Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022 17.04.2018 yildagi PF-5418-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.04.2018 yildagi PF-5418-son
Date of entry into force
18.04.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022
Hujjat 28.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xoʻjaliklari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻining jadal rivojlanishi, oʻz navbatida, suv resurslari isteʼmolining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan oʻz vaqtida choralar koʻrilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi boshqaruvi sohasida uzoq vaqt davomida hal etilmasdan kelayotgan tizimli muammolarning mavjudligi mazkur holatni yanada kuchaytirmoqda, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini vakolatli organlar oʻzaro hamkorligining taʼsirchan mexanizmisiz tarqoq holda rejalashtirish va taʼminlash qabul qilinayotgan qarorlar hamda aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, qishloq va suv xoʻjaligida uzoq muddatli puxta siyosatning shakllantirilmaganligi sababli mazkur sohalarni yanada rivojlantirishning aniq yoʻnalishlari belgilanmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilishda vakolatli organlarning samarali muvofiqlashtiruvchi roli va tashabbuskorligi mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, masʼul idoralar tomonidan haqqoniy axborotni yigʻish, tahlil qilish va almashish mexanizmining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli oʻzlariga yuklatilgan vazifalar samarasiz amalga oshirilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv isteʼmoli sohalarida mustaqil nazorat mavjud emas, buning natijasida tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni joriy qilish darajasi pastligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv isteʼmoli sohalarida haqiqiy holatni va rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida ularni strategik rejalashtirish siyosati boʻyicha taʼsirchan ishlarni yoʻlga qoʻyish, mazkur yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5330-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi negizida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tarmoqni kompleks modernizatsiya qilishga, qishloq xoʻjaligida fan va texnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilgʻor tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona siyosatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiyot tarmoqlari eksport salohiyatini oshirish, bozor konyunkturasi yuzasidan chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, xorijiy investitsiyalar va begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlar) jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini yil davomida va uzluksiz ravishda barqaror narxlarda taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifa va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini boshqarish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror hamda oqilona taʼminlash, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishini va barqarorligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xoʻjaligi va gidrotexnika inshootlarining ishonchli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, suv xoʻjaligining yirik va oʻta muhim obyektlari muhofaza qilinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv isteʼmolchilari masʼuliyatini oshirish, ularning suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi sohasida fan va texnika yutuqlari, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, suv xoʻjaligini va suvdan foydalanishni boshqarish tizimida innovatsion uslublarni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tizimini tashkil etish, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlar) jalb qilish, shuningdek, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi holati, mazkur sohada qonun hujjatlari hamda meʼyoriy hujjatlar talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-iyuldan Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha markaz negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun masʼul boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik) tashkil etilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha markazning huquqlari, majburiyat va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2018-yil 1-avgustdan quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan idora va muassasalar xodimlari bandligini taʼminlashga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda ikki oy muddatda Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasining vazifa hamda funksiyalarini qayta taqsimlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AKning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi negizida, urugʻliklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urugʻlik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda ikki oy muddatda urugʻlik tayyorlash boʻyicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urugʻlari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga berish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urugʻligining buyurtmasi, tayyorlanishi, alohida qayta ishlanishi va saqlanishi boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ilmiy-tadqiqot muassasalari berilgan holda, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan agrar fan sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib borishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Bosh prokuratura, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha yangi gʻoya va ishlanmalarni koʻrib chiqish zaruratini inobatga olgan holda takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashkil qilinayotgan jamgʻarmalar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya (Z.T. Mirzayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan idora va muassasalarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mol-mulki va pul mablagʻlarini oqilona taqsimlash maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonga muvofiq idora va muassasalarni tugatish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish, ular ishini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idora va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini berish orqali jihozlashga doir tadbirlarni tashkil qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalarni, ularning hududiy boʻlinmalarini joylashtirish, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan idoralarni malakali kadrlar bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idoralar va muassasalar xodimlari hisobidan toʻldirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan idora va muassasalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda tugatilayotgan idoralar va muassasalar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Komissiya bir oy muddatda yangidan tuzilayotgan idoralar va muassasalar faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularning asosiy vazifa, funksiya va faoliyat yoʻnalishlarini belgilab berish boʻyicha qarorlar loyihalari kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5418-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Z.T. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

B.T. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Sh.R. Xamrayev

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

4.

S.I. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

5.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

6.

I.Y. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

7.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

8.

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

9.

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

10.

V.Y. Pak

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

11.

A.J. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari

12.

M.M. Mirsaatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqarma boshligʻi

13.

Sh.A. Tulyaganov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi �nvestitsiyalar innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri

14.

A.E. Ravshanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5418/1082-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)