29.07.2016 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 29.07.2016 yildagi 13-son
Date of entry into force
29.07.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining yangi toʻplamini nashrga tayyorlashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, garov tariqasidagi ehtiyot chorasi (JPK 249-moddasi), ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlovchi samarali vosita boʻlib, u pul mablagʻi yoki qimmatbaho buyumlarni dastlabki tergov organi yoki sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari depozit hisob raqamiga topshirishdan iborat. Shunga koʻra, tergov organlari, sudlar ishning muayyan holatlari va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsini inobatga olgan holda unga nisbatan garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishlari hamda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga shaxsan oʻzi yoki qarindoshlari, shuningdek boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan garovga narsa qoʻyish huquqini tushuntirishlari lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tushuntirilsinki, JPK 434-moddasiga muvofiq, sudlanuvchining shaxsini aniqlashda, sud majlisi bayonnomasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyidan tashqari, shaxsiga daxldor boshqa, jumladan, sudlanganligi, davlat mukofoti yoki faxriy unvonlari borligi, salomatligi toʻgʻrisidagi va h.k. maʼlumotlar ham aks ettirilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 439-moddasiga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi oʻqib eshittirilishi bilan boshlanadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritilishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 4-bandi birinchi xatboshisidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“daliliy ashyolarni” soʻzlari “ashyoviy dalillarni” soʻzlariga almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 5-bandi birinchi xatboshisidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“daliliy ashyolarni” soʻzlari “ashyoviy dalillarni” soʻzlariga almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 6-bandidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“daliliy ashyolarni” soʻzlari “ashyoviy dalillarni” soʻzlariga almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ish sudya tomonidan yakka tartibda koʻrilganda mulohazalar sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tili matnining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “popechiteli” soʻzi chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxldor boʻlmaganligi, shuningdek shaxsning harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi 2-qismi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarorining 10-bandi toʻrtinchi xatboshisiga binoan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad etadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Jinoyat obyekti boʻlgan mulk qiymatini aniqlashda uning egasi tomonidan xarid qilinishi holatlaridan, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi davlat chakana narxidan, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Mulk qiymatini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, u ekspert xulosasiga koʻra belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplashga oid masalani hal qilishda sudlar moddiy zarar toʻliq hajmda qoplanishi shartligi haqidagi FK 985-moddasi talablaridan kelib chiqishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud zarar yetkazgan shaxsning talabiga binoan qoplanadigan zarar miqdorini faqat FK 1012-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kamaytirishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xatlangan mol-mulkning oʻzlashtirilganligi, rastrata qilinganligi, yashirilganligi, nobud qilinganligi yoki shikastlanganligi aniqlansa, sud prokuratura organlari oldiga ushbu mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish masalasini qoʻyishi lozim (JK 233-moddasi)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki oʻtkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni ancha miqdorda sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida sodir etilsa, JK 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2.-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Harbiy jinoyatlarning subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining qorovul qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining davlat chegarasini himoya qilish qoʻmitasi), Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa vazirlik va idoralarning harbiy boʻlinmalari harbiy xizmatchilari, shuningdek, ularda harbiy yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslar boʻla oladilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 4.5-bandidagi “jiddiy zarar” soʻzlari “jiddiy ziyon” soʻzlariga almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 4.5-bandi beshinchi xatboshisidagi “oʻquv otishmalarning” soʻzlari “oʻq otish mashgʻulotlarining” soʻzlariga almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qoʻllanilishi shartligini anglatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni JK 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandidagi “jinoiy javobgarlikdan va jazodan” soʻzlari “jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandining birinchi xatboshisidagi “eng ogʻir jazo muddati yoki miqdori” soʻzlari “har qanday jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-bandining ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunday holda qamoq jazosining eng kam muddati bir oydan kamroq boʻlishi mumkin boʻlib, biroq olti oydan, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa, uch oydan oshmasligi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-banddan keyin quyidagi nomdagi yangi boʻlim bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, koʻp qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim (Uy-joy kodeksi 10-moddasi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, shuningdek sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni boʻlmasa, qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“27. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti oydan yigirma yilgacha boʻlgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmaganlarga nisbatan — olti oydan oʻn yilgacha boʻlgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — oʻn besh yilgacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — olti oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddatli (yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat ikki turdagi jinoyat — javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda qonun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayollarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanishini istisno etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlarga — oʻn besh yildan, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — oʻn uch yil toʻrt oydan ortiq boʻlishi mumkin emas”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisidagi”gi 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasiga erkin kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega boʻlib, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi quyidagilar bilan tartibga solinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon Qonun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” (bundan buyon-fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi” (bundan buyon — xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibining ehtiyotsizlik oqibatida (masalan, oriyentirni yoʻqotish oqibatida), noilojlikdan (masalan, tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatga ega hodisa, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan tahdid etish oqibatida) yoki shaxsning erkiga bogʻliq boʻlmagan hollarda (masalan, uning ojiz ahvoldaligidan foydalangan holda) buzilishi mazkur jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 4-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun (kirish, tranzit) viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi II boʻlimida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — amaldagi pasport (diplomatik pasport), unda chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikeri (bundan buyon— stiker) mavjudligi, chet el davlatiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno), amaldagi yoʻl hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qoʻyilgan bojxona deklaratsiyasi va fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, II boʻlimlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish-chiqish uchun viza, amaldagi yoʻl hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qoʻyilgan bojxona deklaratsiyasi va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, III boʻlimlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish-chiqish uchun vizasiz rejim oʻrnatilgan xorijiy davlatlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqishi uchun stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydi (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 2-bandi). Biroq normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan toifadagi fuqarolarning (masalan, harbiy xizmatchilar, davlat siri boʻlgan maʼlumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun xorijiy davlat bilan vizasiz rejim mavjudligidan qatʼi nazar, boshqacha tartib belgilanishi mumkin (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 3-bandi, III boʻlimi “a” bandi). Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlarga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 7-bandiga muvofiq JK 223-moddasi boʻyicha javobgarlik faqat stiker rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati oʻtgan stiker bilan Oʻzbekiston Respublikasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, fuqarolar kirish-chiqish Tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlat hududida boʻlishi muddati chegarasi belgilanmaganligi sababli, ularning xorijiy davlat hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq boʻlishlari maʼmuriy (MJTK 226-moddasi) yoki jinoiy (JK 223-moddasi) javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 223-moddasi ikkinchi qismining “g “bandida nazarda tutilgan jinoyat subyekti boʻlib, faqat xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar boʻla oladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ 2142-sonli qarorining 1 va 2-bandlari)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) jinoyat qurollari — jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek, bevosita jinoyat sodir etish jarayonida jinoiy maqsadga erishish uchun foydalanilgan mol-mulk, narsalar (masalan, odam oʻldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita boʻlgan narsalar, oʻqotar qurol, brakonyerlik qurollari — qopqonlar, toʻrlar, soxta hujjat vah.k.) yoki transport vositalari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) oʻzida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida shikastlangan kiyim, narsalar, shu jumladan, oʻq otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, barmoq, qoʻl, oyoq, poyabzal, transport, buzish qurollarining izlari va h.k.)