16.04.1993 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 16.04.1993 yildagi 13-son
Date of entry into force
16.04.1993
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUDLAR TOMONIDAN MULKNI ROʻYXAT (AREST)DAN CHIQARISH HAQIDAGI ISHLARNI KOʻRISHDA QONUNCHILIKNING QOʻLLANISHI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvolarning koʻrilishi fuqarolar va davlat manfaatlarini, korxona, muassasa va tashkilotlarning mulkiy huquqlarini himoya qilishning muhim garovidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar bu turdagi ishlarni asosan amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda toʻgʻri hal qilmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga sudlar faoliyatida dalillarni yuzaki tekshirish, yetarli asoslar boʻlmasada, er-xotinning yoki shaxsiy yordamchi xoʻjalik aʼzolarining birgalikdagi umumiy mulkka boʻlgan huquqlarini himoya qilish borasidagi daʼvolarni rad etish hollari mavjud. Qarzdorlarning mulkini asossiz ravishda roʻyxatdan chiqarish holatlari uchramoqda, bu esa oʻz navbatida undiruvchining huquqlari buzilishiga olib kelmoqda, jinoiy va boshqa huquqbuzarliklar tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkni roʻyxatga olish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlariga sudlar har doim ham yetarli eʼtibor bermaydilar. Qator holatlarda shaxslar ularga saqlash uchun topshirilgan mulkni talon-toroj qilganliklari uchun javobgarlikka tortilmayaptilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va mazkur turdagi ishlarni sudlar tomonidan hal etishda qonunlarning toʻgʻri tatbiq qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlar, daʼvoni taʼminlash maqsadida qarzdorning mulkni roʻyxatga olinganligidan, hal qiluv qarori yoki hukmni ijrosini taʼminlash uchun undirishning mulkka nisbatan qaratilganligidan yoxud notarius tomonidan meros mulkni qoʻriqlash chorasi sifatida uni roʻyxatga olganligidan va qonunda koʻrsatilgan boshqa holatlarning mavjudligidan qatʼi nazar, daʼvo ishini yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hukmidagi sudlanuvchiga tegishli mol-mulkning jinoyat quroli deb musodara qilinishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmaning mavjudligi, ushbu mulkning boshqa shaxslarga tegishliligini yoki uni roʻyxatdan chiqarish haqidagi nizoni fuqarolik sudlov ish yuritish tartibida koʻrish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarori yoki hukmni ijro qilish uchun mulkning sotib yuborilganligi ham ushbu mulkka nisbatan egalik huquqini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi daʼvo arizalari mulkka oid boʻlmagan tusdagi ariza hisoblanishi sababli, bunday daʼvo arizasini taqdim etishda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanadi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 35-moddasiga asosan mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvolar mulk joylashgan joydagi sudning sudloviga tegishlidir. Agar shu ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpi boʻlgan joydagi sudda tez va har tomonlama koʻrilishi mumkin deb topilsa, sud FPK 31-moddasining ikkinchi qismiga binoan ishni koʻrish uchun shu joydagi sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarzdor (mahkum) mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukmni ijro etish jarayonida mulkning xatlanishi bilan bogʻliq qarzdor (mahkum)da vujudga keladigan masalalar shu hukmni qabul qilgan sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 541 va 542-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mulkni roʻyxatga olish bilan bogʻliq boʻlgan ish hal etilmagan boʻlsada, sud shu mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizani qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunday ishni boshqa ish hal etilmasdan oldin koʻrish mumkin emas deb topsa, u holda sud Oʻzbekiston Respublikasi FPK 116-moddasining 4-bandiga koʻra mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvo boʻyicha ish yuritishni toʻxtatadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo mulkdor tomonidan, shuningdek, qarzdorga tegishli boʻlmagan qonun yoki shartnomaga koʻra mulkni egallagan shaxs tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor (mahkum)ning voyaga yetmagan farzandlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar qarzdor boʻlmagan otasi (onasi), vasiy (homiy), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoxud prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday daʼvolar boʻyicha mulki roʻyxatga olingan qarzdor, manfaatlari uchun mulk roʻyxatga olingan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, mulk jinoyat quroli sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, sudlangan shaxs va tegishli moliya boʻlimi vakili ishga javobgar sifatida jalb etilishlari sudlarga uqtirilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdor (mahkum) ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʻlsa, sudya ishni koʻrishga tayyorlash vaqtida unga ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabar qilishi, daʼvo arizasining nusxasini yuborib, taqdim etilgan daʼvo yuzasidan uning fikrini aniqlashi lozim.