Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2020 02.10.2007 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 02.10.2007 yildagi 11-son
Date of entry into force
02.10.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLIK IShLARINI KO‘RIShDA SUDLAR TOMONIDAN DALILLARGA OID QONUN NORMALARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishga qaratilgan murojaatlari keskin oshib borayotgan bir paytda nizolarni bevosita dalillarga tayangan holda hal etish muhim ahamiyatga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun talabiga ko‘ra sudning u yoki bu nizo bo‘yicha qabul qilingan qarori aniq dalillarga asoslangan va qonuniy bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan dalillarga to‘g‘ri baho berish, zarur dalillarni talab qilib olish va mavjud dalillar asosida nizoni hal etish bevosita sud qarorlarining barqarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyoti tahlilidan ko‘rinishicha, sudlar tomonidan dalillarni talab qilib olish, ularga tegishli huquqiy baho berish va dalillarning daxldorligi hamda isbotlash vositalariga doir qonun normalariga asosan rioya etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, mazkur qonun normalariga rioya qilmaslik, tegishli dalillarga noto‘g‘ri baho berish hollari ham uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik nizolarining sudlar tomonidan qonuniy va asosli hal etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 56-moddasining talablariga ko‘ra, taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Isbotlash majburiyati FPKning 57-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isbotlash predmetiga har bir muayyan fuqarolik ishi bo‘yicha taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi hamda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga tushuntirilsinki, ayrim faktlar isbotlash predmetiga kirmaydi va isbotlashga muhtoj emas, chunonchi, sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar, sudning qonuniy kuchga kirgan fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori va jinoyat ishi bo‘yicha sudning hukmi bo‘yicha aniqlangan faktlar shular jumlasidandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum bo‘lgan fakt deganda, taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va sudyalarning o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni tushunish lozim. Bunday fakt hammaga ma’lum bo‘lganligi sababli, uni isbotlash shart emas, biroq taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni tegishli faktlarni isbotlashdan ozod etish uchun, sud uni hammaga ma’lum holat deb e’tirof etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, faktning hammaga ma’lumligi to‘g‘risida asoslangan xulosa har qanday sud instansiyasi tashabbusiga ko‘ra sud jarayonining har qanday bosqichida yoki o‘z talab va e’tirozlarini isbotlash maqsadida ushbu faktga murojaat qilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, faktning hammaga ma’lumlik darajasi turlicha bo‘lishini sudlar e’tiborga olsinlar, ya’ni ma’lumotlarning tarqalganlik ko‘lamiga ko‘ra, mamlakat hududidan tashqariga chiqishi yoki mahalliy xaraktyerga ega bo‘lib, ish ko‘rilayotgan ma’lum bir viloyat yoki tuman hududi bilan cheklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 60-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, bir fuqarolik ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan aniqlangan faktlar, aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishi ko‘rilishida qayta isbotlanmaydi. Jumladan, oshiqcha xavf manbai egasi bo‘lgan da’vogarlar bevosita zarar yetkazuvchiga nisbatan regress da’vo keltirganda, isbotlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina majburiydir. Sud jinoyat ishidan kelib chiquvchi da’voni ko‘rishda javobgarning aybdorligi masalasini muhokama qilishga haqli emas, balki faqat fuqaroviy nizoni hal qilishi mumkin. Sudning xulosasida hukmning mavjudligidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki fuqarolik ishini ko‘rish jarayonida sud tomonidan to‘plangan dalillar ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan holatlar shu bilan bog‘liq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilishida qayta isbotlashni talab qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fuqarolik protsessual qonun normalari bilan belgilangan isbotlash qoidalariga muvofiq, sud muayyan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar daxldorligi va yo‘l qo‘yilgan isbotlash vositalaridan kelib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarnigina ko‘rishga qabul qiladi (FPKning 58-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohlarning ko‘rsatuvlari, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan yozma va ashyoviy dalillar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishini nazarda tutib, sud barcha holatlarda ularga ushbu dalillar va guvohlar ko‘rsatmasi aynan qaysi holatlarni tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishni taklif qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillarning daxldorligi nuqtai nazaridan, fotosuratlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talab va e’tirozlarini asoslovchi holatlarni tasvirlagandagina dalil bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, dalillarning