Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019 30.12.2012 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.2012 yildagi 374-son
Date of entry into force
14.01.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirmasdan tegishli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va ular hududiy organlarining (keyingi o‘rinlarda tugatilayotgan organlar deb ataladi) Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida tegishli ravishda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan organlarning nomi o‘zgarishi munosabati bilan ularning ko‘chmas mulki kadastr hujjatlarini tegishli ravishda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organlarning tugatilishi munosabati bilan xo‘jalik jamiyatlarining ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlarining depo hisobvaraqlaridagi aksiyalar davlat paketlarini tegishli ravishda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlarining depo hisobvaraqlariga o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan organlar tomonidan tuzilgan barcha shartnomalar, shu jumladan davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha tegishli ravishda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari huquqiy voris hisoblanadilar hamda ushbu shartnomalar qayta tuzilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari sotuvchi funksiyalarini amalga oshiradilar, bunda savdolar shartlari va turlari o‘zgarishsiz qoladi, obyektlar esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tugatilishi munosabati bilan savdolardan olib qo‘yilishi, qayta baholanishi va takroran savdolarga qo‘yilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalaridagi pul mablag‘lari qoldiqlari to‘liq hajmda Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan organlar tomonidan ilgari berilgan litsenziyalar, huquq belgilovchi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ular tomonidan ilgari qabul qilingan qarorlar o‘z kuchida qoladi va tugatilayotgan organlar nomi o‘zgarganligi tufayli bekor qilinmaydi yoxud o‘zgartirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining, shuningdek tugatilayotgan organlarning ta’minoti, shu jumladan ularni tugatish bilan bog‘liq xarajatlar 2012-yil oxirigacha — tugatilayotgan organlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga va doirasida, 2013-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini va Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi negizida ular qo‘shib yuborish yo‘li bilan tashkil etilishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Birja” noshirlik uyi MChJ va “Iste’molchi” MChJni qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etish asosida ular negizida iqtisodiyotga oid gazeta va jurnallar nashr etish yo‘li bilan tadbirkorlarni va mamlakat aholisini tezkor va ishonchli iqtisodiy ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek internet-portalni muntazam to‘ldirib borish uchun davlat ulushi kamida 51 foizdan iborat (jamiyat qatnashchilari tarkibida birjalarni saqlab qolgan holda) “Biznes-Daily Media” MChJ tashkil etish to‘g‘risidagi Davlat raqobat qo‘mitasining taklifiga hamda jamiyat qatnashchilarining qaroriga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat raqobat qo‘mitasiga “Biznes-Daily Media” MChJ faoliyatini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasining 10 foizgacha mablag‘larini, keyinchalik ularni belgilangan tartibda ustav fondiga kapitallashtirgan holda yo‘naltirishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
374-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 588-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda, 43-son, 573-modda; 2015-y., 20-son, 260-modda, 26-son, 340-modda, 27-son, 355-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 26-son, 588-modda)