Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2011 11.09.1998 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 11.09.1998 yildagi 22-son
Date of entry into force
11.09.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi respublika sudlarining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda oilani har tomonlama himoyalashga, bolalarni Vatanga va oilaga sadoqat ruhida ijtimoiy tarbiyaga mos holda, oila va jamiyat oldida javobgarlik hissida tarbiyalashga qaratilganligini ta’kidlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-sentabrdan amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy normalarga asoslangan. Oilani mustahkamlash, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda oila a’zolarining manfaatlarini qo‘riqlash, voyaga yetmagan bolalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarini himoyalashning ustunligini nazarda tutish uning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga sudlar faoliyatida nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko‘rishda oila hamda fuqarolik protsessual qonunlarini qo‘llashda jiddiy xatolar mavjuddir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda da’vo arizalarini qabul qilish, ishlarni sudda ko‘rish uchun tayyorlash tartibini belgilovchi qonunlarning talablari bajarilmayotir, voyaga yetmagan farzandlari va mulkiy nizolari bo‘lmagan taqdirda nikohdan sudsiz ajralish tartibi mavjudligi taraflarga tushuntirilmayotir. Ba’zi sudlar bunday nizolarni hal qilishda shoshma-shosharlikka va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdalar, er-xotinlarni yarashtirish choralarini ko‘rmayotirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinlarni yarashtirish uchun muhlat berishni bayonnoma asosida olib borish, taraflarning sudga kelmaganliklari sababli ish yuritishni asossiz ravishda tugatish hollari ko‘p uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ba’zi sudlar ish bo‘yicha muayyan holatlarni yetarli ravishda tekshirmaydilar, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, nikohdan ajralish asoslarini, oiladagi kelishmovchiliklarning haqiqiy sabablarini to‘liq aniqlamaydilar. Taraflarning nikohdan ajratish talablariga asos qilib qo‘ygan vajlarini tekshirish uchun kamdan-kam hollarda guvohlar so‘raladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabar berilmagan va u ishtirokisiz ishni ko‘rishga rozilik bermagan vaziyatda er-xotindan birortasi yo‘qligida nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan holatlar ham uchrab turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish haqidagi da’volarni qanoatlantira turib, sudlar nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan farzandlar ota-onadan qaysi biri bilan yashab qolishini, qonunga zid ravishda hamma vaqt ham aniqlamaydilar. Da’vo berilgan-berilmaganidan qat’i nazar, bolalar ta’minoti uchun sudning nafaqa undirish huquqi borligi, ba’zi talablarini esa, (jumladan, kvartirani bo‘lish, uyga kiritib qo‘yish va ko‘chirish) nikohdan ajratish haqidagi ish bilan bir vaqtda ko‘rilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qonun talabi e’tibordan chetda qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulklarni bo‘lish va ularning qiymatini aniqlash haqidagi nizolarni hal qilishda ham xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘pchilik ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari Fuqarolik protsessual kodeksi talablariga javob bermaydi. Ularda taraflarning o‘zaro munosabatlarining tavsifi va ajralish sabablari yoritilmaydi, sudning u yoki bu dalillarni e’tiborga olmasligi uchun asos bo‘lgan holatlar, sud qo‘llagan qonunlar ko‘rsatilmaydi. Xulosa qismida nikohdan ajralishni fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar keltirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji taraflarning moddiy ahvoli, shuningdek nikohning tugatilishiga ulardan qaysi birining sababchi ekanligini hisobga olmagan holda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishiga xavf tug‘diradigan er yoki xotinning oiladagi noloyiq xulqiga ko‘pincha tegishli chora ko‘rilmasdan qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaning jamiyatdagi mavqeyi hamda kelajak avlodni sog‘lom tarbiyalashdagi oshib borayotgan ahamiyatini e’tiborga olib, shuningdek yangi Oila va Fuqarolik-protsessual kodekslari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika sudlariga oilani mustahkamlash, er-xotinlar va ular farzandlarining qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan kelib chiqqan holda nikohdan ajratish haqidagi ishlarni fuqarolik ishlarining eng muhim turkumlaridan biri deb hisoblash va bunday ishlarni ko‘rishga e’tiborni kuchaytirish majburiyati yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh oilalarning va voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan er-xotinlarning nikohlarini mustahkamlashga