriy va shartnoma asosida safarbar qilish, tavakkalchilik kreditini sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan faol foydalanishga yordam beruvchi kredit berish, lizing operatsiyalari va ijaraning turli shakllarini amalga oshirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari aylanishini jadallashtirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda yuridik aktlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar va boshqa qimmatdor qogʻozlarni chiqarish va berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlar operatsiyasini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol operatsiyalar oʻtkazayotganda qoʻshimcha xizmatlar uchun mustaqil ravishda foiz stavkalari va toʻlovlar miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalardan, kooperativlardan hamda Jamgʻarma tomonidan kredit beriladigan va xizmat koʻrsatiladigan Jamgʻarmaning boshqa aʼzolaridan, amaldagi tartibga muvofiq, buxgalteriya hisoblari, balanslari va boshqa hujjatlarni olish va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish maqsadida tekshirish oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi korxonalar taʼsis etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jamgʻarmaning taʼsischilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston tadbirkorlari Uyushmasi va uning xoʻjalik hisobidagi tuzilmalari, birjalar, banklar, har qanday korxonalar, tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari va uyushmalari, shuningdek, xohlovchi fuqarolar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalar Jamgʻarmaning taʼsischilari va qatnashchilari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Jamgʻarmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma taʼsischilarining umumiy yigʻilishi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma direksiyasi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma direktori Jamgʻarma taʼsischilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taʼsischilar umumiy yigʻilishining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning nizomi (ustavi)ni qabul qilish va oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatining yillik natijalarini, foydani taqsimlash tartibini tasdiqlash, zararlarni qoplash tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning aybdor mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish haqida qarorlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatining qoidalarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz aksiyalarini chiqarish haqidagi masalani hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmani tugatish haqida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Moliya va xoʻjalik faoliyatini nazorat qilib borish tadbirkorlar Uyushmasi — Jamgʻarmaning kafolatchisi va boshqa davlat organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Joriy rahbarlik Jamgʻarma direktori va direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma direktori ishonchnomasiz Jamgʻarma nomidan ish yuritadi, boshqa yuridik shaxslar bilan munosabatda uning nomidan vakillik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direktor Jamgʻarmaning faoliyati uchun toʻliq javob beradi, oʻz huquqlari doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlarini ishlatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma direktorining oʻrinbosarlari va bosh buxgalter lavozimga shartnoma boʻyicha yollanadilar va Jamgʻarma direktori tomonidan lavozimidan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Jamgʻarmaning Ustav kapitali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarmaning Ustav kapitali taʼsis badallari (omonatlari) hisobiga shakllantiriladi va 5 mln. soʻmga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Jamgʻarmaning mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Taʼsischilarning va jamgʻarma qatnashchilarining asosiy mablagʻlari va pul omonatlari Jamgʻarmaning mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar Jamgʻarma moliyaviy mablagʻlarining manbalaridir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma taʼsischilari va qatnashchilarining pul badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlarni sotishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning qaytarilmaydigan badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatidan tushgan daromad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Foydani taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarmaning xoʻjalik, tijorat faoliyatidan tushgan foyda (daromad), qimmatdor qogʻozlarni sotishdan tushgan daromadlarning 40 foizi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin taʼsischilarga taqsimlanadi va 60 foizi jamgʻarmani toʻldirishga yoʻnaltiriladi. Reinvestiratsiyalash vaqtida imtiyozlar umumiy yigʻilish tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Jamgʻarmani roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarmani roʻyxatga olish Jamgʻarmaning joylashgan oʻrnida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Jamgʻarma faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarmaning faoliyati Jamgʻarma umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra yoki qonunchilikda belgilangan hollarda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tugatilgan Jamgʻarmaning mulki, xodimlarning ish haqi hisob-kitob qilingandan keyin, Jamgʻarma taʼsischilari oʻrtasida ularning qoʻshgan ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlash uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 26-fevraldagi 85-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KIChIK KORXONALAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom bozor iqtisodiyoti infrastrukturasini shakllantirish