Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2018 28.12.2017 yildagi 1025-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.2017 yildagi 1025-son
Date of entry into force
29.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Isteʼmolchilarning ushbu qarorga ilovaga muvofiq ayrim toifalariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oshirilgan tariflar belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarini jalb etgan holda ushbu qarorning maqsadlari va mazmuni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar, bunda isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanishga, sertifikatlangan va energiya jihatidan samarali uskunalar va priborlar qoʻllanilishiga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari “Energiyani tejash milliy kompaniyasi” AJ bilan birgalikda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarga ular tomonidan qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan (koʻmirdan) foydalanish toʻgʻrisida xulosalar berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafayev va “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1025-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1025-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gaz * va elektr energiyasini ** realizatsiya qilishda ularga nisbatan narx belgilashning alohida tartibi belgilanadigan isteʼmolchi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Isteʼmolchi tashkilotlar

Toʻlov quyidagilar uchun amalga oshiriladi:

tabiiy gaz

elektr energiyasi

1. Pishirilgan gʻisht, asfalt va sement ishlab chiqaruvchi, energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalarni joriy etgan, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan (koʻmirdan), shu jumladan, sement ishlab chiqarishning “quruq usuli”dan foydalanuvchi korxonalar.

ushbu roʻyxatga kiritilmagan isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarifga nisbatan 1,6 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda

amaldagi tarifga nisbatan 1,6 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda

2. Pishirilgan gʻisht, sement, asfalt ishlab chiqaruvchi korxonalar (ushbu ilovaning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar bundan mustasno).

1 kub. � uchun 1000 soʻm

3. Ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi va ishlab chiqaruvchi korxonalar.

4. Beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar.

5. Issiqxona va issiqxona-parnik xoʻjaliklari.

6. Chinni va fayansdan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar.

7. Restoranlar, kafe, tantanalarni oʻtkazish obyektlari va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlari (mehmonxonalar va ularga tegishli boʻlgan hududda joylashgan obyektlar bundan mustasno).

8. Gips-karton, yoʻlakbop va keramika plitalari, bruschatkalar, keramik va sement-qum cherepitsalar, quruq qurilish aralashmalari, shuningdek, quvur buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish uchun tabiiy gaz qazib olish va uni tashishni amalga oshiruvchi qoʻshma korxonalar va xorijiy korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq narxlar boʻyicha, biroq eksportga yetkazib berish narxidan past boʻlmagan narxlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Elektr energiyasiga haq toʻlash uchun amaldagi tarifga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent ulangan quvvati 750 kVAgacha boʻlgan isteʼmolchilar uchun qoʻllaniladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1025/0496-son)