va ularning barqarorligini saqlab qolishga sudlarning alohida e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasi talabiga ko‘ra, nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar muomala layoqatiga ega bo‘lmagan er yoki xotinning manfaatini himoya qilish talab qilinsa, zarur hollarda nikohdan ajralish haqidagi da’vo vasiy yoki prokuror tomonidan qo‘zg‘atiladi. Sud O‘zbekiston Respublikasi FPKning 48-moddasi 2-qismiga muvofiq, vasiylik organini ish bo‘yicha tegishli xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 241-moddasidagi da’vogarning tanlashi bo‘yicha sudlovga taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalardagi istisnolar hisobga olingan holda nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’volar qoida tarzida, javobgar doimiy yashab turgan joyidagi tuman (shahar) sudida qo‘zg‘atiladi (FPKning 145-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oila kodeksining 39-moddasiga binoan, er xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. Bolaning otasi deb qayd etilmagan hollarda ham er bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida xotinining roziligisiz nikohdan ajralish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli emas. Ushbu qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki 1 yoshgacha yashamay, vafot etgan hollarga ham tatbiq qilinishi lozim. Nikohdan ajralish to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun xotinining roziligi bo‘lmasa, sud eridan da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar qabul qilingan bo‘lsa, ish yurgizishni tugatadi. Xotin sudda ish qo‘zg‘atishdan oldin erining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishga rozilik berib, ishni ko‘rishda unga qarshilik bildirsa ham ish yurgizishni tugatish lozim bo‘ladi. Ko‘rsatilgan holatlar xotinning o‘zi nikohdan ajratish masalasini qo‘yishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xotinning homiladorligi va nikohdan ajralishga roziligi yo‘qligi ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqichida ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lib qolsa, ish yuritish shu bosqichda tugatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajralishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, qoida bo‘yicha ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ajratiladi (Oila kodeksining 42-moddasi). Er-xotin o‘rtasida muhtoj bo‘lgan mehnatga layoqatsiz er yoki xotinga ta’minot to‘lash haqida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulkini bo‘lish haqida nizo bo‘lsa, er-xotin yoxud ulardan biri nikohdan ajratish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratishning iloji bo‘lmaganligi haqida dalillar (nikohdan ajratish haqida ariza bergan er-xotindan birining nikohdan ajratishni qayd qilish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga kelmaganligi yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishga ariza berishdan bosh tortganligi va shunga o‘xshash holatlar to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining xati) mavjud bo‘lganda, sud nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizani qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oila kodeksining 43-moddasida nazarda tutilgan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bilan nikohdan ajratish tartibini spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalarni suiiste’mol qilish natijasida muomalaga layoqatliligi cheklangan fuqarolar bilan nikohdan ajratish holatlariga tatbiq qilish mumkin emas. Qayd etilgan shaxslar bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’volar yoki bundaylarning nikohdan ajratish da’volari da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Uch yildan kam bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudlovga tegishliligi bo‘yicha umumiy qoidalarga rioya qilgan holda ko‘rilishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da’vo ariza FPKning 145-moddasiga ko‘ra sudning ish yuritishiga qabul qilinadigan bo‘lsa, bunda uning hukm qilinguniga qadar oxirgi yashash joyidan kelib chiqish lozim bo‘ladi. FPK 241-moddasining 11-qismiga binoan uch yildan kam bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi ishlar, da’vogarning xohishiga qarab, u yashaydigan joyda ko‘riladi. Uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va Oila kodeksining 44-moddasida ko‘rsatilgan boshqa nizolari bo‘lmagan shaxslar bilan nikohdan ajratish Oila kodeksining 43-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yashash joyi noma’lum bo‘lgan shaxs bilan nikohdan ajratish haqidagi da’vo, da’vogarning xohishiga qarab javobgarning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyi yoki uning mulki turgan joydagi sudda, agar da’vogar bilan voyaga yetmagan farzandlari yashayotgan bo‘lsa yoki sog‘lig‘i tufayli javobgarning yashash joyiga borish qiyinchilik tug‘dirsa, da’vogarning yashash