manfaatlari yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalarni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarishni tanho hukmronlikdan xalos qilish, raqobatni rivojlantirish, yangi ishchi oʻrinlari barpo etish, xalq xoʻjaligi tuzilmasini qayta yangilash, tovarlar ishlab chiqarishni va koʻrsatiladigan xizmatlarni koʻpaytirish, respublika isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalarni tashkil etish, ularning ishlashi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”, “Ijara toʻgʻrisida” qonunlari, shuningdek, respublikaning boshqa qonunchilik va meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatiga olish, ularning faoliyati, ularni boshqarish, qayta tashkil etish va tugatish xususiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar (jumladan, aralash mulk), huquqiy shaxs huquqlari bilan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt kichik korxona hisoblanadi, bunda u ishlovchilar soni cheklangan holda hamda mulk, toʻla xoʻjalik yuritish yoki tezkorlik bilan boshqarish huquqlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlarni bajaradi, xizmatlar koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kichik korxonalarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat va qurilishda — 200 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan sohasida va ilmiy xizmat koʻrsatishda — 100 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 50 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noishlab chiqarish soha tarmoqlarida — 25 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana savdoda — 15 kishigacha ishlovchisi boʻlgan yuridik shaxslar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kichik korxonalar respublikaning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va oʻzlarining ustavlarida belgilangan maqsadlarga javob beruvchi istalgan xoʻjalik faoliyati bilan, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha xildagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar (koʻp ixtisosli) ishlab chiqarish va mahsulotni sotish (ishlar, xizmatlar) hajmida ustunlik qiluvchi faoliyat turi mezoni boʻyicha kichik korxonalar tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan kichik korxona faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kichik korxonalar oʻz nomidan shartnomalar, bitimlar, xohish-istaklar bayonlarini tuzishlari, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishlari, majburiyat olishlari, sudda, hakamlik hamda xolislik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat tashkilotlari hisoblanuvchi kichik korxonalar mustaqil balansga ega boʻladilar hamda oʻz xarajatlarini oʻzi moliyaviy va valyuta bilan toʻla qoplash asosida ishlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har bir kichik korxona alohida mulkka egalik qiladi, uni boshqa korxonalardan (tashkilotlardan) farqlovchi hamda korxonaning turini va uning faoliyat sohasini koʻrsatib turuvchi firma nomiga (shu jumladan, qisqartma nomiga), banklarda hisob-kitob schyotiga va boshqa schyotlarga, oʻz nomi yozilgan muhrga va ish qogʻozlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kichik korxonalar respublika hududida va uning tashqarisida alohida korxonalar, firmalar, vakolatxonalar va ustavda koʻrsatilgan boshqa alohida boʻlinmalarni tuzish, xoʻjalik uyushmalariga, konsernlarga, konsorsiumlarga va boshqa xoʻjalik birlashmalariga ixtiyoriy ravishda birlashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kichik korxonalarni tashkil etish, taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatiga olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kichik korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulk toʻgʻrisida” Qonunida belgilangan istalgan mulkchilik shaklida tashkil etilishi mumkin, ularga aralash korxonalar, oilaviy korxonalar, toʻliq shirkat, kommanditlik shirkatlari, masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar, aksionerlik jamiyati, ijara korxonasi, jamoa korxonasi, davlat korxonasi va toʻla xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan boshqa korxonalar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning mulkiga asoslangan kichik korxonalarni tuzish, roʻyxatga olish, ularning faoliyati va ularni tugatishning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom, respublikaning boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish kooperativlari shaklidagi kichik korxonalarning huquqiy holati respublikaning kooperatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar bilan kichik korxonalarni tashkil qilish va ularning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tuzish tartibi, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi nizomlar, respublikaning boshqa qonunchilik va meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkning aralash shakllari asosida kichik korxonalarni tashkil qilishda korxonalarning turi mazkur korxonani tashkil qilgan mulkdorlarning mulkiy ulushi salmogʻiga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik korxonalarning qolgan barcha turlarini tashkil qilish, ularning ishlashi va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni va korxonalar turlarining xususiyatlariga bogʻliq holda tegishli nizomlar, respublikaning boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar kichik korxonalarning taʼsischilari boʻlishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, respublika hududida yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, birgalikda mehnat xoʻjaligi yurituvchi oila aʼzolari va fuqarolar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari, ijarachi korxonalar, jamoa korxonalari va qoʻshma korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari, xoʻjalik birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar va hokazolar), jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, hayriya jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalar, yuridik shaxslar boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega boʻlgan boshqa davlat organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik korxonalar koʻrsatilgan organlar, yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan birgalikda tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kichik korxonalar ham mustaqil asoslarda, ham davlat, kooperativ, jamoat tashkilotlari, korxonalari, muassasalari va hokazolar huzurida tashkil etiladi va ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kichik korxonalar taʼsischining (taʼsischilarning), mulk egasining (egalarining) yoki u (ular) vakolat bergan organning, korxonalarning, tashkilotlarning qarori boʻyicha tashkil etiladi. Taʼsis qilish chogʻida kichik korxonalarga, taʼsischilar tomonidan mulk egasining huquqlari va majburiyatlarini berish bilan yoki toʻla xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqlari bilan mol-mulk beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kichik korxona ishlab turgan birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy boʻlinmalarining (birlikning) koʻrsatilgan boʻlinma (boʻlinmalar) yoki tarkibiy birlik (birliklar) mehnatkashlar jamoalarining tashabbusi boʻyicha ajralib chiqishi natijasida tashkil etilishi mumkin. Buning uchun esa korxona mulki egasining (u vakolat bergan organning, birlashmaning, korxona va tashkilotning) roziligi kerak hamda birlashma, korxona, tashkilot tomonidan ilgari zimmaga olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu hollarda tarkibidan kichik korxona ajralib chiqqan birlashma, korxona, tashkilot ushbu korxonaning taʼsischisi boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kichik korxona ustav asosida, kommanditlik shirkati, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar tarzidagi kichik korxonalar esa taʼsis hujjatlari hisoblanuvchi taʼsis shartnomasi hamda ustav asosida tashkil etiladi va ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis shartnomasi kichik korxonaning taʼsischisi (taʼsischilari) tomonidan tuziladi, ustav esa tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis hujjatlarida quyidagilar belgilab qoʻyiladi: korxonaning nomi va turi, uning joylashgan oʻrni, faoliyat sohasi va maqsadlari, boshqaruv va nazorat organlari, ularning huquq Doirasi, mol-mulkni hosil qilish, daromad (foyda) va zararlarni taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish va tugatish shartlari, shuningdek, tegishli koʻrinishidagi yuridik shaxslar toʻgʻrisida qonunlarda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kichik korxona respublikaning vakolatli organlarida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kichik korxona joylashgan joydagi nohiya, shahar, shaharlardagi nohiya hokimliklarida, birja tarzidagi kichik korxonalar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, xorijiy investitsiyali korxonalar esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat roʻyxatiga olish uchun roʻyxatga oluvchi tegishli organga quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsischining (taʼsischilarning) roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlari (korxonaning ustavi, korxonaning tegishli turida esa — taʼsis shartnomasi ham);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror (mulk egasining qarori, majlis bayoni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik korxona tashkil etish va uning faoliyati uchun yer maydoni, boshqa tabiiy resurslar talab etilgan hollarda — yerdan foydalanuvchining rozilik xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼuliyati cheklangan jamiyat tarzidagi kichik korxonalar roʻyxatga olish vaqtida qatnashchilarning ustav fondiga kamida 30 foiz miqdorida ulush qoʻshganliklari toʻgʻrisida guvohlik beruvchi bank hujjatini ham taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar taʼsischilar boʻlgan hollarda taʼsis hujjatlari notarius tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olish uchun boshqa hujjatlar (shu jumladan, har xil maʼlumotnomalar, bitishuvlar, kafolat xatlari, yuridik manzilgohlar berish toʻgʻrisida shartnomalar va shu kabilar)ni taqdim etish amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilmagan va ular talab qilinmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kichik korxonani davlat tomonidan roʻyxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan holda, roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza olingan paytdan boshlab kechi bilan 10 ish kunida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani tashkil etish maqsadga muvofiq emas, deb davlat tomonidan roʻyxatga olishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etilgan hollarda roʻyxatga oluvchi organ arizachiga rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan yozma xulosani beradi. Davlat tomonidan roʻyxatga olishni rad etish sabablari taʼsischi (taʼsischilar) tomonidan asossiz deb topilsa yoxud korxona belgilangan muddatda roʻyxatga olinmasa, taʼsischi (taʼsischilar) sudga, hakamlik sudiga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik korxonani roʻyxatga olishning asossiz ravishda rad etilganligi sud tomonidan aniqlangan taqdirda, roʻyxatga oluvchi organlar moddiy javobgarlikka tortiladilar. Moddiy javobgarlikning miqdorlari sud tomonidan aniqlanadi va qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kichik korxonalarning davlat tomonidan roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar roʻyxatga olgan organ tomonidan