ILOVA
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 27-dekabrya 2016 goda № PP-2699
|
Naimenovaniye poluchatelya sredstv ot plati |
V protsentax ot summi plati |
|
|
Gosudarstvenniy budjet Respubliki Uzbekistan |
85 |
|
|
Fond razvitiya informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy pri Ministerstve po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan (s selevim ispolzovaniyem dlya realizatsii investitsionnix proyektov i programm informatizatsii i razvitiya telekommunikatsionnix setey) |
14 |
|
|
Fond nauchno-innovatsionnogo razvitiya pri Tashkentskom universitete informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy |
1 |
”. |
Qadimiy yurtimiz zaminida yashab oʻtgan buyuk allomalar, mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi, ularning ibratli hayoti va faoliyati, bebaho maʼrifiy merosi, ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugungi kunda ham jahon ahlini hayratga solib kelmoqda.
Oʻrta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gap ketganda, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan alloma Muhammad al-Xorazmiyning nomi birinchilar qatorida tilga olinadi.
Toʻliq ismi sharifi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy al-Majusiy al-Qatrabbuliy boʻlgan bu ulugʻ zot melodiy 783 yilda Xorazmning madaniyat va maʼrifat markazlaridan biri boʻlgan Xiva shahrida tavallud topgan. Buyuk iqtidori, ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi bilan tanilgan Muhammad al-Xorazmiy oʻz davrining qomusiy allomasi sifatida eʼtirof etiladi. Uning ilm-fan taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari eʼtiborga olinib, oʻsha davrda “Bayt ul-Hikma” — “Donishmandlar uyi” degan nom bilan mashhur boʻlgan Maʼmun akademiyasiga rahbar etib tayinlanadi.
Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ilmiy yoʻnalishlarida koʻplab qomusiy asarlar yaratgan. Algebra faniga asos solib, fundamental maʼlumotlar, traktatlarni ilmiy bayon etish qoidalarini ishlab chiqqan. Buyuk vatandoshimizning ilmiy izlanishlari, ilmiy-tadqiqot nazariyalari va ilmiy xulosalari butun jahon ilmu maʼrifat ahli tomonidan eʼtirof etilib, dunyo ilm-fanining bebaho merosi sifatida yuksak qadrlanib kelinadi.
Bugungi kunda zamonaviy matematika, geometriya, trigonometriya, geografiya kabi fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarning tamal toshi aynan Muhammad al-Xorazmiy tomonidan qoʻyilgani jahon miqyosida eʼtirof etilgan haqiqatdir.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Mamlakatimizda dunyo andozalariga mos ilmiy-oʻquv laboratoriyalari, kafedralar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nufuzli ilmiy markazlar, maktablar yaratildi.
Bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetning Samarqand, Fargʻona, Qarshi, Urganch, Nukus filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Universitet va uning filiallarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, pochta aloqatexnologiyalari kabi oʻnlab taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻn mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Yosh avlodni ulugʻ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosining munosib davomchilari etib tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Universitetning faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning dolzarb muammolariga yoʻnaltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviy integratsiyani taʼminlash, dasturiy mahsulotlar yaratish, ularni iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga joriy etishni taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Qaror Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan yoshlarga taʼlim tarbiya berish va ilm-fanning yuksak choʻqqilarini egallashda zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirishda beqiyos katta ahamiyatga egadir.
Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi, shuningdek, 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Universitetda ulugʻ alloma nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng oʻrganish bilan bogʻliq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Qarorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari bilan taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini taʼminlash, anʼanaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish, yurtimizdagi yetakchi ilm-fan namoyandalari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishga eʼtibor qaratish, shuningdek, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar oʻtkazish, matematik modellashtirish, algoritmlash, kriptologiya, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yoʻnalishlarida zamonaviy oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, ularning multimediali avlodlarini yaratish hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning ushbu oʻquv adabiyotlaridan erkin foydalanishlari uchun ularni elektron resurslarga joylashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ayni vaqtda qaror bilan universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, universitet qoshidagi “Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi” oʻrnida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi”ni tashkil qilish zarurligi ham koʻrsatib oʻtildi.
Mazkur markazning asosiy vazifalari sifatida iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlari uchun real ehtiyojlarni hisobga olib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni yaratishga, eng avvalo, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida taʼlim olayotgan talabalarni keng jalb etish belgilandi.
Qarorga koʻra, markazda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boshqaruv, ishlab chiqarish, biznes va boshqa yoʻnalishdagi jarayonlarni avtomatlashtirishni tizimli va ilmiy tahlil qilish, ularning modellarini hamda algoritmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish mexanizmlari yaratiladi.
Mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va dasturiy mahsulotlarni yaratish, import oʻrnini bosuvchi qurilmalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Markazda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, mutaxassislari va yosh ilmiy xodimlarini milliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga ham katta eʼtibor qaratiladi.
Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Universitet qoshida Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilmoqda. Mazkur Jamgʻarmaning mablagʻlari mobil aloqa xizmatlari koʻrsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovdan tushadigan mablagʻlarning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi koʻzda tutilmoqda. Mazkur Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi yoʻnalishlarda foydalanish belgilanmoqda:
Universitet uchun oʻquv darsliklar, ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, iqtidorli talabalar uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” ilmiy jurnali nashr etilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Universitetning iqtidorli talabalari, professor-oʻqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Universitetda dars berish va Markazda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish.
Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar mamlakatimizda iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini taʼminlashda, ilm-fan va kadrlar tayyorlashning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi boʻlib, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning nufuzini oshirish, professor-oʻqituvchilarning sharafli mehnatini qadrlash, kadrlar intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, Universitetning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, uning xorijiy davlatlardagi nufuzini koʻtarish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga koʻproq jalb qilishga keng yoʻl ochadi.