05.06.2017 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.06.2017 yildagi 350-son
Date of entry into force
13.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga va Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 5-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
350-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son qaroriga
1-ILOVA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) va uning hududiy filiallarining hamda Universitet huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida taʼlim sifatini oshirishga hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qaratilgan ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida ochilgan Universitet maxsus budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet uchun oʻquv darsliklar va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, shu jumladan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnal nashr etilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning iqtidorli talabalari, professor-oʻqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetda dars berish va Markazda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmani boshqarish Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet Vasiylik kengashining tarkibi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Universitetning Vasiylik kengashi ushbu Nizom talablaridan kelib chiqqan holda Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Universitet Vasiylik kengashi yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini olib borish, mablagʻlarning hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Universitetning moliya-iqtisod boʻlimi hamda buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil aloqa xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovdan tushadigan mablagʻlarning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi depozitlarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilda ushbu Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan oʻtgan va Universitet Vasiylik kengashiga taqdim qilingan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha aniq loyihalarni ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun Universitet Vasiylik kengashi tomonidan moliya yili uchun tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisoboti Universitetining budjetdan tashqari mablagʻlaridan boʻlak holda alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Universitet Vasiylik kengashi yigʻilishida koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 7-noyabrdagi 385-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 21-son, 169-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-yil, 39-son, 453-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorga 1-ilova “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimining 2-bandi “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovadagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” bloki “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” bloki bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi uchinchi xatboshidagi “15” raqami “14” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 28-iyundagi 188-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 27-son, 352-modda) rus tilidagi matnida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorning nomidagi, 1 va 2-bandlardagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1, 2, 3-ilovalarning nomidagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 23-dekabrdagi 337-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 52-son, 691-modda) rus tilidagi matnida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qaror nomidagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-banddagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qarorga 1-ilovaning nomidagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 27-martdagi 73-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 30-modda) rus tilidagi matnida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qarorga 3a-ilovaning nomidagi “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) 2-ilovaning 14 va 15-bandlarining “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 474-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)