28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son
Date of entry into force
01.03.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda ma’qullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan kuni, oyi, yili, shaxsiy identifikatsiya raqami, fuqaroligi, yashash joyi; yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik raqami va sanasi, yakka tartibdagi tadbirkorning tug‘ilgan kuni, oyi, yili, soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami, yuridik shaxs joylashgan yerining yoki yakka tartibdagi tadbirkor yashash joyining manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr pasporti — ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni va obyektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — davlat reyestriga ko‘chmas mulkning yuzaga kelishi (shakllantirilishi) jarayonida, shuningdek mavjud bo‘lgan (shakllantirilgan), o‘ziga oid huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi birinchi yozuvni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish — ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasi — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida ushbu ko‘chmas mulkka doir huquqqa ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha organda birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish huquqi ustuvordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari hamma uchun ochiqdir, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslanuvchan va ularga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy egalik qilish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara huquqi, shu jumladan ijaraga olingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) natijasida yuzaga keladigan ijara huquqi;
(10-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi ijara huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan 10-modda birinchi qismi sakkizinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operativ boshqarish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renta;

ipoteka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
servitut;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi davlat boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun haq miqdorini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridan ko‘chirmalarning shakllarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr raqamlarini berish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulk manzillarini berishning, o‘zgartirishning, ularning amal qilishini tugatishning yagona tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida ularni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha organlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha organlarning hisobdorligi qoidalarini va tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazishni tayinlash asoslarini va ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopol bo‘lmagan kadastr ishlarining turlariga doir bazaviy tariflarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridagi ma’lumotlarni taqdim etish, davlat reyestriga o‘zgartishlar kiritish va undagi yozuvni bekor qilish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchining kasb odobi qoidalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha organdir (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestrini yuritadi, davlat reyestridagi axborotni ruxsatsiz foydalanilishdan, o‘g‘irlanishdan va yo‘q qilinishdan himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir ishlarning yuritilishi qoidalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish monitoringini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish monitoringi natijasida aniqlangan qonunchilik talablariga rioya etilmagan hollarda Komissiyaga murojaat qiladi, Komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda esa manfaatdor shaxslarning yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning murojaatlarini ko‘rib chiquvchi kollegial organga (bundan buyon matnda Apellyatsiya komissiyasi deb yuritiladi) murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestrining jamlanma ko‘rsatkichlarini to‘playdi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va har yili ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Vositachilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari markazlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar, notariuslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rieltorlik tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilar quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat reyestridagi ma’lumotlarni va hujjatlarni berish to‘g‘risida arizalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga topshirish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslardan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat reyestriga o‘zgartishlar kiritish, davlat reyestridan olinadigan ma’lumotlarni va hujjatlarni taqdim etish uchun hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachilarga taqdim etiladigan qog‘ozdagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga elektron hujjatlarni va ma’lumotlarni yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboriladigan elektron hujjatlarning va ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid faoliyatni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda haq undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning faoliyati ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, axborot taqdim etganlik va ular bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lovlar tarzida kelib tushadigan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar va bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ularning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni va hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va vositachilardan oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan hollarda va tartibda ko‘chmas mulkning texnik inventarizatsiyasini hamda tavsiflari tekshirilishini tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ushbu Qonun 43-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda rad etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestriga kiritilgan yozuvlarni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan harakatlardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaga bo‘lgan huquqni mulkiy majmua sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birligida joylashgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va kadastr hujjatlarini ko‘rib chiqadi, ularni davlat reyestrida mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlar bilan taqqoslaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asoslar mavjudligini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ko‘chmas mulk ishtirokchilarining sonini va ularning ulushlari miqdorini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga monelik qiluvchi omillarni, bu ko‘chmas mulkni garovga berish yoki boshqa shaxsga o‘tkazish uchun cheklovlar mavjudligini davlat reyestridagi ma’lumotlar vositasida aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida boshqa shaxslarning arizalari mavjudligini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar manfaatdor shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchining yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) natijasida o‘zining huquqlari buzilgan deb hisoblasa, u ro‘yxatdan o‘tkazuvchining yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha uchinchi shaxslarning ishonchli vakili bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga haq olish evaziga yordam berish yoki vositachilik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z nomiga, o‘zining yaqin qarindoshlari nomiga, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalaridan shaxsan manfaatdor bo‘lgan holatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Davlat reyestrining mazmuni va uni yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestri ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining ulushi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan yeri, huquq turi, kadastr qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
servitutlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka to‘g‘risidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy majmua sifatidagi korxona tarkibidagi uning faoliyati uchun mo‘ljallangan barcha mol-mulkning turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, jihozlar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsulotini, ishlarni va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘ziga xos belgilarga (firma nomiga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kun, oy, yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestri davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Davlat reyestri ma’lumotlarining but saqlanishini ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar va ularga kiritiladigan o‘zgartishlar davlat reyestrida doimiy ravishda saqlanishi lozim va ularning yo‘q qilinishiga yoki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestri ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlarga ishlov berish markazida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir ish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir ish (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish deb yuritiladi) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid ma’lumotlarning elektron jamlanmasidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish elektron axborot tizimida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ochiladi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda esa yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish o‘z raqamiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish hujjatlarning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Ro‘yxat yozuvlar ketma-ketligi tartibida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ishga kiritilgan hujjatlarning olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Davlat reyestriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga o‘zgartish va qo‘shimchalar quyidagilar asosida kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridagi tuzatilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishiga, boshqa shaxsga o‘tishiga, cheklanishiga yoki bekor qilinishiga olib kelmaydigan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish holatining o‘zgarishiga olib kelmaydigan xatoni (bundan buyon matnda texnik xato deb yuritiladi) tuzatish yuzasidan huquq egasining yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchining tashabbuslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar cheklanishiga, boshqa shaxsga o‘tishiga yoki bekor qilinishiga yoxud manfaatdor shaxslarning huquqlariga zarar yetishiga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan huquqning yuzaga kelishiga olib kelgan xatoni (bundan buyon matnda texnik tusga ega bo‘lmagan xato deb yuritiladi) tuzatish to‘g‘risida Komissiyaning yoki sudning qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egalarining identifikatsiya ma’lumotlari, shuningdek geografik obyektlarning nomlari, binolarning, inshootlarning tartib raqamlari o‘zgarganligi haqidagi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli ma’lumotnomalari hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs qo‘shib yuborilganligini, qo‘shib olinganligini, bo‘linganligini, ajratib chiqarilganligini, tugatilganligini, uning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirilganligini ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organining ma’lumotlari (tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muassislarning tugatish paytidagi ulushlari ko‘rsatilgan ro‘yxat ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar o‘zgartishlar kiritish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu hujjatning elektron ko‘chirma nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni, texnik xatolarni tuzatish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan, bunday xatolar mavjud bo‘lgan hujjatlarni almashtirish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Davlat reyestridagi ma’lumotlarning va hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulkka bo‘lgan ayrim huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har qanday shaxsga faqat ushbu shaxs identifikatsiya qilinganidan keyin taqdim etishi shart. Bunday ma’lumotlar davlat reyestridan ko‘chirma tarzida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari faqat huquq egasiga va (yoki) uning vakiliga taqdim etilishi mumkin. Bu hujjatlarning boshqa shaxslarga taqdim etilishiga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotlar yoki ma’lumotlarni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi axborot, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, murojaat qilingan yoki yozma so‘rov olingan va ma’lumotlar uchun haq to‘langan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni berish rad etilgan taqdirda, ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun to‘langan haq qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotlar davlat reyestriga masofadan turib kirish imkonini berish orqali ham taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yoki hujjatni taqdim etmaganlik yoxud ishonchsiz axborot taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim etilgan ma’lumotlarning hisobini yuritadi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ huquq egasiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlarni olgan shaxslar va organlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning so‘roviga yoki talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Davlat reyestridan ko‘chirma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestridan ko‘chirmada quyidagi axborot ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va cheklovlarning ro‘yxati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestridan ko‘chirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestridan ko‘chirmada maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilning 1-avgustidan e’tiboran qabul qilingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi, ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasini, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkasini umumiy foydalanish uchun (notijorat maqsadlarda) ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — ijara shartnomasi.

