13.12.2012 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 13.12.2012 yildagi 17-son
Date of entry into force
13.12.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyotida jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning e’tibori har bir jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga oid jinoyat-protsessual qonuni normalariga qat’iy rioya etilishi zarurligiga qaratilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 203 va 211-moddalari mazmuniga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan hamda fizikaviy alomatlar yoki belgilarga ega har qanday narsa ashyoviy dalil deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy dalil sifatida, jumladan, quyidagilar e’tirof etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jinoyat quroli — dalil deb e’tirof etilgan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar (masalan, odam o‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bo‘lgan narsalar, o‘qotar qurol, brakonyerlik qurollari — qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat va h.k.), shuningdek jinoiy maqsadga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk (masalan, transport vositalari);
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida shikastlangan kiyim, narsalar, shu jumladan, o‘q otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, barmoq, qo‘l, oyoq, poyafzal, transport, buzish qurollarining izlari va h.k.);
(2-bandning “a” va “b” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) jinoiy harakatlar obyekti bo‘lgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-toroj qilingan pullar, qimmatli qog‘ozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h. k.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar evaziga topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xom ashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qat’iy belgilangan. JPK 205-moddasiga ko‘ra, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmog‘ini ko‘zdan kechirish chog‘ida, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chog‘ida, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish paytida) olinishi yoinki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga tushuntirilsinki, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlarini yuritish paytida topilgan, olingan yoki boshqa shaxslardan qabul qilingan narsalar faqat quyidagi protsessual harakatlar amalga oshirilganidan keyin ashyoviy, yozma va raqamli dalil ma’nosini kasb etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni topish, olish yoki qabul qilish fakti rasmiylashtirilganidan (bayonnoma tuzilganidan yoki sud bayonnomasida aks ettirilganidan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ishga daxldorligi to‘g‘risida xulosaga kelish va uni individuallashtirish uchun zarur belgilarni aniqlash maqsadida uni JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan darhol ko‘zdan kechirilganidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ashyoviy dalil deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilganidan va u ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilganidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlari tomonidan belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hamda ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan, biroq ashyoviy, yozma va raqamli dalil deb topilmagan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar sud tomonidan JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalil deb e’tirof etilishi va jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ashyoviy dalillarning jinoyat ishini to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning yo‘qotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qo‘shilib yoki aralashib ketishining oldini olish yuzasidan JPK 208, 209-moddalarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-yil 15-iyulda 200-son bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 29-dekabrda 2174-son bilan ro‘yxatga olingan “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ham qat’iy rioya etilishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror ustidan shikoyat berish muddati o‘tgunga qadar saqlanadi. Shu bilan birga, JPK 210-moddasi birinchi qismi talabiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zarur protsessual harakatlar amalga oshirilgandan so‘ng ayrim ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, jumladan, tez buziluvchi narsalar, kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan narsalar, uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo‘lgan boshqa hayvonlarni tegishliligi bo‘yicha darhol qaytarib berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart (mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlarning e’tibori ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni sinchkovlik bilan tekshirish ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni aniqlash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar sud majlisida ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan bir qatorda ko‘zdan kechirish yo‘li bilan tekshirilishi lozim. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar protsess ishtirokchilariga ko‘rsatilganda, ular ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni tekshirish bilan bog‘liq u yoki bu holatlarga sudning e’tiborini jalb etishlari mumkin. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ko‘zdan kechirish bo‘yicha sud amalga oshirgan barcha harakatlar sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan birgalikda, eng avvalo, ularni olish holatlari va tekshirish natijalari qayd etilgan hujjatlar bilan birga baholanishi lozim. Masalan, o‘g‘irlangan buyum uni ayblanuvchidan yoki boshqa shaxsdan olib qo‘yish qayd etilgan bayonnoma, buyumning jabrlanuvchiga tegishliligini tasdiqlagan shaxslarni so‘roq qilish bayonnomasi yoxud mazkur buyum jabrlanuvchi tomonidan tanib olinganligi to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birgalikda dalil hisoblanadi. Shu kabi, barmoq yoki oyoq kiyimi izi faqat uni tekshirish natijalari qayd etilgan ekspert xulosasi bilan birgalikda dalil kuchiga ega va h. k.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni baholashda sudlar JPK 95-moddasida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga rioya etishlari lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasiga muvofiq jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganda (ishni tugatish yoki ish bo‘yicha hukm chiqarishda) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilgan narsalar va hujjatlarning taqdirini belgilashi shart.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga ko‘ra, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga oid masala quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal etiladi:
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat qurollari — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lganda musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muomaladan chiqarilgan ashyolar (masalan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, qurol, portlovchi yoki psixotrop moddalar) tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa, ularga berilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa qimmatliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek, merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoyat yo‘li bilan topilgan mablag‘lar hisobidan orttirilgan pullar va boshqa qimmatliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar mavjud bo‘lmagan yoki to‘liq qoplangan hollarda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot saqlash vositalari (telefon apparatlari, xotira kartalari va h.k.), ulardagi qonun bilan taqiqlanmagan ma’lumotlardan nusxa ko‘chirilib, mazkur ma’lumotlar egasi yoki uning vakiliga berilgandan keyin yo‘q qilinishi lozim;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy, yozma va raqamli dalil deb e’tirof etilgan hujjatlar, audio-video yozuvlar ishni saqlash butkul muddati davomida asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yuritilishi davrida olib qo‘yilgan yoki xatlangan, biroq ashyoviy, yozma va raqamli dalil deb e’tirof etilmagan va ishga aloqador bo‘lmagan narsalar surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan tegishliligi bo‘yicha qaytarilishi kerak.
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ba’zi hollarda ayrim qilmishlar, masalan, kontrabanda, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish, odam o‘g‘irlash va h.k. uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar jinoyat sodir etishda foydalangan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport vositalari (konteynerlar) jinoyat quroli deb e’tirof etilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ushbu transport vositalarini jinoyat quroli deb e’tirof etish uchun transport vositasidan, faqat ulov sifatida emas (masalan, aybdor tomonidan qonunga xilof ravishda baliqchilik jinoyati qarmoqlar va to‘rlardan foydalanilgan holda sodir etilgan bo‘lib, avtomobildan faqat ulov sifatida foydalanilgan bo‘lsa), balki, qasddan jinoyat sodir etishda aynan qurol sifatida foydalanilganligi so‘zsiz aniqlangan bo‘lishi zarur (masalan, talon-toroj jinoyatini sodir etishda o‘g‘irlangan katta hajmdagi tovarlar avtomobilda olib chiqib ketilgan, tovar yoki boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoxud bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan bo‘lsa).
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jinoyat ishlarini ko‘rish vaqtida sudlar surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga oid qonunchilikka rioya etilganligini aniqlashlari lozim. Protsessual qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan hollarda, sudlar unga jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari kerak.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud sudyasi, Plenum kotibi A. USMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son