Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.01.2019
22.02.2018
15.01.2018
28.08.2017
27.06.2017
10.04.2017
31.12.2016
19.12.2016
28.12.2015
16.03.2015
16.06.2014
07.10.2013
09.08.2012
31.05.2012
13.10.2011
31.10.2010
29.07.2010
01.06.2010 12
01.06.2010
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-martda 2090-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010-yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qo‘llanma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 30-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YO‘RIQNOMA

Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan keyingi o‘rinlarda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I-bob. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi va taqiqni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro xatlarini yozadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dengiz protestlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(1-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi kredit axboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur ko‘chmas mulk obyektining xatlanmaganligi to‘g‘risidagi axborot rieltorlik tashkilotiga ularning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat notarial idorasidan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga yoki ularning qonuniy vakillariga o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunning 18-moddasiga muvofiq notariusning majburiyatlari quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 155-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-8, 09.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 294-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq va har tomonlama o‘rganishi, zarurat tug‘ilganda ularni qayta tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonunning 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qo‘yilishi, imzolanishi va muhr qo‘yilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, ya’ni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrida (bundan keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish ko‘pi bilan o‘n kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to‘g‘risida suddan ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bo‘lguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to‘xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bo‘lib hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’sis shartnomasi va ustav;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’sis shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qo‘ygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilganda, notarius ko‘rsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusxalari talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud bo‘lganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va axborotlarni o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) idoralararo so‘rov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo so‘rov bo‘yicha taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati ko‘rsatishni, xususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarni idoralararo so‘rov orqali olingan hujjatlar va axborotlarning mazmuni haqida xabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatishi zarur.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Notariuslar o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak bo‘lgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi o‘rinlarda STIR deb yuritiladi) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hujjatdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat noto‘g‘ri yoki imlo xatolari bilan yozilgan bo‘lsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud bo‘lsa yoki hujjatning rekvizitlari to‘liq yozilmagan bo‘lsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirig‘i asosida yordamchisi va (yoki) stajori tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qo‘yilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Merosga bo‘lgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, ko‘chmas mulkni ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza bergan shaxsning iltimosiga ko‘ra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yo‘riqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, alohida ma’lumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yo‘l qo‘yilganda mazkur Yo‘riqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta hujjatning bir nechta nusxasi to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi ko‘rsatiladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrlar ip o‘tkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar davlat notarial idorasining vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning to‘g‘riligi tekshirilganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzo qo‘yadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat ko‘rsatayotgan davlat notarial idoralarida har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qo‘yiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida o‘zgartirilmay saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qo‘shiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusxalari to‘g‘riligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi — ijro yozuvlarini, to‘rtinchisi esa merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan ko‘chirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yo‘qolgan taqdirda dublikatlar beradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning to‘liq matni bo‘lishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati o‘rnini bosa olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxo‘rlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada ko‘rsatilgan yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining o‘lim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va o‘zlaridan oldingi merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) o‘lim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani, zarur hollarda merosxo‘rlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan bo‘lsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxo‘rlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga notarial idora yig‘majildlarida saqlanishi uchun qo‘shib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qo‘yilgach, qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mulkdor o‘ziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomalari tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) ko‘chmas mulk va avtomototransport kiritilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
(31-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bunga shubha tug‘diruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni so‘raganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyat qilish muddati va tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiradi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar bo‘yicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi amalga oshirgan notarial harakatning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
351. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslar bu haqda ogohlantiriladi.
(351-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
352. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
352. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida Tizimdan foydalanadilar.
(352-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
353. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor bo‘lganligi yoki ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
354. Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaxslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash yoxud uni bekor qilish haqida xabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu xabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish o‘n kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga ma’lumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlangan yoki xatlangan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
355. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
(II bob O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) asosan 352 — 357-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati o‘rnini bosa olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
(39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimda voyaga yetmagan shaxs qatnashganda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan ma’lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma’lumotnomadagi rasm ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qo‘shib qo‘yiladigan alohida hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qat’i nazar, notarius taraflarning o‘zaro xohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va hokazo) va yozma xati olinadi. Bitimning barcha nusxalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi (ko‘chmas mulk bo‘lgan holatda notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi o‘rinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan so‘ng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bitimlar bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida va notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji qaytariladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga (bundan keyingi o‘rinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida ko‘rsatib o‘tadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) to‘liq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari to‘liq yozilishi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzillari haqidagi, yuridik shaxslarning nomlari hech bo‘lmaganda bir marotaba to‘liq yozilishi hamda ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, taraflar qarindosh bo‘lsa, ularning qarindoshlik darajasi;
(45-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti uni boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkka bo‘lgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) shaxslarning ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki ro‘yxatdan o‘chish muddati;
(45-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimda yuridik shaxsning rahbari ishtirok etsa, bitimga yuridik shaxsning muhri qo‘yilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY bo‘limida qayd etilganligi haqidagi yozuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusxada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini to‘liq yozib shaxsan imzolaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
(45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani sotish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renta shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yo‘riqnomaning 45-bandiga qo‘shimcha tarzda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tkazilganda, u joylashgan yer uchastkasining foydalanish maydoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan ko‘chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko‘chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning bahosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
491. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni sotib olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 21 — 7-paragraflarida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yo‘riqnomaning 532, 74, 78 va 80-bandlari talablari ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-§. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
501. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
502. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita to‘ldirish yo‘li bilan yoki elektron arizani to‘ldirish uchun ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga o‘zi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
503. Elektron ariza to‘ldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik, ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga ko‘ra yozma bildirishnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi bo‘yicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
504. Soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud bo‘lmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idorada Tizim orqali to‘ldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza to‘ldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yo‘riqnomaning 508-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
505. Elektron arizaga noyob raqam O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
506. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani to‘ldirish qayta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
507. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi ma’lumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qog‘ozda chop etilgan elektron ariza unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim bo‘yicha hujjatlar bilan birga qo‘shib tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
508. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noyob raqam berilgan elektron arizaning qog‘oz yoki elektron shakldagi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki bitim taraflarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda — ko‘chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(508-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ko‘chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);
(508-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.
(21-paragraf O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
509. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining (keyingi o‘rinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarius:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilganligiga uch yil to‘lganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5010. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportida Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarius:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilganligiga uch yil to‘lganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5011. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5012. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qiymati 600 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.
