Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
26.05.2026
24.10.2024
01.04.2024
16.02.2024
13.01.2024
22.04.2021
27.10.2020
04.04.2020
14.12.2019
09.10.2019
28.06.2019
15.05.2019
20.02.2019
22.11.2018
31.10.2018
01.10.2018
07.06.2018
04.05.2018
15.02.2018
18.01.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor konyunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sogʻlom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5303-son Farmoniga muvofiq mamlakatga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish boʻyicha ayrim subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalarning bekor qilinishi nosogʻlom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sunʼiy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda koʻrishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasida muhim qadam boʻldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, baʼzi tizimli muammolarning mavjudligi koʻzlangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, ayrim mahsulot va xom ashyo turlari taqchilligining yuzaga kelishiga, ular narxining spekulyativ oʻsishiga va tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning rentabelligi pasayishiga olib kelmoqda. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, ayrim mahsulotlar va xom ashyo resurslari turlarini mahalliy ishlab chiqarish hajmining yetarli emasligi zarur zaxirani shakllantirishni taʼminlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq ishga solish imkonini bermayapti, bu esa spekulyativ operatsiyalarga, oxir-oqibatda, talab yuqori mahsulot va xom ashyolar narxining oʻsishiga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, yuqori likvidli mahsulotlar va xom ashyo resurslarini birja savdolarida realizatsiya qilishning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishdagi kamchiliklar turli xil suiisteʼmolchiliklar uchun shart-sharoit yaratmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish faoliyatini litsenziyalashning murakkab tartib-taomillari qurilish materiallarini mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga va mazkur sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar va xom ashyo resurslari turlarini import qilishda bojxona bojlari stavkasining yuqoriligi ular taqchilligining yuzaga kelishiga va narxlarning asossiz oʻsishiga shart-sharoit yaratmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, energiya samarador texnologiyalarni joriy qilgan korxonalar uchun ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish muddatlarining choʻzilishi tayyor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini koʻpaytirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot, xom ashyo va materiallar turlari bilan barqaror taʼminlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish, shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida mahalliy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3386-son qaroriga muvofiq Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 07/19/4484/3883-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar birja savdolarida realizatsiya qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekstraksion benzin, ikkilamchi aluminiy, metall rux, chorva ozuqasi uchun bugʻdoy — faqat tuman (shahar) hokimliklari xulosasiga muvofiq ularni keyinchalik qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan korxonalarga;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 07/24/77/0139-son — 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mis katodi, mis katankasi — Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya xulosasi asosida;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-son qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 07/24/77/0139-son — 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta texnik chigiti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar paxta texnik chigitini toʻliq texnologik sikl (magʻizni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)da qayta ishlab olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan mahalliy korxonalarga. Bunda, tayyor paxta moyi ishlab chiqarishga gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlarini olish uchun paxta texnik chigiti tuman yoki shahar hokimining foydalanishga topshirish dalolatnomasi asosida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta texnik chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-203-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolari orqali, “Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvati doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) paxta chigiti sheluxasi va shroti birja savdolarida erkin realizatsiya qilinadi.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2018-y., 07/18/4023/2201-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yuqori likvidli mahsulot turlarini realizatsiya qilish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari faoliyatining oʻrganilishini, narxlar asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, ishtirokchilarning birja savdolarida erkin qatnashishini taʼminlash, birja savdolarining elektron tizimlaridan ruxsatsiz foydalanishdan samarali himoya qilish boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tugatilib, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berish vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga oʻtkazilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni olish buyurtmalarini koʻrib chiqish muddati 20 kungacha qisqartiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olishda murojaat qiluvchining ustav fondiga qoʻyilgan talab buyurtma taqdim etilgan vaqtda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorini tashkil etadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmalarini berish yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ishchi loyiha taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun davomida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning yangilangan tartibi ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Bosh prokuratura, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda noruda foydali qazilmalar konlaridan foydalanilishini tanqidiy oʻrgansin hamda quyidagilarni ham nazarda tutgan holda ularni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va muqobil energiya manbalarini joriy etish orqali, shu jumladan noruda foydali qazilmalarni qazib olish va qurilish materiallari ishlab chiqarishning energiya sigʻimini kamaytirish yoʻli bilan xarajatlarni optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil qum-shagʻal konlarini tez surʼatlarda qazish va oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari haqida tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1025-son qarori ilovasining 1-bandida koʻrsatilgan tabiiy gaz isteʼmolchi tashkilotlarga nisbatan tabiiy gazni realizatsiya qilishda narx belgilashning alohida tartibi tatbiq etilmaydigan isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarifga nisbatan 1,6 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlash tartibi 2018-yil 1-aprelga qadar amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 15-fevralga qadar muddatda korxonalarga ular tomonidan qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibining ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2-ilovaga muvofiq qurilish materiallari asosiy turlarini ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga ichki isteʼmol bozorlarida, shu jumladan, birja savdolarida egalarining ixtiyoriga koʻra cheklovlarsiz sotilishi mumkin boʻlgan hamda import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda talab yuqori boʻlgan, birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJga yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatining eng yaxshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmasdan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-yanvargacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish doirasida bosh pudrat tashkilotlariga yogʻoch-taxta va tom yopish uchun metall listlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yogʻoch-taxta va temir yassi prokatini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ tomonidan yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini bosh pudrat tashkilotlariga, shuningdek, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narxda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda oʻn kun muddatda yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun metall listlar importini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5715/3133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida hisobga olish va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, real vaqt rejimida “qurilish materiallarini qazib olish — tashish — saqlash — qayta ishlash — ishlab chiqarish — realizatsiya qilish” zanjiri boʻyicha jarayonni kuzatib borish imkonini beruvchi Idoralararo hamkorlikning yagona integratsiyalashgan axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2018-y., 07/18/4023/2201-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish materiallarining asosiy turlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2018-yilda ishga tushiriladigan quvvatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Loyihalar nomi
Mahsulot turi
Loyiha quvvati
Ishga tushirish muddati
Loyihaning umumiy qiymati
(mln. AQSH doll.)
JAMI (11 ta loyiha):
374,10
I
Bogʻlovchi materiallar va toʻldirgichlarni ishlab chiqarish (5 ta loyiha)
320,70
1.
“Olmaliq KMK” AJda sement, shu jumladan yuqori markali va maxsus turdagi sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
1 500 ming tn
sentabr
212,80
2.
Surxondaryo viloyatida “Surxonsementinvest” MCHJ XKda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
360 ming tn
sentabr
47,60
3.
Namangan viloyatida “Jahon Yevro Servis” MCHJda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
150 ming tn
dekabr
9,50
4.
Andijon viloyatida “Ilgʻor yigiruvchi” MCHJda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
150 ming tn
iyun
13,00
5.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “TITAN CEMENT” MCHJ QKda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
200 ming tn
may
37,80
II
Pardozlash materiallarini chiqarish (1 ta loyiha)
28,90
6.
Jizzax viloyatida “Jizzax” EIZ hududida mahalliy xom ashyo negizida “MINGYUAN SILU INDUSTRY” MCHJ QKda (I-bosqich) naqshli oyna ishlab chiqarishni tashkil etish
naqshli
oyna
4 mln. kv.m
fevral
28,90
III
Devorbop va issiqlik oʻtkazmaydigan materiallarni chiqarish (2 ta loyiha)
4,70
7.
Buxoro viloyatida “Xanadu grand plyus” MCHJda gaz-beton bloklari ishlab chiqarishni tashkil etish
gaz-beton
100 ming kub.m
may
1,10
8.
Xorazm viloyatida “Pitnak panel” MCHJda sendvich-panellar ishlab chiqarishni tashkil etish
sendvich-panellar
150 ming
p.m
aprel
3,60
IV
Qurilish materiallarining maxsus turlarini chiqarish (1 ta loyiha)
15,00
9.
Toshkent viloyatida “Angren” EIZ hududida “Run Tong Metal Industrial” MCHJ XKda (“LI DA Metal Technologu” MCHJ XKda) energiya tejovchi texnologiyalar boʻyicha qurilish armaturalari ishlab chiqarishni tashkil etish
Qurilish metall armaturasi
180 ming.tn
noyabr
15,00
V
Yogʻoch-qipiq plitalar (YOQP) ishlab chiqarishni tashkil etish (2 ta loyiha)
4,80
10-11.
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida har yili qayta tiklanadigan oʻsimlik xom ashyosi (paxta poyasi, qamish va boshqa oʻsimliklar) negizida yogʻoch-qipiq plitalar va laminatsiyalangan yogʻoch-qipiq plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ishlab chiqaruvchi korxonalarga oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qoʻllaniladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5715/3133-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)