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurib bitirilmagan uy-joyni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo uy-joyni qurishda ishtirok etgan qarzdorning turmush oʻrtogʻi, umumiy mulkni vujudga keltirish maqsadida qurilishda qatnashgan quruvchining oila aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Garovga qoʻyilgan mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi nizolar boʻyicha ishni sudda koʻrishga tayyorlashda yoki ishni koʻrish vaqtida mulkni garovga bergan shaxsni ishni koʻrishda uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasi hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olingan mulkni kreditga sotgan savdo tashkilotlari davlat mablagʻlarini kreditga olib, uy-joy qurgan va shu uylarni imtiyozli shartlar asosida xodimlarga (jamoa aʼzolariga) sotgan korxonalar, tashkilotlar, davlat va jamoa xoʻjaliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar uchinchi shaxslar sifatida jalb qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudya mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgach, daʼvoni taʼminlash maqsadida (FPK 106-moddasi birinchi qismining 4-bandi) nizoli mulkka nisbatan ijro harakatlarini toʻxtatish haqida ajrim chiqarishi va uning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimiga yuborishi lozim.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoning qoʻzgʻatilishi undiruvni qarzdorning ish haqi va boshqa turdagi daromadlarga qaratishga toʻsqinlik qilmaydi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qayd etilgan ishlar boʻyicha yozilgan daʼvo arizaga mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning, hukmning, hal qiluv qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida roʻyxatga olingan boshqa sud hujjatining nusxasi va daʼvo talablarini tasdiqlovchi hujjatlar (hadya, oldi-sotdi shartnomalari, vasiyatnoma, cheklar, shaxsiy hisob va boshqalar) ilova qilingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar taqdim qilgan dalillar bilan cheklanmasdan, sudya ishni sud majlisiga tayyorlash vaqtida yoki ishni koʻrish jarayonida FPK 72-moddasi tartibida dalillarni toʻplashda ularga yordam koʻrsatishi lozim. Zarur hollarda sud, jinoyat ishini chaqirib olib, undagi mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoga tegishli boʻlgan dalillarga baho berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha toʻplangan dalillar majmuasiga baho berishda, sud FPK 74-moddasi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda, mol-mulkning ayrim turlarining tegishliligi qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shartligini inobatga olishi lozim. Bunday dalillar mavjud boʻlmasa daʼvo qanoatlantirilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar sudning hukmiga koʻra mulkning jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻ hisobiga olinganligi aniqlansa, u holda jinoyat natijasida yetkazilgan zararni undirish er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkiga va fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjaligi yoki dehqon xoʻjaligi, oilaviy korxona mulkiga qaratilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda qasddan sodir etilgan harakatlar natijasida mulkni egallash bilan bogʻliq holatlar Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1023-moddasiga asoslangan daʼvo talablarini koʻrish jarayonida qabul qilingan sudning hal qiluv qarorida ham aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrish jarayonida uni jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻ evaziga olinganligi holatini aniqlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar moliya idorasi yoki prokuror tomonidan mulkni davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda qilingan harakatlar natijasida olingan deb topish va uni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u holda sud