1998-yilning 1-iyulidan 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma, ushbu huquqning auksionda sotib olinganligiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — ijara shartnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar (tumanlar) hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyga xizmat ko‘rsatish uchun shaharlar (tumanlar) yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari ajratish haqidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharchalardagi va qishloqlardagi (ovullardagi) fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyga xizmat ko‘rsatish uchun shaharchalarning va qishloqlarning (ovullarning) sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida bo‘lmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqlardagi (ovullardagi) fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risida kolxozlar a’zolari umumiy yig‘ilishlarining bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining buyruqlarini tasdiqlash haqidagi qarorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) natijasida yuzaga keladigan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar asos bo‘ladi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tganda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning o‘ziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarga, inshootlarga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda bu obyektlar bilan birga mazkur obyektlar egallagan va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sotilayotgan ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lsa, sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqning boshqa shaxsga renta haqi to‘lanishi sharti bilan berilishi nazarda tutiladigan, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi hamda er-xotinning umumiy mulkida bo‘lgan xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni muassisga qaytarib berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan (xususiylashtirilgan), bo‘sh turgan yer uchastkalarini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni realizatsiya qilish bo‘yicha sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish maqsadidagi savdolar yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini, ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni berish to‘g‘risida undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoki yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish amalga oshirilmagan yer uchastkasiga nisbatan yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organining ushbu yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy boshqa shaxsga o‘tkazilganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi to‘g‘risidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi davlat reyestriga huquqni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjatning nomini va uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganligi munosabati bilan mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning amal qilishi mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi yoki ijara huquqi yuzaga kelganligini hamda boshqa shaxslarga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini hamda ularga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan binolarni va inshootlarni foydalanish uchun qabul qilish dalolatnomasi yoki ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan binoga, inshootga yoki turar joyga bo‘lgan mulk huquqini belgilovchi davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoni va inshootni mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish to‘g‘risidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning bir qismini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida umumiy ulushli mulk barcha ishtirokchilarining notarial tartibda tasdiqlangan qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noturar binoning, inshootning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noturar binoning va inshootning oldi-sotdi shartnomasi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi (bundan vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuzilgan korxonaning oldi-sotdi shartnomasi mustasno) va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing to‘lovlari to‘liq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan birga lizing shartnomasi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoni, inshootni, turar joyni hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umrbod saqlash shartlari asosida turar joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarni, inshootlarni, turar joylarni ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyni boshqa shaxsga renta haqini kiritish sharti bilan o‘tkazishni nazarda tutuvchi, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning xususiylashtirilgan binosiga, inshootiga, turar joyiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va er xotinning umumiy mulki bo‘lgan binoga, inshootga bo‘lgan huquqning tegishli ulushiga doir mulk huquqi to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoni, inshootni yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassisga uning ulushini binolar va inshootlar tarzida qaytarib berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish chog‘ida ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan binoni va inshootni qarzdordan undiruvchiga o‘tkazish dalolatnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar va inshootlarning qayta ixtisoslashtirilishi munosabati bilan davlat reyestriga o‘zgartirish kiritish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) qurilish bo‘limining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar binoni turar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar binoni qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston SSRning qonunchiligi amal qilgan davrda qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlarining binolarni va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari va farmoyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga, uni ayirboshlashga, hadya qilishga, bo‘lishga va turar joyni umrbod saqlash sharti bilan boshqa shaxsga berishga doir, imorat qurish to‘g‘risidagi, yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida uylar qurish uchun berish haqidagi, yakka tartibdagi imorat quruvchilarning uy-joy qurilish jamoalariga uylar qurish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uyni bo‘lish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi (mavjud hujjatlar asosida) qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli qismiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy ochiq kim oshdi savdolarida olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning boshqa shaxsga berilishi haqidagi shartnomalarning dublikatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarga va inshootlarga bo‘lgan ijara huquqi ijara shartnomasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Binolar va inshootlarga bo‘lgan operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar
(36-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar va inshootlarga bo‘lgan operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
