Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2020 02.06.2010 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.06.2010 yildagi 104-son
Date of entry into force
02.06.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT INSTITUTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 5 MAYDAGI PF-4216-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2010-yil 15-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial harakatlar davlat notarial idoralarida ishlaydigan notariuslar tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — mablagʻlarni adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralari va notarial arxivlarni moliyalashtirishga. Bunda, mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun ham yoʻnaltirilishi mumkin.
(2-bandning turtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Notarial okrugda notariuslar sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar idoralari faoliyati belgilangan tartibda tugatilishini va ulardan tegishli materiallar va arxivlar qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha mintaqalarini qamrab oladigan va fuqarolarning foydalanishi uchun qulaylikni taʼminlaydigan davlat notarial idoralarining samarali tarmogʻini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida notarial ish yuritish materiallari saqlanishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari berilishini taʼminlaydigan notarial arxivlar (keyingi oʻrinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil oxirigacha respublika mintaqalarida qoʻshimcha ravishda 2-ilovaga muvofiq 220 ta davlat notarial idorasi tashkil etilishini va ular ishlarining yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan ochilayotgan notarial idoralarni markazlashtirilgan tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat notarial idoralarining toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish uchun hisob-kitob terminallari va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning malakali yuridik yordam olishi uchun qulay sharoitlar yaratishni, shuningdek notarial harakatlar maxfiyligini, hujjatlar va arxiv materiallari saqlanishini taʼminlashni nazarda tutadigan davlat notarial idoralari va notarial arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan notarial idoralar va notarial arxivlarni belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarga xizmat koʻrsatish uchun qulay joyda joylashgan xonalar bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻgʻridan-toʻgʻri budjetdan moliyalashtirish oʻrniga quyidagilar davlat notarial idoralarini, notarial arxivlarni hamda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlarini, roʻyxatlardan koʻchirmalarni, shuningdek maʼlumotnomalarni va arxiv hujjatlarining nusxalarini berganlik uchun toʻlovlar summasi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning bir qismi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi orqali amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan haq miqdorlarini tasdiqlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan 10 foizi miqdoridagi bir qismini notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek notarial idoralar va notarial arxivlar taʼminoti uchun ayrim mintaqalar oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda Adliya vazirligida jamlash huquqi saqlab qolinsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari orqali notarial faoliyatni takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullangan notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olish tartibi va joyi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Davlat notarial idoralari faoliyatini moliyalashtirishning yangilangan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda davlat notarial idoralari va notarial arxivlar xodimlarini mutaxassislar malakasiga, ularning oʻz vazifalarini sifatli bajarishiga, amalga oshirilayotgan notarial harakatlar, huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar hajmiga va undiriladigan davlat bojlari summasiga bogʻliq ravishda moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini nazarda tutsin;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etilayotgan notarial arxivlarning shtat birliklari sonini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash, xatlash, fuqarolarning muomala layoqati boʻyicha notariuslar foydalanishi ochiqligini taʼminlovchi avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Nizomga muvofiq belgilanadigan tegishli notarial okrugdagi notariuslar lavozimlari sonidan kelib chiqqan holda notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bir yilda koʻpi bilan bir marta belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har bir notarial okrugda kamida bitta notarius lavozimi taʼsis etiladi. Ikkinchi va undan keyingi notariuslar lavozimlarini belgilashda quyidagi mezonlarning hammasi hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) notarial okrug notariuslari tomonidan, qoidaga koʻra, oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni. Bunda notariuslar lavozimlari soni bir notariusga bir oyda 300 — 400 notarial harakatlar hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) notarial okrugdagi aholi soni. Bunda notariuslar lavozimlari soni quyidagi tarzda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 10 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;
(3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat boʻysunishidagi shaharlar chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 25 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq tumanlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 30 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda, notariuslar lavozimlari sonini belgilashda muayyan holatlardan kelib chiqib, shuningdek bir notarial okrug chegaralarida aholi punktlarining bir-biridan olisligi va ular oʻrtasidagi mavjud transport aloqasi hisobga olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflarga notarial okrug boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan materiallar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idorasi taʼminoti xarajatlarini qoplash imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻgʻrisidagi taklifni asoslaydigan boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat notarial idoralarida boshqa lavozimlarni joriy etish normativlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat notarial idoralarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajori, notariusning kotibi va arxivarius lavozimlari joriy etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan notarial idoralarda qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bogʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Har bir notarius lavozimiga kamida 1 birlik notarius yordamchisi lavozimi va kamida 1 birlik notarius kotibi lavozimi joriy etiladi
