12.12.2008 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 12.12.2008 yildagi 24-son
Date of entry into force
12.12.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA TAYINLASH, O‘TKAZISH VA EKSPERT XULOSASIGA BAHO BERISHDA SUD AMALIYOTIDA KELIB CHIQADIGAN AYRIM MASALALAR HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertizani tayinlash, o‘tkazish, shuningdek ekspert xulosasiga baho berish bo‘yicha sud amaliyotini muhokama qilib, fuqarolik protsessida ekspertizaning tobora keng tarqalayotganligini ta’kidlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspertiza tayinlashda protsessual qonun normalarini asosan to‘g‘ri qo‘llamoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ba’zan ish holati bo‘yicha albatta ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lsada, ishlarni ekspertiza tayinlamasdan hal etish, aksincha, ayrim hollarda maxsus bilim talab etilmaydigan savollarni aniqlash borasida ekspertiza tayinlash yoki ekspertlar oldiga ularning vakolat doirasiga kirmaydigan huquqiy va boshqa masalalarni qo‘yish hollari ham uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish, shuningdek ekspert xulosasini baholash borasidagi sud amaliyotini takomillashtirish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori fuqarolik ishi holatlarini har taraflama, obyektiv tekshirish maqsadida sud muhokamasida fan, san’at, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qilinadigan masalalarni aniqlash uchun ekspertiza tayinlash orqali ushbu soha yutuqlaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish zarurligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sud ekspertizasi deganda, sudning maxsus bilim talab qilinadigan masalalar bo‘yicha tekshiruv olib borish va xulosa berishdan iborat protsessual harakati tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlik faoliyati — bu ekspertizani tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar tizimidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar ekspertiza tayinlash va o‘tkazish masalasini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 6-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlar FPK 58-moddasiga ko‘ra, ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimidagi sud ekspertiza muassasalari, shuningdek, boshqa organlar tomonidan o‘tkazilishini nazarda tutishlari lozim:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasidagi vakolatli organining Sud-tibbiy markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga ekspertiza o‘tkazish yuklanishi mumkin bo‘lgan (ekspertiza o‘tkazishga ixtisoslashmagan) boshqa muassasalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalari ekspertizani O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan belgilangan xizmat ko‘rsatish hududlariga muvofiq amalga oshiradilar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish materiallarini xizmat ko‘rsatish hududiga kirmaydigan ekspertiza muassasasiga yuborilishi sud tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi lozim (takroriy ekspertiza tayinlanganda, tegishli hududdagi ekspertiza muassasasida kerakli mutaxassis yoki asbob-uskuna yo‘qligi yoki boshqa holatlarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlarning e’tibori FPK 58-moddasiga muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sud eksperti sifatida oliy ma’lumotga, istisno hollarda o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan, ekspertizaning tegishli sohasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va sud eksperti malakasiga ega bo‘lgan davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (davlat sud eksperti); sud tomonidan jalb etilgan boshqa (sud-ekspertlik ixtisosiga ega bo‘lmagan) muassasa xodimi yoki mutaxassis ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan ekspertiza o‘tkazish yuklatilgan boshqa (sud-ekspert ixtisosiga ega bo‘lmagan) muassasa xodimi ekspertiza tayinlagan sudning muassasaga bergan topshirig‘ini bajarish tartibida ekspertiza o‘tkazishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarga tushuntirilsinki, protsessual qonun mazmuniga ko‘ra, sudya nafaqat ishni ko‘rish jarayonida, balki ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ish holatlari va taqdim etilgan dalillarga muvofiq, ekspert xulosasi zarur bo‘lgan barcha hollarda ish bo‘yicha tegishli ekspertiza (tibbiy, psixiatriya, tovarshunoslik, buxgalteriya va boshqa) o‘tkazishni tayinlash huquqiga ega (FPK 204-moddasi birinchi qismining 7-bandi). Ekspertiza tayinlashda FPK 95 ― 101-moddalari talabi e’tiborga olinishi, xususan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertlar oldiga ekspert xulosasi bo‘yicha javob berilishi lozim bo‘lgan savollarni qo‘yish huquqi tushuntirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish holatlari bo‘yicha shaxsning ma’lum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim bo‘lgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni ko‘rishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK 121-moddasi), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK 312-moddasi) va sog‘lig‘ining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sog‘ayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar bo‘yicha (FPK 315-moddasi).