un kun muddat ichida yagona davlat roʻyxatiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kichik korxonani boshqarish va uning xoʻjalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kichik korxonaning mulki asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati mustaqil balansda aks etadigan va korxonaga mulk yoxud toʻla xoʻjalik yuritish va tezkorlik bilan boshqarish huquqi boʻyicha tegishli boʻlgan boyliklardan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kichik korxonaning mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Korxonadan uning asosiy fondlarini, aylanma mablagʻlarini va oʻzi foydalanadigan boshqa mulklarning davlat tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, respublika qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan dollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar kichik korxonaning mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsischilarning pul va moddiy badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni, ishlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlardan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar va boshqa kreditchilarning kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
begʻaraz yordam yoki xayr-ehson badallari, tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning hadyalari, shuningdek, meros boʻyicha almashtirish va sovgʻa qilish yoʻli bilan olingan mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kichik korxonaning faoliyatini taʼminlash uchun korxonaning ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va nizomlar, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning turiga bogʻliq ravishda ustav jamgʻarmasi hosil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning ustav jamgʻarmasiga qoʻshiladigan ulushlar hisobiga mulkiy va intellektual boyliklarning barcha turlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kichik korxona oʻziga qarashli binolarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni, transport vositalarini, jihozlarni, xomashyo va boshqa moddiy boyliklarni boshqa korxonalarga, tashkilotlar va muassasalarga sotish va berish, ayirboshlash, ijaraga topshirish, vaqtincha bepul foydalanishga yoki qarzga berib turish, shuningdek, agar respublikaning, qonunchilik hujjatlarida va korxona ustavida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni balansdan chiqarish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kichik korxonaning pul mablagʻlari mamlakat va chet el valyutasida bank muassasalaridagi hisob-kitob schyotlarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kichik korxona oʻz xoʻjalik faoliyatini toʻla xoʻjalik hisobi asoslarida mustaqil amalga oshiradi, oʻz xoʻjalik faoliyati natijalari uchun, mehnat jamoasi va tuzilgan shartnomalar yuzasidan sheriklari oldida, davlat budjeti va banklar oldida amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolar bilan xoʻjalik faoliyatining barcha sohalaridagi munosabatlari shartnomalar asosida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kichik korxona oʻz mahsulotini (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish chiqindilarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa boshqariladigan narxlarda sotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kichik korxona oʻz ishlab chiqarishi va kapital qurilishining moddiy-texnikaviy taʼminotini ixtisoslashgan taʼminot-savdo tashkilotlarining, birjalarining xizmatlaridan foydalanish, yarmarkalarda, kimoshdi savdolarida va bevosita ishlab chiqaruvchilardan, shuningdek, import boʻyicha sotib olish yoʻli bilan mustaqil tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan topshiriqlar miqdorlarida davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish (xizmat) bajaruvchi korxonalar belgilangan tartibda fondlardagi moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mehnat munosabatlari, jumladan, xodimlarni yollash, boshqa ishga oʻtkazish, boʻshatish, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnatga haq toʻlash va boshqalar mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlar bilan boshqarib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar ish haqining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona mehnatga haq toʻlash, shuningdek, xodimlarning boshqa turdagi daromadlari shakllarini, tartibini va miqdorlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona u yerdagi barcha ishlovchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashga majburdir hamda ularning sogʻligʻiga va mehnat qilish layoqatiga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kichik korxona xodimlari davlat korxonalari xodimlari uchun belgilangan tartibda va shartlarda ijtimoiy va tibbiy sugʻurta qilinadi va ijtimoiy taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga va pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ oʻtkazishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatdor qogʻozlarni sotishdan olingan mablagʻlar, mehnat jamoasi aʼzolarining, yuridik shaxslarning, fuqarolarning pay va boshqa badallari, shuningdek, boshqa tushumlar kichik korxonaning moliyaviy resurslarini shakllantirish manbai hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kichik korxonalar korxonalardan, birlashmalar va tashkilotlardan soliq olish toʻgʻrisidagi, valyutani boshqarib borish va hokazo toʻgʻrisidagi amalda boʻlgan respublika qonunlariga muvofiq daromaddan (foydadan) va valyuta tushumidan toʻlovlar toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashma, korxona yoki tashkilot tarkibidan ajralib chiqish yoʻli bilan kichik korxona tuzishda foydadan (daromaddan) budjetga toʻlovlarning kamayishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik korxonalar amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqarish jamgʻarmalarining faol qismini jadal amortizatsiya qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kichik korxonalarda qoladigan sof foyda uning toʻla tasarrufiga kelib tushadi. Korxona sof foydadan foydalanish yoʻnalishlarini mustaqil belgilaydi, oʻz faoliyati va jamoaning ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan zaxira jamgʻarmasini va boshqa jamgʻarmalarni tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kichik korxonani boshqarish uning ustaviga muvofiq, mehnat jamoasining oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplarini va oʻz mol-mulkidan xoʻjalikda foydalanish boʻyicha mulkdorning huquqlarini uygʻunlashtirish asosida amalga oshiriladi. Korxona boshqaruvning tuzilishini, shakllari va usullarini, shtatlarni mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yigʻilish korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona rahbari faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun yigʻilishda taftish komissiyasi tuziladi. Korxona rahbari taftish komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kichik korxona belgilangan tartibda oʻz ish natijalarining tezkor buxgalterlik hisobini amalga oshiradi, statistik hisobot olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kichik korxonani qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kichik korxona faoliyati uni qayta tashkil etish (birlashish, qoʻshib olinish, boʻlinish, ajralish, aylantirish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilganda korxonaga tegishli huquqlar va majburiyatlar uning huquqiy vorislariga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Kichik korxona oʻz mol-mulkining egasi yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qarori boʻyicha yoxud sud yoki hakamlik sudining qarori boʻyicha, shuningdek, uning inqirozga uchraganligi eʼtirof etilgan hollarda va respublikaning qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kichik korxonani qayta tashkil etishda va tugatishda boʻshatiladigan xodimlarga qonunlarga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya qilishga kafolat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kichik korxonani tugatish Mulkdor yoki u vakolat bergan organ tomonidan tuziladigan tugatish komissiyasi, korxona faoliyati sud (hakamlik) qarori boʻyicha yoki inqirozga uchraganlik tufayli tugatilgan hollarda esa - ushbu organlar tayinlaydigan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani, ularning qarori boʻyicha, korxonaning oʻzi ham uning boshqaruv organi tomonidan tugatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab korxona ishlarini boshqarish vakolatlari unga oʻtadi. Komissiya tugatiladigan korxonaning mavjud mol mulkini baholaydi, uning debitorlari a kreditorlarini aniqlaydi va ular bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni mulkdorga yoki komissiyani tayinlangan organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi oʻz aybi bilan korxonaga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik qonunlariga muvofiq mulkiy javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Davlat roʻyxatiga olish daftariga tegishli yozuvlar kiritilgan paytdan boshlab qayta tashkil etish yoki tugatish nihoyasiga yetgan, kichik korxona esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 26-fevraldagi 85-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUSUSIY TADBIRKORLIK TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xususiy tadbirkorlik — bu tashabbuskorlik, amaldagi qonunchilik doirasidagi xoʻjalik faoliyati boʻlib, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida tavakkalchilik bilan va oʻz zimmasiga mulkiy javobgarlik olib, yollanma mehnatni jalb etgan holda fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlik yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiriladigan yakka tadbirkorlik faoliyatini ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xususiy tadbirkorning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxona mulkining hammasi yoki bir qismi fuqaro mol-mulkiga utishi yoki sotib olinishi, ijaradagi mol-mulkning sotib olinishi yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan shaxsiy jamgʻarmalar, bank kreditlari asosida sotib olinishi, shuningdek, tadbirkorning davlat mulkidan va jamoat tashkilotlarining mulkidan foydalanishi asosida, yuqorida sanab oʻtilgan mulk shakllarini uygʻunlashtirish asosida vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolar — tadbirkorlarning xususiy mulkchiligiga asoslangan korxona xususiy korxona boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik haqida” va “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar haqida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarning xususiy tadbirkorligini vujudga keltirishning, faoliyatining, uni tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar haqida”, “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tuzish, faoliyat koʻrsatish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xususiy tadbirkorlikni vujudga keltirish, faoliyat koʻrsatish va uni tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xususiy korxonani tashkil etish va uni roʻyxatga olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, ular mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob schyotiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xususiy korxona oʻzi joylashgan yerdagi nohiya, shahar va shaharlardagi nohiyalar hokimliklarida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs boʻlmasdan oʻz faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan Tadbirkor yashash joyidagi nohiya, shahar va