(36-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;
(36-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obyektlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan davlat organining yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (mazkur ma’lumotnomaga muassislarning yuridik shaxsni tugatish paytidagi ulushlari ko‘rsatilgan ro‘yxat ilova qilinishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini yoki uning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarning va inshootlarning, uy-joyning oldi-sotdisiga, uy-joyni hadya qilishga, ayirboshlashga, renta haqini to‘lash shartlari bilan boshqa shaxsga o‘tkazishga doir notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorning yoki binolarni, inshootlarni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlarning qarori (mulkdor jismoniy shaxs bo‘lgan taqdirda — binolarni, inshootlarni buzish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning vakili ishtirokida tuzilgan dalolatnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning, inshootning tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida vayron bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi hamda qarzdor o‘rtasida binoni, inshootni berish to‘g‘risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi organlarining ko‘p yillik dov-daraxtlarni foydalanish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish komissiyasining fuqarolarga fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (fermer xo‘jaliklarining) bog‘larini va tokzorlarini auksionda sotish to‘g‘risidagi bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bog‘dorchilikka, uzumchilikka, ipakchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik tashkil etish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish huquqini berish uchun uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomaga doir qo‘shimcha kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish to‘g‘risida davlat o‘rmon xo‘jaligini boshqarish organlari va ijarachi o‘rtasidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdisiga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing to‘lovlari to‘liq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p yillik dov-daraxtlarni hadya etish to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va er-xotinning umumiy mulkida bo‘lgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish chog‘ida ko‘chmas mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud ko‘p yillik dov-daraxtlarni berish to‘g‘risida undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq rasmiylashtirilmagan yerlarga ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar, bundan o‘rmon fondining ijaraga olingan yerlariga ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chatxonalardagi ko‘chatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning balansida bo‘lmagan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish uchun qabul qilinmagan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p yillik butazorlar va rezavor o‘simliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon xo‘jaliklarining va boshqa o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalarining, muassasalarining hamda tashkilotlarining balansidagi o‘rmonlar va ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ko‘p yillik dov-daraxtlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan tashkilotlarning yerlarida ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ularga oid cheklovlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar quyidagi bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan arizani va huquqni belgilovchi hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarining mulkida bo‘lgan ko‘chmas mulk realizatsiya qilingan taqdirda, bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solig‘i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy shaxs tomonidan to‘langanidan keyin amalga oshiriladi, bundan ko‘chmas mulk O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsga realizatsiya qilingan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar to‘langanligi haqidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga davlat soliq xizmati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali o‘sha kunda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularga doir umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza;

identifikatsiya qilish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o‘chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shu jumladan vositachilar orqali axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga vositachilar ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaganidan keyin yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa (bundan texnik xatolar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi rad etgan taqdirda, ular rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda vositachilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir keyingi harakatlar ham ushbu ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining qaroriga ko‘ra almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida amalga oshiriladi.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ-1153-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 03/26/1153/0603-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatning hisobi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran boshlanadi, agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo‘lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud bo‘lganda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uch ish kuniga to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni quyidagi hollarda rad etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning tavsiflarini tekshirish natijalari ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildidagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr pasportida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning maydoni (hajmi) huquqni belgilovchi hujjatda ko‘rsatilgan maydondan (hajmdan) ortiq bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi davlat reyestriga kiritilgan boshqa shaxslarning qonuniy huquqlarini buzsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaysi ko‘chmas mulkka nisbatan bitimni yoki huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa, o‘sha ko‘chmas mulkni tasarruf etishga doir taqiq yoki cheklov davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar turli ariza beruvchilardan bir vaqtning o‘zida ayni bir ko‘chmas mulkni, bitimni, huquqni, huquq cheklanganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelib tushgan bo‘lsa hamda ularni bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin bo‘lmasa. Bunday asoslarga ko‘ra rad etishga faqat rad etish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda mazkur ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sudning so‘rovi mavjud bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk sud yoxud boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan musodara qilingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda qarama-qarshi yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tuzilmagan bo‘lsa yoki kadastr pasporti mavjud bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda ko‘chmas mulk qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovga olinganligi to‘g‘risida hujjatlar mavjud bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk realizatsiya qilinganda ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy shaxs tomonidan to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, bundan ko‘chmas mulk O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsga realizatsiya qilingan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligiga rioya etilmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida qurilish organi tomonidan tasdiqlangan loyiha hamda loyiha tashkilotining qurilish loyihaga muvofiq boshlanganligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etilmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan to‘xtatib turilgan hollarda, agar taqdim etilgan hujjatlardagi kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan yoki ko‘chmas mulk xatlovga olingan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish rad etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida vositachini rad etish sabablarini hamda ushbu rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy bo‘lgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, manfaatdor shaxslarga xabarnoma va davlat reyestridan ko‘chirma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan payt
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va vaqt ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Ikki va undan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazish hududlarida joylashgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining muayyan ma’muriy-hududiy birligi ro‘yxatdan o‘tkazish hududidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazish hududida joylashgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kelgusidagi harakatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar tomonidan bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchining yozma ko‘rsatmasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga o‘zgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash, ko‘chirish, ularning bo‘ysunuvini o‘zgartirish natijasida ko‘chmas mulkning joylashgan yeri o‘zgargan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoxud xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari asosida davlat reyestriga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli o‘zgartishlar kiritiladi hamda bu haqda huquq egalari xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga o‘zgartishlar huquq egasining arizasisiz bepul asosda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, qurilishi tugallanmagan obyektlarga, alohida joylarga, binoning yoki inshootning, shu jumladan transport vositasi to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan (bundan buyon matnda avtomobil joyi deb yuritiladi) binoning yoki inshootning bir qismiga bo‘lgan huquqlarni, agar mazkur ko‘chmas mulk obyektlari yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlar mulkiy majmua sifatida korxona tarkibiga kirsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka yoki mulkiy majmua sifatida korxona tarkibiga kirgan obyektlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarga oid bitimlar amalga oshirilguniga qadar korxona tegishli ko‘chmas mulk yoki mulkiy huquqlar korxonadan mulkiy majmua sifatida olib qo‘yilishi munosabati bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tishi kerak. Texnik inventarizatsiya natijalariga ko‘ra ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy majmua sifatidagi korxonaga nisbatan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar natijasida yuzaga keladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchining yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan sana va vaqt ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o‘tkazilganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan bitimlar (shartnomalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilmagan, lekin unga zid bo‘lmagan bitimlar (shartnomalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o‘tganligini, ularga oid cheklovlarni va bu huquqlar bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos sifatida qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga topshirilgan va ochiq kim oshdi savdolarida (auksionlarda) realizatsiya qilingan ko‘chmas mulk bo‘yicha kim oshdi savdolarining (auksionlarning) yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarining yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga oid cheklovni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga oid cheklovni belgilaydigan yoki bekor qiladigan qonuniy kuchga kirgan qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk musodara qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkning boshqa shaxsga berilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga oid cheklov bilan bog‘liq hodisalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga oid cheklov davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda huquq egalari bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni bekor qiluvchi qonuniy kuchga kirgan qarorlari (hujjatlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni chaqirib olish bilan bog‘liq hodisalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan qurilish chog‘ida foydalanish uchun quriladigan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda yer uchastkasi ko‘rsatiladi, chegaralar belgilanadi, shuningdek, agar ular belgilangan bo‘lsa, amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan o‘zaro bog‘liq huquqlarni, bu huquqlarga oid cheklovni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikka muvofiq huquqlar va ularga oid cheklov o‘zaro bog‘liq bo‘lsa (binoga yoki inshootga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, mulk huquqi hamda boshqaruv yoki operativ boshqaruv huquqi, yer uchastkasi mavjud bo‘lgan korxonaning yoki mulkiy majmua sifatidagi korxonaning ijara huquqi hamda ikkilamchi ijara huquqi bekor qilinishi, ko‘chmas mulkni to‘lovni va ipotekani kechiktirish shartlari asosidagi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha mulkiy huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa huquqlar va ularga oid cheklov), ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga rentani oluvchi, rentani to‘lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga ishonchli boshqarishga berilgan ko‘chmas mulk, ishonchli boshqaruv muddati, mulkdorning, ishonchli boshqaruvchining nomi va boshqa shartlar, ishonchli boshqaruvchining ko‘chmas mulkni boshqarishga doir vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqaruvchiga topshirish ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o‘tishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga binoan ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan yuborilayotgan ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq olib tashlanadi.
