16.01.2018 yildagi PF-5303-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.01.2018 yildagi PF-5303-son
Date of entry into force
17.01.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, talab yuqori boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, nosogʻlom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopollashtirilishi, sunʼiy taqchillikni yuzaga keltirish va baʼzi tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qoʻshimcha foyda olish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega boʻlishiga ular uchun individual imtiyoz va preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar yaratilganligi koʻmaklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirish imkoniyatini cheklashga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur sohada yuzaga kelgan vaziyat ishchanlik faolligini va Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obroʻsiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2018-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning qabul qilinishi taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun bozorga kirishda teng sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni tashish va saqlashda koʻmaklashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol tovarlarini respublika tovar-xomashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol tovarlarini tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, toʻgʻrisidagi batafsil axborot har oy Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib boriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tartibini chayqovchilik va boshqa suiisteʼmolchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni nazarda tutgan holda belgilash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibga solish boʻyicha choralarni belgilovchi “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda tovar-xomashyo birjalari tomonidan foydalanilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni axborotdan erkin foydalanish va uning ochiqligi, jumladan maʼlumotlarni chet tillarda (rus, ingliz tillari) joylashtirish, amalga oshirilayotgan operatsiyalarning shaffofligini, shuningdek, oʻtkaziladigan elektron savdolarga aralashish va ularning natijalarini buzib koʻrsatish imkoniyatini istisno etishni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oziq-ovqat tovarlariga bojxona toʻlovlari stavkalari, bojxona tartib-taomillari va respublika bojxona chegarasi orqali tovarlarni tashish tizimining tanqidiy oʻrganilishini hamda bojxona toʻlovlari stavkalarini optimallashtirish, ortiqcha toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, jumladan tartib-taomillarni “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirishga oʻtish orqali tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini maksimal soddalashtirish va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chakana savdo va xizmatlar koʻrsatishni tartibga soluvchi qonunchilikni ortiqcha toʻsiq va gʻovlar, davlat tomonidan tartibga solishning asossiz choralarini bartaraf etish nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilsin, shuningdek, natijalari boʻyicha mazkur sohani tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tovarlari narxini pasaytirish va barqarorlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi sansalorlik va byurokratiyani bartaraf etish, shuningdek, respublikada ishchanlik muhitini yaxshilash boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, jumladan ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlarini eksport va import qiluvchilar, chet ellik investorlar va xorijiy hamkorlar bilan doimiy asosda muntazam ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralarning axborot maʼlumotlar bazalaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishda sunʼiy toʻsiqlar yaratish, sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 16-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5303-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Tovarning nomlanishi

TIF TN boʻyicha kodi

1.

Tirik yirik qoramol

0102

2.

Tirik qoʻy va echkilar

0104

3.

Yirik qoramol goʻshti, barra yoki sovutilgan

0201

4.

Barra, sovutilgan (muzlatilganidan tashqari) qoʻy yoki echki goʻshti

0204

41.‎

Yangi va sovitilgan kartoshka

0701‎

42.

Guruch

1006

5.

Soya loviyasi, maydalangan yoki maydalanmagan

1201

6.

Kungaboqar urugʻi, maydalangan yoki maydalanmagan

1206 00

7.

Kunjut urugʻi

1207 40

8.

Xushboʻy hid va taʼm beruvchi yoki ranglantiruvchi qoʻshimchalarsiz shakar xomashyosi

1701 12 — 1701 14

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5596-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5596/2298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: 3 — 8 pozitsiyalarda koʻrsatilgan tovarlar va xomashyo importida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga tatbiq qilinmaydi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son, 20.02.2018-y., 06/18/5354/0791-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 12.12.2018-y., 06/18/5596/2298-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)