shaharlardagi nohiyalar hokimliklariga ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xususiy korxonalar oʻz filiallariga, tarmoq korxonalariga va vakolatxonalariga ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xususiy korxonani davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarni davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nohiya, shahar va shaharlardagi nohiyalar hokimliklarida davlat roʻyxatiga olish uchun tadbirkorning arizasi va korxonaning ustavi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xususiy korxonani roʻyxatga olish yoki uni roʻyxatga olmaslikni asosli ravishda rad etish zarur hujjatlar bilan ariza berilgan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshiriladi. Agar korxona belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olinmagan boʻlsa yoxud korxonani roʻyxatga olish asosli ravishda rad etilgan boʻlsayu, Tadbirkor uni asossiz deb bilsa, u sudga murojaat etishi mumkin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxonani davlat roʻyxatiga olganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda davlat boji olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati xususiy tadbirkorlikning shakllaridan biri hisoblanadi va fuqarolar tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiriladi. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga nohiya, shahar, shaharlardagi nohiyalar hokimliklari tomonidan ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolarga soliq organlari tomonidan davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan forma boʻyicha yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega degan guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga yengil avtomobil transportida xizmat koʻrsatish, rasmga tushirish, qurilish, fuqarolarga tegishli kvartiralarni (uylarni va boshqa xonalarni) tuzatish va obodonlashtirish, fuqarolar tomonidan uyushtiriladigan toʻylarda, tantanalarda va boshqa tadbirlarda madaniy xizmat koʻrsatish, mol-mulkni (qurilmalar, kvartiralar, xonalar va avtomobillardan tashqari) prokatga (ijaraga) berish, akvarium baliqlari koʻpaytirish boʻyicha yuridik shaxs boʻlmasdan davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega degan guvohnoma fuqarolar tomonidan daromad soligʻining belgilab koʻyiladigan summasi toʻlangandan soʻng beriladi. Daromad soligʻining belgilangan summalari nohiya, shahar va shaharlardagi nohiyalar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xususiy korxonaning mulki va faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xususiy korxonaning mulkini asosiy va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xususiy korxona mulkini shakllantirish va koʻpaytirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorning pul va moddiy mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining qonun bilan taqiqlanmagan boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar va boshqa kredit beruvchilarning kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlar bilan boʻlgan muomalalardan olingan dividendlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlarni sotishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros boʻyicha, ayirboshlash va inʼom qilish yoʻli bilan olinadigan mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xususiy korxonaning egasi oʻz mol-mulki boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan istalgan xatti-harakatlarni qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xususiy korxona mulkdorga xususiy va shaxsiy mulk huquqida tegishli boʻlgan oʻz mulki bilan majburiyatlar boʻyicha javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xususiy korxona egasi ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillikka ega boʻladi. Xususiy korxonani boshqarishni uning egasi tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xususiy korxona oʻz mahsulotlarini (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish chiqindilarini mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar va tariflar boʻyicha, amaldagi qonunlar bilan nazarda tutilgan hollarda esa, boshqariladigan narxlar boʻyicha realizatsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga ketgan mablagʻlarni (ish haqi, ijara uchun toʻlov, qarzlarni va ssudalar boʻyicha foizlarni toʻlash va hokazo shunga kiradi) mahsulotni realizatsiya qilishdan tushgan tushumdan chiqarib tashlagandan keyin keladigan sof foyda mulkdorning tadbirkorlik daromadi hisoblanadi, undan u oʻz xohishiga koʻra foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xususiy mulk asosida faoliyatni amalga oshiruvchi korxonaning daromadlariga korxona egasining shaxsiy daromadlari sifatida qaraladi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy shaxslardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan daromad soligʻi olish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq soliq olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xususiy Tadbirkor pul mablagʻlarini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumlarning nomi yoki ramzi, buyumni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda albatta tamgʻalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini boshqa Tayyorlovchining buyumlari bilan aralashib ketishiga yoʻl qoʻyadigan istalgan maʼlumotlarni oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Raqobatchining obroʻsiga putur yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlar qilishga ishlab chiqarish kvotalari toʻgʻrisida barcha til biriktirishlarga, sotish va taʼminot bozorlarini boʻlib olishga, erkin raqobatni cheklash maqsadida tanho yuqori yoki past narxlarni ushlab turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xususiy korxona oʻz mahsulotini