daxldorlik qoidasi sudga ishga daxldor bo‘lgan barcha faktlar va holatlarni aniqlash va tekshirish majburiyatini yuklaydi. Dalillar daxldorligi sud tomonidan ko‘rilayotgan ishdagi mavjud materiallarni tahlil qilish asosida sudyaning ishonchiga ko‘ra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo bo‘yicha isbotlash vositalari bo‘la olmaydigan ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas (FPKning 59-moddasi). Bunda nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi tegishli moddiy huquq normalariga asoslanmasdan isbotlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini kafolatlaydi va unga ko‘ra hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari shaxsning yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lekin, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan va ularning nizoga oid fuqarolik-huquqiy munosabatga kirishganligidan guvohlik beruvchi holatlar aks etgan video yoki audio yozuvlar, arz etilgan talab va e’tirozlarning asosi sifatida boshqa dalillar yig‘indisi bilan birga baholanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Video yoki audio yozuvlarni taqdim etgan shaxs bunday yozuv qachon, kim tomonidan va qanday sharoitlarda amalga oshirilganligini ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Video va audio yozuvlarning qalbakiligi haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilingan holatlarda, sud tegishli ekspertiza tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlarning e’tibori, qonun talabiga ko‘ra bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilinmagan hollarda uning tuzilganligini audio va video yozuvlari orqali tasdiqlab bo‘lmasligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqarolik protsessida isbotlash jarayoni, sud topshiriqlari, dalillarni ta’minlash, tekshirish va ularni baholash yo‘li bilan, dalillarni aniqlash va to‘plash hamda taqdim etish bo‘yicha faoliyatni aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. FPKning 8-moddasida nazarda tutilgan taraflar tortishuvlik prinsipidan kelib chiqib, taraflar, arz qiluvchilar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni aniqlash, to‘plash va taqdim etishlari lozim. Shu bilan birga, FPKning 57-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra dalillarni to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dalillar boshqa tuman yoki shahar hududida joylashgan bo‘lib, u yoki bu sababga ko‘ra ularni bevosita ishni ko‘rayotgan sudga taqdim qilish mumkin bo‘lmasa, sud boshqa sudga sud topshirig‘i berish orqali dalillarni ta’minlash, talab qilib olish va tekshirish bo‘yicha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessual qonun normalari bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lgan dalillar doirasi cheklanmagan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishi haqidagi xavfi asosli bo‘lganda, sud dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, dalillarni tekshirish deganda, bir dalilni boshqa dalillar yordamida tekshirish, shuningdek, agar taqdim qilingan dalillarda qarama-qarshiliklar bo‘lsa, ularni aniqlash va bartaraf etish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. FPKning 67-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sud dalillarga, qonunga amal qilgan holda ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqish asosida ichki ishonchga tayanib, baho beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishonch bo‘yicha dalillarga baho berishda sudya ish bo‘yicha dalil bo‘lgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va ushbu dalillardan foydalanish orqali tasdiqlanishi lozim bo‘lgan ish holati haqiqatda mavjudligi masalasini aniqlaydi. Sudyaning ichki ishonchi sud muhokamasida tekshirilgan barcha dalillar yig‘indisiga asoslangan qonuniy xulosa bo‘lishi va obyektiv haqiqatni aks ettirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlarning e’tibori har bir dalil daxldorligi va haqqoniyligi, dalillarning yig‘indisi esa — ularning yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozimligiga qaratilsin. Dalillarni baholashda, sud avvalo dalillar manbai haqqoniyligini tekshirishda ularni ish uchun ahamiyatga va kuchga egaligi nuqtai nazaridan kelib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Dalillarni baholash birgina hissiyotga asoslangan bo‘lishi mumkin emas, balki aniq, mantiqiy va boshqa dalillar bilan bog‘liqligi asoslantirilgan bo‘lishi va asoslar sud qarorlarida o‘z aksini topishi kerak. Jumladan, sud biror-bir dalilni haqiqiy emasligi asosida rad qilishda, ushbu masala bo‘yicha o‘z xulosasini asoslantirishi shart. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FPKning 67-moddasi to‘rtinchi qismiga asosan hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Agar dalilning obyektiv mazmuni ish holatiga mos bo‘lsa, sud har qanday dalilni qabul qiladi, mos bo‘lmaganda esa rad qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Muqaddam chiqarilgan hal qiluv qarori bekor bo‘lgandan so‘ng, sudya ishni yangidan ko‘rishda, bekor bo‘lgan hal qiluv qarori chiqarilgan sud majlisida so‘roq qilingan guvohlarning ko‘rsatuvlarini, agar yangi sud majlisida ushbu guvohlarning ishtirok etishi mumkin bo‘lmasa (kasalligi, uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lganligi tufayli va hokazo), o‘qib eshittirishga hamda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa dalillar bilan birgalikda oldingi sud majlislarida FPKning 63, 65, 66-moddalarida nazarda tutilgan tartibda olingan yozma dalillarga ham baho berishga haqli. Bunda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, bu qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ko‘rsatmalariga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sudlarga tushuntirilsinki, isbotlash vositalari deganda, fuqarolik protsessual qonun normalarida ko‘zda tutilgan ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 56-moddasi birinchi qismiga muvofiq, bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ish bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqarishda sud tomonidan tekshirilmagan ma’lumotlarga tayanish mumkin emas, balki faqat qonunda belgilangan manbalardan isbotlash vositasi sifatida foydalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari deganda, FPK mazmunidan kelib chiqqan holda, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sudga xabar qilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirishlar og‘zaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 56-moddasiga muvofiq, tegishli ishonchnoma asosida ishda ishtirok etayotgan taraflardan birining vakili bergan tushuntirishlari ham dalil hisoblanishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabning tan olinishi tarafni keyinchalik tan olingan ushbu faktni isbotlashdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sudlarning e’tibori ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la olishi mumkinligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil yoki himoyachi vazifalarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachilar, shuningdek o‘zining jismoniy va ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qila olmaydigan yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuv bera olmaydigan shaxslar guvoh sifatida ishtirok eta olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lganligi, xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo‘lganligi yoki shaxsiy adovati bo‘lganligi uni ishda guvoh sifatida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq sud dalillarni tekshirish va baholashda, guvohning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan munosabatini e’tiborga olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud guvohni so‘roqlash vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra ko‘rsatuv berishni rad etganlik yoki undan bo‘yin tovlaganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi JKning 238 va 240-moddalari bo‘yicha javobgar bo‘lishini tushuntirishi lozim. Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, guvoh o‘ziga yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik ko‘rsatmasi berishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 73-moddasiga muvofiq, yozma dalillar — ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan hujjatlar, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar deganda qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan aniqlangan ma’lumotlarni qayd qilishga maxsus mo‘ljallangan isbotlash ma’lumotlarining yozma manbalari tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir qator hujjatlarning huquqiy shakli (FHDY organlari tomonidan berilgan guvohnomalar, notarial hujjatlar, veksellar, tijorat aktlari va boshqalar) qismlar bo‘yicha aniq belgilanib, bunday hujjatlar uchun maxsus himoya darajasiga ega bo‘lgan maxsus rekvizitlar (muhr, shtamp va boshqalar) va ularning shakliga oid boshqa majburiy talablar bo‘lib, bu talablarga rioya qilmaslik hujjatlarning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga bunday kamchiliklari bo‘lgan hujjatlar, shuningdek, imzolanmagan yoki vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan hujjatlardan yozma dalil sifatida foydalanish mumkin emas va ish hujjatlaridan chetlashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sudlarning e’tibori, yozma hujjatlar, agar olish manbai bo‘yicha ularning haqqoniyligini tekshirish mumkin bo‘lgan hamda muallifi (tuzuvchisi) aniq ko‘rsatilgan holatlarda yozma dalil deb e’tirof etilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli, muallifi ko‘rsatilmagan va manbai noma’lum bo‘lgan yoki g‘ayriqonuniy tarzda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi (FPK 56-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 76-moddasiga muvofiq, qoida tariqasida, yozma dalillarning asli taqdim qilinadi. Agar hujjatning nusxasi taqdim etilgan bo‘lsa, sud zarurat tug‘ilgan holatda, hujjatning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Ishga hujjatning asl nusxasini qo‘shish imkoni bo‘lmaganda, sudya hujjat nusxasining asliga to‘g‘riligi tekshirilganligi haqida belgi qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan rasmiy chet el hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik xizmatlari tomonidan legalizatsiya qilinmagan bo‘lsa, ushbu hujjatlar ish bo‘yicha dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Legalizatsiya qilingan hujjat sud tomonidan umumiy asoslarda baholanadi, legalizatsiya yozuvi hujjatga qo‘shimcha isbotlovchi kuch bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ashyoviy dalillar deganda, ishni hal qilish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsalar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, vakillarga zarur hollarda — ekspert va guvohlarga taqdim etiladi. Ashyoviy dalilni ko‘zdan kechirish FPKning 192-moddasiga muvofiq, joyida o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘zdan kechirish dalillarni ta’minlash tartibida o‘tkazilishi mumkin emas. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish haqida sud majlisining bayonnomasida qayd qilinishi lozim bo‘lib, bunga tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy dalillarni aniqlashda fan, san’at, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qilingan hollarda, ashyoviy dalillar sud ekspertizasining tekshirish predmeti bo‘lishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ashyoviy dalillarni saqlash tartibi va ularni qaytarish FPK ning 83-modda talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sud isbotlash vositasining mustaqil shakli bo‘lgan ekspert xulosasi, fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng faqatgina qat’iy qonun talabiga muvofiq tayinlangan va o‘tkazilgan sud ekspertiza natijalari bo‘lishi mumkin. Fuqarolik protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan, protsess doirasidan tashqarida olingan har qanday boshqa xulosalar ekspert xulosasi maqomiga ega bo‘la olmaydi va sudda bundan isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas, boshqa fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat va ma’muriy ishi bo‘yicha qonuniy tartibda olingan ekspertiza xulosalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert xulosasi sud uchun oldindan belgilangan kuchga ega emas va ish bo‘yicha boshqa dalillarning yig‘indisi bilan baholanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sud qarorida asoslantirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert tadqiqoti obyektini talab qilib olish, sudning ekspert ixtiyoriga qo‘shimcha materiallarni taqdim qilish taklifi ishda ishtirok etuvchi har bir shaxsning o‘zlari asos qilib ko‘rsatayotgan fakt va holatlarni isbotlash majburiyatlari bilan bevosita bog‘liq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarafning uzrsiz sabablarga ko‘ra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza o‘tkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortishi, nizolashilayotgan xulosaga nisbatan qarama-qarshi xulosaga asos borligidan guvohlik beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga ko‘ra, qaysi taraf uzrsiz sabablarga ko‘ra ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligiga, shuningdek, bu holat u uchun qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, sud ekspertiza tayinlash bilan aniqlanadigan faktni belgilashi yoki rad qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sudlarga tushuntirilsinki, mutaxassisning fikri FPKning 56-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan isbotlash vositalari doirasiga kirmaydi, shunga ko‘ra sud tomonidan boshqa dalillar yig‘indisi bilan baholanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Zarur bo‘lgan isbotlash vositalarining doirasi tomonlarning arz qilgan talab va e’tirozlari tabiatini inobatga olgan holda aniqlanadi. Bunda sudlar har bir toifa fuqarolik ishi bo‘yicha turli isbotlash vositalari mavjudligini e’tiborga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilingan shaxslarni ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarga oid ishlar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga qabul qilish, o‘tkazish va bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq nusxalari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriyatning shu mazmundagi vakillik kasaba uyushmasi organiga qilgan tegishli iltimosnomasi nusxasi; (Mehnat kodeksining 101-moddasi), kasaba uyushmasi qo‘mitasining ishdan bo‘shatishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori va bayoni nusxasi, da’vogarning o‘rtacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar. Bunda boshqa isbotlash vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ishdan bo‘shatish asoslariga bog‘liqligini nazarda tutish lozim. Chunonchi, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarning ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha (Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining birinchi bandi) — xodimlar soni (shtati) jadvalidan ko‘chirma (ishdan bo‘shatilgunga qadar va bo‘shatilgandan so‘ng), shtatlar yoki xodimlar sonini qisqartirish to‘g‘risidagi hujjatlar, da’vogarning ish faoliyati to‘g‘risida tavsifnoma; Mehnat kodeksining 103-moddasiga asosan da’vogarni ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi materiallar hamda da’vogarning boshqa ishga o‘tkazishga rozi emasligi yoki ma’muriyatning xodimni uning roziligi bilan boshqa ishga o‘tkazish imkoniyati yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa dalillar; xodimning ishdan ozod qilish to‘g‘risida kamida 2 oy oldin ogohlantirilganligi haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi uchinchi bandi bo‘yicha xodimni o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxsni ishga tiklash to‘g‘risida, “a” xatboshida sanab o‘tilgan dalillardan tashqari, — intizomiy choralarni qo‘llash (buyruqlar, mehnat jamoasining qarori nusxalari va h.k.) to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek ushbu intizomiy jazo berishga asos bo‘lgan materiallar (tushuntirish xatlari, bildirgi, axborot xatlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 57-moddasida ko‘rsatilgan qoidadan istisno tariqasida Mehnat kodeksining 111-moddasi talabiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinishining yoki boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchiga yuklatilishini sudlar nazarda tutishlari lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarni ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarga oid ishlarni ko‘rib chiqishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga qabul qilish, o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq nusxalari, xodimning o‘rtacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumot (o‘tkazilgan taqdirda — o‘tkazishga qadar va o‘tkazilgandan keyingi ish haqi to‘g‘risida ma’lumot) va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish vaqtida korxona, muassasa, tashkilotga yetkazgan zararni undirib berish to‘g‘risidagi nizolarga oid ishlar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
javobgarning mehnat vazifalarini aniqlab beruvchi mansab yo‘riqnomasi, yetkazilgan zarar va uni miqdorini tasdiqlovchi dalillar, javobgarning ish haqi, oilaviy va moddiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetkazilgan zararni to‘liq undirib berish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha esa, bulardan tashqari, moddiy javobgarlik haqidagi shartnoma nusxasi, solishtirma jadval, taftish dalolatnomalari, yuk xati, hukm nusxasi va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarga oid ishlar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni ta’minlash uchun ota-onasidan mablag‘ undirish to‘g‘risida — bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, bolalarni da’vogarning qaramog‘ida ekanligi haqida yashash joyidan ma’lumotnoma, javobgarning ish joyidan uning ish haqi to‘g‘risidagi va undan boshqalar foydasiga aliment yoki zararni qoplash uchun pul undirish holatlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni ota-onalardan birining qaramog‘idan ikkinchisining qaramog‘iga olib berish yoki bolalarni qaytarish to‘g‘risida — ota-onalar har birining yashash va maishiy sharoitlarini ko‘zdan kechirish dalolatnomalari, vasiylik va homiylik organi xulosasi, ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabatlarini tavsiflab beruvchi hamda ota-onalar ish va yashash joyidan xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uy-joy nizolariga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash maydonini bo‘lib berish to‘g‘risida — taraflarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida hujjatlar, shaxsiy hisob varaqasi nusxasi, uy kitobidan ko‘chirma, yashash uy-joy rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy qurish kooperativining uyi bo‘yicha turmushdan ajrashgan er-xotinning ulushlarini bo‘lish to‘g‘risida — kooperativga a’zo bo‘lgan vaqtni tasdiqlovchi hujjatlar, ulushning belgilangan miqdori va to‘langan summasi, ulushli mulk egasi bilan birga yashovchi oila a’zolarining tarkibi, xonadon rejasi, nikohni ro‘yxatga olganlik va bekor qilinganlik haqidagi guvohnoma nusxalari va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, yuqorida bayon etilganlarni isbotlash vositalarining mukammal ro‘yxati deb bo‘lmaydi. Shu sababli boshqa dalillarni taqdim etish zaruriyati har bir muayyan ishning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hujjatning qalbakiligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan arzni tekshirish uchun sud tegishli ekspertiza tayinlashi yoki uning qalbakiligini aniqlash uchun boshqa dalillarni talab qilib olishi mumkin. Agar sud hujjatning qalbaki ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatning to‘liq yoki bir qismi qalbakiligi aniqlangan taqdirda, sud FPK ning 19-moddasiga muvofiq, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni apellatsiya instansiyasiga ko‘rish jarayonida hujjatning qalbakiligi to‘g‘risida ariza berilgan holda, sudlar mazkur masalani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 2004-yil 21-maydagi 5-sonli qarorining 20 va 21-bandlarida bayon qilingan tushuntirishlardan kelib chiqib hal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Alohida tartibda ko‘riladigan ishlar va mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillarga oid tushuntirishlar tegishlicha keyingi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 3-sonli “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi hamda 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanishi to‘g‘risida”gi Qarorlarida berilganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va viloyat sudlariga vaqti-vaqti bilan quyi sudlar tomonidan fuqarolik ishlar bo‘yicha dalillarga oid qonun normalarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirib, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun choralar belgilashlari tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son