21.06.2018 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.06.2018 yildagi 461-son
Date of entry into force
22.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoniga muvofiq mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingani hamda u 2019-yil 1-mayga qadar davom etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bir hafta muddatda 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarini tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Komissiya ishchi organi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatiga tashkiliy-texnik hamda uslubiy ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi bo‘lgan murojaat etuvchilarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan hisobotni umumlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni bo‘yicha taqdim etib borish;
(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) komissiyalari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida doimiy nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha hisobotini tahlil qilish va respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga axborot berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tuman (shahar) komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik aksiya doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va uning natijalari bo‘yicha tegishli xulosa berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik aksiya doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mazkur komissiyalar a’zolari tomonidan tegishli ko‘chmas mulk obyektini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaat etuvchiga tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotni ushbu qarorning 4-ilovasiga muvofiq shaklda hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati ushbu qarorga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarorlari qabul qilingandan so‘ng ko‘chmas mulk obyektlari yagona elektron ma’lumotlar bazasiga hamda yer fondi toifalari bo‘yicha hisobotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy shaxslarning arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida to‘lovlar elektron shaklda qabul qilinishini hamda yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga hududiy komissiyalar tomonidan ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha axborotlar kiritilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning amaliyotda qo‘llanishini muntazam o‘rganib borsin va zarurat bo‘lganda, uning normalarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ta’minlasinlar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
461-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga (keyingi o‘rinlarda O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari ko‘p qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bir martalik aksiya doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyalarning faoliyati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmatlari markazlari va ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) a’zolari o‘rtasida axborot almashish idoralararo elektron hamkorlik tizimi (keyingi o‘rinlarda tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jismoniy shaxs (uning qonuniy vakili) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchining pasporti nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaat etuvchi arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Arizani ko‘rib chiqish uchun Davlat xizmatlari markazi tomonidan yig‘im undirilmaydi, bir martalik aksiya doirasida to‘lanadigan bir martalik yig‘im bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan yolg‘on ma’lumotlar yoxud unga ilova qilinadigan hujjatlarning to‘liq emasligi arizani qabul qilishda rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchiga ariza olingani to‘g‘risida tilxat beradi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini ko‘rsatgan holda, ariza nusxasida uning qabul qilingani to‘g‘risida tegishli yozuvni qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan skanerlanadi va bir soat mobaynida tizim orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallariga (keyingi o‘rinlarda komissiya ishchi organi deb ataladi) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya ishchi organi ariza kelib tushgandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida ko‘rsatilgan joyga chiqqan holda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganib, uning texnik planini shakllantiradi hamda ushbu texnik planni komissiya a’zolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga tizim orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya a’zolari ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 kalendar kun mobaynida murojaat etuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratini u joylashgan joyga borgan holda o‘rganadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra komissiya ishchi organiga ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha o‘z xulosalarini (ma’lumotnomalarini) tizim orqali yuboradi, tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya a’zolarining xulosalarida (ma’lumotnomalarida) quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagani yoki joylashgani, yer uchastkasining umumiy maydoni va sifat tavsiflari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tuman (shahar) qurilish bo‘limi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga (mavjud bo‘lganda), qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda hamda obyektlarning muhofaza zonalarida joylashgani yoki joylashmagani, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarining boshqa talablari buzilgani yoki buzilmagani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza etiladigan hududda joylashgani yoki joylashmagani, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni joylashtirishda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilgani yoki etilmagani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limining ma’lumotnomasida –o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratdan foydalanuvchi va uning oila a’zolari qaysi manzilda ro‘yxatdan o‘tganligi yoki ro‘yxatdan o‘tmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotnomasida — murojaat etuvchida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik borligi yoki yo‘qligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi inspektorining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolarining xulosalarida (ma’lumotnomalarida) aks ettirilgan ma’lumotlar aniq manbalar hamda qonun hujjatlari bilan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolarining xulosalari (ma’lumotnomalari) mas’ul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i bir martalik aksiya davomida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash choralarini amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi va aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya a’zolari o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlarining xatlovi natijalari bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek, aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashganda komissiya a’zolari tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlardan qo‘shimcha ma’lumotlarni (xulosalarni) so‘rovnoma yuborish orqali olishlari shart. Bunda so‘rovnomaga javob u kelib tushgan kundan boshlab 3 kalendar kuni mobaynida taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lsa, ular komissiyaning umumiy yig‘ilishida uzil-kesil hal qilinadi. Bunda tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha xulosasi hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish komissiya vakolatiga kirmaydi, bunday nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Bunda mulkiy nizolar hal qilingandan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning egasi bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida komissiya a’zolarining xulosalariga asosan ko‘chmas mulk obyektini o‘rganish bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada komissiya a’zolarining xulosalari aks ettiriladi hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi yoki mumkin emasligi, shu jumladan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma komissiya ishchi organi mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomaga komissiya ishchi organi tomonidan o‘rganish davomida tuzilgan ko‘chmas mulk obyektining plani ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topilganda komissiya ishchi organi dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvchi bir martalik yig‘imni to‘lashi uchun elektron shaklda hisobvaraq-fakturani tizim orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda hisobvaraq-fakturaga o‘zining muhrini bosib murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Murojaat etuvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan to‘lovni (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdordagi bir martalik yig‘imni) amalga oshiradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik yig‘im to‘langani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bir martalik yig‘im summasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob raqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisob raqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yig‘im belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, uning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish ishlari to‘xtatib turiladi. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar to‘lov amalga oshirilmasa o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Komissiya ishchi organi murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yig‘im to‘langandan keyin 2 kalendar kuni mobaynida Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asosida murojaat etuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat mulkdoriga imorat qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish ham nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tuman (shahar) hokimining komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasi u taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab, 1 ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga tizim orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazi tuman (shahar) hokimining qarori nusxasi tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda tuman (shahar) hokimining qarori nusxasiga o‘zining muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish yoki uni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan me’yorlar) doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori bo‘lmagan, lekin o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaxslar tomonidan o‘zi yashab turgan yer uchastkasiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qo‘shimcha imoratlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990-yil 20-iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan me’yorlar doirasida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan imoratlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan bo‘lsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari ko‘rsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazi xat tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda xatga o‘zining muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun to‘sqinlik qilayotgan holatlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish mumkin emas bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bo‘yicha komissiya ishchi organining xatida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik aksiya doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎____________________________ tuman (shahar) hokimi

