28.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2036-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining qarori, 28.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2036-1
Date of entry into force
07.06.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

SUGʻURTALOVCHILAR VA SUGʻURTA VOSITACHILARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2036-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036, 2009-yil 03-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2010-yil 21-may,

44-son

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs va (yoki) manfaati koʻzlangan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan shaxs;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 5-band quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida boʻlinmalarining (shuʼba boʻlinmalar, vakolatxonalar, filiallar, boʻlimlar va boshqalar — ular mavjud boʻlsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 5-1 va 5-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5-1. Tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, tashkilot bu haqda Moliya vazirligi va Departamentga xabar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiisteʼmol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida boʻlinmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar Oʻzbekiston qonun hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qoʻllaniladi. ”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagi mazmundagi 6-1-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6-1. Tashkilot boʻlinmalari xodimlarining masʼul shaxs — tarkibiy boʻlinma boshligʻi yoki uning xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 9-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli maʼlumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yigʻish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi, ularning maxfiyligini taʼminlaydi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 11-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyalarni gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalari boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi—yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 13-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;”;

toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilari deb hisoblansin.

9. 14-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi—yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgan paytda amalda boʻlgan shartnomalar asosida tashkilot bilan fuqarolik — huquqiy munosabatlarda boʻlgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi mazmundagi 16-1-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16-1. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tashkilotlar tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar mijoz-yuridik shaxs nomidan qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish koʻrayotgan boʻlsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha ham maʼlumotlarni olishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagi mazmundagi 22-1, 22-2 va 22-3-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22-1. Mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalashda tashkilot olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotlarga taqdim qilinadigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-2. Mijozni va (yoki) benefitsiar mulkdorni qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdor mazkur Qoidalarga muvofiq tashkilot tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning boshqaruv organi yoki mijozning nomidan qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻrayotgan shaxsning oʻzi joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz-jismoniy shaxsning oʻzining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport maʼlumotlariga muvofiq) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni yakunlash imkoni boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bunday operatsiyalar shubhali deb tan olinadi va tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular haqida Departamentga xabar berishi shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. V boʻlim quyidagi mazmundagi 30-1, 30-2, 30-3, 30-4, 30-5 va 30-6-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni har bir operatsiya boʻyicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar boʻyicha talab qilib oladi va yigʻadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-2. Tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha maʼlumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun ochiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-5. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, mijoz bilan 1 yildan ortiq muddatga amaliy ish munosabatlari oʻrnatilgan hollarda har yili, shuningdek mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki u bilan oʻrnatilgan amaliy ish munosabatlari xarakteri oʻzgarishi bilan yangilanib borilishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 176-modda)