Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi PF-5330-son, “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son farmonlarining hamda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlari roʻyxati 31-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni tavsifi va guvohnomasi 5, 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyun,
487-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik markaziy apparati “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Vazirlik tarkibiga kiruvchi oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining oʻz ixtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tushumlarning 0,2 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
xalqaro grantlar va texnik koʻmak mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan maxsus gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shu jumladan:
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimi, uskunalar, kompyuter dasturlari va aloqa vositalarini xarid qilish;
boshqa xarajatlarga (bino, isitish tizimini taʼmirlash, tutash hududni obodonlashtirish, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, ehtiyot qismlar va yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish va boshq.);
loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi obyektlari, shu jumladan markaziy apparat bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, texnik qayta jihozlash;
b) qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, shu jumladan:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
noshirlik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish;
ilmiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, ixtirolar yaratish va ilmiy ishlarni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti masalalari boʻyicha uslubiy koʻrsatma va maqolalar chop etish, ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazish;
hududiy boʻlinmalar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarida tajriba oshirishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro koʻrgazmalar, loyiha va dasturlarda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish davrida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbar va mutaxassislarini qabul qilish va ularga hamrohlik qilish, shuningdek, anjumanlar tashkil etish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan Markaziy apparat va “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi xodimlarining oylik lavozim maoshlariga qoʻshimchalar (mukofotlar, moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlari, xizmat muddati uchun toʻlovlar) belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari xodimlarini saqlash va moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini qoplash;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v1) Jamgʻarma Kengashining qaroriga asosan:
vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini tashkil etish hamda takomillashtirish bilan bogʻliq toʻlovlar, ayrim hollarda ustav fondini shakllantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va kasb-hunar taʼlimi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
kasb bayrami bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan “v1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v2) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, shu jumladan:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan “v2” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
g) vazifalar bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) tomonidan har yili tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga (keyingi oʻrinlarda smeta deb ataladi) muvofiq foydalaniladi.
7. Jamgʻarma smetasi kelgusi yil uchun kutilayotgan moliyaviy mablagʻlar tushumi prognozi va tadbirlarni amalga oshirish zaruratidan kelib chiqqan holda tuziladi.
8. Vazirlik Markaziy apparati boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish haqida buyurtmanoma (keyingi oʻrinlarda buyurtmanoma deb ataladi) beradi.
9. Buyurtmanomada tadbirlar, ularni oʻtkazish zaruratining asosi, zarur mablagʻlar miqdori koʻrsatiladi.
Kelgusi moliyaviy yil uchun buyurtmanomalar joriy yilning 1-iyuniga qadar Vazirlikka taqdim qilinadi.
Buyurtmanoma yozma yoki elektron shaklda taqdim qilinadi.
Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
tashkilotning toʻliq nomi va aniq manzili, bank rekvizitlari;
tadbir (loyiha) nomi;
loyihani amalga oshirish zarurati asoslangan, mavjud muammolar va ularni hal etish (toʻliq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) imkoniyatlari, talab etiladigan mablagʻlar miqdori, mablagʻlardan foydalanish maqsadlari, loyihani amalga oshirish uchun mablagʻ mavjud emasligining asosi, shuningdek, kutilayotgan natijalar bayon etilgan tushuntirish xati;
soʻralayotgan mablagʻlar hisob-kitobi (loyihani amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablagʻlar kalkulyatsiyasi yoki loyihani amalga oshirish smetasi).
Zarur hollarda, buyurtmanomani asoslaydigan tegishli hujjatlar, tadbirlar rejasi yoki qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boʻlinmalarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturiy hujjatlar buyurtmanomaga ilova qilinadi.
10. Hududiy boʻlinmalardan kelib tushgan buyurtmalarni koʻrib chiqish, kutilayotgan moliyaviy tushumlar haqida maʼlumotlarni oʻrganish va tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida Jamgʻarma Kengashi tuziladi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Vazirlik tomonidan shakllantiriladi va vazir tomonidan tasdiqlanadi.
11. Buyurtmanomalarni qabul qilish, umumlashtirish va ularni Jamgʻarma Kengashiga taqdim etish Vazirlikning Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi boʻyicha doimiy monitoring esa iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari tomonidan yuritiladi.