(56-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 4-martdagi O‘RQ-1119-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-modda. Ko‘chmas mulkni birlashtirish va ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni birlashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar birlashtirilayotgan ko‘chmas mulkning mavjudligini tugatish va yangi ko‘chmas mulkni tashkil etish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni birlashtirish faqat bir turdagi hamda bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, shuningdek bir xil huquqqa ega ko‘chmas mulkka nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Agar binolar va inshootlardan qurilish ishlari natijasida bitta bino, inshoot qurilsa, ushbu binolar va inshootlar ham birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkning ikki yoki undan ortiq obyektlarini birlashtirish ko‘chmas mulkning bir turdagi bitta obyekti yuzaga kelishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulk birlashtirilgan taqdirda, birlashtirilayotgan ko‘chmas mulklarning mavjudligi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni birlashtirish chog‘ida ko‘chmas mulkning ushbu obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ishlar yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkni birlashtirish chog‘ida birlashtirilayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan dolzarb huquqlar va ularga oid cheklovlar birlashtirilayotgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan amaldagi huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi ularning birlashtirilayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan bekor qilinishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuzaga kelgan birgalikdagi mulkka binolarni, inshootlarni, binolarning alohida joylarini, avtomobil joylarini qo‘shib yuborish barcha mulkdorlar o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar birlashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan vaqtinchalik huquqlarni va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga oid cheklovlar bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati o‘tganidan keyin mazkur huquqlar bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilmaydi, bundan ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishga doir shartnomada ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqining amal qilish muddati tugashi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugagan paytdan e’tiboran bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-modda. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida notarius yoki bank ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaning, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomaning, kredit shartnomasining yoki qarz shartnomasining elektron ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida, agar “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat reyestriga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qiymati yoki uni aniqlash tartibi, shartlari va muddati haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ipoteka ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo‘yuvchi o‘rtasida garovga qo‘yilgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lganda davlat reyestriga o‘zgartishlar kiritish ushbu kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ipoteka o‘z zimmasiga yuklatilayotgan shaxsning mulkiy huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun asosidagi ipoteka alohida arizasiz va davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun haq to‘lanmagan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-modda. Navbatdagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan navbatdagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi yozuvda ayni bir ko‘chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to‘g‘risidagi barcha yozuvlar haqida belgi qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning mazmuni navbatdagi ipoteka bilan almashtirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida yoki ushbu mol-mulk haq evaziga yoxud bepul tasarrufdan chiqarilganligi natijasida o‘tgan taqdirda amalga oshiriladi. Bu talabga rioya etilmagan taqdirda, ipotekaga oid majburiyatga kiritilgan o‘zgartishlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestriga ipoteka to‘g‘risida, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va tartib raqami haqidagi yozuvlarni, ko‘chmas mulk obyektining yangi mulkdori huquqlarini tasdiqlovchi hujjatning (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, meros to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar) rekvizitlarini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat reyestrining tegishli bandlaridagi dastlabki ipotekaga qo‘yuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) to‘g‘risidagi avvalgi yozuvlarni belgilangan tartibda, ipoteka to‘g‘risidagi yangi yozuvni hisobga olgan holda almashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-modda. Ipotekani garov xati bilan tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlarini garov xati bilan tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lsa, bu davlat reyestrida ko‘rsatiladi. Bunda garov xati berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan garov xati dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladigan sana davlat reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-modda. Garov xatiga o‘zgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatining mazmuni o‘zgargan taqdirda, uning egasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yangi garov xatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ garov xatining mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitim davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatining ajralmas qismi bo‘lgan, uning mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatining qonuniy egasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan o‘zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatining huquq egasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagilar asosida bir ish kuni ichida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov xati bo‘yicha huquqning belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tishi va garov xatiga belgi qo‘yish, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo‘lsa, agar uning nomiga huquqning o‘tkazilishi to‘g‘risidagi maxsus yozuv kiritilgan va garov xati belgilangan tartibda sotilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov xati