Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirish uchun sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
sudlar faoliyatida kompyuterlashtirish darajasini va kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish;
sudlarda ishlarni yuritish samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan axborot tizimlari va resurslarini yaratish, shuningdek tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash;
sudyalar va sudlar xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasini oshirish hamda ishda zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish;
sudlar tizimida axborot xavfsizligini, hujjatlarning xavfsiz aylanishini taʼminlash sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning asosiy vazifalari etib belgilansin.
2. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Dastur tadbirlari amalga oshirilishini moliyalashtirish tasdiqlangan smeta doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari va qarzlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda Dastur uchun xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb etish masalasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-dekabr,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-dekabrdagi 346-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
DASTURI
| T/r |
Tadbirlarning nomi |
Amalga oshirish shakli va mexanizmlari | Bajarish muddatlari | Masʼullar | Kutilayotgan natija |
| I boʻlim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish | |||||
| 1.1. | Kompyuter va axborot texnologiyalari bilan jihozlanganlik darajasini, shu jumladan axborot resurslari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini, koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlar soni va sifatini, shuningdek sudlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakali kadrlar bilan taʼminlanganlikni tahlil qilish. | Tahlil qilish va xulosalar tayyorlash | 2012-yil dekabr — 2013-yil yanvar | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari (AATT) davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi | Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan jihozlanganlik hamda ularni sudlar faoliyatida joriy etish darajasini aniqlash. |
| 1.2. | Sudlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. | Xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha takliflar kiritish | 2013-yil yanvar | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi |
Sudlarni axborotlashtirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni aniqlash. |
| 1.3. | Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning konseptual yoʻnalishlarini, shuningdek sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning maqsadli koʻrsatkichlarini aniqlash. | Ishlab chiqish va tasdiqlash | 2013-yil yanvar | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning asosiy yoʻnalishlarini va ularning maqsadli koʻrsatkichlarini aniqlash. |
| 1.4. | Elektron hujjatlar aylanishi tizimlaridan, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha idoraviy nizomlarni qabul qilish. | Idoraviy yoʻriqnomalar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish | 2012-yil dekabr – 2014-yil avgust | AATT davlat qoʻmitasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi |
Kompyuter texnikasidan, axborot texnologiyalaridan va elektron hujjatlar aylanishi tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. |
| II boʻlim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish | |||||
| 2.1. | Sudlar xodimlarini kompyuter va idora texnikasi bilan zarur miqdorda taʼminlash. | Kompyuter va idora texnikasi sotib olish | 2013-2014-yillar | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi |
Sudlar tizimida kompyuterlashtirish darajasini oshirish. |
| 2.2. | Sudlarning markaziy apparatida va hududiy boʻlinmalarida mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil etish. | Texnik loyihalarni tasdiqlash va mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil etish | 2013-yil dekabr | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi |
Zamonaviy kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish. |
| 2.3. | Mahalliy tarmoqlarni korporativ tarmoqqa birlashtirish va zarur server uskunalari bilan jihozlash. | Texnik loyihalarni tasdiqlash va korporativ tarmoqlarni tashkil etish | 2014-yil mart | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi |
Kompyuter texnikasi va axborot tizimlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
| 2.4. | Elektron sud jarayonini, shu jumladan sud jarayonlarini video-, audio qayd etishni, shuningdek sud jarayonlari stenografiyasining yangi turlarini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish. | Takliflar ishlab chiqish va kiritish | 2013-yil sentyabr | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi |
Zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish. |