‎‎_____________________________________________ga

‎‎(hokimning F.I.O.)

‎_____________________________________________da

(manzil) ‎‎

‎‎yashovchi fuqaro _______________________________dan

‎‎(fuqaroning F.I.O.) ‎

tel.:________________________ ‎

‎‎

‎ARIZA

Men ___________________________________________________________________ o‘zboshimchalik bilan qurilgan‎‎

‎‎(murojaat etuvchining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________________________________ da

‎‎(to‘liq manzil)

‎joylashgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishingizni so‘rayman.
‎‎Yer uchastkasining umumiy maydoni _______ ga ni tashkil etadi.
‎‎Yer uchastkasidan amalda foydalanganlik uchun sabab bo‘lgan holatlar:
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________.
‎‎Pasportga oid ma’lumotlar (seriya va raqam):___________________________________________________________.
‎‎Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa): ______________________________________________________________.
‎‎Ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinmoqda:
‎‎pasport nusxasi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilingan muddatlar va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

‎‎________________________________________
‎(murojaat etuvchining imzosi)

__________________________
‎(sana)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎TASDIQLAYMAN
‎Komissiya raisi — tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ___________________________
‎(F.I.O.)
‎_________________
‎ (imzo)

‎‎‎‎O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganish natijalari bo‘yicha
‎DALOLATNOMA

‎‎‎‎_________________________________________________________ tegishli

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎“___” _____________20__ y.

‎‎____________ tumani (shahri)

Ushbu dalolatnoma: ‎‎
‎‎yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

‎‎qurilish bo‘limi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.) ‎‎

‎‎ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish inspeksiyasi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

davlat soliq inspeksiyasi ‎‎

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

davlat bosh sanitariya vrachi ‎‎

_____________________________________, F.I.O.) ‎‎

‎‎ichki ishlar bo‘limi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.) ‎‎

‎‎yong‘in xavfsizligi bo‘limi

‎‎_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

‎‎ko‘chmas mulk obyektidan foydalanuvchi

‎‎_____________________________________, (F.I.O.)

‎‎ishtirokida tuzildi.
‎‎Ko‘chmas mulk obyektini o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
1. Ko‘chmas mulkning joylashgan joyi _____________________________________________________________________.
‎‎2. Kadastr raqami: yer uchastkasining (raqam berilganda) _____________________________________________________.
‎‎bino va inshootning (raqam berilganda) ______________________________________________.
‎‎3. Foydalanish maqsadi:
‎‎yer uchastkasining ____________________________________________________________________________________.
‎‎bino va inshootning __________________________________________________________________________________.
‎‎4. Yer uchastkasining maydoni, amalda ______ ga.
‎‎5. Bino va inshootning umumiy maydoni ______ kv.m.
‎‎6. Qo‘shni yer egasi va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida nizolar mavjudligi ______________________________________.
‎‎________________________________________________________________________________________________.
‎‎7. O‘rganish jarayonida komissiya a’zolarining xulosalari asosida aniqlangan ma’lumotlar:
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎8. ______________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof e‎tish
‎mumkin yoki mumkin emasligi ko‘rsatiladi)

‎‎9. ______________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
‎qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi ko‘rsatiladi)

‎‎Mazkur dalolatnomaga yer uchastkasining plani ilova qilinadi.
‎‎Komissiya ishchi organi

___________________________(lavozimi, F.I.O.)

____________
‎ (imzo) ‎‎

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganish
‎ natijalari bo‘yicha dalolatnomaga
‎ILOVA

Yer uchastkasining
‎PLANI ‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎____________________ masshtab
Chegaradosh yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv:
________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(nomi, imzosi, F.I.O.)

‎‎Ijrochi ________________________________________________________________________________________

‎‎(imzosi, F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

A. Vaxabov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Komissiya raisi

2.

A. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

A. To‘xtayev

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri

4.

B. Kuchkarov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

5.

B.Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi v.b.

6.

A. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

7.

P. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

8.

S. Samadov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

9.

A. Tashkulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari va Toshkent shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshlig‘i

4.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar bosh boshqarmasi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i

5.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i

7.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachi

8.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i

9.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. 1. Komissiya tarkibi tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiyalarning a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
3a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali boshlig‘i

4.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) qurilish bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozimiga ko‘ra

tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

7.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachi

8.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

9.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limi

10.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. 1. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiyalarning a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha
________________________________

tuman (shahar), viloyat, respublika)

komissiyasi faoliyati to‘g‘risida 2018-yil “___” __________ holatiga

HISOBOT

T/r

Hududlarning nomi

Ko‘chmas mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan tuman (shahar) hokimining qarorlari soni

Yer uchastkasining umumiy maydoni (ga)

Imoratlar egalab turgan umumiy maydoni (kv.m.)

shundan o‘zboshimchalik bilan egallangan

meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan

zaxiraga qaytarilgan

jami

egalik huquqi e’tirof etilgan maydoni

1

2

3

4

5

6

7

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur hisobot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) komissiya ishchi organi tomonidan tuman bo‘yicha tuziladi va viloyat komissiyasiga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat va Toshkent shahar komissiyasi ishchi organi tomonidan tumanlar kesimida tuziladi va respublika komissiyasiga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika komissiyasi ishchi organi tomonidan viloyatlar kesimida tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur hisobot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) komissiya ishchi organi tomonidan tuman bo‘yicha tuziladi va viloyat komissiyasiga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat va Toshkent shahar komissiyasi ishchi organi tomonidan tumanlar kesimida tuziladi va respublika komissiyasiga yuboriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika komissiyasi ishchi organi tomonidan viloyatlar kesimida tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(4-ilova izohining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2018-y., 09/18/461/1381-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)