26.09.2012 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.09.2012 yildagi 278-son
Date of entry into force
26.09.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazini (keyingi oʻrinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi) tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi oʻrinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 17 ta tarmoq markazlarini (keyingi oʻrinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari huzuridagi faoliyat koʻrsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim muassasalari va fakultetlarini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustavlariga, mustaqil balanslariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bosh ilmiy-metodik markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning talab qilinadigan darajasini taʼminlash boʻyicha ish natijalarini hamda ilgʻor xalqaro pedagogik tajribani oʻrganish asosida, zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy taʼlim muassasalari oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumtaʼlim dasturlarini, oʻquv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning taʼlim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qiladi, monitoringini olib boradi, pedagoglarning zamonaviy talablarga muvofiq oliy taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kasbiy koʻnikmalari va layoqatlari rivojlanishining oʻzgarishini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻqitish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar tayyorlanishini va samarali metodikalar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, shuningdek mazkur yoʻnalishlar boʻyicha mintaqaviy markazlarda va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, taʼlimni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari boʻyicha mamlakatimizning ilgʻor zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagoglarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, ilmiy eksperimentlar, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari (Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, laboratoriyalari va shu kabilar) bilan hamkorlik qilish hamda ulardan pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun bazaviy obyektlar sifatida foydalanish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mintaqaviy markazlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sohalari: gumanitar fanlar, matematika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, shuningdek ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklarining boshqa fanlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning dolzarb masalalari, Internet global tarmogʻidan foydalangan holda oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogika, axborot texnologiyalarini joriy etish, pedagogik mahorat, maʼnaviyat asoslari hamda pedagoglarning tahliliy va ijodiy fikrlashini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa maxsus kurslar boʻyicha malaka oshirishning maqsadli kurslarini tashkil qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining taʼlim jarayoniga oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kasbiy oʻsishiga yoʻnaltirilgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, amaliy oʻqitishning interaktiv usullari sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini oʻz vaqtida joriy etish mexanizmlarini amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, professional taʼlim va oliy taʼlimning majburiy fanlar blokining barcha yoʻnalishlar uchun umumiy boʻlgan fanlari taʼlim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar;
(2-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tarmoq markazlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha majburiy va tanlov bloklarining mutaxassislik fanlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda ular boʻyicha zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadilar;
(2-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim dasturlarini amalga oshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning ishlab chiqarish bilan samarali oʻzaro hamkorligini, oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga koʻchma mashgʻulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv va moddiy-texnikaviy bazani yaratadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari oʻqituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar oʻqituvchi hisobiga nisbatining cheklangan normativlari taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy va tarmoq markazlarini ular tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalarida bepul joylashtirishni hamda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida markazlar tomonidan oʻz faoliyatida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarining boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalarida yashash joylari berish chora-tadbirlarini koʻrishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha, pedagog kadrlar tomonidan uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishning davriyligiga rioya qilgan holda, Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarida oliy taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili aniqlash va belgilangan tartibda tasdiqlashni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Bosh ilmiy-metodik markazning, mintaqaviy va tarmoq markazlarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlarni joriy taʼminlashga hamda belgilangan davriyligini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni oʻtkazishga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnomaviy asosda xizmatlar koʻrsatishdan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga oʻqishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan boʻshagan holdagi butun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga asosiy ishdan ajralgan holda qayta tayyorlashga va malaka oshirishga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning oʻqish joyiga kelish va u yerdan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ularni yuborgan tomon hisobiga qoplanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari taʼminoti uchun “Taʼlim” sohasi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar doirasida zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-metodik markaz uchun 1 ta xizmat yengil avtomobilini saqlashga limit belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan oʻqituvchilar malakasini oshirish natijalariga bogʻliq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining maʼlumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-metodik markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uyga ijara haqi undirmasdan joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 26-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
278-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Mintaqaviy va tarmoq
markazining nomi

Qayta tayyorlash va malaka
oshirish yoʻnalishlari

Vazirliklar va
idoralarga mansubligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni oʻqitish (qoraqalpoq tili).

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Fargʻona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi*

Mintaqaviy yoʻnalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy taʼminoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni oʻrganish (tillar boʻyicha); ijtimoiy ishlar.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha); agrokimyo va agrotuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi va karantini; qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha); qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi; ipakchilik va tutchilik; oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; zooinjeneriya (qoramolchilik va baliqchilik); veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari boʻyicha)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi; matematika oʻqitish metodikasi; fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi; kimyo oʻqitish metodikasi; biologiya oʻqitish metodikasi; geografiya oʻqitish metodikasi; informatika oʻqitish metodikasi; tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa taʼlimi; ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha); chaqiriqqacha harbiy taʼlim; milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi; tarix oʻqitish metodikasi; boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha taʼlim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi

Filologiya va tillarni oʻqitish; Xorijiy til va adabiyot (tillar boʻyicha);

Tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sugʻurta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm;xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

10.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Arxitektura; dizayn (turlari boʻyicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xoʻjaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; koʻchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yoʻllari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr.

Qurilish vazirligi

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari boʻyicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

13.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Bastakorlik sanʼati; aktyorlik sanʼati; rejissorlik; texnogen sanʼat; dirijorlik; vokal va cholgʻu ijrochiligi; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat.

Madaniyat vazirligi

14.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yer tuzish va yer kadastri; qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Yurisprudensiya; huquqshunoslik.

Adliya vazirligi

16.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi‎

Oʻzbek tili filologiyasi

‎Oʻzbek tili va adabiyoti

‎Oʻzbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎

18.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi

(Badiiy taʼlim) Tasviriy va amaliy sanʼat; Dizayn; Sanʼatshunoslik; Muzeyshunoslik

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 21 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 11 kishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 453-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 38-son, 500-modda, 52-son, 646-modda; 2016-y., 31-son, 374-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 23-son, 472-modda, 34-son, 899-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/453/1359-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son, 13.12.2019-y., 09/19/988/4142-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son; 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)