(5012-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5013. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun pul mablag‘larini sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu ko‘chmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan ko‘chmas mulk to‘lov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 600 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu xorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
(5013-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5014. Mazkur Yo‘riqnomaning 5013-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq ko‘chmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
(22-paragraf O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial tasdiqlangan lizing shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga renta to‘lovi sharti bilan o‘tkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
(53-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘linganligi to‘g‘risidagi bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi to‘g‘risida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
531. O‘zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo‘lish, ko‘chmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish shartnomalari; imorat solish to‘g‘risidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uylarni bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to‘g‘risidagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli ulushiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish bitimlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida, shuningdek meros qilib olish to‘g‘risida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqaga o‘tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan ko‘chirmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
532. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilayotganda, mazkur Yo‘riqnomaning 53 va 531-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi xizmati uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar. Ushbu ma’lumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran talab etilmaydi;
(532-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaxslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);
(532-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi o‘zgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(532-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;.
(532-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi va oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(531-532-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, shuningdek uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qo‘shimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi bo‘lmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash xonasiga o‘zgartirgan bo‘lsa yoki boshqacha tarzda o‘zgartirgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi to‘g‘risidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori bo‘lmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimda ularning maydoni “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
(54-bandning matni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda ko‘rsatilgan ma’lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazilganda, notarius tomonidan taraflar o‘rtasidagi to‘lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda ko‘rsatilgan muddatga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi ko‘rsatilganligidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot Tizim orqali tekshirilishi lozim.
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqiq va xatlov mavjud bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim taqiq va xatlov olib tashlangandan keyin tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqiq mavjud bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yo‘riqnomaning 53, 531 va 532-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
571. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxslarga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 3-bob 3-paragrafida ko‘rsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.
(571-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
(58-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
(581-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
(582-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi. Ushbu ariza uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga muvofiq agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini boshqa shaxsga sotayotgan bo‘lsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarining hammasiga imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanliklarini yozma ravishda bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Agar umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ishtirokchilaridan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan bo‘lsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni o‘z ulushini boshqa shaxsga haq evaziga o‘tkazayotganligi to‘g‘risida, ulushning narxini va sotishning boshqa shartlari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmog‘i zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining sotilayotgan ulushini (bu ulushni sotish bahosini va boshqa shartlarini ko‘rsatilgan holda) imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti bo‘la oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari ko‘rsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan o‘zlari kelib voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga ko‘ra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan bo‘lsa, uning bir nusxasi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qo‘yiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari to‘g‘risida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining tegishli ulushini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari doimiy propiskada bo‘lmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili noma’lum bo‘lgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-ma’lumotlar byurosi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli ma’lumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdorlaridan biri vafot etgan bo‘lsa, notarius sotuvchidan uning o‘lim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius davlat notarial idorasidan umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxo‘rlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga ko‘ra umumiy ulushli mulk mulkdori bo‘lishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi to‘g‘risida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi hamda arizadagi imzolarining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga ko‘ra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini yoki shu mulkdagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda notarius ushbu Yo‘riqnomaning 39-bandiga rioya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar nomiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, notarius bu haqda vasiylik va homiylik organlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasidagi talablarga rioya qilinadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush boshqa shaxsga o‘tkazilganligi to‘g‘risida mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga va Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi mulkdori tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining o‘ziga tegishli ulushini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibini umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda yoki sudning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan holdagina ko‘rsatib o‘tishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi ko‘rsatilgan holda alohida bitim tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi arizalari talab qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma notarius tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(69-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim taraflariga Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ko‘zdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga umumiy ulushli mulk huquqi mavjud bo‘lgan holda undagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash paytida shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga bo‘lgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida ishtirokchilar ulushlariga muvofiq uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining alohida binolaridan (qismlaridan) foydalanish to‘g‘risidagi bitimi notarial tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida qayd etilgan bo‘lsa, notarius bu bitim ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv, agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ulushlarning o‘zgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qo‘shimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va ma’lumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega bo‘lgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda bu bitim tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida tasdiqlovchi yozuvda yoziladi. Bunda mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o‘zining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga o‘zga shaxsga berilganda, mazkur Yo‘riqnomaning 62—71-bandlarining qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush kimoshdi savdosida sotilganda, shuningdek hadya qilinganda yoki vasiyat qilib qoldirilganda yoxud boshqacha tarzda tekinga o‘zga shaxsga berilganda, imtiyozli sotib olish huquqining qoidalari qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan holda tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan obyektlar ro‘yxati;
(74-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(74-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
(74-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki sog‘lig‘i bo‘yicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi bo‘la olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olishga ruxsati bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Davlat tashkilotlariga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi fuqarolar tomonidan sotib olinishi bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi davlat tashkilotiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(77-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yig‘majildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlarining roziligi;
(77-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
(77-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilotning hisoboti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
(77-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash paytida notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(78-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yig‘majildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning sof aktivlari haqida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakilga berilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
(78-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida ro‘yxatda turuvchi shaxslar haqida ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
(78-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.
