20.04.2018 yildagi PF-5421-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.04.2018 yildagi PF-5421-son
Date of entry into force
21.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda aholiga, birinchi navbatda, qishloq joylarida munosib uy-joy sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat dasturlari amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, 2009 — 2017-yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari o‘tkazilishi ta’minlandi. 2016-yildan qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishini nazarda tutuvchi sifat jihatidan yangi davlat dasturi amalga oshirilmoqda. 2017-yilning o‘zida qishloq joylarida 18 mingdan ortiq qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan uylar barpo etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi hatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, uy-joyga ega bo‘lish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bo‘ldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarga yer uchastkalarini uy-joy qurish uchun muayyan to‘lov evaziga noqonuniy berish yuzasidan fermer va dehqon xo‘jaliklarining til biriktirishi bo‘yicha ko‘plab holatlar mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natijada, ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bo‘lish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda — 3 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘maklashish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini (keyingi o‘rinlarda bir martalik aksiya deb yuritiladi) e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-mayga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga (keyingi o‘rinlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb yuritiladi) nisbatan mulk huquqi ushbu obyektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga quyidagi shartlar asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo‘lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa e’tirof etiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydigan aniq holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy mulk haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da’vo kiritishni to‘xtatib turilishini, qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan obyektlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilayotgan da’volar hamda ijro qilinmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi joylarda Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiya faoliyatida qonuniylikning ta’minlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bir martalik xaraktyerga ega hamda mazkur Farmonning 2-bandida ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirilmasdan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yo‘l qo‘yganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini bekor qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5421-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2018-y., 06/18/5421/1092-son)