29.04.2020 yildagi PF-5987-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2020 yildagi PF-5987-son
Date of entry into force
30.04.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘nggi yillarda mamlakatda o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, milliy yuridik ta’limning samaradorligi nisbatan pastligicha qolmoqda, bu yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda yuridik fanni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi bilan izohlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida raqobatning mavjud emasligi milliy yurisprudensiya ilmiy maktabining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, hududlardagi iqtidorli yoshlar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan joriy etish, o‘qitishning ilg‘or uslublaridan keng foydalanish, shuningdek, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda ta’lim standartlarini modernizatsiyalash va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishga yetarli e’tibor berilmayapti, bu esa yuridik ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning pasayishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik ta’lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro ta’lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta’minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, shuningdek, keng yuridik jamoatchilikning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi o‘rinlarda — TDYU) “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar (keyingi o‘rinlarda — yuridik fakultetlar) tashkil etib, “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar bo‘yicha qabulni, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabulni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’limot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hamda o‘quv bazasini modernizatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klinik yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘li bilan o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini faollashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU va yuridik fakultetlarni xalqaro tan olingan ta’lim muassasalari reytingiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta’lim raqobatbardoshligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlari yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlashtirish elektron platformasini yaratgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun to‘lovni, ular tomonidan o‘qishni tugatganidan so‘ng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishiga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial ish beruvchilar bilan birgalikda shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlashni (ta’lim klasterlari) tashkil etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma joylashtirish uchun yuridik kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarini saralash tanlovi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga, o‘z yuridik xizmatlarini tashkil etishda ko‘maklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuridik ma’lumot zarur bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini kengaytirgan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYUda Nagoya universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va huquqi haqidagi bilimlarga ega malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy huquqiy tadqiqotlarni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Yapon huquqini o‘rganish markazi faoliyat yuritayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan 2020-yilda TDYUda nemis tili va huquqini biladigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyuk Britaniya va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan TDYUda ingliz va xitoy huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda TDYUga xorijiy huquqni o‘rganish markazlari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUning quyidagilar to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) TDYUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti (keyingi o‘rinlarda — Fakultet) tashkil etish, uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro xususiy huquq, shu jumladan xalqaro arbitraj huquqini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan — Nagoya universitetini, Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan — Regensburg universitetini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy huquqni o‘rganish markazlari Fakultet tarkibida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fakultet negizida xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha maydon yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fakultetdagi o‘quv jarayoniga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari faol jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Nagoya va Regensburg universitetlari hamda xorijiy davlatlarning boshqa oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazsin va ularning natijalariga ko‘ra quyidagilar tasdiqlanishini ta’minlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda yetakchi yapon, nemis va boshqa chet ellik olimlarning yuridik fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari turkumini davlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tashkil etish jadvali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu bandda ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar va donorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrida, innovatsion o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega TDYUning zamonaviy kampusini barpo etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU magistraturasida bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun qabulini tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibini joriy etish;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslarni, yozgi va qishki maktablarni, shu jumladan chet el fuqarolari uchun, tashkil etish.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. TDYU rektoriga budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mutaxassislarni konsultant, ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU bakalavriat, magistraturasi istiqbolli bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalari magistratura va doktoranturasida o‘qishi qiymati va u bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni, ular tomonidan o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYUda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarning iqtidorli talaba hamda o‘quvchilariga stipendiya va grantlar ajratish huquqi berilsin.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. TDYU moliyaviy barqarorligi va ta’lim xizmatlari bozorida talab yuqoriligini inobatga olib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, TDYU o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagilarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda TDYU qoshidagi akademik litseylarning o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va ta’lim yo‘nalishlarini belgilash;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylar pedagog xodimlarining mehnatini me’yorlashtirish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda qo‘shma fakultetlar tashkil etish;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qish uchun to‘lov miqdorini o‘rnatgan holda TDYU bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavriat va magistraturaga qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini, shuningdek, o‘qish muddatlari va talabalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnash tartibini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarda nomutaxassislik fanlarni o‘qitish va fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi barcha turdagi, shu jumladan TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarning bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya va ilmiy faoliyatni tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamg‘arma va boshqalar) tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYU va TDYU huzuridagi akademik litseylarning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini to‘lash tizimi va tartibini belgilash.
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning odob-axloq kodeksini, xodimlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilishning shaffof tartibini tasdiqlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyani tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Notarial palata va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda advokatlar, notariuslar, FHDY organlari xodimlari, yuriskonsultlar va boshqa xodimlar malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy asosda chop etiladigan taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU qoshida TDYU va yuridik kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik fakultetlarni yuqori malakali, zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik fakultetlarda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, eng yangi axborot va o‘quv-laboratoriya jihozlarini keng joriy etish va foydalanish asosida tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik fakultet o‘qituvchilarining har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, qonunchilik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik fakultetlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik fakultetlar tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga yuridik fakultetlar professor-o‘qituvchilari uchun ularning aniq ish natijalarini hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining mazkur fakultetlarida talabalar o‘qishidan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomutaxassislik fanlar soni qisqartirilib, o‘quv jarayoni kredit-modul tizimini qo‘llagan holda tashkil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy etiladi;
(15-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda qo‘shma fakultetlarini tugatgandan so‘ng o‘qishni davom ettirgan shaxslarga berilgan xorijiy ta’lim muassasalarining belgilangan shakldagi diplomlari (bakalavriat, magistratura) O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi;
(15-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda, kirish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseylarda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, o‘qish uchun to‘lov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy qilinadi;
(15-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur tartib 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
(15-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Huquq” ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim standarti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlar professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari vazirliklar va idoralarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shuningdek, shartnomalar doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan barcha mablag‘lar, TDYU va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamg‘armalarida to‘planadi, ular mazkur mablag‘larni mustaqil ravishda tasarruf qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-maydan boshlab TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYUga masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shakllarini tashkil etish huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan jamg‘armalarga o‘tkaziladigan barcha ajratmalardan 2025-yilga qadar ozod qilinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati va uni to‘lash muddatlarini, shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari va o‘qish qiymatini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat ko‘rsatish va boshqa xodimlari namunaviy shtatlarini (normativlarini), shuningdek, yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylar xodimlari ish haqi miqdorlarini budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobiga mazkur muassasalarning rahbar xodimlari va o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik texnikumlarda o‘qish muddatlari va shaklini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU rektori va Kengashi vakolatlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga (o‘quvchilariga) stipendiyalar va grantlar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari xodimlariga xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda o‘qish, stajirovka o‘tash va ular bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun grantlar ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv seminarlarini o‘tkazish uchun vazirlik va idoralarning amaliyot xodimlarini jalb qilish orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda TDYU va yuridik fakultetlarga doimiy ravishda har tomonlama ko‘maklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarning pedagoglar tarkibi tomonidan advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan hamda TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda asosiy ish joyi saqlangan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirish tartibini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot va tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda TDYU va yuridik fakultetlar kafedralarini tashkil qilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga o‘z idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa ma’lumotlarga to‘siqsiz kirishni (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno), shuningdek, ta’lim tadbirlarini o‘tkazish imkonini beruvchi videokonferens-aloqa tizimiga ulanishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida yuridik kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘qishga qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1990-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5987-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qabul tizimini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash:

TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega shaxslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;

“yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil iyul

Davlat test markazi,

TDYU

2.

TDYUda o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani o‘tash tartibini takomillashtirish orqali:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ta’lim va amaliyotning uzviy bog‘liqligini;

talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yo‘naltirishni ta’minlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU

4.

Elektron hujjat almashinuviga o‘tish va o‘quv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h. k. joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

O‘zlashtirish darajasi 71 foizdan past bo‘lgan alohida toifadagi talabalar uchun maxsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish mexanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta ko‘rib chiqish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tilganligini hisobga olgan holda TDYU xodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy rag‘batlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish.

Rektor buyrug‘i,

tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyani tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

9.

Xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning Odob-axloq kodeksini qabul qilish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

10.

ISO 9001 — Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga TDYU mos kelishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

11.

Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar o‘rtasida korrupsiya masalalari bo‘yicha tizimli asosda so‘rovlar o‘tkazib borish va ularning natijalari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil oktabr

TDYU,

Adliya vazirligi

III. O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash

12.

Xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirish uchun chet tillarida ta’lim beriladigan maxsus akademik guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

13.

TDYU o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU

14.

Fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

TDYU,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

15.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, tegishli magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil o‘quv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h. k. )ni rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Amaliyotga yo‘naltirilgan va munozarali mashg‘ulotlar o‘tkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik san’atini rivojlantirishni ta’minlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

18.

Yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

19.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYUda o‘quv tadbirlarini o‘tkazish hamda TDYU manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi

20.

Quyidagilar orqali ta’lim jarayoni va ilm-fanning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini ta’minlash:

statistika, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruxsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish;

ta’lim tadbirlarini real vaqt rejimida o‘tkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

boshqa davlat organlari,

TDYU

21.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik ta’limini rivojlantirish, shuningdek, “Street Law” loyihasini faol amalga oshirish.

Yuridik klinika uchun trening materiallari to‘plamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

TDYU,

Adliya vazirligi

22.

Yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish:

o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy rag‘bat va talab etiladigan sharoitlar yaratish;

TDYU daromadlar va xarajatlar smetasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rag‘batlantirishga mablag‘lar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

23.

Masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

25.

Toshkent shahrida o‘quv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYU kampusini qurish imkoniyatini o‘rganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

26.

Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita ko‘p qavatli uylar qurish orqali TDYU, adliya organlari va muassasalari xodimlari uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

TDYU

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish

27.

“TSUL Legal Report” taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish hamda uning qog‘oz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

28.

TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

TDYU

29.

Huquq sohasidagi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

TDYU

30.