(78-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
(78-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda taraflarga Fuqarolik kodeksining 185-moddasi mazmuni tushuntiriladi va bu haqda bitim matnida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga o‘tkazish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga kadastr hujjatlari yig‘majildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(80-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(80-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
(80-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftari (nusxasi);
(80-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa eri (xotinining) notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziligi;
(80-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf bo‘lib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi;
(80-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
(80-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
(801-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
(802-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
(803-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari amalga oshirilgandan so‘ng, shuningdek mulk huquqi merosxo‘rlik tartibida o‘tgandan so‘ng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qat’i nazar, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yo‘li bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497 — 501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan ashyolardan tashqari barcha ko‘char va ko‘chmas mulk, har qanday ashyolar bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning predmeti ko‘chmas mulk bo‘lganida, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past bo‘lgan tovarni topshirishi lozim bo‘lgan tarafga baholardagi farq uchun haq to‘lashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yo‘riqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Hadya oluvchi o‘ziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 502 — 510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning predmeti ko‘chmas mulk bo‘lganida, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad xayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yo‘riqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notarius Fuqarolik kodeksining 489—496-moddalari va ushbu shartnomaga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy kompleks sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo‘lmagan huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko‘rsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchiga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma bo‘yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Korxonani sotish shartnomasi mazkur korxona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart emas, taraflardan birining notarial tasdiqlash to‘g‘risida talabi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona sotuvchisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish to‘g‘risidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning vakolatlarini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
(95-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorning roziligi (agar mulk xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventarizatsiya dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi bo‘lgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona sotuvchisi — yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oraliq balansning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati to‘g‘risidagi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar tomonidan tuzilgan, ko‘rib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi haqidagi notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs bo‘lgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
(95-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(95-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(95-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
(95-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatini kechiktirish yo‘li bilan korxonani sotish shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda, to‘lov to‘liq amalga oshirilgunga qadar korxonani boshqa shaxsga o‘tkazishga tegishli tartibda taqiq qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona tarkibida bino va inshootlar mavjud bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasi ham bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘qqizinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(95-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi;
(96-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi haqidagi notariusning guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning ajratib va bo‘lib olinganligi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani sotuvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining o‘tganligi haqidagi qo‘shimcha kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, korxonaga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi ko‘chmas mulklari uchun (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan ko‘chmas mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan ko‘chmas mulk.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
(97-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
(97-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar bo‘yicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar korxona sotuvchisi tomonidan uning sotilishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan korxonani sotish shartnomasi barcha kreditorlarning qarzni o‘tkazishga yozma roziligi olingandan keyin, shuningdek boshqa kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning qarzni o‘tkazishga roziligi haqidagi xatlari yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, unga yuridik shaxsning muhri bosilgan va chiqish raqami qayd etilgan holda taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Korxonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning to‘liq nomi (STIR), joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va guvohnoma raqami, vakillarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotilayotgan korxonaning joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchining korxonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotilayotgan korxonaning tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotilayotgan korxonaning bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumot;
(100-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani sotish shartnomasidan paydo bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligi va uning tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korxonani topshirish tartibi va muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Korxonani sotishda uning tarkibida avtomototransport vositalari mavjud bo‘lgan hollarda, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Notarius jismoniy shaxslar o‘rtasida, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida hamda yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtomototransport vositalarini va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlarni, ularning nomerli agregat va tirkama, yarim tirkamalarini boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) va boshqa turdagi bitimlarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday bitimlarni tasdiqlashda har bir fuqaro yoki yuridik shaxs xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 77-modda) muvofiq Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, boshqa shaxsga berish bo‘yicha bitimning birinchi nusxasi gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy o‘yinlarning yutuqlari bo‘lgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tasdiqlash ularning xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp o‘n kun mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning nomi, bitim tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
(107-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar o‘rtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilgan holatda esa mazkur Yo‘riqnomaning 55-bandini qo‘llash haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
(107-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim necha nusxada tuzilganligi va qaysi raqamli gerbli (maxsus) blankada (blankalarda) rasmiylashtirganligi haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning ixtiyoriga ko‘ra shartnomada qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuboriladi.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Fuqarolar o‘rtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun “O‘zdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar avtomototransport vositasi erning yoki xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan hollarda, erning va (yoki) xotinning avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi to‘g‘risida notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma arizasi;
(112-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(112-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xulosasi;
(112-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxo‘rlarga berilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxo‘rlar ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Mazkur Yo‘riqnomaning 112-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning notarial idoraga shaxsan o‘zi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi. Ushbu ariza avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda bunday ariza vakildan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun “O‘zdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(117-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.
(117-bandning to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 117-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lsa) ham talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini sotish bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 578-modda) talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Notarius avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Ko‘chmas mulklarni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma shu mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday shartnomani notarial tasdiqlash paytida notarius ipotekaga qo‘yilayotgan mulk ipotekaga qo‘yuvchi shaxsga tegishli ekanligini, uni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini, boshqa ipotekaga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini, qarzlari yo‘qligini, ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Ko‘chmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek uylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo‘lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qo‘yishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchidan quyidagilarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar);
(125-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(125-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
(125-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga qo‘yilgan ko‘chmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qo‘yilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan va xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
(125-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda ipotekaga qo‘yilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaxslar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;
(125-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
(125-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasi ashyoviy huquq bo‘lgan (xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
(125-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(125-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
(125-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy majburiyat to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchilarning ta’sis hujjatlarining nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxalari qaytariladi, idoralararo so‘rov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno;
(125-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq notarius tomonidan boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar va yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(125-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Ipoteka shartnomasini tasdiqlashda davlat boji shartnoma summasidan, ya’ni ipotekaga qo‘yilayotgan narsaning bahosidan olinadi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(127-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo‘yuvchi haqidagi to‘liq ma’lumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi ko‘rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasi bo‘lgan mol-mulk ipotekaga qo‘yuvchiga qaysi huquqqa ko‘ra tegishli ekanligi va ipotekaga qo‘yuvchining bu huquqini ro‘yxatdan o‘tkazgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining nomi;
(128-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ipoteka narsasi ipotekaga qo‘yuvchiga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa, ijara muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasining baholanganligi haqidagi ma’lumot;
(128-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo‘lsa, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga bo‘lib bajarilishi lozim bo‘lsa, tegishli to‘lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyat ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
(128-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasining navbatdagi ipotekaga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi, boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi, ipotekaga qo‘yuvchining soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi olinganligi haqida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani notarial tasdiqlash uchun ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qo‘yuvchi zimmasiga qo‘yilgan xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga qo‘yuvchi bilan ipotekaga oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma nusxalarining soni, tomonlarga berilganligi, shuningdek notarial idorada nusxa qolganligi haqida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi ma’lumot ham ushbu shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Notarius tomonidan tasdiqlanadigan ipoteka shartnomasi maxsus reyestrda ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Davlat notarial idorasida ipoteka shartnomalarini hisobga olish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Ipoteka narsasini almashtirish zaruriyati tug‘ilgan hollarda, ipoteka narsasi ipotekaga oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius ipotekaga oluvchining ipoteka narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasi asosida ipoteka narsasini almashtirish to‘g‘risida bitimni tasdiqlaydi.
(131-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka shartnomasi bo‘yicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida bitim tuzish uchun asosiy majburiyat to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish haqida ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchi o‘rtasida tuzilgan qo‘shimcha bitim talab etiladi. Ushbu hujjatlar ipoteka shartnomasiga qo‘shib tikiladi. Bu haqda reyestrga va alifbo kitobiga yozib qo‘yiladi.
(131-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ham ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1321. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yishda, ushbu Yo‘riqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(1321-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga olingan mulkni sotib olish sharti bilan shartnoma tuzilsa va ushbu mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
(133-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatiladi.
(133-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 22-dekabrdagi 376-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-10, 22.12.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 636-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko‘p (oxirgi) muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat o‘tishi bilan shartnoma bekor bo‘ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1351. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuboriladi.
