Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 29.11.1991 yildagi PF-295-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 29.11.1991 yildagi PF-295-son
Date of entry into force
29.11.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA DEHQON (FERMER) XO‘JALIKLARINI YaNADA MUSTAHKAMLASh VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni va aholiga xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, bozor iqtisodiyotining xo‘jalik tarmoqlari majmuini jadal shakllantirish, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun qo‘shimcha sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar uyushmasining, dehqonlar ittifoqining respublikada 1992-yilda dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun yer fondini vujudga keltirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari 1991-yilning 20-dekabrigacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z hududlarida paxta va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari maydonini kamaytirish hisobiga shu maqsadlar uchun ajratiladigan sug‘orma yerlar miqdori to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari dehqon (fermer) xo‘jaliklari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni barpo etish uchun fuqarolarga ajratib berilgan qishloq xo‘jalik yerlarini ro‘yxatga olishlari, shu maqsadlarda foydalanilmayotgan uchastkalarni olib qo‘yishlari va mazkur fondga topshirishlari zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi 1992-yilning 1-yanvariga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat ijroiya qo‘mitalari ishtirokida mazkur masala yuzasidan zarur qarorlarni qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun dehqon (fermer) xo‘jaliklariga beriladigan yer uchastkalarining miqdorlarini xalq deputatlari rayon Kengashlari yoki ularning topshirig‘iga binoan rayon ijroiya qo‘mitalari belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon (fermer) xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalari kamida 10 yil muddat bilan ijaraga topshiriladi va ijara muddatini yana uzaytirish huquqi beriladi, bunda yerlar birinchi navbatda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika jamg‘armasiga hamda erkin sotish uchun oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berayotgan, shuningdek yerdan va olingan kreditlardan samarali foydalanayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklarga mazkur jamg‘armadan birinchi navbatda qo‘shimcha yer uchastkalari beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilayotgan mahsulotning kamida 50 foizini shartnomaviy narxlarda respublika jamg‘armasiga yetkazib berganlik uchun muqobil tarzda sotish yo‘li bilan dehqon (fermer) xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik texnikasi yoqilg‘i-moylash materiallari, yem-xashak va boshqa resurslar bilan ta’minlash vazifasi iqtisodiyot qo‘mitasi bilan moddiy-texnika ta’minoti organlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon (fermer) xo‘jaliklari yetishtirilayotgan mahsulotning qolgan qismini mustaqil tasarruf etish huquqiga ega va o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati uchun ulgurji va chakana savdoda, davlat va shirkat korxonalari hamda tashkilotlaridan, shuningdek jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklaridan moddiy-texnikaviy resurslarni monesiz sotib olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat kooperativ qo‘mitasi, “Uzselxozsnabremont”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni joylarda dehqon (fermer) xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik mashinalarini, anjomlar va asbob-uskunalarni ijaraga beruvchi, agroximiya va veterinariya xizmati ko‘rsatuvchi davlat-kooperativ punktlarini barpo etishlari, zotli chorva mollarni, ko‘p yillik o‘simliklarning urug‘lari, ko‘chatlarini sotib olishda ko‘maklashishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Uzkoopzagottorg”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni dehqon (fermer) xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qabul qilib olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, ular bilan oldindan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishlari, tayyorlov punktlari bilan firma do‘konlari tarmog‘ini kengaytirishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirayotgan jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari bilan ularning rahbarlarini shaxsan va xizmatda foydalanish maqsadida sotib olish uchun navbatdan tashqari yengil avtomashinalar va mototsikllar ajratib berish, pul va qimmatli sovg‘alar bilan mukofotlash orqali moddiy rag‘batlantirish tartibini amalda joriy etish zarur deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki dehqon (fermer) xo‘jaliklari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga chorva, parranda, yem-xashak va binokorlik materiallari sotib olish uchun naqd pul bilan kreditlar berish zarur. Naqd pul bilan kredit berish tartibi to‘g‘risida uch kun muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va tarmoq boshqaruvining o‘zga organlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari mehnatkashlarning tadbirkorlik faoliyatida, o‘zlarining xo‘jalik sohasidagi tashabbusini ruyobga chiqarishda faol ishtirok etishlariga butun choralar bilan ko‘maklashishlari, O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasi hamda uning tashkilotlariga o‘zlarining Nizomdagi vazifalarini amalga oshirishlarida ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik faoliyatini qaror toptirish va rivojlantirishda amaliy jihatdan moddiy hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armani tuzishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 2 million so‘m mablag‘ ajratib berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasining ishtiroki bilan bir hafta muddat ichida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi qoidani ishlab chiqib, tasdiqlashi, xo‘jalik faoliyatining mazkur shaklini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, mablag‘lar tushishi manbalari hamda ulardan foydalanish tartibini belgilashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasining, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining, “El” xalqaro uyushmasining, madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar Xalq akademiyasining, Toshkent Iqtisodiyot dorilfununining, “Toshkent” respublika universal birjasining hamda boshqa tashkilotlarning yosh tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston respublika uyushmasini tashkil qilish borasidagi tashabbusi ma’qullansin. Bu uyushma yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bilan birlik, tashkiliy, huquqiy, axborot-maslahat masalalari hamda boshqa masalalarni hal qilishga ko‘maklashishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, tashqi iqtisodiy ishlar, shu jumladan tovar ayirboshlashga doir ishlar bo‘yicha jami hisob-kitoblar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki orqali yoki buning uchun vakil qilingan respublikaning boshqa banklari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tadbirkorlar chet ellardagi sheriklari bilan o‘zaro manfaatli shirkatchilik aloqalarini o‘rnatishlarida, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni chetga sotishda, xalq iste’moli mollarini, o‘z ehtiyojlari uchun texnika va texnologiya uskunalarini chetdan xarid qilishda ularga ko‘maklashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlar uyushmasiga belgilangan miqdor asosida savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin, buning uchun belgilangan tartibda xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo tashkiloti barpo etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Davlat bankiga, O‘zbekiston sanoat-qurilish bankiga, O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat bankiga, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasi ishlab chiqqan va respublika Hukumati ma’qullagan aniq maqsadni ko‘zlovchi dasturlar majmuini ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli shartlar bilan kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik korxonalarni barpo etish, ularning faoliyati va davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartibi haqidagi va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizomni bir hafta mobaynida tasdiqlasin. Bunda tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan korxonalarni ro‘yxatga olishning jun tartibi belgilanib, ariza berilgan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ro‘yxatga olinadigan bo‘lsin va bunda zarur hujjatlar ilova qilinsin. Yuridik shaxs maqomini rasmiylashtirmay qonunda taqiqlanmagan yakka tartibdagi tadbirkorlikning barcha turlari bilan shug‘ullanish huquqi kengaytirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon (fermer) xo‘jaliklarini va tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish uchun huquqiy negizni ta’minlaydigan zarur me’yoriy hujjatlarni yigirma kun muddat ichida ishlab chiqib, tasdiqlashi, eskirib qolgan qoidalarni qaytadan ko‘rib chiqishi, soliq solish, bank va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi, korxonalar va kooperatsiya to‘g‘risidagi respublika qonunlariga qo‘shimchalar kiritish hamda o‘zgartirish yuzasidan takliflar tayyorlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi, Oliy sudi, Oliy hakamlik sudi boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi, mulk egalarining huquqlarini cheklovchi qoidalarni amaldagi qonunlardan chiqarib tashlash to‘g‘risida bir oy muddat ichida takliflar kiritishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni amalga oshirishga doir aniq ravshan tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qarorni bir hafta muddat ichida qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-295-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 9-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 201-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda)