11.09.1998 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 11.09.1998 yildagi 23-son
Date of entry into force
11.09.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga koʻra oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik boʻlgan vazifalardan biridir.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni hurmatlash, onalikni muhofaza etish va bolalarning huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro huquq qoidalariga sodiq boʻlish, maʼnaviy merosni saqlash va rivojlantirish, yuksak vatanparvarlik, soflik va halollik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ota-onalarning konstitutsiyaviy va maʼnaviy burchidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-sentabrdan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolarining manfaatlarini qoʻriqlashning ustunligini nazarda tutadi.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarning sudlar tomonidan toʻgʻri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi masʼuliyatlari oshirilishini taʼminlashga imkoniyat tugʻdiradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid boʻlgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklarining oldini olish choralaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, oila qonunchiligini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash va oilaviy nizolarni koʻrish jarayonida sudlarda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni koʻrishda sudlarning eʼtibori bunday nizolarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi; bolasidan alohida turadigan ota yoki onani bolasining tarbiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida boʻlgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ota-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish; ota-onalik huquqini cheklash, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish, farzandlikka olish; bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan koʻrishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi va boshqa nizolar sudda koʻrilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar oʻrtasida boʻlgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining oʻzi bolani unga olib berish uchun asos boʻla oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bogʻlanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan koʻproq gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga koʻngil qoʻyganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola oʻrtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining maʼlumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini eʼtiborga oladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham eʼtiborga olishi mumkin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik koʻrsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq ota-onalar boshqa shaxslar oldida bolalarini shaxsan tarbiya qilishda ustun huquqqa egadirlar va bolalarini qonunga asoslanmagan holda ushlab turgan har qanday shaxsdan qaytarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu talabni koʻrishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning daʼvosini rad qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, sud ota yoki onaning bolasining tegishlicha tarbiyasini taʼminlay olish imkoniyatlarini, ota yoki onaning bolasi bilan oʻzaro munosabatlari xususiyatlarini, bolaning oʻz ixtiyorida boʻlgan shaxslarga qanchalik koʻngil qoʻyganligini va boshqa muayyan holatlarni eʼtiborga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ota-onaning ham, bola ixtiyorlarida boʻlgan shaxslarning ham uni tegishlicha tarbiyalashni taʼminlay olmasliklari aniqlansa, sud vasiylik va homiylik organlarining yoki prokurorning daʼvosiga asosan bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga olib beradi. Bunday talab qoʻyilmagan boʻlsa, sud oʻzining xususiy ajrimi bilan bu organlarning eʼtiborini shunday daʼvo qoʻzgʻatish zarurligiga qaratadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarga almashtirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlar ota-onalarning bolalarini, ularni qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, oʻz ixtiyorlarida saqlayotgan shaxslardan (vasiylardan, homiylardan, bolalar muassasalaridan va h.k.) olib berish toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrayotganlarida, nizo yuzaga kelgan vaqtga kelib, qayd etilgan shaxslarga yoki bolalar muassasalariga bolalarni olib berish uchun asos boʻlgan holatlar oʻzgargan-oʻzgarmaganligini, bolalarni ota-onalariga qaytarish ularning manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oila kodeksining 76-moddasiga binoan bolasidan alohida turadigan ota yoki ona bolasi bilan koʻrishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuzishga, shu jumladan, nizoni ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sudga murojaat qilinguniga qadar mediatsiya tartib-taomilini oʻtkazish orqali hal qilishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasa, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudlarning eʼtibori taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirguniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugatishga haqli ekanliklariga qaratilsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2026-yil 3-iyuldagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibini belgilaydi va bola bilan birga turadigan ota yoki onaga bunga qarshilik koʻrsatmaslik majburiyatini yuklaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud mazkur turkumdagi ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash, nizoni hal qilishda ahamiyatga ega va taraflar tomonidan isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarni aniqlashi kerak, bunda asosiy eʼtiborni aynan bolaning ota-onasi yoxud boshqa tarbiyalaydigan shaxslarning shaxsiy xususiyatlariga, shuningdek bola bilan shu shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga qaratish kerak. Bunday ishlar, farzandni tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxslarning vasiylik va homiylik organi tomonidan tegishli tartibda tuzilgan va tasdiqlangan turmush sharoitlarini tekshirish xulosalarini olgandan soʻng koʻrishga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud mazkur masala yuzasidan nizoni mazmunan koʻrayotganda ota-onaning huquqlari tengligi tamoyili va bola manfaatlarida turli xil holatlarni inobatga oladi. Zaruratga qarab, sud tomonidan sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi lozim, bunday ekspertiza ota-onalar (ulardan biri)ga nisbatan, ahvolni psixologik tahlil qilish (oilaviy mojaro) boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. Biroq sud ekspertizasining xulosasi, vasiylik va homiylik organining xulosasi ham dalillardan biri boʻlib, ishdagi boshqa dalillar yigʻindisi bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozimligini eʼtiborga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan koʻrishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan koʻrishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida koʻrishish tartibini (vaqti, joyi, koʻrishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola bilan ota-onaning koʻrishish tartibini belgilashda bolaning jismoniy va ruhiy sogʻligʻi, uning axloqiy kamolotiga taʼsir qiladigan holatlar, bolaning yoshi va sogʻligʻining holati, bolaning ota (ona)ga bogʻliqligi va boshqa holatlar inobatga olinadi, Belgilangan koʻrishish tartibi bolaning manfaatiga javob berishi va ijro etish imkoniyati mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan koʻrishishi unga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan koʻrishish tartibini belgilash haqidagi daʼvosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilishi mumkin.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onalarning, qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, boshqa shaxslar ixtiyoridagi bolalarini tarbiyalashlariga monelik qiladigan holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi masala ham sudlar tomonidan xuddi shunday hal etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ota-onalarning mahrum qilinishi mumkin boʻlgan ota-onalik huquqi deyilganda, ularga bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash, uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish, bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish, uning farzandlikka olinishiga rozilik berish va h.k.lar uchun berilgan huquqlar tushunilmogʻi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalar bolalari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan huquqlarini: voyaga yetgan bolalaridan aliment olish, ular vafot etgan taqdirda pensiya bilan taʼminlanish, bolalarining mulkiga voris boʻlish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yoʻqotadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oila kodeksining 80-moddasiga muvofiq ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar ota (ona)ning (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) daʼvosiga binoan koʻriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalarni qabul qilishda sudlar bunday ishlar boʻyicha faqat qonunda koʻrsatilgan shaxslargina daʼvogar boʻlishi mumkinligini eʼtiborga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 52-moddasiga muvofiq, agar ularga amaldagi qonun hujjatlari bilan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan boʻlsa, bunday ishlar boʻyicha daʼvogar boʻlishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari va h.k.)
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar, viloyat hokimiyatlari qoshidagi bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga, respublikada amalda boʻlgan ushbu komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda, ota-onalik huquqidan mahrum etish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilgan. Komissiyaning taqdimnomasi, daʼvo arizasi tariqasida, daʼvo ishlarini yuritish tartiblarida koʻrilishini nazarda tutmoq lozim.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ota-onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvo bolani farzandlikka oluvchilar va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi yozuvda ota-onasi tariqasida koʻrsatilmagan shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilishi mumkin emas.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyni (homiyni) bolani tarbiyalashga vijdonan yondashmaganligi munosabati bilan oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatish masalasi sud tomonidan emas, balki vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Vasiylik (homiylik) vazifasidan chetlatilgan shaxs bolani berishdan bosh tortsa, unga nisbatan bolani olish haqida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ota-onadan birini ota yoki onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda, sud, bolalarning kelgusidagi tarbiyasi uchun yetarli sharoitlarni taʼminlash va ota-onaning huquqlarini himoya qilish maqsadida, har bir holatda, alohida turadigan ota yoki onaning turgan joyini aniqlashi, uni ishda ishtirok etishga jalb etishi va bolani tarbiyalash uchun olib berish haqida talab qilingan hollarda unga bolani olib berish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ish holatlarini, ota-onaning bolalariga munosabatlari xususiyatlarini har taraflama aniqlash maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar, qoidaga koʻra, sud majlisida javobgarlar ishtirokida koʻrilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddam javobgardan aliment undirilmagan va uni undirish haqidagi masala ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan boʻlsa, sud, javobgar sud majlisiga kelishdan boʻyin tovlayotgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 180-moddasiga muvofiq, unga jarima solishga haqli. Javobgarning turish joyi noaniq boʻlgan holda, sud unga nisbatan qidiruv eʼlon qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror yoki vasiylik va homiylik organi vakili sudga kelmagan taqdirda ishni koʻrish boshqa vaqtga qoldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sud Oʻzbekiston Respublikasi FPK 197-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarning jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yoʻqligi sababli turar joyidan koʻchirish toʻgʻrisidagi daʼvosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda koʻrishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasi).
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday talab keyinchalik mustaqil daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan ham taqdim etilishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan oʻzlarining aybli xulq-atvoriga koʻra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, oʻquv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa, oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashlik deganda — ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, oʻz bolalariga qanday boʻlmasin gʻamxoʻrlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aliment toʻlashdan bosh tortganda bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment toʻlash, oʻz bolalarini moddiy taʼminlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning oʻzi kifoyadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrsiz sabablarga koʻra bolasini tugʻuruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktika va oʻquv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tugʻuruqxona va bolalarni davolash profilaktika va oʻquv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onaning oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganliklari ularning bolalarining maʼnaviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, taʼlimi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaganligida namoyon boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish deganda — bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan, oʻqishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga toʻsqinlik qilishni, tilanchilikka undashni, uni spirtli ichimliklar va narkotik moddalar isteʼmol qilishga oʻrgatish, jinoyat qilishda, jinoiy yoʻl bilan daromad topishda voyaga yetmagandan foydalanishni tushunmoq kerak.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar bilan shafqatsiz muomalada boʻlish jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan usullarini qoʻllashda, bolalarining insoniy gʻururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bolalarga nisbatan ota-ona emas, balki oila aʼzolari shafqatsiz muomalada boʻlsalar, bolaning ota va onasi bunga qarshilik qilmasalar, bunday ota-onalarning ota-onalik huquqlari Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq cheklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb topilganligidan qatʼi nazar, amalga oshirilishi mumkin.
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolaning hayoti va sogʻligʻiga qarshi ota-ona tomonidan qasddan jinoyat sodir qilish oʻta ogʻir va jamoat uchun xavfli hisoblanadi. Bunday asoslarga koʻra ota (ona)ni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga faqat sudning hukmi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani ota (ona)sining hayoti va sogʻligʻiga qarshi ota (ona)si tomonidan qasddan jinoyat sodir qilganligi asosiga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlik haqidagi ishlarni koʻrishda bola jinoyat obyekti uning ota (ona)si boʻlgan hollarda zarar koʻrishini hisobga olishlari lozim. Bunday asoslarga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlikka ham aybdorga nisbatan sudning hukmi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oxirgi chora ekanligiga sudlarning eʼtibori jalb etilsin. Alohida hollarda ota yoki onaning aybli xulq-atvori tasdiqlangan taqdirda ham sud uning xulq-atvori xususiyatlarini, shaxsini va boshqa muayyan holatlarni eʼtiborga olib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etishga va vasiylik va homiylik organlariga uning ota-onalik majburiyatlarini bajarishini nazorat qilishni yuklab, javobgarni bolalar tarbiyasiga nisbatan oʻzining munosabatlarini oʻzgartirishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirishga haqli. Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etib, koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud boʻlganida, bolaning manfaatlari taqozo qilsa, ota-onadan bolasini olish va uni vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga topshirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida bolani tarbiyalash uchun kimga: boshqa turadigan otasi yoki onasiga, vasiylik va homiylik organiga yoki u qonunda belgilangan tartibda tayinlangan boʻlsa, vasiyga (homiyga) berilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani boshqa turadigan otasi yoki onasiga berish mumkin boʻlmaganida yoki otasi va onasining har ikkalasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan hollarda (agarda vasiy hali tayinlanmagan boʻlsa) bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani qarindoshlari va boshqa shaxslarning tarbiyasiga berishga, agar ular uning vasiylari yoki homiylari qilib tayinlangan boʻlsalar yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga topshira turib, sudlar bolani joylashtirishning muayyan tartibini belgilashga haqli emaslar, chunki bu masala faqat koʻrsatilgan organlarning vakolatlariga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining nusxasi sud tomonidan vasiylik va homiylik organiga va bolaning tugʻilganligi qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarini taʼminlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu sababli sud javobgarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishda, FPK 251 va 254-moddalarining qoidalariga asoslanib, undan aliment undirish toʻgʻrisidagi masalani, bunday daʼvo qoʻzgʻatilgan-qoʻzgʻatilmaganligidan qatʼi nazar, birgalikda hal etishi shart.