Kafedralar ixtisosligi bo‘yicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va to‘garaklarni, shuningdek “Yosh olimlar klubi” (Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga o‘qishga va stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

31.

TDYUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etish:

rektorga — ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirishni amalga oshirish;

ilmiy kengashlarga — dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maxsus, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi,

TDYU,

Adliya vazirligi

32.

Huquqni qo‘llashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat iste’molchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga imkon beradigan TDYU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat ko‘rsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz — kafedra — ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3. 0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun “Forsayt-prognozlash” innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi

33.

TDYU jurnallarining xalqaro miqyosdagi mavqeyini ko‘tarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

TDYU

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

34.

“Ikki tomonlama diplom” taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree)ni joriy etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaxassislarini TDYUda o‘tkaziladigan o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

35.

Chet el huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

36.

Milliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda xalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

37.

TDYUning xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk xartiyasi, Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga a’zo bo‘lishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

may

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

VI. Talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish

38.

Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviy yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYU

39.

Yuridik ta’lim sohasidagi tarixiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, targ‘ib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYU muzeyini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

fevral

TDYU,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

40.

Vatanga xizmat qilishning eng yaxshi an’analari, tajribasi va vatanparvarlik tuyg‘ulari yordamida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishni o‘ziga maqsad qilgan TDYU Faxriylar kengashini tashkil etish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil sentabr

TDYU

41.

Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yo‘nalish “Student Ambassadors” tashkil qilish orqali milliy yuridik ta’limning jozibadorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil may,

doimiy

TDYU, Adliya vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

42.

TDYUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy o‘sishga erishish imkoniyatini beradigan “Business Networking” uchun muhit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

43.

O‘zbekistondagi yuridik ta’lim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Central Asia Law Congress” yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

TDYU

44.

TDYUda xayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablag‘lari hisobidan TDYU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai bo‘ladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

TDYU Vasiylik kengashi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi

45.

Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan “tyutorlik” institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust

TDYU, Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi

46.

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda TDYU Axborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

VII. Faoliyatning tashkiliy asoslarini takomillashtirish

47.

TDYU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

48.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning yangi tuzilmasinitasdiqlash:

kurs dekanatlari bazasida soha yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni “yurisprudensiya” mutaxassisligining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga qabul qilish;

litsey va yuridik texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning o‘zida TDYU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish;

jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, ta’lim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limlari, talabalarga xizmat ko‘rsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilmasida bo‘limlar tashkil etish;

TDYUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test sinovlari bazasini shakllantirish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil

avgust

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

TDYU,

Davlat test markazi

49.

TDYU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

turli yuridik mutaxassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;

nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Rektor buyrug‘i

2021-yil fevral

TDYU,

Adliya vazirligi

50.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini takomillashtirish:

xalq ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

masofaviy o‘qitish shaklini, xususan oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

51.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa xodimlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlarini attestatsiyasini o‘tkazish hamdaularnizamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy me’yorlarga ega kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil mart — avgust

TDYU,

Adliya vazirligi

52.

TDYU va “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

TDYU

53.

Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va xodimlar huquqlariga taalluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaxslari o‘rtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda ko‘maklashadigan TDYU ombudsmani institutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU

54.

TDYU o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TDYU

55.

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining rasmiy xizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni TDYU o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi o‘rniga xabardor qilish tartibini joriy etish.

Adliya vaziri

buyrug‘i

2020-yil

avgust

Adliya vazirligi,

TDYU

56.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYUning yangi imidjini shakllantirish:

TDYUning o‘ziga xos ko‘rinishi va brendbukini yaratish;

yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);

prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovg‘alarini ishlab chiqish va nashr etish;

TDYU rasmiy veb-saytini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYU to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni yetkazish.

TDYU rektori buyrug‘i

2021-yil yanvar

TDYU

VIII. Yuridik texnikumlar va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish

57.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritish:

TDYU huzuridagi akademik litsey faoliyatini “litsey — universitet” ta’limning uzluksizligi tizimini ta’minlash orqali o‘quv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga o‘qishga qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYUga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlarni, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik texnikumlar, TDYU va Adliya vazirligiga yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik texnikumlar xodimlarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rishda mustaqillik berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarilish muddati qo‘shma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2932-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi, shuningdek 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning birinchi xatboshisidan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. TDYUda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, budjetdan tashqari (to‘lov kontrakt) mablag‘lari hisobidan Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma), ularning mehnatga haq to‘lash fondining kamida 185 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga har oylik ustamalar va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘rnatishga yo‘naltirilib, ularning miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek har oylik ustamalarni o‘rnatish mezonlari TDYU tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TDYU tomonidan talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash, shuningdek Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yo‘nalish va mutaxassisliklarini ochish to‘g‘risidagi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandi oltinchi xatboshisida “2020/2021” raqamlari “2021/2022” raqamlarga almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TDYU magistraturasiga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaxassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda TDYU tomonidan belgilash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 8-ilovaning 19 va 20-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonining 5-bandi birinchi xatboshisidan “Adliya vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2020-y., 06/20/5987/0521-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)