Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022 17.04.2018 yildagi PF-5418-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.04.2018 yildagi PF-5418-son
Date of entry into force
18.04.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining jadal rivojlanishi, o‘z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruvi sohasida uzoq vaqt davomida hal etilmasdan kelayotgan tizimli muammolarning mavjudligi mazkur holatni yanada kuchaytirmoqda, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini vakolatli organlar o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmisiz tarqoq holda rejalashtirish va ta’minlash qabul qilinayotgan qarorlar hamda aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, qishloq va suv xo‘jaligida uzoq muddatli puxta siyosatning shakllantirilmaganligi sababli mazkur sohalarni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari belgilanmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilishda vakolatli organlarning samarali muvofiqlashtiruvchi roli va tashabbuskorligi mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, mas’ul idoralar tomonidan haqqoniy axborotni yig‘ish, tahlil qilish va almashish mexanizmining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli o‘zlariga yuklatilgan vazifalar samarasiz amalga oshirilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv iste’moli sohalarida mustaqil nazorat mavjud emas, buning natijasida tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni joriy qilish darajasi pastligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohalarida haqiqiy holatni va rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida ularni strategik rejalashtirish siyosati bo‘yicha ta’sirchan ishlarni yo‘lga qo‘yish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida hamda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5330-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi holati, mazkur sohada qonun hujjatlari hamda me’yoriy hujjatlar talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-iyuldan Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markaz negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mas’ul bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik) tashkil etilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markazning huquqlari, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2018-yil 1-avgustdan quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan idora va muassasalar xodimlari bandligini ta’minlashga ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda ikki oy muddatda Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasining vazifa hamda funksiyalarini qayta taqsimlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AKning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika markazi negizida, urug‘liklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urug‘lik tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urug‘lik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda ikki oy muddatda urug‘lik tayyorlash bo‘yicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urug‘ligining buyurtmasi, tayyorlanishi, alohida qayta ishlanishi va saqlanishi bo‘yicha talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashkil qilinayotgan jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya (Z.T. Mirzayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan idora va muassasalarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mol-mulki va pul mablag‘larini oqilona taqsimlash maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonga muvofiq idora va muassasalarni tugatish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish, ular ishini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idora va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini berish orqali jihozlashga doir tadbirlarni tashkil qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalarni, ularning hududiy bo‘linmalarini joylashtirish, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan idoralarni malakali kadrlar bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idoralar va muassasalar xodimlari hisobidan to‘ldirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan idora va muassasalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda tugatilayotgan idoralar va muassasalar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya bir oy muddatda yangidan tuzilayotgan idoralar va muassasalar faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularning asosiy vazifa, funksiya va faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berish bo‘yicha qarorlar loyihalari kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5418-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Z.T. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi

2.

B.T. Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

Sh.R. Xamrayev

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

4.

S.I. Samadov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

5.

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

6.

I.Y. Abduraxmanov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

7.

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

8.

R.A. Gulyamov

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

9.

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

10.

V.Y. Pak

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

11.

A.J. Tashkulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

12.

M.M. Mirsaatov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqarma boshlig‘i

13.

Sh.A. Tulyaganov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi �nvestitsiyalar innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri

14.

A.E. Ravshanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5418/1082-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)