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomasi yoki o‘zining tashabbusi bilan ish materiallarida mavjud bo‘lgan yoki taraflar tomonidan qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lgan holatlarda, shuningdek, ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida ko‘rilayotganda ekspert tekshiruvi o‘tkazish zaruriyati mavjudligi aniqlanib, lekin uni o‘tkazish yangi holat va dalillarni o‘rganishni talab qilgan holatlarda ham ekspertiza tayinlash huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarga ekspertiza tayinlash haqida sud ajrimi chiqarishni tartibga soluvchi protsessual qonun (FPK 95 — 101-moddalari) normalariga aniq rioya etish zarurligi tushuntirilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi, xususan ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri talab qilinishi aniq va batafsil qayd etilmog‘i lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallar ekspertizaga yuborilayotganda sud tomonidan ekspert ixtiyoriga quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ekspertizani tayinlash haqida ajrim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tekshiruvi obyekti bo‘lgan predmetlar va hujjatlar, zarur hollarda esa taqqoslash tekshiruvini o‘tkazish uchun namunalar hamda o‘zida ekspertiza predmetiga taalluqli ma’lumotlarni mujassamlashtirgan boshqa hujjatlar (ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish va boshqa protsessual harakatlar bayonnomalari, ma’lumotnomalar, ko‘chirmalar, fotosuratlar va boshqa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ekspertiza tayinlagan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ekspertiza tayinlangan ish to‘g‘risida ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ekspertiza tayinlash asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ekspertiza o‘tkazish yuklatilgan muassasaning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) ekspert oldiga qo‘yilgan savollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) taqdim etilgan obyektlar va materiallar, zarur hollarda esa ekspert tekshiruvi obyekti bilan muomala qilishning alohida shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza o‘tkazish turli muassasa shtatida bo‘lgan ikki yoki undan ortiq ekspertlarga topshirilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim bo‘lgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham ko‘rsatilishi lozim. Sudning ajrimi har bir ekspertiza muassasasiga yo‘llanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallarning saqlanilishini ta’minlash maqsadida, ular sud tomonidan o‘ralib, muhrlangan holatda yuboriladi. O‘ramda uning ichidagi predmetning nomi, u qachon, qayerda, kimdan va qaysi ish bo‘yicha olinganligi ko‘rsatilib, sudyaning imzosi va sud muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar ixtiyoriga kseronusxa tarzida yuborilayotgan hujjatlarning asliga mosligi haqida sudya tomonidan belgi qo‘yilishi va imzolanishi hamda sudning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ekspert ixtiyoriga yuborish mumkin bo‘lmagan hollarda (uy, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) sudlar FPK 239-moddasi talabiga muvofiq, obyektlarni joyida ko‘zdan kechirish va tekshirishni tashkil etishlari kerak.
(8-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun faqat javobi nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun dalil bo‘la oladigan va fan, san’at, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qiladigan savollar qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspert oldiga vazifa qo‘yishda ekspertlar xizmatiga qayta murojaat etmaslik uchun javobi muayyan bir ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, barcha kompleks savollarni qamrab olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qilinishi sudning vakolatiga kiruvchi huquq to‘g‘risidagi savollar ekspert oldiga qo‘yilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tegishli ekspertiza tayinlashda, ishning murakkabligi, o‘ziga xosligi va lozim bo‘lgan ekspert tekshiruvi xarakteridan kelib chiqib, sudlar tekshiruv obyektlarini rasmiylashtirish va ekspertga taqdim etish tartibiga aniq rioya etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, sud-xatshunoslik ekspertizasi bo‘yicha ekspertning ixtiyoriga tegishli tekshiruv obyektlarini yuborishda bevosita sud tomonidan eksperimental nusxalar olinishiga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur eksperimental yozuv va imzo nusxalarini talab qilib olish, shuningdek ekspert o‘rganayotgan obyektni ko‘zdan kechirish taraflar albatta xabardor qilingan holda ularning ishtirokida o‘tkaziladi va bayonnoma tuziladi. Lekin tegishli tarzda xabardor qilingan tarafning hozir bo‘lmaganligi mazkur protsessual harakatning amalga oshirilishiga monelik qilmaydi. Ekspert ixtiyoriga yuborish uchun olingan eksperimental nusxalarning haqiqiyligi uchun ishni ko‘ruvchi sudya mas’uldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish uchun materiallarni yuborishda sudlar Oliy sud Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 8-sonli qarorining 14-15-bandlaridagi tushuntirishlaridan ham kelib chiqishlari lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 2-oktabrdagi 16-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa vazifalar qatorida ona va ota tarafidan yaqin va uzoq qarindoshlikni aniqlash masalasini hal etuvchi molekulyar genetikani qo‘llashga asoslangan odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tekshiruvlari usullarining zamonaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, sudlar marhumning merosxo‘rlari o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini aniqlash to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqishda, har bir aniq holat bo‘yicha ona yoki ota tomonidan yaqin va uzoq qarindoshlikni belgilash haqida ish bo‘yicha ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlarning e’tibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPK 135-moddasi talablariga muvofiq ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza o‘tkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza o‘tkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar o‘rtasida teng taqsimlanganligini ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza o‘tkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ekspertizaga yuborilayotgan materiallarni rasmiylashtirish qoidalarining buzilishi ekspertizani o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan taqdirda, ekspertiza muassasasi (uning tarkibiy bo‘linmasi) rahbari ekspertizani tayinlagan sudga yozma tarzda xabar berib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur bo‘lgan choralarni ko‘rishni talab qilishga haqli. Agar ko‘rsatilgan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf qilinmasa, muassasa rahbari materiallarni ijrosiz qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza ish yurituviga taqdim etilgan materiallar tayinlangan ekspertizani o‘tkazish mazkur muassasada ko‘zda tutilmagan, shuningdek muassasa tegishli mutaxassislar yoxud jihozlarga ega bo‘lmagan taqdirda ham qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilayotgan materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, ekspert ekspertiza tayinlagan sudga qo‘shimcha materiallar taqdim qilinishi haqida ekspertiza muassasasi rahbari (uning tarkibiy bo‘linmasining rahbari) orqali yozma ravishda iltimosnoma yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha materiallar bir oy ichida taqdim qilinmagan taqdirda, ekspert mavjud materiallar asosida tekshiruv o‘tkazadi. Birorta ham masalani hal qilish imkoni bo‘lmasa, bu haqida ekspert dalolatnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga FPK 59-moddasining ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqqan holda ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch. hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarning e’tibori, fuqarolik ishlarini ko‘rishda sansalorlik va ishlarni ko‘rish muddati cho‘zilib ketishining oldini olish maqsadida o‘z vaqtida ekspertiza tayinlash, uni o‘tkazish muddatlariga qat’iy rioya qilish lozimligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimining o‘z vaqtida bajarilishini aniqlashda, sudlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada belgilangan ekspertiza o‘tkazish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 2-oktabrdagi 16-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, ekspertiza o‘tkazish muddatlarini ekspertiza o‘tkazuvchi muassasa (uning tuzilmaviy bo‘linmasi) rahbari ekspertlarning bandligini inobatga olgan holda quyidagicha belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 kun — obyektlar soni ko‘p bo‘lmagan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etmaydigan ishlar bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun — obyektlar soni ko‘p bo‘lgan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etadigan ishlar bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 kun — obyektlar soni ko‘p bo‘lgan ishlar bo‘yicha (masalan, qurilish-texnik ekspertizalari, DNK sud-biologik ekspertizasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar qo‘shimcha, qayta, kompleks va komissiyaviy ekspertiza tayinlash asoslari va tartibini qat’iy farqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan qo‘shimcha ekspertiza ekspertning dastlabki xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida, xulosa to‘liq bo‘lmagan yoki yetarli darajada aniq bo‘lmagan hollarda, xulosa yuzasidan ekspertni so‘roq qilish orqali bartaraf etish imkoni mavjud bo‘lmagan va majburiy qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish talab etiladigan, shuningdek ilgari tekshiruv o‘tkazilgan fuqarolik ishining holatlari bo‘yicha yangi savollar tug‘ilgan taqdirda tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. FPK 96-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertiza muqaddam xulosa berilgan obyektlarga nisbatan sud tomonidan avval qo‘yilgan savollar yuzasidan tayinlanadi, biroq uni o‘tkazish boshqa ekspertga (yoki ekspertlar komissiyasiga) topshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertizani o‘tkazish ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga asos qilib olingan dalillar haqiqiy emas deb tan olingan yoki ekspertiza o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasi ishning haqiqiy holatlariga zid bo‘lsa yoki ishni ko‘rish vaqtida ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi holatlar aniqlansa, sud tomonidan qayta ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosalariga qo‘shilmasa, qayta ekspertiza tayinlash majburiy emas. Ushbu masalani hal etayotganda ekspertiza predmeti bo‘lgan holatlarga doir ishda boshqa dalillarning mavjudligi, shuningdek takroriy ekspertiza o‘tkazishning amaliy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bo‘yicha taraflarning ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qo‘shilmasligi, mutaxassis fikri mavjudligi va boshqa vajlar qayta ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘la olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertiza xulosasida ekspertning (yoki ekspertlar komissiyasining) oldingi ekspertiza xulosasining to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi haqidagi xulosasi qaysi ma’lumotlarga asoslanganligi ko‘rsatilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kompleks ekspertiza u yoki bu holatlarni alohida ekspertiza o‘tkazish orqali aniqlash mumkin bo‘lmagan, yoxud u bir ekspert mutaxassisligining eksperti yoki ekspertlar komissiyasining vakolati doirasidan chiqqanida sud tomonidan tayinlanadi. Kompleks ekspertiza o‘tkazilayotgan vaqtda har bir ekspert tekshiruvni o‘z vakolati doirasida o‘tkazishi lozim. Xulosada har bir ekspert qanday hajmda qanaqa tadqiqotlar o‘tkazganligi, u shaxsan qanday faktlarni aniqlaganligi va qanday xulosaga kelganligi ko‘rsatilishi lozim. Har bir ekspert xulosaning o‘zi tekshiruv o‘tkazgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Bunda ekspertlar birgalikda xulosa tuzish huquqiga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiyaviy ekspertiza tarkibi sud yoki shu ekspertiza turini o‘tkazishni tashkil etayotgan sud-ekspertlik muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan bir ixtisosdagi bir nechta (2 tadan kam bo‘lmagan) ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Ekspertiza oldiga qo‘yilgan topshiriqni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda har bir komissiyaviy ekspert tekshiruvni mustaqil va alohida holda olib boradi. Olingan natijalar birgalikda tahlil qilinib, umumiy fikrga kelingach, ekspertlar birgalikda xulosa (yoki xulosa berib bo‘lmaslik to‘g‘risidagi dalolatnoma) tuzadilar va imzolaydilar. Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, komissiya tarkibidagi har bir ekspert kelishilmagan masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi FPK 98-moddasiga ko‘ra, ekspert xulosasi yetarlicha tushunarli bo‘lmaganda sud ekspertni chaqirish yo‘li bilan xulosasini og‘zaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega va bu sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, o‘qib beriladi hamda ekspert tomonidan imzolanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga faqat xulosa bergan ekspert chaqirilishi va bergan xulosasi doirasida so‘roq qilinishi mumkin. Agar sudda tug‘ilgan qo‘shimcha savollarga javob olish uchun tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘lsa, qo‘shimcha ekspertiza tayinlash masalasi muhokama qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning chaqiruvi bo‘yicha kelish va o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan xolis xulosa berish ekspertning majburiyati ekanligidan kelib chiqqan holda ekspert zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari to‘g‘risidagi protsessual qonun talablariga og‘ishmay rioya qilish, shuningdek bila turib yolg‘on xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga ko‘ra xulosa berishdan bosh tortganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari asosida javobgar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirilishi lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ekspert xulosasi deganda, ekspert tomonidan yozma shaklda taqdim etilgan, muayyan fuqarolik ishini to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, sud ajrimi asosida uning oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, batafsil tadqiqot qilingan va asoslantirilgan xulosalarni ifoda etgan, dalil turining biri tushuniladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga muvofiq, ekspert xulosasi kirish, tekshiruv va xulosadan iborat bo‘lishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. FPK 80-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga ko‘ra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspert xulosalarini baholashda uning malakasini, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligini, qo‘llanilgan usullarning ishonchli asoslantirilganligini, shuningdek ekspertlarga yetarli materiallar va tegishli tekshiruv obyektlari taqdim etilganligini hisobga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertning ehtimol tutilgan xulosasi sud qaroriga asos qilib olinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ekspert xulosasi bilan kelishmaganligi ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatida asoslantirilishi shart.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Taraflar uzrsiz sabablarga ko‘ra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza o‘tkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgan holatlarda sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarorining 18-bandidagi tushuntirishga asoslanishlari lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son