(1351-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyektining kadastr yig‘majildi. Bunda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ko‘chmas mulkning umumiy maydoni haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan tegishli hujjatlardan nusxa olinib, kadastr yig‘majildining asli qaytarib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftaridan ko‘chirma.
(136-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorning ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a’zolarining (eri (xotini) va ularning farzandlari) roziligi.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan ko‘chmas mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;
(136-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi ham talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(136-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalarni) ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakilga berilgan ishonchnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs vakolatli organlarining ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
(137-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1371. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni ijaraga olish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni ijaraga olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(1371-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Korxonani ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi o‘z qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi bo‘lmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birortasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga o‘tkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial tasdiqlanishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash paytida notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining shartnomani tuzishga vakolati bor yoki yo‘qligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan Fuqarolik kodeksining 579—586-moddalari mazmuni, shuningdek korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakilning vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarga berilgan xabarnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan korxona yoki uning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan korxona ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1401. Mazkur Yo‘riqnomaning 140-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, notarius ushbu korxonaning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
(1401-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1411. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1412. Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 136 — 1371-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1413. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulkdan tekin foydalanishda esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
(121-paragraf O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1414. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuboriladi.
(1414-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Lizing — moliya ijarasining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga ko‘ra yoki mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u bo‘yicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing oluvchi lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilganda, notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchi va lizing oluvchining ta’sis hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchi va lizing beruvchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) to‘g‘risidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini sotib olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat;
(146-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining tavsifi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, qiymati va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing to‘lovlarining umumiy summasi, ya’ni shartnoma bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchi va lizing oluvchi haqidagi to‘liq ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi haqida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul taraf.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyekti avtomototransport vositasi bo‘lganda, shartnoma notarial tartibda tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuboriladi.
(147-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini lizing oluvchining mulk huquqiga o‘tkazish yoki sotib olish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini sug‘urta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fors-major holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qo‘shimcha xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini lizing oluvchining roziligi bilan lizing beruvchi tomonidan keyinchalik garovga (ipotekaga) qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Avtomototransport vositalarining lizing shartnomasini rasmiylashtirishda notarius ushbu avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalarining lizing shartnomasi qat’iy hisobda turuvchi maxsus gerbli (maxsus) blankalarda tuzilib tasdiqlanishi lozim. Bunda lizing shartnomasining tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositasining lizing shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Renta shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga asosan renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko‘chmas yoki ko‘char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to‘lovchiga) beradi, renta to‘lovchi esa olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida to‘lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo‘l qo‘yiladi. Umrbod renta fuqaroni o‘z qaramog‘iga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko‘chmas mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat ro‘yxatidan ham o‘tkazilishi lozim. Bunda ushbu ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlov bor yoki yo‘qligi tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasi ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Ko‘char mulk renta shartnomasini tasdiqlash joyi taraflarning xohishiga ko‘ra belgilanadi.
(153-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta to‘lovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini to‘lash bo‘yicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi, basharti Fuqarolik kodeksining 32-bobi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Renta to‘lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko‘chmas mulk berilganida, renta oluvchi renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi bo‘yicha renta to‘lovchi tomonidan renta oluvchiga renta to‘lovini vaqti-vaqti bilan to‘lash majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lsa, renta to‘lovchi tomonidan majburiyati to‘liq bajarilgunga qadar notarius ushbu ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa ko‘char mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sug‘urtalashga majbur bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Renta to‘lashni kechiktirganlik uchun renta to‘lovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to‘laydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Doimiy rentani faqat fuqarolar va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar olishlari mumkin, basharti, bu hol qonun hujjatlariga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, doimiy renta shartnomasi bo‘yicha renta oluvchining huquqlari ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yo‘li bilan topshirilishi va vorislik bo‘yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda, boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o‘zgarsa, to‘lanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada taraflar to‘lov vaqtlarini belgilamasalar (masalan, har oyda yoki har yilda bir marotaba), doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan to‘lovchining doimiy rentani sotib olishga bo‘lgan huquqi va renta oluvchining doimiy renta to‘lovini talab qilishga bo‘lgan huquqi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Doimiy haq to‘lanadigan rentaning bahosini shartnomada taraflar belgilaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmasa, sotib olish yillik renta to‘lovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmaganda, sotib olish bahosiga yillik renta to‘lovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning Fuqarolik kodeksi 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius doimiy renta to‘lash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi renta to‘lovchi zimmasida bo‘lishini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Umrbod rentani oluvchilar bo‘lib mulkni renta to‘lovi evaziga topshirayotgan fuqaro tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan bir yoki bir necha shaxs hisoblanishi mumkin. Agar renta oluvchilar bir nechta fuqaro bo‘lsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak, Fuqarolik kodeksining 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar umrbod renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod renta shartnomasini tasdiqlashda notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 525—529-moddalari talablarini tushuntiradi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk huquqining kelgusida renta to‘lovchiga o‘tishini nazarda tutuvchi renta shartnomasini tasdiqlash paytida notarius bunday mulkni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan zarur hujjatlarni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u ko‘rsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini ko‘zlab boshqarish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o‘tishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, ko‘chmas mulkka mansub bo‘lgan alohida obyektlar, qimmatli qog‘ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Ko‘chmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko‘chmas mulkka mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi qaysi tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro‘yxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy bo‘lmasligini keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash shu mol-mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulkning ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi.
(163-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Taqiq va xatlov mavjud bo‘lgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi bo‘lgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda xatlov sud va tergov organlari tomonidan qo‘yilgan taqdirda, shartnoma taqiq va xatlov olib tashlangandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850—852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma bo‘yicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda oluvchi to‘g‘risidagi ko‘rsatma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar haq to‘lash shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haqning miqdori va shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng ko‘p muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda notarius Fuqarolik kodeksining 849 — 861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligini, ro‘yxatdan o‘tkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, topshiriladi va ular o‘rtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi to‘g‘risidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi to‘g‘risidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar (ishtirokchilar)ning ustav fondidagi (kapitalidagi) hissalari shakllanganligi haqidagi ma’lumotnoma (guvohnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitor va kreditorlar ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatuvchining yuridik shaxsning tugatilishi haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga berilgan e’lon nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi moliyaviy hisobot yiliga bo‘lgan buxgalteriya balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqsimlanayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqsimlanayotgan mol-mulk ko‘chmas mulk bo‘lganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;
(169-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
(169-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkning inventarizatsiya dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxsning oraliq tugatish balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlangan mol-mulkning topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, o‘n birinchi va o‘n oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(169-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma narsasi ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lganda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi ma’lumotlar notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
(169-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi bo‘yicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini ta’minlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Lozim bo‘lsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Qarz shartnomasi bo‘yicha qarz olgan shaxs tomonidan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga ko‘ra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish to‘g‘risidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76—80-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 19-modda) muvofiq ijro xatini yozadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq yozilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir bo‘lganida vasiyat qiluvchi o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablarini ko‘rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin. Bunday holatda, notarius Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun bo‘yicha merosxo‘rlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savodsiz bo‘lgan shaxslar va vasiyatnomani o‘qiy olmaydigan boshqa shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolg‘on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo‘yiladi, ushbu Yo‘riqnomaning 174-bandida ko‘rsatilgan shaxslar guvoh bo‘lishlari mumkin emas.
