Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020 11.06.2013 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.06.2013 yildagi 165-son
Date of entry into force
17.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KOʻMAKLAShISh va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat aktivlarini samarali boshqarishni taʼminlash, yagona texnik-iqtisodiy, ishlab chiqarish siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish yoʻli bilan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarish va oʻzlashtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 35 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaga* muvofiq masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi davlat ulushlarini tasarruf etish huquqisiz egalik qilish va foydalanish uchun bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining Markazga oʻtayotgan avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining koʻchmas mulkiga kadastr hujjatlari Markazga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mulk-Invest” davlat unitar korxonasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmasdan amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari Markazga oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining hisob raqamidagi pul mablagʻlari qoldigʻi toʻliq hajmda Markaz hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha oʻz faoliyatida davlat nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarning davlat paketlarini va ulushlarini Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek ularning keyinchalik Markaz tomonidan ishonchli boshqaruvga berilishi baholash tashkilotlari tomonidan baholanmasdan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Markaz tomonidan tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beriladi, ularning davlat ishonchli vakillariga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilishi hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yilning uchinchi va toʻrtinchi choragida hamda 2013-yilning I choragida davlat vakillari xizmatiga haq toʻlash Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha hududiy boshqarmasi huzuridagi Davlat mulki ijarasi markazi tomonidan Toshkent shahri budjetiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning bir qismi 2013-yilda, 2014-yildan boshlab esa — davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi boʻyicha davlat korxonalari foydasining bir qismidan ajratiladigan ajratmalar taʼminot, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish, shuningdek Markazning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Markazga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari uning tomonidan xoʻjalik jamiyatlarida aksiyador (qatnashchi) sifatida olinadigan dividendlar hisoblanadi va ularga qonun hujjatlariga muvofiq toʻlov manbaida soliq solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan va Markazning hisob raqamiga oʻtkaziladigan budjet mablagʻlari hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining alohida budjetdan tashqari hisob raqamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlarini boshqarish ular tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Markaz bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari Markazga tahliliy axborotni, shu jumladan davlat unitar korxonalari va oʻzlari muassislar (aksiyadorlar, qatnashchilar) hisoblangan xoʻjalik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni ijara toʻlovining nul stavkasi boʻyicha joylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy-normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Markazni belgilangan tartibda zarur Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) unga tezkor boshqarish uchun berilgan mol-mulkning davlat mulki negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi hisoblanadi. Markaz oʻziga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan faoliyatni ushbu Nizom bilan qoʻyilgan maqsadlarga va mulkdorning topshiriqlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan doirada amalga oshiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonaning toʻliq rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida: “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida: Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Sentr po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tilida: “The Center on state assets management” state unitary enterprise.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) Markazning muassisi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaz “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan tijorat tashkilotlarining, shuningdek notijorat tashkilotlarining qatnashchisi (aʼzosi) boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz xodimlariga toʻlov manbalaridan qatʼi nazar, Davlat raqobat qoʻmitasi xodimlari uchun qonun hujjatlarida va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Markaz xodimlari yil yakunlari boʻyicha faoliyati uchun olti lavozim maoshi miqdorigacha mukofot bilan ragʻbatlantiriladi, uning aniq miqdori Davlat mulki qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda har bir xodimning ish samaradorligiga qarab Markaz rahbarining qarori bilan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil15-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1038-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining maqsadlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egalik qilish va foydalanish uchun belgilangan tartibda unga berilgan davlat aktivlarini boshqarishning bozor mexanizmlariga oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarining yaxlitligini, saqlanishini va hisobi yuritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning favqulodda turi sifatida davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlarida davlat vakillari malakasini muntazam ravishda oshirish tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchilarning, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining sifatli monitoringi olib borilishini va tahlil etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada boshqaruv xizmatlari bozori shakllantirilishiga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va davlat mulkini samarali boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) boʻyicha, shu jumladan ularni davlatning ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalarga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berish yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish hisobiga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aktivlari boʻyicha dividendlarning aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishini taʼminlashga koʻmaklashish.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aksiyalarning davlat paketi (ulushlari) boʻyicha xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadori (qatnashchisi) huquqini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan chet eldagi xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan xususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar (aksiyadorlar), qatnashchilar va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va axborot shu jumladan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida davlat unitar korxonalarining va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini almashtirish tashabbusi bilan chiqadi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasining Iqtisodiy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish va tarkibiy oʻzgartirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat unitar korxonalari va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlashga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni taʼminlash uchun ularni korporativ boshqarishning eng yaxshi ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning moliyaviy natijalarini oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqish orqali fond bozorining rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun ishonchli boshqaruvchilarga, davlat vakillariga va Markaz xodimlariga ishonchnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga va davlat vakillariga koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov asosida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga beradi, ularni davlatning ishonchli vakillariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati boʻyicha takliflarni, shuningdek davlat aktivlarini egalik qilish va foydalanish uchun Markazga berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish boʻyicha komissiyaga kiritadi;
(11-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning ishonchli vakillarini va xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtiroki maxsus huquqidan (“oltin aksiya”) foydalanuvchi davlatning vakillarini tayinlash va ozod qilish boʻyicha takliflarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
(11-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish, korporativ boshqarishni rivojlantirish sohasida konsalting xizmatlari koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalarni bajarishni taʼminlash masalalari boʻyicha Markazning vakolatxonalari hamda Davlat raqobat qoʻmitasining tegishli hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda xoʻjalik jamiyati (davlat korxonasi)ning ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuvchi kengashiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlaydi va auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tanlovda qatnashish uchun, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi rahbariyatining tasdiqlashi uchun ularning roʻyxatini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyati faoliyatining maxsus masalasi boʻyicha auditorlik tekshirishini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan boshqa xoʻjalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuvchi kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda korporativ boshqarishni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilimlari va koʻnikmalari darajasini oshirish bilan bogʻliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va xoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini amalga oshirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning har choragida Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat unitar korxonalari va davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati davomida aniqlangan davlat aktivlarini boshqarishni davom ettirish boʻyicha takliflarni Davlat raqobat qoʻmitasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning tashkilotlardagi ulushli ishtiroki maqsadlariga erishish uchun boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz mablagʻlari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat vakillarining xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish boʻyicha, shuningdek davlatning xoʻjalik jamiyatlaridagi vakillari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Markaz faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻradi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni ustav fondiga kapitallashtirishda xoʻjalik jamiyatlariga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaz oʻziga yuklangan funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan, boshqa davlat tashkilotlaridan va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni soʻrash va, zaruriyat boʻlganda, bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni va korporativ boshqarish, menejment, moliya va qimmatli qogʻozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni qoʻyilgan vazifalarni jadal hal etish uchun belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji toʻlanmasdan qaytarilishi toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar va arizalar berish, shuningdek ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda joyiga borib davlat mulkini xatlovdan oʻtkazish va undan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar orasida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlariga nomzodlarni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) oʻzgartirish boʻyicha buyruqlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchilarga aksiyador (qatnashchi) sifatida davlatning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlarida davlatning ishtirokini maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Markaz faoliyatini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markazning muassisi sifatida Davlat raqobat qoʻmitasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning strategik vazifalarini va uning kelgusida faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlashga doir takliflarni, shuningdek Markaz ishlarining yillik rejasini aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishini olib borish boʻyicha komissiyaga kiritish;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmatini tashkil etish, Markaz moliya-xoʻjalik faoliyatining, zaruriyat boʻlganda – mustaqil ekspertlar va auditorlarni jalb etgan holda ichki audit xizmati tomonidan oʻrganilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati tartibini belgilaydigan ichki nizomlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik bitishuvlar va sodir etilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitishuvlar tuzilishini maʼqullash masalasini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustavini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning vakolatxonalarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Markazning Bosh direktori bilan mehnat shartnomasi tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida taklif kiritish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida Markazning ijro etuvchi organiga daʼvo kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat raqobat qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustav fondini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustav fondiga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va saqlanishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan Markazning xarajatlari smetasini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uning tomonidan toʻgʻri amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markazning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish ijro etuvchi organ nomidan Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markazning Bosh direktori Davlat raqobat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bosh direktor yakka boshchilik qiladigan ijro etuvchi organ hisoblanadi va oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini ijro etishda Markazning manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markazning bosh direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning vazifalari va funksiyalari bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nomidan ish koʻradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni, shu jumladan Bosh direktor oʻrinbosarlarini ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish boʻyicha komissiyaning tasdiqlashi uchun yillik ish rejasi loyihasini Davlat raqobat qoʻmitasiga kiritadi;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy fan-texnika yutuqlariga muvofiq xoʻjalik boshqaruvi organlarida va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish dasturlari va loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qoʻllashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning yangi yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Markaz faoliyatini moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Markaz faoliyatini moliyalashtirish davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi boʻyicha davlat korxonalarining sof foydasidan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetasi Markaz tomonidan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun oldingi yilning 20-dekabrigacha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini moliyalashtirish shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan qoʻshimcha manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda Markaz mablagʻlarni sarflashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz budjet tashkiloti hisoblanmaydi va uni moliyalashtirishga budjet tashkilotlari uchun belgilangan qonunchilik normalari qoʻllanmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan uchinchi, toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Markazning mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markazning ustav fondi unga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlarning yigʻindisidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Markazning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish Davlat raqobat qoʻmitasining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tezkor boshqarish huquqi bilan Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Markazga biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek uning faoliyati davomida sotib olingan, u oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradigan mulkchilik huquqi bilan Markazga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulk Markazning mol-mulkini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Markazning mol-mulki boʻlinmaydi va omonatlar (ulushlar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markazning mol-mulkini tasarruf etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni), aksiyalar va ulushlarni realizatsiya qilish Markazning ustav fondi tegishli ravishda kamaytirilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Daromadni (foydani) taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Barcha soliqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazda qoladigan sof foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Markaz mablagʻlaridan xayriya maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Markazning hisobotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Markaz hisobot davri tamom boʻlgandan keyin vakolatli organlarga roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Markaz faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qoʻmitasi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Markazning Bosh direktori yilning har choragida moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida Davlat raqobat qoʻmitasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Markazning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom bilan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, Davlat raqobat qoʻmitasi rahbarlari topshiriqlarining va ular tomonidan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, xolisona, ochiq-oshkora, sifatli bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga tegishli mol-mulk bilan oʻz majburiyatlari yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga berilgan davlat mulkining maqsadli va oqilona (samarali) boshqarilishi, shuningdek uning saqlanishi va yaxlitligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Markazning vakolatxonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishib, qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda vakolatxonalar ochishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Markazning vakolatxonalari Markaz tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida Markaz nomidan ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Markazning vakolatxonasi rahbari Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Bosh direktor tomonidan tayinlanadi va oʻziga berilgan ishonchnoma asosida ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaz tashkil etiladigan vakolatxonalarning majburiyatlari boʻyicha javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Markazni tugatish va qayta tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Markaz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, muassisning qaroriga koʻra yoki sudning qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Markazning tugatilishi, huquqlar va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmasdan, uning faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 314-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda, 38-son, 1038-modda)