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qatʼiy belgilangan. JPK 205-moddasiga koʻra, ashyoviy dalillar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir boʻlgan yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish paytida) olinishi yoinki surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198-202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“axborot saqlash vositalari (telefon apparatlari, xotira kartalari va h.k.), ulardagi qonun bilan taqiqlanmagan maʼlumotlardan nusxa koʻchirilib, mazkur maʼlumotlar egasi yoki uning vakiliga berilgandan keyin yoʻq qilinishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandining sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilari tegishlicha toʻqqizinchi-oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, baʼzi hollarda ayrim qilmishlar, masalan, kontrabanda, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish, odam oʻgʻirlash va h.k. uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar jinoyat sodir etishda foydalangan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport vositalari (konteynerlar) jinoyat quroli deb eʼtirof etilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ushbu transport vositalarini jinoyat quroli deb eʼtirof etish uchun transport vositasidan, faqat ulov sifatida emas (masalan, aybdor tomonidan qonunga xilof ravishda baliqchilik jinoyati qarmoqlar va toʻrlardan foydalanilgan holda sodir etilgan boʻlib, avtomobildan faqat ulov sifatida foydalanilgan boʻlsa), balki, qasddan jinoyat sodir etishda aynan qurol sifatida foydalanilganligi soʻzsiz aniqlangan boʻlishi zarur (masalan, talon-toroj jinoyatini sodir etishda oʻgʻirlangan katta hajmdagi tovarlar avtomobilda olib chiqib ketilgan, tovar yoki boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoxud bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtilgan boʻlsa)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi birinchi xatboshisidagi “Bojxona kodeksining 3-moddasi” soʻzlari “Bojxona kodeksining 5-moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Qonun bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik turini bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdori bilan bogʻlagan boʻlib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan koʻp miqdorgacha oʻtkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta maʼmuriy javobgarlikka tortilganligidan qatʼi nazar, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 182-moddasining birinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227-21-moddasi, 227-22-moddasining birinchi qismi) shaxs maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 182-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qatʼi nazar, kelib chiqadi. Bunda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlari boʻyicha jinoiy javobgarlik faqat bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik koʻp miqdorda buzilgan holdagina kelib chiqadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “BK 7-moddasi” soʻzlari “BK 13-moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi birinchi xatboshisidagi “va transport vositalarini” soʻzlari “yoki boshqa qimmatliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandidagi “odam tanasida” soʻzlari “odam, hayvon tanasida va h.k.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan amaldagi yoʻli bilan foydalanish deganda, jumladan, bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish tushunilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib qalbaki hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib yolgʻon maʼlumotlar kiritilgan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishi hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy boʻlmagan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamgʻalar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning alohida roʻyxati nazarda tutilgan (BK 18-19-moddalari). Shundan kelib chiqib, mazkur roʻyxatlarda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organlariga taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi maʼlumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) toʻgʻrisida bila turib yolgʻon maʼlumotlarni aks ettirish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasini tekshirish, tovarlarni koʻzdan kechirish va bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangunga qadar bojxona deklaratsiyasida yoʻl qoʻyilgan xatolarning deklarant tomonidan mustaqil tuzatilishi (BK 265-266-moddalari) maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni istisno etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar roʻyxatga olingan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK 264-moddasi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” soʻzlari “BK 44-bobiga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili matnining 15-bandi birinchi xatboshisidagi “bojxona qiyoslashi” soʻzlari “bojxona identifikatsiyalashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “JK 205-moddasi” soʻzlari “JK192-11, 205-moddalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalar, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda — kontrabanda ashyolari) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish boshqa jinoyat — kontrabanda tarkibini tashkil etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“171. Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK 246-moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“181. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovar yoki boshqa qimmatliklarni noqonuniy olib oʻtishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovar va boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tili matnining 5-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “poryadka gosudarstvennoy registratsii” soʻzlari “poryadka i srokov gosudarstvennoy registratsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tili matnining 5-bandi oʻninchi xatboshisidagi “srokam predostavleniya” soʻzlari “srokam i poryadku predostavleniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun javobgarlik turini qonun bunday faoliyat natijasida olinayotgan nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) miqdori bilan bogʻlaydi. Bunda daromad (foyda) deganda, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish davrida tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlangan holda olingan pul tushumi tushunilishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotinig ayrim masalalari toʻgʻrisida” gi 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi oltinchi xatboshisidagi “2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli” soʻzlari “2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi birinchi xatboshisidagi “JK 260-262, 264-266, 268, 269-moddalarida” soʻzlari “JK 260-262, 2631, 264-266, 268, 269-moddalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandi birinchi xatboshisidagi “2-boʻlimiga” soʻzlari “I boʻlimiga” soʻzlari bilan, “shuningdek, osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped, mokika, skuter” soʻzlari “moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “avtomobilni belgilanmagan joyda toʻxtatib turish yoki qoldirib ketish” soʻzlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi birinchi xatboshisidagi “JK 260, 262, 263, 266, 268, 269-moddalari” soʻzlari “JK260, 262, 263, 2631, 266, 268, 269-moddalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bandi birinchi xatboshisidagi “12-bandi” soʻzlari “XI bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandi ikkinchi xatboshisidagi “4.1 bandida” soʻzlari “13-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi 19-sonli qarorining oʻzbek va rus tilidagi 6-bandi chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy sud Plenumining 1997-yil 2-maydagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oʻzbek va rus tilidagi 22-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 25-bandining birinchi xatboshisi rus tilidagi matnidagi “V sootvetstvii s Zakonom “O gosudarstvennoy poshline” jumlasi chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 25-bandining uchinchi xatboshisi rus tilidagi matnga muvofiqlashtirilib, quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taraflarning bitimni rasmiylashtirishda turar joy sotilish qiymatini kamaytirib koʻrsatganliklari aniqlangan hollarda, sud undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdorini bitim boʻyicha haqiqatda toʻlangan summadan kelib chiqib hisoblashi va bitimni tuzish vaqtida toʻlanmay qolgan davlat bojini undirishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy sud Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-bandi quyidagi mazmunda ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilib, oʻzbek tilidagi matnga muvofiqlashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uchitivaya, chto v sootvetstvii so st. 149 GPK forma i soderjaniye zayavleniya doljno otvechatʼ trebovaniyam ukazannoy normm i v jalobe doljni bit ukazani osparivayemie deystviya (bezdeystviya), narushenie prava i svobodi, fakt obraщeniya s dannoy jaloboy vishestoyaщemu doljnostnomu litsu, a takje nalichiye poluchennogo otveta na obraщeniye”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik kodeksini tadbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-sonli qarorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 24-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 28-iyunda tasdiqlangan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma” jumlalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Rus tilidagi matnidan “Zakona Respubliki Uzbekistan “O gosudarstvennoy poshline” ot 09.12.1992 goda, Instruksii “O gosudarstvennoy poshline” utverjdennoy Ministerstvom finansov i Glavnim gosudarstvennim nalogovim Upravleniyem pri Kabinete Ministrov ot 28.06.1993 goda” jumlalari chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1-bandidagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasi” jumlasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasi” deb oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Rus tilidagi matndagi “statyey 35 Zakona O garantiyax svobodi predprinimatelskoy deyatelnosti” va “prinyatix 26-aprelya 1996 goda” jumlasi “statyey 38 Zakona “O garantiyax svobodni predprinimatelskoy deyatelnosti” jumlasiga oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy sud Plenumining “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli qaroriga quyidagicha oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-25-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligi bois, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 26-iyundagi qarori bilan 24-bandiga kiritilgan oʻzgartirishlar oʻzbek va rus tilidagi matnlaridan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy sud Plenumining “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli qarorining oʻzbek tilidagi matni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shaxslarning sudlarga qiladigan murojaatlari mazmun va shakl jihatidan protsessual xarakterda boʻlgan yoki protsessual xarakterda boʻlmagan murojaatlariga boʻlinadi. Bunday murojaatlar tushunchasi qonun hujjatlarida belgilanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bois sudlarga tushuntirilsinki, mazmuni va shakliga koʻra protsess ishtirokchilari yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning ishni koʻrib chiqish bilan bogʻliq hamda protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan murojaatlari protsessual xarakterda boʻlgan murojaatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudda muayyan ishlarni mazmunan koʻrish bilan bogʻliq boʻlmagan, protsessual qonun hujjatlarida bevosita koʻzda tutilmagan, protsessual harakatlar qilish yoki sud hujjati chiqarish uchun asos boʻlmaydigan va dalil sifatida tan olinmaydigan murojaatlar esa protsessual xarakterda boʻlmagan murojaatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, protsessual xarakterda boʻlmagan murojaatlarni sudda koʻrib chiqish tartibi protsessual xarakterda boʻlgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibidan farqlanadi. Xususan, sudga protsessual xarakterdagi murojaatlarni qilish huquqiga ega shaxslar, ularning huquq va burchlari, murojaatlarni koʻrish tartibi va muddatlari kabi masalalar maxsus qonunlar — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va sud jarayoniga oid boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protsessual xarakterda boʻlmagan murojaatlarni koʻrib chiqishga oid qoidalar esa “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizom va boshqa shu kabi qonun hujjatlari hamda sudlarda ish yuritish tartibiga oid yoʻriqnomalarda aks etgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Plenum qaroridagi qoidalar protsessual xarakterda boʻlgan murojaatlarni koʻrib chiqishga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga uqtirilsinki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasi mazmuniga koʻra protsessual xarakterda boʻlgan murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etishda mazkur Qonunda belgilangan qoidalarni qoʻllab boʻlmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Mazkur Plenum qarorining rus tilidagi matni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obraщeniya lits v sudi, isxodya iz soderjaniya i formi, delyatsya na obraщeniya protsessualnogo libo ne protsessualnogo xaraktera. Ponyatiye takix obraщeniy v zakonodatelnix aktax ne soderjitsya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V svyazi s etim, razʼyasnit sudam, chto isxodya iz soderjaniya i formi, obraщeniya uchastnikov protsessa ili lits, ne privlechennix k uchastiyu v dele, o pravax i obyazannostyax kotorix sud razreshil vopros, svyazannie s rassmotreniyem dela, a takje predusmotrennie v protsessualnix zakonodatelnix aktax schitayutsya obraщeniyami protsessualnogo xaraktera.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A obraщeniya ne svyazannie s rassmotreniyem po suщestvu opredelennix del v sude, ne predusmotrennie neposredstvenno protsessualnim zakonodatelstvom, ne yavlyayuщiyesya osnovaniyem dlya soversheniya protsessualnix deystviy libo vineseniya protsessualnogo sudebnogo akta, ne priznannie v kachestve dokazatelstv, yavlyayutsya obraщeniyami ne protsessualnogo xaraktera.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudi doljni uchitivat, chto poryadok rassmotreniya v sude obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera otlichayetsya ot poryadka rassmotreniya obraщeniy protsessualnogo xaraktera. V chastnosti, litsa, imeyuщiye pravo obraщeniya v sud protsessualnogo xaraktera, ix prava i obyazannosti, voprosi poryadka i srokov rassmotreniya . obraщeniy, reguliruyutsya spetsialnimi zakonami — Grajdanskim protsessualnim kodeksom, Ugolovnim protsessualnim kodeksom, Kodeksom ob administrativnoy otvetstvennosti Respubliki Uzbekistan, a takje drugimi zakonodatelnimi aktami, svyazannimi s sudebnim protsessom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pravila rassmotreniya obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera predusmotreni Zakonami “Ob otkritosti deyatelnosti organov gosudarstvennoy vlasti i upravleniya”, “Ob obraщeniyax fizicheskix i yuridicheskix lits”, “O garantiyax i svobode dostupa k informatsii”, utverjdennim prilojeniyem k postanovleniyu Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 31-marta 2015 goda № 73, Tipovim polojeniyem “O poryadke raboti s obraщeniyami fizicheskix i yuridicheskix lits v gosudarstvennix organax i gosudarstvennix uchrejdeniyax” i drugimi takimi je zakonodatelnimi aktami, a takje instruksiyami, svyazannimi s poryadkom vedeniya deloproizvodstva v sudax.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pravila, ukazannie v postanovlenii dannogo Plenuma, svyazani s rassmotreniyem obraщeniy protsessualnogo xaraktera.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ukazat sudam, chto isxodya iz soderjaniya stati 2 Zakona “Ob obraщeniyax fizicheskix i yuridicheskix lits” pri rassmotrenii i razreshenii obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera pravila ustanovlennie nastoyaщim Zakonom ne primenimi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilib, oʻzbek tilidagi matnga muvofiqlashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Esli spornoye imuщestvo priobreteno nezakonnimi deystviyami libo deystviyami, napravlennimi v uщerb gosudarstvu, eto imuщestvo v poryadke stati 1023 GK Respubliki Uzbekistan mojet bit obraщeno v doxod gosudarstva libo v schet vozmeщeniya prichinennogo uщerba po isku prokurora, zainteresovannix organizatsiy ili lits”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-son