va kapital qurilishni ixtisoslashtirilgan taʼminot-sotish tashkilotlari, birjalarning xizmatlaridan foydalanish, yarmarkalarda, kimoshdi savdosida va bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilardan, shuningdek, import boʻyicha sotib olish yoʻli bilan mustaqil ravishda moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlarni (xizmatlarni) bajaruvchi xususiy korxonalar belgilangan tartibda fondli moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xususiy korxona egasi belgilangan muddatlarda davlat soliq organlariga shaxsiy daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, statistika organlariga esa xususiy korxonaning ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xususiy korxona belgilangan formalar boʻyicha statistika va buxgalteriya hisobini yuritadi. Xususiy korxona egasi hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi uchun qonun bilan belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Xususiy korxonaning moliya va xoʻjalik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan soliq va boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilayotganda tekshiruvchi organlar tomonidan korxonaning tijorat sirlaridan iborat maʼlumotlarning saqlanishiga va oshkor qilinmasligiga rioya etish taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xususiy korxonada ishchi kuchlarini yollash va mehnatga haq toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xususiy korxonalar xodimlarni mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha yollaydi. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi, unda Tomonlarning huquqi va burchlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mehnat shartnomasi (kontrakti) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishlarni bajarish majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzilgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va unga haq toʻlash shartlari, ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning ijtimoiy himoyalanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning kelishuvi boʻyicha boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xususiy korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi talablariga rioya etishga, korxonada ichki mehnat tartibi qoidasini belgilashga, xavfsizlik, sanitariya va mehnat gigiyenasi talablariga rioya qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xususiy korxonada ishlaydigan xodimlarga belgilangan tartibda mehnat daftarchasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yollanma ishchilarning shartnoma yoki kontraktda kelishilgan mehnat haqi davlat tomonidan belgilangan eng kam miqdorlardan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Xususiy Tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xususiy korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan ish kuni, ish haftasi va mehnat taʼtilining davom etish muddatiga rioya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xususiy korxonada ishlash vaqti korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalari asosida pensiya olish huquqini beruvchi mehnat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Xususiy korxonalardagi mehnatga oid nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Xususiy korxonadagi yollanma xodimlar soni (filiallar, tarmoq, korxonalar va vakolatxonalardagi ishlovchilar sonini qoʻshganda) quyidagilardan koʻp boʻlishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatda va qurilishda — 200 kishigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 50 kishigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 25 kishigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana savdoda — 15 kishigacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xususiy korxonani tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xususiy korxonani tugatish mulk egasining qaroriga koʻra yoki sudning (hakamlik sudining) qarori bilan taʼsischilarning korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi aktlari sud tomonidan haqiqiy emas, korxona inqirozga uchragan, faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga xilof deb topilgan hollarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xususiy korxona davlat roʻyxatidan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Budjet va tashkilotlardan, tugatilgan xususiy korxona xodimlaridan qarzlar belgilangan tartibda toʻlangandan keyin qolgan mablagʻlarning bir qismi korxona egasiga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xususiy tadbirkorlikka davlat kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Davlat xususiy tadbirkorning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishiga kafolat beradi, erkin ravishda vijdonan raqobatlashish uchun sharoit yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslardan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydi, ushbu resurslar bozorining monopoliya qilinishiga yoʻl qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Agar davlat organi yoki boshqa organ tomonidan oʻzining vakolatiga yoxud qonunchilik talabiga mos kelmaydigan akt chiqarilishi natijasida xususiy tadbirkorning huquqlari buzilsa, u bunday hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud ularning mansabdor shaxslarining xususiy tadbirkorning huquqlarini buzuvchi koʻrsatmalarini bajarish natijasida xususiy tadbirkorga yetkazilgan zararlar, shuningdek, bunday organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan xususiy tadbirkorga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarning yetarli darajada amalga oshirilmasligi oqibatida yetkazilgan zararlar ana shu organlar tomonidan qoplanadi. Zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.