bo‘yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov xatiga bo‘lgan huquqlar ariza beruvchiga taalluqli deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatining huquq egasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga garov xatining yangi huquq egasi to‘g‘risidagi yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi ilgarigi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli yozuv davlat reyestriga kiritilganligini tasdiqlash maqsadida arizaga asosan garov xatining egasiga davlat reyestridan ko‘chirma belgilangan tartibda berilishi mumkin. Bunda mazkur ko‘chirmada ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlarning cheklovlarini (shartlarini) aks ettirish chog‘ida ipoteka ko‘rsatilganidan keyin “Garov xatining qonuniy egasi” degan yozuv qayd etiladi va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Nizolarni sudgacha hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-modda. Komissiyani shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni sudgacha hal etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘iga muvofiq besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Komissiya tuziladi. Komissiya a’zolarining soni toq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hududiy boshqarmasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining mas’ul xodimlari orasidan ularning roziligi asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxs Komissiya a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning yoki uning hududiy boshqarmasining rahbari Komissiya raisi bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning faoliyatini va uning reglamentga rioya etishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish joyini, sanasini va vaqtini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarini o‘tkazadi va ularda raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi Komissiya tomonidan ishning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi manfaatdor shaxslar murojaatlarining va Komissiya ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-modda. Komissiyaga murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etish uchun Komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning arizasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning arizasida esa yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada manfaatdor shaxsning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari, shuningdek ko‘chmas mulk joylashgan yer (pochta manzili) to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs arizaga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni ham ilova qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya manfaatdor shaxsning murojaatini u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning o‘zida ro‘yxatga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning to‘g‘riligini hamda undagi mavjud ma’lumotlarning to‘liqligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan murojaat, shuningdek shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat yoki imzolanmagan va anonim yozma murojaat Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat rad etilgan taqdirda, tegishli xulosa tuziladi va u Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi Komissiya majlisi o‘tkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin Komissiya a’zolarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs Komissiya majlisida hozir bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolari Komissiya majlisida murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan murojaatdagi masalaga doir barcha holatlarni e’tiborga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishni bekor qilish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘z kuchida qoldirilishi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish o‘z kuchida qoldirilishi haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-modda. Komissiyaning qarorini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarori Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarori Komissiya kotibi tomonidan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnomada manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar va Komissiya tomonidan murojaat bo‘yicha qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnoma Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi va tasdiqlash uchun Komissiya raisiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan ko‘chirmaning nusxalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga va manfaatdor shaxsga shu kunning o‘zida berilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnoma Komissiya kotibi tomonidan Komissiyaning hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarori ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa nisbatan yangidan ochilgan holatlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-modda. Komissiyaning qarori ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi maxsus vakolatli davlat organining qaroriga ko‘ra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Apellyatsiya komissiyasi raisi va maxsus vakolatli davlat organining, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining mansabdor shaxslari orasidan Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan kamida to‘rt nafar a’zo kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchining xulosasidan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs Komissiyaning xulosasi olingan kundan e’tiboran ikki oy muddatda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan berilgan shikoyat Apellyatsiya komissiyasi tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi manfaatdor shaxsning, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchining shikoyatini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Komissiya xulosasini bekor qilish yoki uni o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qaror manfaatdor shaxsning, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning va ro‘yxatdan o‘tkazuvchining e’tiboriga yetkazilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi Komissiyaning va Apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, nizolar sudda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarda ko‘rib chiqilgan yoki ko‘rib chiqilayotgan nizolar Komissiya tomonidan takroran ko‘rib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ-803-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 03/22/803/1046-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son; 15.06.2026-y., 03/26/1153/0603-son)