30.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2263-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 30.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2263-1
Date of entry into force
03.08.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyulda 2263-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son “Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2263, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 384-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01/09-26/19-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 24-iyuldagi 151-son “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 24-iyuldagi 151-son “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq davlat ulushini boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish faoliyati boʻyicha haq toʻlash tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlarning” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi umumiy mablagʻlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi Hisob-kassa markazida xizmat haqini toʻlash uchun ochilgan alohida subschyotidan amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-banddagi “Davlat mulki qoʻmitasi” degan soʻzlar “Markaz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6 — 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Markaz ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillariga xizmat haqi toʻlovlari smetasi boʻyicha hisob-kitoblarni 1-iyuldan kechiktirmay kelgusi yil davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishonchli boshqaruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan shakl va muddatlarda davlat ulushlarini boshqarish faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markazga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakili bir paytda davlat ulushlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini bajargan taqdirda, ushbu vakolatlar ijrosi toʻgʻrisidagi alohida hisobotlarni Davlat raqobat qoʻmitasi tasdiqlagan shakl va muddatlarda Markazga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Topshirilgan hisobotlar tahlili asosida Markaz ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari xizmat haqi toʻlovlari boʻyicha smetani toʻlash manbalarini koʻrsatgan holda tayyorlaydi va hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 20-sanasigacha Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar xizmat haqi toʻlovlari smetasi ular tomonidan belgilangan tartibda Markazga topshirgan yillik hisobotlar asosida tayyorlanadi va hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Smetaga faqat hisobot davri uchun ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlari kiritiladi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan smetaga kiritilmagan ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqlari Markaz va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat haqi toʻlovlari smetasining ishonchliligi va toʻgʻri tuzilishi uchun Markaz javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Taqdim etilgan smeta asosida Moliya vazirligi 10 ish kuni ichida ishonchli boshqaruvchilar xizmati haqlari toʻlash uchun smetaga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlaridan davlat ulushi boʻyicha tushgan dividendlar hisobidan Markaz subschyotiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz davlat ulushlarini boshqarish choraklik xizmat haqlarini toʻlovini quyidagicha amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushlari boʻyicha budjetga toʻlangan dividendlarning qismi hisobiga Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan Markaz subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlab 10 bank ish kuni ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan Markaz subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlab 10 bank ish kuni ichida, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar haqini toʻlashda davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi boʻyicha dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida koʻrsatilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi (ishtirokchilar yigʻilishi) tomonidan dividendlarni korxonani rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida haqiqatda jamiyat tomonidan dividendlar toʻlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasiga muvofiq cheklovlar sababli dividendlar toʻlashning imkoniyati boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq cheklovlar sababli foydani taqsimlashning imkoniyati boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli mablagʻlar Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan xizmatlar haqini toʻlash uchun Markazning subschyotiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xizmat haqi toʻlovlari Markaz subschyotiga oʻtkazilgandan keyin Markaz bu haqda, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish haqida (toʻlov birinchi marta amalga oshirilayotgan boʻlsa) ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini toʻlash Markaz tomonidan ularning bankdagi shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xizmat haqini toʻlash uchun nazarda tutilgan, Markaz subschyotida 90 kundan ortiq turib qolgan, ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari tomonidan talab qilinmagan hamda Markazga tegishli hujjatlarni taqdim etmaganliklari sababli ularning shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga oʻtkazilmagan pul mablagʻlari Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga qaytariladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “xizmat haqini va mukofot toʻlovlarini” degan soʻzlar “xizmat haqi toʻlovlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 15-bandning birinchi xatboshisidan “va yil yakuni boʻyicha mukofot” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 20-banddagi “Davlat mulki qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Markazga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 407-modda)