tomonidan ushbu ish mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvo bilan birga qoʻshib koʻrilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud hukmi yoki ajrimi bilan mol-mulk jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻ evaziga olingan yoki jinoyat quroli deb topilgan-topilmaganligini aniqlashi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jinoyat ishi mazmunan hal qilingunga qadar qarzdor vafot etishi munosabati bilan ish tugatilganda, sudlar mulkni roʻyxatdan chiqarish masalasini hal eta turib, bu mulkni kimlar tomonidan, qachon va qaysi mablagʻlar hisobiga olinganligini aniqlashi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nizoli mulk gʻayriqonuniy yoki davlat zarariga qilingan harakatlar tufayli orttirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1023-moddasi tartibida bu mulk prokuror, manfaatdor tashkilot yoki shaxslarning daʼvosiga koʻra davlat daromadiga yoki yetkazilgan zararni undirish hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Er-xotindan birining unga birgalikdagi umumiy mulkdan tegishli hissasini roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvosini hal etishda sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 27-moddalariga asosan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki ekanligini, ushbu mulk boʻlinganida ularning hissalari teng hisoblanishini eʼtiborga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining eʼtiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan boʻlsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir (Oila kodeksining 28-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning birgalikdagi umumiy mulkdagi hissasi, er-xotin tomonidan bu mulkning sotib olingan vaqtidan (jinoyatni sodir etishdan oldin yoki keyin) qatʼi nazar belgilanadi va yetkazilgan zarar hisobiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo tashkilotidan er-xotindan birining nomiga kreditga sotib olingan mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvoni koʻrishda shuni nazarda tutmoq kerakki, bunday mulkka nisbatan egalik huquqi uning xaridorga berilgan vaqtidan boshlab vujudga keladi. Sud mulkning er-xotin tomonidan birgalikda olinganligini aniqlasa, unday mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻagan er yoki xotinning hissasini belgilaydi. Sud hissani belgilashda kreditning toʻlanmay qolgan qismini qoplash majburiyati daʼvogarga tegishliligini nazarda tutmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik kodeksining 224-moddasi talabiga koʻra, hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun umumiy mol-mulk xatlanganda, umumiy mulkning ulushli mulkdori shu mulkni imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻladi. Ulushni imtiyozli sotib olish huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi, oilaviy korxonaga tegishli boʻlgan mulklarini roʻyxatdan chiqarish haqida daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda, sud mazkur xoʻjalikdagi oila aʼzolarining haqiqatdagi sonini, qaysi mulklar toʻlaligicha xoʻjalikka tegishliligini va qaysi biri xoʻjalik aʼzolarining shaxsan oʻziga tegishli ekanligini, yoʻq xoʻjalik aʼzosining yoki aʼzolikdan chiqib ketgan xoʻjalik aʼzosining umumiy mulkdagi boʻlgan hissasiga huquqini yoʻqotgan-yoʻqotmaganligini tekshirishi shart.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sud Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi hamda “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonunlarini qoʻllashi lozim.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalikning qaysi turga taalluqli ekanligi hokimiyat tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi. Lekin bu sudni shu xoʻjalikda haqiqatda mavjud boʻlgan munosabatlarni aniqlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning shaxsiy mulki qarzni toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, fuqarolarning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi, oilaviy korxonaga umumiy mulkidagi uning hissasi sud tomonidan umumiy mulkdan amaldagi qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi va musodara qilinishi mumkin boʻlmagan mulklarni chiqarib tashlagandan soʻng aniqlanadi.