| III boʻlim. Sudyalarning, sudlar xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasini oshirish va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish, ishda zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ularni attestatsiyadan oʻtkazish | |||||
| 3.1. | Sudyalarning, sudlar markaziy apparati, viloyatlar va tumanlar boʻlinmalari xodimlarining malakasini va kompyuter savodxonligini oshirish, ularni axborot texnologiyalariga hamda axborot xavfsizligiga, tizimlar va resurslarni himoya qilishga oʻqitish. | Tadbirlar rejasini tasdiqlash | 2014-yil yanvar — 2014-yil avgust | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi, “Kompyuterlashtirish markazi” DUK |
Sudlar xodimlarining kompyuter texnikasidan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha malakasini oshirish. |
| 3.2. | Sudyalarning va sud xodimlarining ishda kompyuter texnikasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilimlarini tekshirish. | Jadval rejasini tasdiqlash | 2014-yil yanvar — 2014-yil avgust | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi |
Xodimlarning malakasi va koʻnikmalarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligini baholash. |
| IV boʻlim. Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashtiriladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish | |||||
| 4.1. | Sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, ishlash, tizimlashtirish va saqlash boʻyicha “Sudlar faoliyati” va “Sud hujjatlari” axborot tizimlarini yaratish. | Texnik loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash | 2014-yil yanvar — 2014-yil avgust | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi |
Qogʻozsiz va avtomatlashtirilgan ish jarayonlariga bosqichma-bosqich oʻtish yoʻli bilan sudlov ishlarini yuritishning tezkorligini taʼminlash. |
| 4.2. | “Adliya-2” axborot tizimlari kompleksi, Milliy axborot tizimi doirasida “Sudlar faoliyati” va “Sud hujjatlari” axborot tizimlarini sohaga oid boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashni taʼminlash. | Texnik loyihalarni tasdiqlash | 2014-yil yanvar — 2014-yil dekabr | Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, AATT davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Sudlarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida Milliy axborot tizimini shakllan-tirishni taʼminlash. |
| V boʻlim. Axborot resurslari sonini koʻpaytirish, koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar sifatini oshirish | |||||
| 5.1. | Maʼlumotlar almashishning elektron vositalari orqali Oliy sudga; Oliy xoʻjalik sudiga daʼvo, iltimosnoma va ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda sudga murojaat qilish imkoniyati berilishi taʼminlanishini hisobga olgan holda sudlarning veb-resurslarini modernizatsiyalash. |
Texnik loyihalarni tasdiqlash | 2014-yil avgust — 2014-yil dekabr 2012-yil dekabr |
Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi |
Maʼlumotlar bilan almashishning elektron vositalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va ishlash samaradorligini oshirish. |
| 5.2. | Xoʻjalik sudlarining qarorlarini majburiy tartibda eʼlon qilishning taʼminlanishini hisobga olgan holda sudlarning veb-resurslarini modernizatsiyalash. | Texnik loyihalarni tasdiqlash | 2013-yil may | Oliy xoʻjalik sudi, AATT davlat qoʻmitasi |
Maʼlumotlar bilan almashishning elektron vositalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va ishlash samaradorligini oshirish. |
| 5.3. | Maʼlumotlar almashishning elektron vositalari orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish imkoniyatini berish va ularga sud hujjatlarini hamda boshqa xat-xabarlarni yuborish. | Texnik loyihalarni tasdiqlash | 2013-yil may | Oliy xoʻjalik sudi, Oliy sud AATT davlat qoʻmitasi |
Sud ishlarini yuritish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish. |
| VI boʻlim. Axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek elektron hujjatlar aylanishining xavfsiz tizimlarini joriy etish | |||||
| 6.1. | Tizimlar, tarmoqlar va resurslarni himoya qilishni taʼminlashning yagona talablari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida sudlar tizimida axborot xavfsizligi �iyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash. Oliy sud; Oliy xoʻjalik sudi. |
Idoraviy nizomlarni tasdiqlash | 2014-yil avgust — 2014-yil dekabr | AATT davlat qoʻmitasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi |
Axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va axborot resurslarining himoyalanganligini taʼminlash. |
| 6.2. | Elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda yagona himoyalangan korporativ elektron pochtani va elektron hujjatlar aylanishi tizimini belgilangan tartibda joriy etish va ulardan foydalanish. |
Texnik loyihalarni tasdiqlash |
2012-yil dekabr — 2013-yil iyul |
Oliy sud, |
Elektron shakldagi xat-xabarlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning himoyalangan tarzda joʻnatilishini taʼminlash, hujjatlarni joʻnatishda qogʻoz sarfini qisqartirish. |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 560-modda)