joyidagi sudda qo‘zg‘atilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarga ketgan va manzilgohi ma’lum bo‘lgan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da’vo, da’vogarning xohishiga qarab (javobgarning oxirgi yashash joyi yoki yangi yashash joyida), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirmaydigan boshqa davlatlarga ketgan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da’volar esa da’vogarning yashash joyidagi sudda qo‘zg‘atilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oila kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxslar bilan nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuning uchun bir yil davomida o‘zining yashash joyi haqida ma’lumot bo‘lmagan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan murojaat qilinganda, sudya bunday da’vo bilan murojaat qilgan er yoki xotinga fuqarolarni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi tartibni tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, agar er yoki xotin xotini yoki erini bedarak yo‘qolgan deb topish haqida ariza berishdan bosh tortsa, sudya da’vo arizani qabul qilishni rad etishga haqli emas, sud bunday shaxs bilan nikohdan ajratish haqidagi da’voni umumiy asoslarda ko‘rishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan tuzgan nikohlaridan, chet el fuqarolarining bir-biri bilan tuzgan nikohlaridan ajratish, shuningdek ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlariga tegishli nizolarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 5-bo‘limida qayd etilgan normalar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirgan davlatlar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Konvensiya)lar asosida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nikohdan ajratish haqidagi da’vo ariza FPKning 149-moddasi talabiga javob berishi kerak. Shuningdek, unda qachon va qayerda nikoh rasmiylashtirilganligi, nikohlaridan farzandlari bor-yo‘qligi, ularning yoshi, er-xotin o‘rtasida farzandlarini ta’minlash va tarbiyalash haqida kelishuv bo‘lgan-bo‘lmaganligi, nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan boshqa talablar qo‘yilayotganligi yoki yo‘qligi, nikohdan ajralish sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Arizaga nikoh haqidagi guvohnoma, bolalarning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va o‘zga daromadlari haqidagi hujjatlar va boshqa zarur bo‘lgan hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nikohdan ajratish ishlarini vakillar orqali yuritish qonunga zid emas. Lekin bu turkumdagi ishlarning xususiyatini hisobga olib, ular qoidaga ko‘ra er-xotinning bevosita o‘zlari ishtirokida ko‘rilishi lozim, faqat alohida hollardagina (og‘ir kasallik, uzoq muddat bo‘lmaslik va boshqalar) nikohdan ajratish taraf ishtirokisiz, faqat vakilning ishtiroki bilan ko‘rilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishni sudda ko‘rishga puxta tayyorlash zarurligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Sudya tomonidan FPKning 160-moddasiga muvofiq olib borilgan barcha tayyorgarlik harakatlari ajrimda o‘z aksini topishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya nikohdan ajratish haqidagi arizani qabul qilib, odatda javobgarni chaqirishi, uning ushbu arizaga munosabatini aniqlashi, er-xotinni yarashtirish choralarini ko‘rishi shart. Qolaversa, sudya taraflarning har biri bilan alohida, shuningdek ularning har ikkalasi bilan birgalikda oilani saqlab qolish masalasida suhbat o‘tkazishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida, sudya, er-xotin o‘rtasida sud tomonidan hal etiladigan boshqa nizoli masalalar bor-yo‘qligini aniqlaydi, qanday talablar nikohdan ajralish haqidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rilishi mumkinligini tushuntiradi, taraflar o‘rtasida muqaddam nikohdan ajralish haqidagi ish bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlaydi, agar bunday ish bo‘lsa, uni taraflarning haqiqiy munosabatlarini aniqlash maqsadida, sud majlisida ko‘zdan kechirish uchun chaqiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni tayyorlashni yetarli deb topgach, sudya ishni sudda ko‘rishga tayinlash haqida ajrim chiqaradi (FPKning 161-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nikohdan ajratish haqidagi ishni ko‘rishda sud er-xotinni yarashtirish va oilaviy vaziyatni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rishga majburligini nazarda tutmoq lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinni yarashtirish choralarini ko‘rishda sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud o‘z tashabbusiga ko‘ra ishning ko‘rilishini boshqa vaqtga qoldirishga va er-xotinga yarashishlari uchun Oila kodeksining 40-moddasida ko‘rsatilgan doirada muhlat belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud yarashtirish uchun berilgan muddatda, er-xotinni yarashtirish maqsadida, zarur holatlarda ajrim nusxalarini ular yashaydigan joydagi xotin-qizlar qo‘mitalariga, mahalla kengashlariga va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga muhokama qilish va yarashtirish uchun yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning ko‘rilishi boshqa vaqtga qoldirilayotgan muhlat er-xotinning o‘zaro munosabatlarini va ularning yashab ketish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilani saqlash manfaatida sud ikkinchi marta ishni ko‘rishni qoldirishga va er-xotinning yarashishi uchun qonunda ko‘rsatilgan, olti oygacha bo‘lgan muhlatni belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq holatlarni hisobga olgan holda sud er-xotinning yoki ulardan birining arizasiga ko‘ra, ularga yarashishlari uchun berilgan muhlatni o‘zgartirishga va bu muhlat o‘tgunga qadar ishni ko‘rishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yarashish uchun muhlat berish haqidagi ajrim, ish holatlari tekshirilganidan va sudga murojaat qilishga olib kelgan haqiqiy asoslar aniqlanganidan keyin chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning yarashishi uchun ish ko‘rishni boshqa kunga qoldirish haqidagi ajrim alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi (FPKning 237-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning yarashishi uchun ish ko‘rishni boshqa kunga qoldirish haqidagi ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilmasligi sababli uning ustidan FPKning 346, 34816-moddasiga muvofiq apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasi 2-qismiga muvofiq, sudlar ajralishayotgan er-xotinlarning voyaga yetmagan farzandlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya nikohdan ajratish haqidagi arizani qabul qilishda, shuningdek sud ishni ko‘rish jarayonida, er-xotin nikohdan ajralgan taqdirda, o‘rtalaridagi farzandlarini ta’minlash va tarbiyalash haqida o‘zaro kelishuvga kelgan-kelmaganligini aniqlashi shart. Agar bunday kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa, sudya bolalarning qaysisi ota-onadan qaysi birida qolishi va ularning ta’minoti uchun nafaqa undirish masalasini hal qilish tartibini tushuntiradi. Shuningdek, sud ajrashayotgan ota-onaga boladan alohida turadigan ota yoki ona bolani ta’minlash va tarbiyalashda ishtirok etishga majburligi, bola bilan birga ota yoki ona boshqa turadigan ota yoki onaga bu masalada qarshilik ko‘rsatishga haqli emasligini tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota yoki onaning bolani o‘z tarbiyasiga olib berish haqidagi da’vosi rad qilingan holda bu ota yoki ona otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sharoitlar o‘zgarganda (ota yoki ona bilan bola o‘rtasidagi munosabatlar tiklangan, bolaning yashash sharoitlari yomonlashgan va boshqa hollarda) manfaatdor ota yoki ona bolani o‘z tarbiyasiga olib berish haqida qaytadan da’vo qo‘zg‘ash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida, sud ishda aniqlangan holatlarga muvofiq OKning 44-moddasi 2-qismidagi qoidani hisobga olgan holda da’vo qo‘zg‘atilgan-qo‘zg‘atilmaganligidan qat’i nazar bolalar tarbiyasi uchun nafaqa undirish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilgan va er-xotinga yarashish uchun muhlat berilganda sud FPKning 263-moddasi va OKning 112-moddasiga ko‘ra ish ko‘rilguniga qadar bolalar ta’minoti uchun nafaqa undirish masalasini muhokama qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish haqidagi da’vo rad qilingan holda nafaqa undirish to‘g‘risidagi talab mazmunan ko‘rish uchun alohida ish yuritishga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar nafaqa undirish haqidagi talab sirtdan hal qiluv qarori chiqarish tartibida (FPKning 224-moddasi) hal qilingan bo‘lsa, nafaqa to‘lashga majbur bo‘lgan shaxs sudning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqida sudga ariza berishi mumkin. Agar qarzdor sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorning bekor qilinishini talab qilsa, sudya nafaqa undirish haqidagi ushbu qarorni bekor qilish haqida ajrim chiqaradi va ishni Fuqarolik-protsessual kodeksida belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘radi (OK 235-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajralish protsessida qo‘zg‘atilgan nafaqa undirish haqidagi talabni alohida ish yuritishda ko‘rishda, agar FPKning 263-moddasi tartibida muqaddam nafaqa undirilmagan bo‘lsa, Oila kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, nafaqa sudga murojaat qilingan kundan boshlab undirilishini, agar sud tomonidan da’vogar aliment undirish uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramay, javobgar uni to‘lashdan bosh tortgani sababli aliment undira olmaganini, shuningdek da’vogar oilani saqlab qolish maqsadida yoki boshqa uzrli sabablar bilan o‘z vaqtida da’vo taqdim qilmaganligi aniqlansa, sud ish holatlariga qarab, o‘tgan vaqt uchun, ammo uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga aliment undirish mumkinligini nazarda tutishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar ta’minoti uchun nafaqa undirish to‘g‘risidagi da’vo qo‘zg‘atilganda, ikkinchi tomon tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd qilish daftaridagi yozuvda otasi yoki onasi deb yozilganiga e’tiroz bildirsa, bu ikki talab nikohdan ajratish haqidagi ishdan alohida ish yuritishda birgalikda ko‘rish uchun ajratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud er-xotinning o‘zaro munosabatlarini, nikohdan ajratish uchun qo‘yilayotgan asoslarni, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini har tomonlama tekshirishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar oilaning barbod bo‘lganlik sabablarini aniqlab, er-xotinning noloyiq xatti-harakati hamda oilaning barbod bo‘lishiga sababchi bo‘lgan boshqa shaxslar ustidan alohida ajrimlar chiqarishi, tarbiyaviy xaraktyerga ega bo‘lgan choralar ko‘rishi, oilaviy kelishmovchiliklarni echishga yordam berish uchun ajrim nusxalarini ularning ish, o‘qish yoki yashash joylaridagi xotin-qizlar qo‘mitalariga yuborishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish haqida da’vo qo‘zg‘atishga er-xotindan birining spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishi sabab bo‘lgan bo‘lsa, sudlar surunkali ichkilikbozlik kasaliga duchor bo‘lgan shaxsni majburiy davolashga yuborish chorasini ko‘rishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadda, sud, qoidaga ko‘ra, ishni er-xotinning har ikkalasi ishtirokida ko‘rishi lozim. Er-xotindan biri kelmaganida ishni ko‘rishga faqat favqulodda hollardagina (FPKning 174-moddasi) va asoslantirilgan sudning ajrimiga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi mumkin. Er-xotindan biri doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ko‘chib ketgan bo‘lsa, sud ishning ko‘rilishi haqida unga xabar qiladi va uning sudga kelish imkoniyati bo‘lmaydigan hollarda sud tegishli ajrim chiqarib, ishni mazmunan ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oiladagi vaqtinchalik kelishmovchilik, tasodifiy sabablarga ko‘ra er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan nizolar, shuningdek jiddiy asoslarga ega bo‘lmagan sabablarga ko‘ra er-xotindan birining yoxud har ikkalasining nikoh munosabatini davom ettirishini xohlamasligi nikohni bekor qilish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Er-xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘qligi, ya’ni oilaning tamomila barbod bo‘lganligi aniqlansagina, sud nikohdan ajratish haqidagi talabni qanoatlantirishga haqli (OKning 41-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasida, nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar yoritilgan. Nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan bir vaqtda er-xotinning ushbu qonunda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa talablarini ko‘rib chiqish qonunda ko‘zda tutilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning nikohgacha bo‘lgan xususiy va boshqa mulklarini undirish haqidagi talablari nikohdan ajratish ishida ko‘rilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nikohdan ajratish masalasi ko‘rilayotgan sud jarayonida ushbu ish bilan birga hal qilinishi mumkin bo‘lmagan talablar qo‘yilgan bo‘lsa, bu talablar ko‘rmasdan qoldiriladi va sud manfaatdor tarafga nizoni umumiy asoslarda, alohida da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan (davlat bojini to‘lab) hal etish mumkinligini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud bir ish yuritishda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nikohdan ajratish va nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volarni hal qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oila kodeksining 29-moddasi er-xotinga nikohda bo‘lgan davrlarida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda o‘zgalarning mulki huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv tuzishlariga imkon berishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikoh shartnomasining subyektlari bo‘lib faqat nikohga kiruvchi shaxslar va er-xotinlar bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkinligini, nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kirishini, nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozimligini nazarda tutish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasiga Oila kodeksining 31-moddasida ko‘rsatilgan munosabatlardan tashqari, er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oila kodeksining 23-moddasi er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulklari ekanligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohni FHDY organlarida qayd qildirmagan holda bir oila bo‘lib yashagan shaxslarning mulkiy munosabatlari fuqarolik qonunlari me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oila kodeksining 25-moddasiga muvofiq, er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoxud boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulklari ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning tekinga olgan mulklari, jumladan to‘y munosabati bilan olgan sovg‘alar (to‘ydan keyin o‘tkaziladigan marosimlardan olgan sovg‘alari), agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo‘lsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda to‘y sovg‘alari er-xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha er yoki xotinning xususiy mulki hisoblanadi (qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning nikohga (to‘yga) qadar olgan hadyalari (masalan, kelinning sepi va sh.o‘.), bu buyumlardan turmushda foydalanish imkoniyatidan qat’i nazar, ularning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan mulkiga nikohlari davomida shu mulkning qiymatidan ancha oshiq mablag‘ sarflanganligi (qayta ta’mirlash, qo‘shimcha qurilish qilish, qayta o‘zgartirish va h.k) aniqlansa, bu mulk er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nikohdan ajratish haqidagi nizoni hal qilishda, sudlar to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi talablarning qanoatlantirmasligini nazarda tutishlari shart (OKning 44-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolari, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamg‘arma va kredit muassasalari yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlar faqat qayd qilingan nikohda turgan er-xotin o‘rtasida bo‘linishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotindan biri, ikkinchisi tomonidan uchinchi shaxs nomiga qo‘yilgan omonatning bo‘linishini talab qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotindan birining nomiga qo‘yilgan omonatni bo‘lish haqidagi nizoni uchinchi shaxslarning talabiga ko‘ra alohida ish yurgizishga ajratib bo‘lmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 768-moddasida ko‘rsatilgan hol bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonatning uchinchi shaxs mablag‘i hisobiga (pul yuborish, o‘tkazish va h.k.) yig‘ilganligini aniq isbotlovchi dalillar sudga taqdim qilingan taqdirda, mazkur shaxs er-xotinga nisbatan omonatni bo‘lish haqida emas, balki nizolashayotgan summani qaytarib berish to‘g‘risida alohida tartibda da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligining mol-mulkini bo‘lish Fuqarolik kodeksining 223 va 225-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oila kodeksining 27-moddasiga muvofiq, er-xotin o‘rtasida bo‘linadigan mulklar tarkibiga ularning nikoh davomida orttirgan va mavjud bo‘lgan yoxud uchinchi shaxslarda bo‘lgan, mulklari (shu jumladan, pul mablag‘lari) kiradi. Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o‘rtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar er-xotindan biri umumiy mulkni eri yoki xotinining ixtiyoriga qarshi va oila manfaatiga mos bo‘lmagan holda o‘z ixtiyori bilan ishlatib yuborgan yoki boshqa shaxsga o‘tkazgan bo‘lsa, uni bo‘lishda bu mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy munosabatlar tugatilganida, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkini ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmasa, haq undirish er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib berilishini talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Er-xotindan birining majburiyatlari bo‘yicha orttirgan barcha ashyolari oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligi aniqlansa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek ulardan birining majburiyatlari bo‘yicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga ham qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda er-xotin ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning ulushlari teng hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud voyaga yetmagan bolalarning manfaatini yoki er-xotindan birining e’tiborga sazovor manfaatlarini hisobga olib, jumladan agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga ko‘ra daromad olmagan bo‘lsa yoki er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan bo‘lsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar er va xotindan biri umumiy mol-mulkni er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos bo‘lmagan holda o‘z xohishiga ko‘ra sarflagan yoki boshqa shaxsga o‘tkazgan bo‘lsa, uni bo‘lishda bu mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud er-xotinning umumiy mulkidagi hissani teng qilib belgilash qoidasidan chetga chiqish asoslarini hal qiluv qarorida ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. FPKning 210-moddasiga muvofiq, sud mol-mulkni asl holida undirish to‘g‘risida chiqargan hal qiluv qarorida, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida bo‘lingan mulk naqd bo‘lmasa, javobgardan undirib olinishi lozim bo‘lgan mulkning qiymatini ham hal qiluv qarorida ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotindan biriga u yoki bu mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mulkning xarakteri va qanday ehtiyoj uchun mo‘ljallanganligani, sotib olish shartlarini va boshqa e’tiborga molik holatlarni e’tiborga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chunonchi, avtomobilni bo‘lishda sud er-xotindan qaysi biri undan haqiqatda foydalanganligini, texnik holatiga qarab kelganligini, uni boshqarish uchun huquqi borligini va h.k.larni e’tiborga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan uy-joyni bo‘lish haqida nizo bo‘lgan taqdirda, sudlar uy-joyga bo‘lgan umumiy mulk huquqini tartibga soluvchi qonun normalari talablarini hisobga olgan holda uyni asl holida bo‘lish mumkinligi masalasini muhokama qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyning qiymati hal qiluv qarori chiqarilayotgan vaqtdagi nizoli uy joylashgan hududda amalda bo‘lgan narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning boshqa mulklari qiymatini, ularning ishlatilganlik darajasini hisobga olgan holda, aniqlash uchun, zarur hollarda tegishli ekspertiza tayinlash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulklarning qiymati o‘zgarganda ularning qiymati hal qiluv qarori chiqarilayotgan kunda amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bolalar ham o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulklar va ulardan kelgan daromadlarga mulkdor hisoblanishlariga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-ona va bolalarning o‘rtasida kelib chiqqan umumiy mulklariga bolalarning egalik qilishi, ulardan foydalanishi va ularni tasarruf etishi fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Oila kodeksi 27-moddasining 9-qismida ko‘rsatilgan, ajralgan er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkini bo‘lish haqidagi talablari uchun belgilangan uch yillik da’vo muddatining o‘tishi, er yoki xotin o‘zining huquqi buzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlanadi. Da’vo muddati nikohdan ajratish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Sud nikohdan ajratish haqidagi da’voni rad etgan bo‘lsa, nikohdan ajratish bilan birga berilgan boshqa nizolarni hal qilmaydi. Bunday vaziyatda taraflar sudlovlik haqidagi qoidaga rioya qilgan holda bu talablar bo‘yicha qaytadan da’vo qo‘zg‘atishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Nikohdan ajratish yoxud nikohdan ajratishni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi hamda sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning sabablari, sudning oilani saqlash imkoniyati borligi yoxud uning batamom barbod bo‘lganligi haqidagi xulosaga kelishi uchun asos bo‘lgan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni inobatga olmasligi uchun asos qilib olgan vajlari, sud qo‘llagan qonunlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish haqidagi da’voni qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi taraflarning barcha talablari bo‘yicha, shu jumladan birgalikda ko‘rish uchun birlashtirilgan talablari bo‘yicha ham sudning xulosalarini o‘z ichiga olishi lozim. Shuningdek, hal qiluv qarorining bu qismida zarur ma’lumotlar (nikoh qayd qilingan vaqt, dalolatnoma yozuvining soni, nikohni qayd qilgan organning nomi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning soni) ham ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning familiyalari hal qiluv qarorida nikoh qayd etilganlik haqidagi guvohnoma asosida yoziladi. Nikohga kirgan vaqtda familiya o‘zgargan bo‘lsa, hal qiluv qarorining kirish qismida nikohgacha bo‘lgan familiya ham ko‘rsatiladi. Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud uning xohishiga binoan sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin. hal qiluv qarorida er-xotindan qaysi biridan va qaysi miqdorda davlat boji undirilishi va er-xotindan qaysi biri uni to‘lashdan ozod qilinganligi haqida to‘liq va aniq ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratilgan holda er-xotindan undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining miqdorini belgilashda sud ularning har birining moddiy ahvolini, oilaning barbod bo‘lishidagi aybi darajasini va boshqa muayyan holatlarni, jumladan voyaga yetmagan bolalarning er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Sudlarga tushuntirilsinki, xuddi shu taraflar tomonidan avvalgi asoslar bo‘yicha nikohdan ajratish haqida qaytadan berilgan da’vo ariza sudning ish yuritishiga sudning da’voni rad qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori yoxud da’vogarning da’vodan voz kechgani yoki taraflar yarashganligi sababli ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi qonuniy kuchga kirganidan so‘ng olti oydan kam bo‘lmagan muddat o‘tgach, qabul qilinishi mumkin. Bunday da’vo ariza yangi asoslarga ko‘ra