(175-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida o‘z qo‘li bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan og‘zaki so‘raydi va tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan manzilni ko‘rsatgan holda xatjildga imzo qo‘yadilar. Guvohlar imzo qo‘ygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qo‘yadi.
(176-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yig‘majildda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida yig‘majildda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi o‘zida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida bu nusxaga ham yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani o‘zgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi arizani Qonunning 73-moddasiga amal qilgan holda vasiyatnoma tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan notarial idoraga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy propiska qilingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Ushbu vasiyatnoma vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritilishi lozim. Bu haqda shu kunning o‘zida Tizimga tegishli ma’lumot kiritiladi.
(178-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib ko‘rishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
(178-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga o‘zgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar alifbo kitobiga va Tizimga kiritilishi lozim.
(179-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
(179-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan o‘z xususiyatiga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, notarius yuridik shaxsning ustavini (nizomini) tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak.
(185-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlangan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, bitimning birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1871. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(1871-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalarni tasdiqlash avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(189-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuboriladi.
(190-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni bo‘yicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki xotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar er yoki xotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda notarial idoraga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi) 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan o‘tganlik holatini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
(194-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Agar ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki xotini yo‘q bo‘lsa (beva bo‘lsa yoki bo‘ydoq), bu haqda notariusga yozma ariza taqdim etadi. Bunda, fuqaroning eri (xotini) yo‘qligi (bo‘ydoq, beva ekanligi) notarius tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi ko‘rsatib qo‘yilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma bo‘yicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur bo‘lganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma bo‘yicha berilganidan ko‘proq huquqni qamrab olmasligi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Notarial idorada qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma bo‘yicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qo‘yiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi notarial idorada qoldiriladigan o‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qo‘shib tikib qo‘yiladi.
(202-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qo‘yiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot (bekor bo‘lgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) notarius tomonidan Tizimga kiritilishi shart.
(204-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-§. Meros mulkini qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Qonunning 52-moddasiga muvofiq meros ochilgan joydagi notarius, basharti qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
(205-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki noma’lum bo‘lsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini so‘rab notariusga murojaat etishi lozim.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
(206-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Meros mol-mulkini qo‘riqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qo‘riqlanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlarni ko‘radi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni ro‘yxatga olinishi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lim faktini tasdiqlash uchun o‘lim haqidagi guvohnomani yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros mol-mulkni qo‘riqlashga dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligini, agar ko‘rilgan bo‘lsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan ko‘rilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros bo‘lib qolgan mol-mulkni ro‘yxatga olish to‘g‘risida merosxo‘rlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar o‘z xohishlari bilan ro‘yxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, notarius ushbu mol-mulkni ro‘yxatga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni ro‘yxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik to‘g‘risida dalolatnomani tuzadi va merosxo‘rlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan da’vo bilan sudga murojaat etish yoki da’voni ta’minlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqlarini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ro‘yxatga olish uchun joyiga chiqilganda, ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mavjud bo‘lmasa va merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan bo‘lsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi to‘g‘risida yoki mol-mulk olib ketilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxo‘rlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Ro‘yxatga olish dalolatnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros mol-mulk to‘g‘risidagi xabar yoki uni qo‘riqlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olish sanasi, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Ro‘yxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxo‘rlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga ko‘ra ro‘yxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv bo‘lmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Ro‘yxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, ro‘yxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi to‘g‘risidagi arizalari ro‘yxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga da’vo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxo‘rlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha notarial harakatni ro‘yxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablag‘lari merosxo‘rlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mulkini davlat foydasiga o‘tish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisobraqamiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan to‘lov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qog‘ozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida ro‘yxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va ro‘yxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxo‘rlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mol-mulki davlatga o‘tish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.
(215-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng kam ish haqining o‘n baravaridan kam bo‘lgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin notarius notarial idorada olib boriladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni ro‘yxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning ro‘yxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxo‘rlarga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Agar ro‘yxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud bo‘lsa, merosxo‘rlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxo‘rlar bo‘lmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxo‘rlarga, ular bo‘lmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli bo‘lgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari ro‘yxatga olinadi va merosxo‘rlarga saqlash uchun beriladi. Merosxo‘rlar bo‘lmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Marhumning mol-mulki tarkibida bo‘lgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltig‘i va portlovchi moddalar maxsus ro‘yxat bo‘yicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan orden, medallar, faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash to‘g‘risidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila a’zolarida qoldiriladi yoki merosxo‘rlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus to‘plamlari, qimmatbaho to‘plamlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Merosxo‘rlar o‘rtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga kiritilishi to‘g‘risida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) ro‘yxatga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qo‘lyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud bo‘lsa, ushbu hujjatlar alohida ro‘yxatga olinib, merosxo‘rlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxo‘rlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qo‘yadi.
(225-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda, notarius meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius Fuqarolik kodeksiga ko‘ra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
(226-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Notarius meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga o‘tkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
(227-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxo‘rlardan haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Notariuslar merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulk hisobidan meros mol-mulk bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida farmoyish beradi.
(228-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Agar shaxs davlat notarial idorasiga dafn etish bo‘yicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxo‘rlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish to‘g‘risida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) bo‘lsa va ular xarajatlarni to‘lashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash to‘g‘risida merosxo‘rlarga nisbatan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
(229-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish bo‘yicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining ma’lumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxo‘rlarni chaqirish bo‘yicha e’lonlarning nashr etilganligi uchun to‘lov qog‘ozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
(229-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxo‘rlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan o‘z talablarini qo‘yishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgan joy bo‘yicha notarius meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qat’i nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza to‘g‘risida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxo‘rlarni xabardor qiladi.
