Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022 12.02.2018 yildagi PF-5330-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.02.2018 yildagi PF-5330-son
Date of entry into force
12.02.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarilishini maqbullashtirish va samaradorligini oshirish, masʼuliyat sohalarini aniq chegaralash va oydinlashtirish, ushbu sohada dolzarb va muayyan muammolarni hal etish uchun mavjud kuch va vositalar bilan oqilona taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi bilan belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-fevraldagi F-5208-sonli farmoyishi bilan tegishli respublika komissiyasi tuzilgan va suv xoʻjaligi tizimini isloh qilish hamda suv xoʻjaligi tarmogʻini boshqarishni takomillashtirishga oid asosiy yoʻnalishlar belgilab berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish komissiyasi hamda Suv xoʻjaligi tizimini isloh qilish va suv xoʻjaligi tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash respublika komissiyasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda qishloq va suv xoʻjaligini amaldagi boshqarish tizimini har tomonlama oʻrganish va kompleks tahlil etish natijalari asosida, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5330-son