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Stajorlar va arxivariuslar soni har bir lavozim boʻyicha respublikadagi notariuslar umumiy sonining 25 foizidan oshmasligi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-apreldagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 170-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yordamchi xodim lavozimlari soni (ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilganlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir vazifasi, qoidaga koʻra, notariusning kotibiga yuklanadi, zaruriyat boʻlganda esa, Adliya vazirligining qarori bilan kassir lavozimi joriy etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizomning 7 va 10-bandlarida koʻrsatilgan lavozimlar ularning taʼminotiga mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mintaqalarida 2010-yilda qoʻshimcha tashkil etiladigan davlat notarial idoralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Notarial okrug Davlat notarial idoralari soni
Faoliyat koʻrsatayotgan davlat notarial idoralari‎ 2010-yilda qoʻshimcha tashkil etiladigan davlat notarial idoralari‎
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.‎ Nukus shahri‎ 6‎ 4‎
2.‎ Taxiatosh shahri‎ 1‎ 1‎
3.‎ Amudaryo tumani 1‎ 1‎
4.‎ Beruniy tumani 1‎ 1‎
5.‎ Kegeyli tumani 2‎ 0‎
6.‎ Moʻynoq tumani 1‎ 0‎
7.‎ Nukus tumani 1‎ 0‎
8.‎ Taxtakoʻpir tumani 1‎ 0‎
9.‎ Toʻrtkoʻl tumani‎ 1‎ 1‎
10.‎ Xoʻjayli tumani ‎ 1‎ 1‎
11.‎ Chimboy tumani ‎ 1‎ 0‎
12.‎ Shumanay tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Ellikqalʼa tumani ‎ 2‎ 0‎
14.‎ Qonlikoʻl tumani ‎ 1‎ 0‎
15.‎ Qoraoʻzak tumani ‎ 1‎ 0‎
16.‎ Qoʻngʻirot tumani 2‎ 1‎
‎‎Jami 24‎ 10
Andijon viloyati
1.‎ Andijon shahri‎ 3‎ 9‎
2.‎ Asaka shahri‎ 1‎ 1‎
3.‎ Xonobod shahri‎ 1‎ 0‎
4.‎ Andijon tumani‎ 2‎ 1‎
5.‎ Asaka tumani 2‎ 1‎
6.‎ Baliqchi tumani 2‎ 0‎
7.‎ Buloqboshi tumani 1‎ 0‎
8.‎ Boʻz tumani 1‎ 0‎
9.‎ Jalolquduq tumani 1‎ 1‎
10.‎ Izboskan tumani 1‎ 0‎
11.‎ Marhamat tumani 2‎ 0‎
12.‎ Oltinkoʻl tumani 1‎ 0‎
13.‎ Paxtaobod tumani 1‎ 1‎
14.‎ Ulugʻnor tumani 1‎ 0‎
15.‎ Xoʻjaobod tumani 1‎ 1‎
16.‎ Shahrixon tumani 2‎ 2‎
17.‎ Qoʻrgʻontepa tumani ‎ 2‎ 1‎
‎‎Jami 25‎ 18‎
Buxoro viloyati
1.‎ Buxoro shahri‎ 3‎ 9‎
2.‎ Kogon shahri‎ 1‎ 1‎
3.‎ Buxoro tumani ‎ 1‎ 0‎
4.‎ Vobkent tumani ‎ 1‎ 0‎
5.‎ Jondor tumani‎ 1‎ 1‎
6.‎ Kogon tumani ‎ 1‎ 0‎
7.‎ Olot tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Peshku tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Romitan tumani 1‎ 1‎
10.‎ Shofirkon tumani ‎ 1‎ 1‎
11.‎ Qorakoʻl tumani ‎ 1‎ 1‎
12.‎ Qorovulbozor tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Gʻijduvon tumani ‎ 2‎ 1‎
‎Jami 16 15
‎‎Jizzax viloyati
1.‎ Jizzax shahri‎ 3‎ 5‎
2.‎ Arnasoy tumani‎ 1‎ 0‎
3.‎ Baxmal tumani 1‎ 0‎
4.‎ Doʻstlik tumani‎ 1‎ 0‎
5.‎ Jizzax tumani‎ 1‎ 1‎
6.‎ Zarbdor tumani‎ 1‎ 0‎
7.‎ Zafarobod tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Zomin tumani ‎ 1‎ 1‎
9.‎ Mirzachoʻl tumani ‎ 1‎ 0‎
10.‎ Paxtakor tumani ‎ 1‎ 0‎
11.‎ Forish tumani ‎ 1‎ 0‎
12.‎ Yangiobod tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Gʻallaorol tumani ‎ 1‎ 1‎
Jami 15‎ 8
Qashqadaryo viloyati
1.‎ Qarshi shahri‎ 3‎ 5‎
2.‎ Dehqonobod tumani ‎ 1‎ 0‎
3.‎ Kasbi tumani‎ 1‎ 0‎
4.‎ Kitob tumani ‎ 1‎ 0‎
5.‎ Koson tumani 1‎ 1‎
6.‎ Mirishkor tumani 1‎ 0‎
7.‎ Muborak tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Nishon tumani ‎ 1‎ 1‎
9.‎ Chiroqchi tumani ‎ 1‎ 1‎
10.‎ Shahrisabz tumani ‎ 2‎ 2‎
11.‎ Yakkabogʻ tumani ‎ 1‎ 1‎
12.‎ Qamashi tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Qarshi tumani ‎ 1‎ 0‎
14.‎ Gʻuzor tumani ‎ 1‎ 1‎
‎‎Jami 17‎ 12
Navoiy viloyati
1.‎ Navoiy shahri‎ 2‎ 5‎
2.‎ Zarafshon shahri‎ 1‎ 2‎
3.‎ Karmana tumani 2‎ 0‎
4.‎ Konimex tumani ‎ 1‎ 0‎
5.‎ Navbahor tumani 1‎ 0‎
6.‎ Nurota tumani 1‎ 0‎
7.‎ Tomdi tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Uchquduq tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Xatirchi tumani ‎ 1‎ 1‎
10.‎ Qiziltepa tumani ‎ 1‎ 1‎
Jami 12‎ 9‎
Namangan viloyati
1.‎ Namangan shahri‎ 3‎ 10‎
2.‎ Kosonsoy tumani ‎ 1‎ 1‎
3.‎ Mingbuloq tumani‎ 1‎ 0‎
4.‎ Namangan tumani ‎ 1‎ 1‎
5.‎ Norin tumani ‎ 1‎ 0‎
6.‎ Pop tumani ‎ 1‎ 1‎
7.‎ Toʻraqoʻrgʻon tumani ‎ 1‎ 1‎
8.‎ Uychi tumani ‎ 1‎ 2‎
9.‎ Uchqoʻrgʻon tumani ‎ 1‎ 1‎
10.‎ Chortoq tumani ‎ 1‎ 0‎
11.‎ Chust tumani ‎ 1‎ 1‎
12.‎ Yangiqoʻrgʻon tumani ‎ 1‎ 0‎
‎‎Jami 14‎ 18‎
Samarqand viloyati
1.‎ Samarqand shahri‎ 17‎ 0‎
2.‎ Kattaqoʻrgʻon shahri‎ 3‎ 0‎
3.‎ Bulungʻur tumani ‎ 2‎ 0‎
4.‎ Jomboy tumani‎ 2‎ 0‎
5.‎ Ishtixon tumani‎ 2‎ 0‎
6.‎ Kattaqoʻrgʻon tumani‎ 2‎ 0‎
7.‎ Narpay tumani 2‎ 0‎
8.‎ Nurobod tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Oqdaryo tumani ‎ 2‎ 0‎
10.‎ Payariq tumani ‎ 3‎ 0‎
11.‎ Pastdargʻom tumani ‎ 4‎ 0‎
12.‎ Paxtachi tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Samarqand tumani ‎ 3‎ 0‎
14.‎ Tayloq tumani‎ 2‎ 0‎
15.‎ Urgut tumani ‎ 2‎ 0‎
16.‎ Qoʻshrabot tumani ‎ 1‎ 0‎
‎‎Jami 49‎ 0‎
Sirdaryo viloyati
1.‎ Guliston shahri‎ 4‎ 4‎
2.‎ Shirin shahri‎ 1‎ 0‎
3.‎ Yangiyer shahri‎ 2‎ 1‎
4.‎ Boyovut tumani ‎ 1‎ 0‎
5.‎ Guliston tumani ‎ 1‎ 0‎
6.‎ Mirzaobod tumani ‎ 1‎ 0‎
7.‎ Oq oltin tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Sayxunobod tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Sardoba tumani ‎ 1‎ 0‎
10.‎ Sirdaryo tumani ‎ 2‎ 2‎
11.‎ Xovos tumani ‎ 2‎ 0‎
Jami 17 7‎
Surxondaryo viloyati
1.‎ Termiz shahri‎ 3‎ 4‎
2.‎ Angor tumani ‎ 1‎ 1‎
3.‎ Bandixon tumani ‎ 1‎ 0‎
4.‎ Boysun tumani 1‎ 0‎
5.‎ Denov tumani ‎ 2‎ 2‎
6.‎ Jarqoʻrgʻon tumani 1‎ 1‎
7.‎ Muzrabot tumani 1‎ 0‎
8.‎ Oltinsoy tumani 1‎ 0‎
9.‎ Sariosiyo tumani 1‎ 0‎
10.‎ Termiz tumani 1‎ 0‎
11.‎ Uzun tumani 1‎ 1‎
12.‎ Sherobod tumani 2‎ 0‎
13.‎ Shoʻrchi tumani 1‎ 1‎
14.‎ Qiziriq tumani 1‎ 0‎
15.‎ Qumqoʻrgʻon tumani 1‎ 0‎
Jami 19‎ 10‎
‎‎Fargʻona viloyati
1.‎ Fargʻona shahri‎ 5‎ 6‎
2.‎ Margʻilon shahri‎ 1‎ 2‎
3.‎ Quvasoy shahri‎ 1‎ 0‎
4.‎ Qoʻqon shahri‎ 3‎ 3‎
5.‎ Bagʻdod tumani ‎ 1‎ 0‎
6.‎ Beshariq tumani ‎ 1‎ 1‎
7.‎ Buvayda tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Dangʻara tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Yozyovon tumani ‎ 1‎ 0‎
10.‎ Oltiariq tumani 1‎ 1‎
11.‎ Oxunboboyev tumani 1‎ 0‎
12.‎ Rishton tumani 2‎ 0‎
13.‎ Soʻx tumani 1‎ 0‎
14.‎ Toshloq tumani ‎ 1‎ 0
15.‎ Uchkoʻprik tumani 1‎ 1‎
16.‎ Fargʻona tumani 1‎ 1
17.‎ Furqat tumani 1‎ 0‎
18.‎ Oʻzbekiston tumani 1‎ 0‎
19.‎ Quva tumani 1‎ 1‎
‎‎Jami 26‎ 16‎
Xorazm viloyati
1.‎ Urganch shahri‎ 2‎ 7‎
2.‎ Bogʻot tumani ‎ 1‎ 1‎
3.‎ Gurlan tumani ‎ 1‎ 1‎
4.‎ Urganch tumani ‎ 2‎ 1‎
5.‎ Xiva tumani ‎ 2‎ 1‎
6.‎ Xonqa tumani ‎ 1‎ 1‎
7.‎ Shovot tumani ‎ 1‎ 1‎
8.‎ Yangiariq tumani ‎ 1‎ 0‎
9.‎ Yangibozor tumani ‎ 1‎ 0‎
10.‎ Qoʻshkoʻpir tumani ‎ 1‎ 1‎
11.‎ Hazorasp tumani ‎ 2‎ 1‎
‎‎Jami 15‎ 15
‎‎Toshkent viloyati
1.‎ Angren shahri‎ 3‎ 1‎
2.‎ Bekobod shahri‎ 1‎ 0‎
3.‎ Olmaliq shahri‎ 3‎ 2‎
4.‎ Oxangaron shahri‎ 2‎ 0‎
5.‎ Chirchiq shahri‎ 1‎ 4‎
