Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.1999 15.02.1991 yildagi 207-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.02.1991 yildagi 207-XII-son
Date of entry into force
01.03.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston sovet sotsialistik Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 14-apreldagi 755-I-son “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xaqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni tashkil etish, uning amal qilishi va rivojlanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini kafolatlaydi, ularning huquqlari va javobgarligini belgilab beradi, tadbirkorlarning bir-birlari bilan va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar bilan, barcha boshqaruv idoralari bilan o‘zaro munosabatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan mulkchilik shakllari asosida va ularga muvofiq tartibga solib turadi.
(Muqaddimaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlarini belgilash asosida bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlash, bu shakllarning teng huquqlilik asosida amal qilishi, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatlashuv ta’minlanadigan sharoitlarning yaratilishiga ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Tadbirkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik — mulkchilik subyektlarining mollar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishidir.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorning shaxsiy mol-mulki asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakllarda jalb etishi asosida;
(1-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan foydalanish asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati mulkdor tomonidan ham, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishiga va (yoki) boshqa fuqarolarning mehnatini qo‘llash yo‘li bilan foydalanishiga asoslanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik bilan bog‘liq munosabatlar, mulkchilikning shaklidan, faoliyat turidan, qaysi sohaga ixtisoslashidan qat’i nazar, ushbu Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy faoliyati tadbirkorlikdan iborat bo‘lmagan davlat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, jamoat va diniy tashkilotlarga hamda o‘zga tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tadbiq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tadbirkorlikning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun bilan ta’qiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish erkinligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarning barcha turdagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritishda, mulk shakllaridan qat’i nazar, qonun oldida teng huquqliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromad olishning manbalari va usullari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, soliq idoralari huzurida hisob berishning asoslov (deklarativ) shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib ko‘rsatganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan moddiy javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tadbirkorlik subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar tadbirkorlik subyekti bo‘lishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanmagan O‘zbekiston Respublikasi har qanday fuqarosi;
(4-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— fuqarolar guruhi (sheriklar), shu jumladan davlat, kooperativ va boshqa korxonalarning mehnat jamoasi — jamoa tadbirkorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa ajnabiy davlatlarning fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— aralash mulk subyektlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralarining rahbar xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi man etilgan shaxslarning bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Tadbirkorlik shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik shakllari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yakka tartibdagi faoliyat;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
(5-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir guruh fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi yoki hamkorlikdagi tadbirkorlik.
(5-moddaning to‘rtinchi va beshinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Tadbirkorlik tashkiloti (shirkati) va uning faoliyati asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzadi. Tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Tadbirkorlik huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir fuqaro (bir guruh fuqarolar) xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan teng asoslarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda:
(7-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarni vujudga keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirish;
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkor turli darajada mulkiy javobgar bo‘ladigan o‘z tadbirkorlik tashkilotini ta’sis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etish;
(7-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil tarzda xodimlarni yollash va ishdan bo‘shatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik orqali chegaralanmagan miqdorda, lekin soliq solinadigan shaxsiy daromad orttirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ta’minlash va ijtimoiy sug‘urta qilish huquqiga egadir.
(7-moddaning birinchi qismi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 853-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning har qanday xatti-harakatlari va tadbirkorga qilayotgan da’volari hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari xususida bahslashishga haqli, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hech so‘zsiz qo‘llanadiganlari bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tadbirkorlik majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yollanib ishlayotgan xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mehnat shartnomalari (bitimlar) tuzishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ishga jalb etilgan barcha xodimlar bilan tuzilgan bitimga muvofiq, korxonaning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, to‘la hisob-kitob qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug‘urta qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qonunlarga muvofiq maxsus bilim va ko‘nikma talab qilinadigan ishga faqatgina zarur tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tadbirkorlik mas’uliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarning ijrosi, boshqa subyektlarning mulkiy huquqlarni buzganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar yetkazadigan mahsulot yetkazib berganligi, atrof-muhitga zarar yetkazganligi, yakka hokimlikka qarshi qonunlarni buzganligi uchun tadbirkor o‘z mol-mulki doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganlik uchun tadbirkor mulkiy yoki qonunlarda ko‘zda tutilgan asoslarda, sud tartibida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga qadar o‘zga tarzda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy da’volar tadbirkorlikning merosxo‘rlariga ham taalluqli bo‘ladi, lekin ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorning mulkchilik munosabatlari barqaror bo‘lishiga kafolat beradi. Davlat tadbirkorlar mulkiy huquqlariga kafolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari mulkdorning huquqini to‘xtatadigan qonun hujjatlarini qabul etgan taqdirda, shu hujjatlar qabul etilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar sudning qaroriga binoan tegishli hokimiyat yoki boshqaruv idorasi ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan mulkdorga to‘la hajmda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari yuzasidan uning mol-mulkiga jazo chorasi belgilangan taqdirdagina davlatning tadbirkorlik tashkiloti ixtiyoridagi mol-mulkni mulkdordan tortib olishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 60-modda; 1993-y., 6-son, 237-modda)