yuqoridagi muddatga rioya qilinmasdan ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Taraflarning yarashganligi uchun, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra ish yuritish tugatilganda, sud FPKning 237-moddasiga muvofiq ajrim chiqarishi lozim va taraflarga nikoh haqidagi guvohnomani qaytarib berishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Taraflarga yarashishi uchun muhlat berishda ham, shuningdek ishni mazmunan ko‘rishda ham, oilani saqlab qolish manfaati uchun ehtiyoj yuzaga kelsa, zarur hollarda, jamoat vakillarini ishga jalb qilish sudlarga tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan, nikohdan sudda ajratilganda esa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab nikoh tugatilgan hisoblanadi. Oila kodeksining 47-modda 1-qismida belgilangan nikohning tugatilish vaqti 1998-yil 1-sentabrdan keyin ajratilgan nikohlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori nusxasi nikohdan ajratilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tenglashtiriladi (OKning 47-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oila kodeksining 49-moddasiga muvofiq, qonunda belgilangan nikoh tuzish shartlarini buzib qayd qilingan nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Jumladan, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari bo‘lmasa, boshqa bekor qilinmagan nikoh mavjud bo‘lsa, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa, loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikohga kirilgan bo‘lsa soxta nikoh, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay tuzgan nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nikohga kiruvchining nikohni qayd qilish vaqtida o‘z harakatlarining mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi, shu sababli nikohga kirishga haqiqiy roziligini ifoda eta olmaganligi aniqlansa ham nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agar sud tomonidan nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lsa, nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo, qayd qilingan qaror bekor qilinganidan keyingina ko‘rilishi lozim, chunki sud bunday qarorni qabul qilishda nikohning haqiqiylik faktidan kelib chiqqan. FPKning 60-moddasiga muvofiq, bunday hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar va huquqiy munosabatlarga o‘sha shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlarini ko‘rayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida nikohdan ajratilgan, keyinchalik esa nikohdan ajratish qayd qilinganlik yozuvini bekor qilish va uni haqiqiy emas deb topish haqida talab qo‘yilganida, sud bu har ikki talabni bir vaqtda hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ish bo‘yicha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilinganidan keyin sud ishni yangidan ko‘rishda nikohdan ajratilganlik fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida qayd qilingan-qilinmaganligini tekshirishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida nikohdan ajralish qayd qilingan taqdirda sud yangi qaror chiqara turib, bu yozuvni bekor qilish masalasini hal qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bu vaqtga qadar er-xotindan biri yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bu nikohning haqiqiy emaslik masalasi birinchi nikohdan ajratish haqidagi da’voni rad qilish to‘g‘risida chiqarilgan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin manfaatdor shaxsning da’vosiga ko‘ra hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlisi bayonlari FPKning 21-moddasi talablariga mos kelishi lozim. Jumladan, ularda sud muhokamasining barcha ahamiyatli holatlari: da’vogar va javobgar to‘g‘risidagi, bolalar va ularning yoshlari haqidagi ma’lumotlar, da’voning mohiyati yuzasidan to‘liq tushuntirishlar, guvohlar bayonotlari, sud tomonidan boshqa dalillarning tekshirilganligi, shuningdek sudning taraflarni yarashtirish borasida qilgan harakatlari ko‘rsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi raislarining e’tiborlari nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarorlari ustidan protest keltirish masalasini, jumladan er-xotindan biri boshqa nikohga kirgan bo‘lsa, chuqur mulohaza qilib hal etish zarurligiga qaratilsin. Nikohdan ajratish haqidagi sudning hal qiluv qarorlarini nazorat tartibida bekor qilishga taraflarning alohida ahamiyatga molik bo‘lgan huquqlari buzilgan taqdirda va taraflardan birining shikoyati bo‘lganda, faqat favqulodda hollardagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Nikoh va oila qonunchiligi to‘g‘ri tatbiq qilinishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sudyalar bilan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish va qonunchilikni targ‘ibot qilishda faol ishtirok etish majburiyati yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan “Nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-son