6.‎ Yangiyoʻl shahri‎ 2‎ 1‎
7.‎ Bekobod tumani ‎ 1‎ 0‎
8.‎ Boʻka tumani ‎ 1‎ 1‎
9.‎ Boʻstonliq tumani ‎ 1‎ 2‎
10.‎ Zangiota tumani 3‎ 6‎
11.‎ Oqqoʻrgʻon tumani ‎ 2‎ 0‎
12.‎ Ohangaron tumani ‎ 1‎ 0‎
13.‎ Parkent tumani ‎ 1‎ 1‎
14.‎ Piskent tumani ‎ 1‎ 0‎
15.‎ Toshkent tumani ‎ 2‎ 2‎
16.‎ Chinoz tumani ‎ 1‎ 1‎
17.‎ Yuqori Chirchiq tumani ‎ 1‎ 1‎
18.‎ Yangiyoʻl tumani ‎ 2‎ 1‎
19.‎ Oʻrta Chirchiq tumani ‎ 1‎ 1‎
20.‎ Qibray tumani ‎ 1‎ 2‎
21.‎ Quyi Chirchiq tumani ‎ 1‎ 1‎
Jami 32 27
Toshkent shahri
1.‎ Uchtepa tumani ‎ 3‎ 6‎
2.‎ Bektemir tumani ‎ 1?? 1‎
3.‎ Mirzo Ulugʻbek tumani ‎ 6‎ 5‎
4.‎ Mirobod tumani ‎ 6‎ 3‎
5.‎ Sirgʻali tumani ‎ 3‎ 5‎
6.‎ Sobir Rahimov tumani ‎ 3‎ 8‎
7.‎ Chilonzor tumani ‎ 5‎ 6‎
8.‎ Shayxontohur tumani ‎ 4‎ 6‎
9.‎ Yunusobod tumani ‎ 7‎ 5‎
10.‎ Yakkasaroy tumani ‎ 3‎ 5‎
11.‎ Hamza tumani ‎ 5‎ 5‎
‎‎Jami 46‎ 55‎
‎Respublika boʻyicha hammasi 327‎ 220‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi keyinchalik amaldagi yuklama va ishlar hajmidan, shuningdek aholi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish zaruriyatidan kelib chiqqan holda davlat notarial idoralarini tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “k” kichik bandiga izohning beshinchi xatboshidagi “davlat notariusining” soʻzlari “notariusning” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat notarial idoralari xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozim nomi Razryadlar va tarif koeffitsiyentlari
‎Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi davlat notarial idoralari Shahar va tumanlardagi davlat notarial idoralari
razryad‎ tarif koeffitsiyentlari‎ razryad‎ tarif koeffitsiyentlari‎
Katta notarius‎ 11‎ 2,823‎ 10‎ 2,641‎
Notarius‎ 9‎ 2,466‎ 9‎ 2,466‎
Notarius yordamchisi‎ 8‎ 2,299‎ 8‎ 2,299‎
Notarius stajori‎ 7‎ 2,139‎ 7‎ 2,139‎
Kotiba‎ 7‎ 2,139‎ 7‎ 2,139‎
Arxivarius‎ 5‎ 1,846‎ 5‎ 1,846‎
Kassir‎ 4‎ 1,714‎ 4‎ 1,714‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga ilovaning “Notarial idoralar” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat notarial idoralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katta notarius
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius yordamchisi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining “Davlat axborot resurslari nomi” ustuni 3-3 pozitsiyasidagi “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanadigan notariuslar idoralari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning “Axborotning turi” ustuni 90-pozitsiyasining ikkinchi qatoridagi “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanadigan notariuslar idoralari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “davlat notariusi” va “Davlat notariusi” soʻzlari tegishli ravishda “notarius” va “Notarius” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovadagi tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “davlat notariusi” va “Davlat notariusi” soʻzlari tegishli ravishda “notarius” va “Notarius” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilova “Shakllantirish manbai” ustuni 12-pozitsiyasining beshinchi qatoridagi “xususiy notarial idoralar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 1-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2012-y., 15-son, 170-modda, 37-son, 429-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 52-son, 603-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son; 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)