(230-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-§. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros qoldiruvchining merosxo‘ri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo‘lsa (transmittent), unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha (transmissar) yoki vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxo‘rning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosxo‘rning (transmittentning) merosxo‘rlariga (transmissarlariga) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarius vafot etgan merosxo‘rning (transmittentning) barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan yoki yo‘qligini, merosxo‘rlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, 2010-yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Ahmedovga tegishli meros mulkka uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2011-yilda Sirdaryo viloyatida vafot etgan farzandining merosxo‘rlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘iga asosanikkinchi — beshinchi xatboshilarbilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar notariuslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan bo‘lishi lozim.
(231-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxo‘r shaxsan o‘zi meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxo‘rning shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan bo‘lsa, merosxo‘rning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan bo‘lsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxo‘rga esa arizani notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
(231-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
(231-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
(232-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan bo‘lsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Agar merosxo‘r vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan voz kechishga haqli.
(233-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxo‘r ulushning ortishi huquqi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxo‘r merosdan voz kechganida vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasidan bo‘lmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini ko‘rsatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishni so‘rab davlat notarial idorasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qo‘yiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo‘lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to‘rt soat) ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko‘rsatilgan muddat o‘tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
(238-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.
(239-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining o‘limi haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosning ochilish joyi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi noma’lum bo‘lsa, meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, ko‘chmas mulk bo‘lmagan taqdirda esa, ko‘char mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosxo‘rlarda ushbu hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, notarius merosning ochilish joyini aniqlash to‘g‘risida sud hujjati nusxasini talab qiladi.
(241-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy bo‘yicha davlat notarial idorasiga murojaat etgan merosxo‘rlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beradi.
(242-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan ko‘char mol-mulkka nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi bo‘yicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244. Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug‘ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan o‘tgan bo‘lsa ham u meros olishga chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda bo‘lgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxo‘r deb hisoblanmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun bo‘yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxo‘rlar bo‘lmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246. O‘zini meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb hisoblayotgan shaxs merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berilishini so‘rab murojaat etsa, notarius uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramog‘ida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshi bo‘yicha qaramoqda bo‘lgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bo‘yicha tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247. Agar qonun bo‘yicha bir yoki bir nechta merosxo‘rlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos bo‘ladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) yozma roziligi bilan merosxo‘rlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Merosxo‘rlar shaxsan o‘zlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxo‘rlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ariza notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
(247-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248. Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning mavjudligi, o‘zgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.
(248-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249. Omonatni bank muassasalariga qo‘ygan omonatchi o‘zining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga o‘tkazish haqida vasiyat qoldirgan bo‘lsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina o‘zining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha voris bo‘lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz bo‘lishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlarga vasiyatnoma bo‘yicha o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar majburiy ulushga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini o‘n kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxo‘rlarning xohishi bo‘yicha) merosxo‘rlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini ko‘rsatib o‘tishi zarur bo‘lsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
(252-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berishda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi o‘tadigan merosxo‘rga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.
(254-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxo‘rlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxo‘rlarga tegishli bo‘lgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositalari mavjud bo‘lsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusxasini meros ishiga tikib qo‘yadi. Ushbu avtomototransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshirish Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 253-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
(256-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Agar meros mulki tarkibiga ov miltig‘i kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxo‘rdan talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvarag‘ining ko‘chirmasiga asosan tasdiqlanadi.
(258-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qog‘ozlar turi sifatida aksiyalar balki to‘liq shirkat, kommandit shirkat, qo‘shimcha mas’uliyatli yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi a’zosining (ishtirokchi, hissa qo‘shuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (a’zoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning ta’sis hujjatlari yoki bu haqda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxo‘rlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, notarius ko‘rsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda ko‘mak berishi lozim. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
(258-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Fermer xo‘jaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot qilgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qog‘ozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxo‘rlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qog‘ozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ma’lumotnomasini talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Omonat daftarchalari nusxalari va ma’lumotnomalar meros ishiga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
(260-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish to‘xtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Ko‘chmas mulk bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada, u joylashgan manzil bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida, avtomototransport vositalariga nisbatan esa DYHXX organlarida o‘n kun muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozimligi matnda ko‘rsatiladi hamda notarius tomonidan tushuntiriladi.
(262-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
263. Merosxo‘rlarning xohishiga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxo‘rlarning doimiy propiska qilingan manzili bo‘yicha vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
(264-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265. Ma’lum meros mulkiga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada ko‘rsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnomalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266. Boshqa mulkka qo‘shimcha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxo‘rlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosxo‘rlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qo‘shimcha mulk bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267. Ba’zi bir merosxo‘rlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat bo‘lgan hollarda, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxo‘rlarning talabiga va ularning kelishuviga ko‘ra o‘zlariga tegishli ulushlariga muvofiq notarius ular o‘rtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini bo‘lish sud tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269. Davlat notarial idorasida meros ishlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
270. Meros ishlarini hisobga olish kitobida quyidagilar qayd etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosni qabul qilib olish to‘g‘risidagi, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga xarajatlarni to‘lash to‘g‘risidagi farmoyishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosdan voz kechish haqidagi arizalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning da’volari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros mol-mulkini qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun qabul qilingan choralar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaxsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qo‘shimcha arizalar, boshqa merosxo‘rlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ishiga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bog‘ hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga ko‘chmas mulk, avtomototransport vositalari va maxsus hisobda turadigan (ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, notarius ushbu mulk er-xotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani berish paytida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.
(273-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274. Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berilishi so‘ralayotgan umumiy mulk ko‘rsatiladi, mazkur shaxsning mulk talab qilishi boshqa merosxo‘r tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxo‘rlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni o‘z hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosxo‘rlar o‘z hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning arizasiga rozi bo‘lsalar, bu haqda shu arizaga imzo qo‘yadilar.
(275-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma matnida mol-mulkning to‘liq tavsifi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277. Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar orasida voyaga yetmaganlar bo‘lgan taqdirda, vafot etgan shaxsning eri yoki xotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma voyaga yetmaganlarning doimiy propiska qilingan manzili bo‘yicha vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.
(277-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
278. Er yoki xotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirma, uning vafot etgan shaxs bilan nikohda bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat, er-xotin mulkni nikoh davomida orttirilganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
279. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida, DYHXX organlarida ro‘yxatga olinishi haqida yozib qo‘yadi va tushuntiradi.