12. Jamgʻarma Kengashi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun Jamgʻarma mablagʻlarining ajratilishi haqida buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng dolzarb va asoslanganlarini tanlab oladi, ularni umumlashtiradi va mablagʻlar ajratilishi haqida qaror qabul qiladi;
ajratilgan mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda moliyalashtirishni toʻxtatadi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga ajratilgan mablagʻlarni qaytarish haqida topshiriq beradi;
mablagʻ oluvchilarning mablagʻlardan foydalanish va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarini eshitadi;
oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
13. Kelgusi yil uchun taqdim qilingan buyurtmanomalar har yili 1-iyunga qadar Jamgʻarma Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilanadi hamda ular asosida mablagʻlar ajratish haqida qaror qabul qilinadi.
14. Vazirlik tasdiqlangan smetaga asosan Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun hisobdorlik, nazorat va javobgarlik
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va qatʼiy maqsadlarda foydalanilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi — Vazirlikning bosh hisobchisi buxgalteriya hisobining toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlarni tuzilishi va taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
17. Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Vazirlikka taqdim etadi.
18. Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi — Vazirlikning bosh hisobchisi Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilardan mablagʻlardan foydalanish va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni qabul qiladi va ular Jamgʻarma Kengashida eshitilganidan soʻng umumlashtiradi.
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda hisobot davri tugagandan soʻng 25 kundan kechikmasdan, yillik hisobotlar esa kelgusi yilning 30-yanvaridan kechikmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarini amalga oshirish
2. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish quyidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi:
a) budjet mablagʻlari:
bir yilda ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi mukofotlar;
bir yilda bir oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam toʻlovlari;
qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti;
Maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga mehnatga haq toʻlash fondidan 15 foiz miqdorida xodimlar mehnatini moddiy ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan 2-band “a” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshilarining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga:
xodimning umumiy ish staji davomiyligidan kelib chiqib, xizmat muddati uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
bayram sanalariga mukofotlar;
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarganlik uchun yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar;
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning sogʻligini tiklash maqsadida toʻlanadigan moddiy yordam;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba toʻlanadigan moddiy yordam.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish miqdorlari va shartlari
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, xizmat muddati, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, vazirlik markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz;
25 yildan ortiq — 60 foiz.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bayram sanalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, Konstitutsiya kuni, 8-mart kuni, Navroʻz, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) i “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adxa) hamda kasb bayramida xodimlar oylik lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) bir barobari miqdorida ragʻbatlantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor vazirlik markaziy apparati va “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi xodimlariga lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizgacha hamda hududiy boʻlinmalar xodimlariga 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Ustamaning aniq miqdori vazirlik markaziy apparati xodimlari va hududiy boʻlinmalar rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan hamda qolgan xodimlarga hududiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri alohida oʻrnak koʻrsatgan markaziy apparat xodimlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan miqdordan tashqari lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashi mumkin, bunday xodimlar soni markaziy apparatning umumiy xodimlari sonining 15 foizidan oshmasligi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobarigacha boʻlgan toʻlovlar va ularga yordam koʻrsatish maqsadida ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha boʻlgan toʻlovlar amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Zaruratga koʻra, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda xodimlar va (yoki) ularning oila aʼzolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam toʻlab beriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) toʻlab beriladi, agar xodimning xotini (eri) boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
turmush qurganda, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, xodim arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida vazir yoki vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarining roziligi asosida quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam toʻlab beriladi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
yaqin qarindoshi vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
alohida zaruratga koʻra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va sogʻligini tiklash, oilaning kam taʼminlanganligi va moliyaviy holatining ogʻirligi).
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimining xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini moliyalashtirish
9. Quyidagilar xodimlarni ragʻbatlantirishning moliyaviy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari –Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi va budjet mablagʻlari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi budjet tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari — ular faoliyati natijalari boʻyicha olingan sof foydaning bir qismi;
shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
10. Moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tegishli miqdor va manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
11. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
31-ILOVA
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari boshqaruv xodimlarining umumiy soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ–3671-son qarori bilan belgilanganadi.
** Ish haqi va barcha boshqa xarajatlar Monitoring xizmati yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran moliyalashtiriladi.
(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1. “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan va sohada fidokorona mehnati bilan namuna boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi.
2. Koʻkrak nishoni bilan ushbu Nizomning 1-bandida qayd qilingan xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
3. Mukofotlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Mukofotlash ushbu Nizomning 1-bandida qayd qilingan tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining taqdimnomasi boʻyicha har yili 5-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
5. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy saytida chop etiladi.
6. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri yoki uning topshirigʻi va uning nomidan masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.
7. Koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomonida davlat mukofotlaridan quyida taqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla pul mukofoti oladilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bir yoʻla pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
9. Aynan bir shaxs koʻkrak nishoni bilan, qoidaga koʻra, bir marta mukofotlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) mis qotishmasidan tayyorlanadi va 34 mm diametrli aylana shakliga ega boʻladi:
Koʻkrak nishonining old qismining markazi boʻylab paxta va bugʻdoy boshoqlari tasviri joylashtirilgan, ular aylana shaklidagi qishloq xoʻjaligi texnikasi belgisi bilan oʻralgan, aylananing quyida daryo tasvirlangan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻyicha sirlangan doiraga yashil rangda va bronza hoshiya bilan hoshiyalangan “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISNLOQ XO`JALIGI FIDOYISI” yozuvi tushirilgan. Bronza rangidagi harflar balandligi 2,3 mm tashkil etadi. Quyi qismida markaz boʻylab bronza rangidagi sakkizburchakli yulduz tasviri joylashtirilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida “SONADAGI KO`P YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” yozuvi joylashtirilgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr.
Tasvir va yozuvlar boʻrtib chiqqan.
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari hoshiyalangan.
Koʻkrak nishoni ilmoqcha va halqa yordamida toʻgʻri toʻrtburchakli qadagʻichga ulanadi.
Qadagʻich kengligi — 26 millimetr, balandligi — 17 millimetr. Qadagʻich toʻq yashil rangda. Qadagʻich markazi boʻylab kengligi 20 millimetr, uzunligi 13 millimetr, 6 ta barg va 5 ta novdachadan iborat bronza rangidagi novda joylashtirilgan.
Qadagʻichning orqa tomonida koʻkrak nishonini kiyimga mahkamlash uchun toʻgʻnogʻich shaklidagi moslama mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
5a-ILOVA
5a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoniga guvohnoma
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoniga guvohnoma 240 g/m.kv qalinlikdagi ofset qogʻozidan tayyorlangan 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobchadan iborat.
Guvohnomaning oldi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) plyonka bilan zichlangan, yashil rang foniga ega.
Guvohnomaning birinchi beti 7,5 millimetr qalinlikdagi ichki burchaklari yumaloqlangan toʻq yashil rangdagi hoshiya bilan hoshiyalangan.
Guvohnoma yuqori qismidan 35 millimetr quyida markaz boʻylab 3,5 millimetr oraliqda uch qator matn joylashtirilgan: birinchi qatori “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchisi — “QISNLOQ XOʼJALIGI FIDOYISI”, uchinchisi — “koʼkrak nishoni” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 17). 6 millimetr quyida — “GUVONNOMASI” yozuvi (yozuvlar bosh harflarda, shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 17) joylashtirilgan. Yozuvlar bronza rangida tayyorlangan.
Guvohnomaning ichki qismi (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangʻir” tasviri tushirilgan moviy osmon rangida tayyorlangan va ofset usulida bosilgan.
Guvohnoma ichki tomonining chap qismida (ikkinchi bet) markaz boʻylab oʻz kattaligidagi koʻkrak nishonining rangli tasviri joylashtirilgan.
Guvohnoma ichki tomonining oʻng qismida (uchinchi bet) yuqori chetidan 8 millimetr quyida markaz boʻylab “_____-sonli guvohnoma” yozuvi joylashtirilgan (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) (15 millimetr uzunlikdagi chiziq bilan).
“GUVONNOMA” yozuvidan 11 millimetr quyida 8 millimetr oraliqda mukofotlanadigan rahbar yoki xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd qilish uchun uchta chiziq joylashtirilgan.
Quyi chiziqdan 6 millimetr masofada markaz boʻylab 2 millimetr oraliqda uch qatorli matn joylashtirilgan. Matn “Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirining” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvdan iborat.
Soʻng 5 millimetr quyida 4 millimetr oraliqda ikki qatorli matn joylashtirilgan. Birinchi qator “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchisi — “____-sonli buyrugʼiga asosan” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvlaridan iborat.
Davomida 5 millimetr quyida markaz boʻylab 5 millimetr oraliqda uch qatorda matn joylashtirilgan. Birinchi qatori — “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchisi — “QISNLOQ XOʼJALIGI FIDOYISI” (shrift “Times new Roman Bolt”, 12-kegl), uchinchisi — “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvlaridan iborat.
Chapda oxirgi soʻzlardan 9 millimetr quyida 2 millimetr oraliqda bir qatorda yozuv joylashtirilgan. Matn “VAZIR”: (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvidan iborat.
“VAZIR” soʻzidan keyin imzo uchun 20 millimetr uzunlikda chiziq tushirilgan. Uning ostida “(Imzo)” yozuvi mavjud. Uning ostida chap tomonida muhr uchun “M.Oʼ.” yozuvi mavjud.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 09/18/487/1415-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)