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota yoki onadan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bolalar ulardan ikkinchisining, vasiyning yoki homiyning tarbiyasiga berilganda alimentlar shu shaxslarning foydasiga undiriladi. Voyaga yetmagan bola ota-ona qaramogʻidan olingan va bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilganda, Oila kodeksining 107-moddasiga muvofiq ota va onaning har biridan bolaning foydasiga aliment undirilib, bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2026-yil 3-iyuldagi 20-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki onadan aliment, qoidaga koʻra, daʼvo qoʻzgʻatilgan vaqtdan boshlab undirilishi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan aliment undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida vujudga keladigan, jumladan, muayyan aliment undiruvchini koʻrsatish haqidagi, agar bola ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqqanidan soʻng to uni olib qoʻyilgunga qadar shu ota yoki onasi bilan yashab kelayotgan boʻlsa, undirish muddati toʻgʻrisidagi masalalar FPK 454-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi kerak.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, yordam puli va boshqa toʻlovlarni, shuningdek shu shaxsning foydasiga voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun undirilgan alimentlarni toʻlash bekor qilinadi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlar koʻrib chiqilishida bu masalalar aniqlashtirilishi lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng uning nusxasi koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki toʻlovlar toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga yuborilishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2026-yil 3-iyuldagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda ota-onalarning xulq-atvori va turmush tarzi oʻzgargan-oʻzgarmaganligini, ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan boʻlsa, ota-onalik huquqini tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sud ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi masalani ota yoki ona ota-onalik huquqidan sudning fuqarolik yoki jinoyat ishi boʻyicha chiqargan qaroriga binoan mahrum qilinganligiga qaramasdan, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvo ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslar yoki prokuror tomonidan bola kimning qaramogʻida ekanligiga qarab, ota yoki onaning ikkinchisiga yoinki vasiyga (homiyga) yoki bolalar muassasasiga nisbatan qoʻzgʻatiladi. Bunday ishlar sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlari vakillarining va prokurorning ishtirokida koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda shu shaxsning bolani unga berish toʻgʻrisidagi daʼvosi ham koʻrilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn yoshga toʻlgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarorining nusxasi sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlariga va bolaning tugʻilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki boshqa surunkali kasalligi, ogʻir sharoitning vujudga kelishi, ogʻir holatlarni boshdan kechirish va boshqalarga koʻra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirish xavfli deb topilsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, shu moddada koʻrsatilgan shaxs va organlarning daʼvosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ota-onadan (ulardan biridan) bolani olish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklash) va vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqining cheklanishiga, bolani ota-onasi (ulardan biri) bilan qoldirish ularning xulq-atvori oqibatida bola uchun xavfli boʻlganda, biroq, ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda ham, yoʻl qoʻyiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) oʻz xulq-atvorini oʻzgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy oʻtgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini eʼtiborga olib, ota-onani (ulardan birini) bu muddat oʻtmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida daʼvo taqdim etishga haqli.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi ishlar ham prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olganlardan bolalarni olish toʻgʻrisidagi masala ham, farzandlikka olishni bekor qilish uchun qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasa, shunday tartibda hal etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki oʻzining huquqlarini suiisteʼmol qilgan holatda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga keladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud bolalarni ota-onasidan yoki farzandlikka oluvchilardan olishda (ota-onalik huquqini cheklashda) bolaning taʼminoti uchun aliment undirish masalasini hal qilishi lozim.
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan koʻrishishi unga salbiy taʼsir koʻrsatmasa, bola bilan koʻrishishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday koʻrishishga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan, agar vasiy (homiy) tayinlangan boʻlsa, uning, yoxud bolaning tutingan ota-onasi yoinki bola turgan muassasa maʼmuriyatining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos boʻlgan holatlar barham topsa, sud ota-ona (ulardan biri)ning daʼvosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va Oila kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, daʼvoni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan suddagi barcha nizolarni koʻrishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan daʼvo qoʻzgʻatilganligidan qatʼi nazar ishda ishtirok etish uchun tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ daʼvo taqdim qilmagan boʻlsa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida oʻziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi (Oila kodeksining 88-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining, daʼvo talablarining mohiyati boʻyicha xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan boʻlishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilishni taʼminlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini eʼtiborga olib, ularni koʻrishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan tavsifnomani, notinch oilaning nazorat qilinganligi toʻgʻrisidagi materiallarni, vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini va ota-onani taʼriflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan bolaning yashash sharoitlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma va unga asoslangan xulosa olingandan soʻng koʻrilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bolalarning fikrini, ularning taraflarga boʻlgan munosabatini aniqlash, tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga koʻra sud tomonidan bolani soʻrash zarur deb topilsa, bunday soʻrovni bolaning yoshini va rivojlanganligini eʼtiborga olib, pedagog ishtirokida, unga manfaatdor shaxslar taʼsir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sudda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ish, bolalarni olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar qoʻzgʻatilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida koʻrish uchun tayyorlash bosqichida yoki sud ishni koʻrish vaqtida, hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishlari lozim. Bu masalani koʻrish FPK 107-moddasi qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPK 267-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yoʻl qoʻyadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlarining ijrosiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
(30-bandning birichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni olish va ularni boshqa shaxslarga berish bilan bogʻliq boʻlgan hal qiluv qarorlarini majburiy ravishda ijro qilish davlat ijrochisi tomonidan qoidaga koʻra, hal qiluv qarorini ijro qilishga majbur boʻlgan shaxs yashaydigan joyda amalga oshiriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud, alohida hollarda, FPK 454-moddasi tartibida hal qiluv qarorini ijro etishni bola turgan joyi boʻyicha amalga oshirishni belgilashi mumkin.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hal qiluv qarorlarini ijro etish vasiylik va homiylik organlari vakillarining muqarrar ishtirokida, vaziyat taqozo etsa, ichki ishlar organlarining va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilsin)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tartibga soluvchi qonunlar buzilishini oldini olish uchun faol ish olib borishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlarni, zarur hollarda, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari vakillarining ishtirokida, sayyor sud majlislarida koʻrish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ishlarni koʻrishda bolalar qarovsizligi, bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan oʻz vaqtida chora koʻrilmaganligi, bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning, bolalar muassasalarining va boshqa muassasalarning ishlarida muhim kamchiliklar borligi holatlarini aniqlasalar, xususiy ajrimlar chiqarib, ularning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatgan holda tegishli tashkilotlarga yuborishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan ishlarni koʻrishda oʻsmirlarning qonunni buzgani aniqlansa, bu haqda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga yoki tegishli organlarga zarur boʻlgan tarbiyaviy va ogohlantirish choralarini koʻrish uchun maʼlum qilish lozim.
(31-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 5-12-93-sonli qarori va unga 1997-yil 2-mayda oʻzgartirishlar kiritilgan “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son