(279-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-§. Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
280. Qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa ko‘chmas mulk sotib olish yoki qayta ta’mirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini ta’minlash uchun ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi notarius ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq qo‘yadi va bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga xabarnoma yuboradi. Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qo‘yilganligi haqida belgi qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi.
(280-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi hamda bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qo‘yilib, u ro‘yxatda turgan tegishli DYHXX organiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.
(280-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatini kechiktirish sharti bilan ko‘chmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda, to‘lov to‘liq amalga oshirilgunga qadar bitimlarda ko‘rsatilgan mulkka tegishli tartibda taqiq qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat to‘g‘risida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda ko‘rsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qo‘yiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda ko‘rsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar o‘rtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qo‘shimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)
(282-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283. Davlat notarial idorasi ipoteka shartnomasi bo‘yicha ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi to‘g‘risida ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialini xabardor qiladi.
(283-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-16, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284. Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida ko‘rsatilgan taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi va Tizimga kiritiladi. Ushbu xabarlar alifbo kitobiga ham yozib qo‘yiladi.
(284-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoxud garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi xabarni olganlaridan so‘ng ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o‘tkazilishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqiq olib tashlanganligi haqida alifbo kitobiga yozib qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi, tegishli idoralarga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochisining taqiq va xatlovni olib tashlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan xabarnomalarini olgan kuni bu haqda taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobiga, alifbo kitobiga yozib qo‘yadi hamda Tizimga ma’lumot kiritadi.
(285-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
286. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini ushbu hujjatlar qonunga zid bo‘lmagan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
287. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288. Matni noaniq bo‘lgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha so‘zlar yozilgan, hujjatga doir ma’lumotlar to‘liq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa o‘zgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusxalari shahodatlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289. Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki ko‘chirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki ko‘chirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293. Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
294. Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
295. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra o‘z qo‘li bilan imzo qo‘ya olmaydigan shaxs uchun imzo qo‘ygan shaxsning imzosini shahodatlash paytida notarius imzo qo‘ygan shaxsning va imzo qo‘yishni iltimos qilgan shaxsning ham shaxsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, o‘lim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa idoralariga taqdim etish uchun mo‘ljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
297. Yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) hissa qo‘shgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki ustav fondiga (kapitaliga) hissa qo‘shgan yuridik shaxsning ta’sis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda notariusning tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaxsning ta’sis hujjati tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(297-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs, ularning vakolatxona va filiallari mansabdor shaxslarining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaxslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qo‘yish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusxada (bir nusxasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib o‘tilgan shaxslarning imzo qo‘yish huquqi vakolatining tasdig‘i sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun (vakolatxona va filiallar bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslarning, shuningdek norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxona yoki filiallarning muassisi tomonidan tasdiqlangan nizom yoki ustav;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan ishonchnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxona yoki filial davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlar uchun) yoki vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida sertifikat (xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaxsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va texnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va texnik hamkorlik yoki muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi.
(298-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2981. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.
(2981-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
(2982-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
299. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs mansabdor shaxsining imzosi haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.
(299-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301. Tarjima notariusga ma’lum bo‘lgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus ma’lumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning to‘g‘riligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga ko‘ra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan bo‘lsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, ya’ni ikkala matn tik chiziq bilan bo‘lingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa o‘ng tomonda bo‘lishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qo‘yiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga o‘zlarining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzo qo‘yadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qo‘yiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan bo‘lsa, u holda notariusning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi ko‘rsatiladi. Bunda, davlat boji ikkita notarial harakat uchun undiriladi.
(303-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
305. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
306. Notarius fuqaroning iltimosiga ko‘ra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
307. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
308. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan o‘zi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdig‘i sifatida guvohnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
309. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qo‘yilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qo‘yilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
310. Notarius o‘ziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
311. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
312. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq bo‘lsa, varaqlari raqamlanib, ip o‘tkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yo‘q bo‘lsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yig‘majildlariga tikib qo‘yadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
313. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.
(313-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
314. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qo‘yilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun texnik vositalardan foydalanishga ketgan xarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs to‘laydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
315. Notarius notarial harakatlar bilan bog‘liq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi bo‘yicha qarzdorga arizani topshirish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
316. Arizalar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘yilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining davlat notarial idorasida qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan reyestrning raqami ko‘rsatiladi va davlat boji to‘langanligi yozib qo‘yiladi.
(316-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
317. Ariza bergan shaxsning iltimosiga ko‘ra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
318. Guvohnomada arizaning mazmuni ko‘rsatilishi lozim. Arizalar va guvohnomalar berilganligi haqida reyestrga yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-§. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
319. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor o‘zi to‘lashi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni notariusning depozitiga qo‘yishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin bo‘lmasa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor muomalaga layoqatsiz bo‘lsa va uning vakili bo‘lmasa yoki vakil rozi bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyat bo‘yicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yo‘qligi ko‘rinib turgan bo‘lsa, xususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar o‘rtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorning ijroni qabul qilishdan bo‘yin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yo‘l bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni notariusning depozitiga qo‘yish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
323. Qonunning 74-moddasiga asosan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi notarius tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha — mol-mulk turgan joyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari bo‘yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul majburiyati bo‘yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo‘lsa, ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, uning joylashgan yerida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
324. Notariuslar pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni hududiy adliya boshqarmasi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
(324-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
325. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxati;
(325-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy majlisning o‘tkazilishi haqida hamma ta’sischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (ta’sischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(325-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
326. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul summalari va qimmatli qog‘ozlar topshiriladigan kreditorlarning ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yuborilgan xabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
327. Notarius mazkur Yo‘riqnomaning 325 va 326-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyat qanday sabablarga ko‘ra bevosita bajarilmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
329. Arizalar ikki nusxada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor bo‘yicha alohida yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
330. Pul summalari bo‘yicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga notarius pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Depozitga qimmatli qog‘ozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qog‘ozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilishda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar olinganligi to‘g‘risida kreditorni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor kreditorning manzilini ko‘rsatmasa va bu manzil notariusga ma’lum bo‘lmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning o‘ziga yuklatilishi to‘g‘risida notarius ogohlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlar davlat notarial idorasiga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli davlat boji ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.
(334-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336. Notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya boshqarmasiga kreditorlarning ro‘yxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
(336-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337. Hududiy adliya boshqarmasi notariusning xati asosida pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka to‘lov topshiriqnomasini yuboradi. To‘lov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar beriladi.