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Er-xotinga tegishli mulkdagi hissa miqdorini aniqlashda, shuningdek qarzdorning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi, oilaviy korxona umumiy mulkidagi yoxud boʻlinmas mulkidagi hissasini aniqlashda sud eskirish darajasini hisobga olgan holda hal qiluv qarori chiqarilgan kunda mulkning davlat yoki shirkat savdosidagi chakana narxidan, agar bu narxlar mavjud boʻlmasa, u holda shu joydagi umumiy bozor narxidan kelib chiqishi zarur. Agar ayrim turdagi mulklarni baholashda qiyinchiliklar tugʻilsa yoxud daʼvogar yoki javobgar roʻyxatga olingan mulkning bahosiga eʼtiroz bildirsa, u holda sud roʻyxatga olingan mulkning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvoni qanoatlantirgan taqdirda, sud hal qiluv qarorida aynan qaysi mulk daʼvogarga tegishli deb topilganini va shu sababli ham roʻyxatdan chiqarilayotganligini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor bilan birgalikdagi umumiy egalik huquqida boʻlgan uy-joyning bir qismini roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini qabul qilishda, sud shu hal qiluv qarorida uy-joyning qancha hissasi roʻyxatdan chiqarilishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda daʼvogarga tegishli hissa boʻlinmas boʻlsa, u holda sud kompensatsiya (qoplash) tartibida unga roʻyxatga kiritilgan boshqa mulkni ajratib berishi mumkin. Mulkni bunday ajratish imkoni boʻlmagan taqdirda, sud umumiy mulkni boʻlish boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan tartibni qoʻllab, boʻlinmas mulkni roʻyxatdan chiqarishi va daʼvogarga uning hissasidan tashqari chiqarilgan mulk qiymatiga teng hisobda pul kompensatsiyasi toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin. Aniq bir holatlarni hisobga olgan holda, sud tashkilot yoki fuqarolar manfaatlari uchun roʻyxatga olingan mulkni, bu tashkilot va fuqarolarga boʻlinmas mulk hissasiga teng summani daʼvogarga toʻlash majburiyatini yuklab, roʻyxatda qoldirishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Roʻyxatdan chiqarilishi lozim boʻlgan mulk sotib yuborilgan taqdirda, sud mavjud imkoniyatlarga asoslangan holda daʼvogarning roziligi bilan unga oʻsha turdagi, teng qiymatli mulkni olib berish, agarda buning imkoniyati boʻlmasa, unda mazkur mulkni sotishdan kelib tushgan pulni toʻlash haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi qonunlarga muvofiq musodara qilingan mulklardan budjet daromadiga kelib tushgan mablagʻlarni fuqarolarga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi talablarga ham Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida koʻzda tutilgan 3 yillik umumiy daʼvo muddati tatbiq qilinadi. Daʼvo muddatining oʻtishi manfaatdor shaxsning oʻziga tegishli mulkning roʻyxatga olinganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sud ishni koʻrishda tegishli mansabdor shaxs tomonidan mulkni roʻyxatga olish vaqtida qonun talablariga amal qilingan yoki qilinmaganligiga, jumladan, roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi dalolatnomada boshqa mulk, yaʼni qarzdorning boshqa shaxslar bilan birgalikda egalik qilgan va roʻyxatga olinmagan mulkining koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligiga hamda ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mulklar roʻyxatga olingan yoki olinmaganligiga ham eʼtibor berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mulk roʻyxatga olinganligi aniqlansa, daʼvogarning daʼvo talablaridan qatʼi nazar sud bu mulkni roʻyxatdan chiqaradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Agar roʻyxatga olingan mulk talon-toroj qilingan, sotib yuborilgan yoki saqlash uchun topshirilgan shaxslar tomonidan yashirib qoʻyilgan boʻlsa, sud bu shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqishi va manfaatlarini koʻzlab, mulkni roʻyxatga olingan tashkilot va fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni undirish haqida daʼvo qoʻzgʻash huquqlarini tushuntirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mulkni roʻyxatga olish va unga tegishni taqiqlash vaqtida yoʻlga qoʻyilgan xatoliklar aniqlangan taqdirda, sud aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yoʻl qoʻyilishini oldini olish maqsadida xususiy ajrim chiqarish masalasini muhokama qilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1978-yil 26-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 5-son 1978-yil 31-martdagi “Mulkni arest (roʻyxat)dan chiqarish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllanishi” va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1987-yil 29-dekabrdagi “Mulkni arest (roʻyxat)dan chiqarish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 5-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 16-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-son