02.08.2012 yildagi PF-4459-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.08.2012 yildagi PF-4459-son
Date of entry into force
02.08.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUD TIZIMI XODIMLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILIShNI TUBDAN YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun va qonunchilik ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining g‘oyat muhim tarmog‘i bo‘lgan sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish va erkinlashtirish huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uzoq muddatli va izchil islohotlar dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tgan yillar mobaynida qabul qilingan qonunlar, xususan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, uni o‘tmishdagi qatag‘on va jazolash qurolidan qonun himoyasida turadigan chinakam mustaqil institutga aylantirish borasida miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra ulkan ishlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishning zamonaviy demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi, bunda asosan jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasi va sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘tgan davr davomidagi ishlarning tanqidiy tahlili shundan dalolat beradiki, sud organlarining davlat boshqaruvidagi roli va ahamiyati yanada oshirilishini ta’minlamasdan, ularning vakolatlari va mustaqilligini kuchaytirmasdan turib mamlakatni siyosiy hamda iqtisodiy yangilash va modernizatsiya qilishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni shu boisdan 2010-yilning 12-noyabrida qabul qilingan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan Mamlakatimizda Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida zikr etilgan muammolarni hal etishga, shu jumladan, sud ishlarini mustaqil yuritish va sud organlari xodimlarining ijtimoiy maqomini muhofaza qilish uchun zarur huquqiy va sotsial kafolatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud va sudlar sudyalarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnat haqi razryadlari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud va sudlar sudyalari hamda mazkur sudlardagi darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlarining alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga oylik ustama haq miqdori 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud va sudlarning sudyalari xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq to‘lovidan ozod qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni, shuningdek turar joylar ijarasi uchun har oyda pul kompensatsiyasi to‘lab borishni nazarda tutadigan tartibni tasdiqlasin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi bilan kelishilgan holda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning tarkibiy tuzilmasida axborotlashtirish masalalari bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil qilish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalarining mavjud ish yuklamasini, tumanlararo sudlarning o‘zlariga biriktirilgan hududlarga nisbatan qanchalik olisda joylashganini o‘rganib chiqsin hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tizimini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin. Bunda sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarning tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudida majburiy tayyorgarlik va stajirovka o‘tashlari nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda yuridik ta’limni yanada takomillashtirish va huquqshunoslik fanini rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi B.A.Kokanbayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4459-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 355-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)