Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019 25.05.2012 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.05.2012 yildagi 7-son
Date of entry into force
25.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada ko‘rishda ajrimlar chiqarilishi masalalarini tartibga solishga doir qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada ko‘rishda ajrimlar chiqarish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikka rioya etilishi ishni sudda ko‘rishga lozim darajada tayyorlashni, ishning haqiqiy holatlarini, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona aniqlashni, shuningdek ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudi ajrimlari, ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish natijasi bo‘yicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda, ishni mazmunan hal qilmaydigan sud akti hisoblanadi (FPK 237-moddasi birinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi ajrimlari sud tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash, sudda ko‘rish yoki hal qiluv qarorlarini ijro etish bosqichida alohida protsessual hujjat ko‘rinishida ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirish yo‘li bilan), ajrim matnini sud majlisi bayonnomasiga kiritish yo‘li bilan ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirmasdan) chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolik protsessual kodeksi 237-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilish bo‘yicha alohida xona (maslahatxona)ga kirmagan holda ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrimlar, jumladan, uchinchi shaxslar, vakillar, davlat boshqaruv organlarini ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki ishga kirishi, prokurorning ishda ishtiroki, guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni chaqirib olish yoki ishga qo‘shish, ishni ko‘rishni keyinga qoldirish yoki davom ettirish, qarshi da’voni qabul qilish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, ishni mazmunan ko‘rish tamom bo‘lganligini e’lon qilish va sud muzokaralariga o‘tish, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash masalalari bo‘yicha chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik protsessual qonunchiligi mazmunidan kelib chiqqan holda, sud o‘z xohishiga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan har qanday masala bo‘yicha alohida protsessual hujjat ko‘rinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilishi shart bo‘lgan ajrimlarga, jumladan, quyidagilar to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani harakatsiz qoldirish (FPK 154-moddasi), arizani qabul qilishni rad etish (FPK 153-moddasi),arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish (FPK 151-moddasi), da’voni ta’minlash (FPK 248-moddasi), ishni sudda ko‘rishga tayyorlash (FPK 160-moddasi), dalillarni ta’minlash (FPK 64-moddasi), sud topshiriqlari (FPK 65-moddasi), ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPK 83-moddasi), ekspertiza tayinlash (FPK 84-moddasi), javobgarni qidirish (FPK 140-moddasi), ishni sudda ko‘rishga tayinlash (FPK 161-moddasi), rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik (FPK 29-moddasi), ishni sudning yopiq majlisida ko‘rish (FPK 10-moddasi), ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish (FPK 224-moddasi), ish yuritishni to‘xtatib turish yoki tiklash (FPK 95, 96-moddalari), jarima solish (FPK 122-moddasi), ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (FPK 42-moddasi), taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris bilan almashtirish (FPK 43-moddasi), dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish (FPK 58-moddasi), bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPK 156-moddasi), bir necha talabni ajratish (FPK 157-moddasi), ishni sudda ko‘rishni tiklash (FPK 205-moddasi), ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish (FPK 147-moddasi), hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish (FPK 213-moddasi), hal qiluv qarorini tushuntirish (FPK 215-moddasi), hal qiluv qarorini darhol ijro etish (FPK 220-moddasi), hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib — bo‘lib ijro etish, uni ijro usuli va tartibini o‘zgartirish (FPK 216-moddasi), darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash (FPK 222-moddasi), sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish (FPK 232-moddasi), arizani ko‘rmasdan qondirish (FPK 98-moddasi), ish yuritishni tugatish (FPK 100, 101-moddala�i), sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPK 2385-moddasi), sud buyrug‘ini bekor qilish (FPK 23810-moddasi), protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPK 130-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilishi shart bo‘lgan ajrimlarga, shuningdek FPK 19-moddasiga muvofiq chiqariladigan xususiy ajrimlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunda birinchi instansiya sudi ajrimi mazmuniga nisbatan, uning ko‘rinishidan kelib chiqqan holda, muayyan talablar qo‘yilgan (FPK 238-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqariladigan ajrimlar, odatda, kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning kirish qismida ajrim chiqarilgan vaqt va joy, ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning asoslantiruvchi qismida sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar bayon etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning xulosa qismida sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi lozim. Ajrimning xulosa qismi uni ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda FPK 65, 84, 98, 101, 153, 180, 194, 23810, 3098, 30913-moddalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlar mazmuniga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisi bayonnomasiga kiritish yo‘li bilan chiqariladigan ajrimlar muhokama etilayotgan masalaning predmetini, sud xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonun normalarini, sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasini o‘z ichiga olishi lozim (FPK 238-moddasi 4, 5, 6-bandlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqariladigan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida quyidagi hollarda shikoyat berilishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan bo‘lmasa, biroq sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda, jumladan, quyidagi ajrimlar ustidan shikoyat yoki protest berilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy ajrim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish to‘g‘risidagi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat shaklida chiqarilgan quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud topshirig‘i to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
javobgarni qidirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy vorisning protsessga kirishi to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlarga ko‘ra qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘qolgan ishni tiklash masalasi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash to‘g‘risidagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda ustidan shikoyat, protest berilmaydigan ajrimlariga nisbatan e’tirozlar apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizaga shikoyat yoki nazorat tartibida keltiriladigan protestga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, birinchi instansiya sudining sud majlisi bayonnomasiga kiritish yo‘li bilan chiqariladigan ajrimlari shu sud tomonidan protsess ishtirokchilarining iltimosnomasi yoki sudning o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Sudning iltimosnomani qanoatlantirishni rad etishi manfaatdor shaxsni sudga shunday iltimosnoma bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda. birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilgan ajrimlari ham taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra, shu sud tomonidan bekor qilinishi mumkin (FPK 99-moddasi ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va viloyat sudlari vaqti-vaqti bilan birinchi instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini umumlashtirsinlar hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar qo‘llasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B.MUSTAFAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A.USMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 25-may,

7-son