(337-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
338. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga to‘lov kimning foydasiga amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
339. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar hududiy adliya boshqarmalarining mulki hisoblanmaydi.
(339-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
340. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar o‘tgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-§. Ijro xatlarini yozish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
342. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
343. Ijro xati olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344. Ijro xati yozish mumkin bo‘lgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
345. Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, lavozimi, ijro xatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi;
(345-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirib oluvchining nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi);
(345-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi);
(345-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(345-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrug‘iga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan, to‘lanishi kerak bo‘lgan penya va foizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariusning muhri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
346. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy bo‘lmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qo‘shib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
347. Bir xil shakldagi hujjatlar bo‘yicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida davlat notarial idorasida qarzdorlarning ro‘yxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning to‘liq nomi va manzili, to‘lov muddatlari, ijro yozuvi bo‘yicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
(347-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3471. Notarius ijro xati yozilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uning nusxasini ijro organiga yuborishi shart.
(3471-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-§. Vekselni protest qilish. Chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
348. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan bo‘lib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining (o‘tkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini to‘lash haqidagi hech qanday shart bilan bog‘lanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel bo‘yicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
349. Notarius puli to‘lanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi ko‘rsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
350. To‘lanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel bo‘yicha to‘lash vaqti o‘tgan kunning ertasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
351. Veksellarga to‘lanmaganlik to‘g‘risidagi protest notariuslar tomonidan to‘lovchining turar joyi bo‘yicha yoki to‘lov joyi bo‘yicha (domitsillashtirilgan veksellar, ya’ni to‘lash uchun uchinchi shaxsning qo‘lida bo‘lgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi ko‘rsatilmagan aksept veksellarga protest esa to‘lovchi joyi bo‘yicha solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
352. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda to‘lovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni to‘lovchi shaxs) vekselni to‘lash yoki vekselni akseptlash to‘g‘risidagi talabni qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar to‘lovchi (domitsiliant) vekselni to‘lagan taqdirda notarius unga protest qo‘ymay, vekselni uni to‘lagan shaxsga qaytaradi, vekselning o‘ziga to‘lov va belgilangan forma bo‘yicha tegishli boshqa summalar olinganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar to‘lovchi o‘tkaziladigan vekselga aksept to‘g‘risida belgi qo‘ydirgan bo‘lsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
353. To‘lovchi (domitsiliant) vekselni to‘lash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel to‘lanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va reyestrda tegishli yozuvni amalga oshiradi, shuningdek vekselning o‘ziga u to‘lanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
354. To‘lovchining qayerdaligi noma’lum bo‘lgan taqdirda vekselga to‘lov yoki aksept to‘g‘risidagi talab qo‘yilmagan holda protest solinadi, ya’ni protest to‘g‘risidagi dalolatnomaga va reyestrga tegishli belgi qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
355. Protestlangan veksel vekselni saqlovchiga yoki unga vakolatli shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356. To‘lovchining turar joyidagi notarius to‘lovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chekning to‘lanmaganligini unga yozib qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to‘lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo‘yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga ko‘ra ijro xatini yozadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357. Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
358. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
359. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga ko‘ra qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
360. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni ta’minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u to‘xtab turgan joyda sodir bo‘lgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qo‘yish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa to‘g‘risidagi arizasini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning o‘ziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta’minlash yuzasidan ko‘rgan chora-tadbirlari bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dengiz protesti to‘g‘risidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdig‘i sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, u yuz berganidan so‘ng yetti kundan kechiktirmay notariusga ko‘zdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmani taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
361. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
362. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar, shuningdek kapitanning o‘zi hamda kema qo‘mondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni so‘roq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni o‘z imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan ko‘chirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV-bob. Chet el huquqi normalarining qo‘llanilishi. Xalqaro shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
363. Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
364. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qo‘riqlash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni qo‘riqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga bo‘lgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bog‘liq harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
365. Notarius O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomalar, shu jumladan, meros mulkini qo‘riqlash to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan shartnoma tuzgan chet el davlatining fuqarosi vafot etganligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin (vafot etgan shaxsning mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasiga amal qilgan holda ana shu meros mol-mulkni qo‘riqlash yuzasidan zarur choralarni ko‘radi. Notarius meros mol-mulkning miqdori va qiymatini belgilaydi, merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi, vasiyatnoma bor yoki yo‘qligini tekshiradi, vafot etgan fuqaro davlatining diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga bu haqda zudlik bilan xabar qiladi.
(365-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
366. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mulk to‘g‘risida ish yuritish vafot etgan shaxs fuqarosi bo‘lgan chet el davlati muassasalarining vazifasiga kiritilgan bo‘lsa, meros qilib qoldirilgan ko‘char mol-mulkni notariuslar ana shu davlatning diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarining talablariga muvofiq ularga topshirishlari mumkin.
(366-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
367. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida ko‘zda tutilgan shakl bo‘yicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va e’lon qilish uchun davlat notarial idorasiga taqdim etilgan taqdirda notarius vasiyatnomaning mazmunini e’lon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda o‘chirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar bo‘lganligi yoki yo‘qligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonnoma notarius va vasiyatnomani taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaxslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varag‘iga imzo qo‘yiladi. Agar vasiyatnoma notariusda muhrlangan holda saqlanib kelgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan barcha harakatlarni notariusning bir o‘zi bajaradi.
(367-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
369. O‘zbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risida chet el adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
(369-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq quyidagi hollarda bajarilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqni bajarish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki davlat xavfsizligiga tahdid solsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqni bajarish O‘zbekiston Respublikasi notarial idoralarining vakolat doirasiga kirmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
370. Chet el adliya organlarining ayrim notarial harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlar bilan chet el adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.
(370-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371. O‘zbekiston Respublikasi notarial idoralarining chet el adliya organlari bilan o‘zaro aloqalari tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralarning chet el konsullik va diplomatik vakolatxonalari bilan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
372. Notariuslar chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlar organlarini ta’minlaydilar.
(372-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillar bilan ta’minlash harakatlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
373. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida notarial harakatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish paytida xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
374. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari bo‘yicha taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idoralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

Izoh: *Hududiy adliya organlariga shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qo‘yish haqida sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilarining xabarnomalari kelib tushsa, ushbu xabarnomalar ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat notarial idoralariga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qo‘yish haqida xabarnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushsa, ushbu xabarnomalar ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat notarial idorasiga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi. Boshqa hududiy adliya organlariga ushbu xabarnomalar ma’lumot uchun yuboriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-17, 22.02.2018-y.)tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)