1-ILOVA
T/r | Qoʻshimcha xizmatlar nomi | Amalga oshirish chogʻida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladigan notarial harakatlar | Maʼlumotlar beruvchi vakolatli idora | Axborot almashish turlari | Vakolatli idoradan maʼlumotlar taqdim etish shartlari | |
Shaxsan tashrif yoʻli bilan | Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan | |||||
1. | Uyda doimiy roʻyxatda turuvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, F.I.O., pasport seriyasi va raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana). | Uyning oldi-sotdi shartnomasi | Ichki ishlar vazirligi | 1 soat mobaynida | real vaqt rejimida | bepul |
2. | Biometrik hamda pasport maʼlumotlarini tekshirish (F.I.O., foto, barmoq izlari, pasportseriyasiva raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiyaraqami). | Hammasi notarial harakatlar | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi | 1 soat mobaynida | real vaqt rejimida | bepul |
3. | Binolar va ishnootlarning mansubligi va tarkibi, umumiy (yashash) maydonining kadastr raqami va miqdori,koʻchmas mulkni begonalashtirish va band solishning taqiqlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish. | Koʻchmas mulkni begonalashtirish shartnomasi | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi | 1 soat mobaynida | real vaqt rejimida | bepul |
4. | Uyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish. | Xususiylashtirilgan uy-joyni begonalashtirish shartnomasi | Tuman (shahar) hokimliklari | 1 soat mobaynida | Real vaqt rejimida | bepul |
5. | Yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish. | Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlar | Adliya vazirligi | 1 soat mobaynida | 2018-yil | bepul |
6. | Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida axborot olish. | Koʻchmas mulkni begonalashtirish shartnomasi | Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkiloti, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va suv ajratish tashkilotlari | 1 soat mobaynida | 2019-yil 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va suv ajratish xizmatlari uchun real vaqt rejimida | bepul |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. NOTARIAT SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish: |
Qonun loyihasi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, IIV, vazirlik va idoralar |
|
2. |
Aholining notarial xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
3. |
Notarial xizmatlarning butun kompleksi va u bilan bogʻliq xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni idoralararo elektron oʻzaro hamkorligi, shuningdek, notarial idoralarning kuryer xizmatlari orqali olinishini nazarda tutuvchi notariatning faol modeliga oʻtish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil |
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
4. |
Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi maʼmuriy reglamentlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil oktabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
5. |
Sudlarga murojaat qilishda davlat boji toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlarni va belgilangan davlat boji miqdorlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, merosni rasmiylashtirish sohasida notarial va sud amaliyotini oʻrganish hamda ushbu sohaga yagona yondoshuvni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish. |
Normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari |
2018-yil iyul |
Oliy sud, Moliya vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi |
|
II. NOTARIAL IDORALAR FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA | ||||
|
6. |
Notarial idoralarda elektron navbat tizimini joriy etish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyun |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
7. |
Notarial harakatlar siri saqlanishiga rioya etilgan holda notarial idoralarda real vaqt rejimida masofaviy audio va video kuzatuvning markazlashtirilgan tizimini yaratish, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari undan foydalanishlarini taʼminlash nazarda tutilsin. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil noyabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
8. |
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar boʻyicha elektron maʼlumot bazasini shakllantirish, keyinchalik uni “Notarius” avtomatlashirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil avgust |
Oliy sud, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video tarzida qayd etilishi lozim. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil dekabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
10. |
Ishonchnomalar va vasiyatnomalarning hamma uchun ochiq reyestrlarini, shuningdek, meros ishlari boʻyicha yagona elektron arxivni shakllantirish va Internet tarmogʻiga joylashtirish. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil dekabr |
Adliya vazirligi |
|
11. |
Notarial harakatlarni amalga oshirish va notarial tasdiqlangan hujjatlarga imzo qoʻyishda keyinchalik fuqarolarni elektron identifikatsiyalashning yangi turlarini tatbiq etish uchun notarial idoralarni barmoq izlari va biometrik pasport maʼlumotlarini skaner qiluvchi asbob va uskunalar bilan taʼminlash. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil noyabr |
Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, DPM |
|
III. NOTARIAL IDORALARNING KADRLAR SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASH | ||||
|
12. |
Notariuslar hamda notarial idoralar boshqa xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil iyun |
Adliya vazirligi |
|
13. |
Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida notarius lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning borishini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilishni amaliyotga tatbiq etish. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil iyun |
Adliya vazirligi |
|
14. |
Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini qayta koʻrib chiqish, bunda yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan psixologiya fani hamda boshqa fanlar va koʻnikmalarga oʻqitish (stressni boshqarish, nizolarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish) boʻyicha predmetlar joriy etilishini nazarda tutish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi |
|
IV. NOTARIAL IDORALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH | ||||
|
15. |
Sayyor qabullar vaqtida va notarial idora xonasidan tashqarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari binolarida notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini belgilagan holda notariuslar tomonidan olis aholi punktlarida koʻchma (mobil) stansiyalarda xizmatlar koʻrsatish uchun maxsus avtotransport vositalarini sotib olish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyun |
Adliya vazirligi, Oʻzavtosanoat |
|
16. |
Notarial idoralarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish, uning natijalari boʻyicha notarial idoralarni yangi va zamonaviy kompyuter, ofis uskunalari hamda tashkiliy-texnika bilan qayta jihozlash. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyun |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
17. |
Davlat xizmatlari markazlarining xonalarida bittadan notarial idorani joylashtirish (ularda yetarlicha shart-sharoit mavjud boʻlganda). |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil avgust |
Adliya vazirligi |
|
18. |
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga �� hududiy kod�a ega boʻlgan qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarning namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash uchun ularning nusxalarini zarur miqdorda koʻpaytirishni tashkillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari |
2018-yil oktabr |
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
19. |
Notarial idoralarni muqobil energiya manbalari (quyosh, yoqilgʻi va boshqa manbalar) bilan jihozlash orqali uzluksiz elektr energiya taʼminoti choralarini koʻrish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil noyabr |
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
20. |
Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisobga olgan holda huquqiy hamda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun notarial idoralarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib infokioskalar bilan taʼminlash. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil dekabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |