Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
06.05.2026
04.09.2025
16.09.2023
05.04.2022
27.07.2021
29.09.2020
07.07.2020
15.04.2020
01.04.2020
12.06.2019
29.12.2018
06.04.2018
27.12.2017
04.09.2017 06
21.08.2017 02
06.03.2017
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan almashinadigan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) — 2018-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 269-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 09/18/269/1041-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv isteʼmolchilari shaxsiy hisob raqamlarining hisobga olish maʼlumotlari, shu jumladan yakka tartibda hisobga olish asboblari holati toʻgʻrisida 3-ilovaga muvofiq batafsil maʼlumotlarni shakllantirish tizimi joriy etilishini va idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborilishini:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri boʻyicha — 2017-yil 1-iyuldan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha — 2018-yil 1-iyuldan boshlab taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlarida — idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlik haqidagi maʼlumotlar elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab yuborilishi taʼminlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 269-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 09/18/269/1041-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish tashkilotlari 2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda idoralararo elektron hamkorlik vositasida almashinadigan maʼlumotlarni dolzarblashtirish, olish va berish yuzasidan axborot tizimlarini oʻzaro muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda — notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan davlat boji va boshqa toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda — ariza beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish mexanizmini joriy qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil mobaynida ushbu qarorning qoʻllanilishi yuzasidan monitoring olib borsin va tahlil qilsin hamda, zaruriyat boʻlganda, koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Toshkent shahri boʻyicha — 2017-yil 1-iyuldan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha — 2018-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, Gʻ.I. Ibragimov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 27-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi va “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini (keyingi oʻrinlarda — bitim) idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — bitimni notarial tasdiqlash maqsadida notarial idoraga murojaat etuvchi koʻchmas mulk mulkdori yoki qonunchilikda belgilangan tartibda uning nomidan harakat qilishga vakolatli boʻlgan vakili;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining X bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron ariza — ariza beruvchining bitimni notarial tasdiqlash haqida elektron hujjat shaklidagi murojaati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar — gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “Notarius” AAT deb ataladi) — notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron arizaning noyob raqami — elektron ariza toʻldirilgandan keyin “Notarius” AAT tomonidan shakllantiriladigan ramzlarning noyob toʻplami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bitimlarni idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash ushbu nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Elektron arizani toʻldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron arizani bevosita toʻldirish yoʻli bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron arizani toʻldirish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qilishi mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-sentabrdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzi kelib murojaat qilinganda elektron ariza qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlov undirilgandan soʻng ariza beruvchining nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan toʻldiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektron ariza toʻldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik, koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Notarius” AATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqidagi maʼlumotlar kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi haqida xabar beriladi. Ariza beruvchining talabiga koʻra bildirishnoma yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlash imkoniyati beriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tezkorlik bilan “Notarius” AATda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud boʻlmasa, elektron arizaga noyob raqam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchiga bitimni notarial tasdiqlash mumkinligi, davlat boji miqdori, shuningdek bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar haqida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlsa, ariza beruvchi elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida bitimni notarial tasdiqlashni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining xohishiga koʻra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi. Ariza beruvchi bildirishnomada koʻrsatilgan vaqtda notarial idoraga kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Elektron arizaga noyob raqam berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani toʻldirish ushbu Nizomning 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qayta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchining xohishiga koʻra notarial idoraning xodimlari tomonidan bitimning dastlabki loyihasi tuziladi. Bunda bitim loyihasi notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga kelingan kuni taqdim etiladi. Bitim loyihasi tuzilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bitimni notarial tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bitimni notarial tasdiqlash qonunchilikda belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalariga muvofiq tomonlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron arizaning noyob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda — koʻchmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa — garovga oluvchining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslarning pasportiga oid maʼlumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning oʻz xohishiga koʻra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-sentabrdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bitim notarial tasdiqlangandan keyin koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot va sotib oluvchi haqidagi quyidagi maʼlumotlar “Notarius” ATT orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga yuboriladi:
(13-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-sentabrdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon raqami (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakat amalga oshirilgan kun va uning qayd etilgan raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishonchsiz va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilgani uchun ushbu maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikdabelgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1933-moddasi, Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish va ipoteka bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlashni amalga oshirishga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ARIZA
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar
1.
Familiyasi, ismi, otasining ismi/yuridik shaxsning nomi
2.
Tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy)
3.
Pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgan/yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning seriyasi va raqami
4.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili/yuridik shaxsning joylashgan joyi
5.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Aloqa qilinadigan maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)
6.
Pochta manzili
7.
Telefon raqami
8.
Elektron pochta manzili
Koʻchmas mulk haqidagi maʼlumotlar
9.
Koʻchmas mulkning kadastr raqami (kadastr yigʻmajildiga muvofiq)
10.
Koʻchmas mulkning manzili
Sana: 20___ y. “___” __________
Imzo: ____________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo axborot tizimlarida maʼlumotlar mavjud boʻlsa, elektron arizaning tegishli bandlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron ariza notarial idoraning xodimlari tomonidan toʻldirilsa, elektron ariza qogʻozga chiqariladi va ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar tasdiqlangan holda imzolanadi. Qogʻozga chiqarilgan ariza bitim boʻyicha hujjatlar bilan birga qoʻshib tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud emasligi elektron arizaga noyob raqam berish uchun asos boʻladi. Bunda ariza beruvchi elektron arizaga noyob raqam berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga kelishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan almashiladigan maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslarning soni, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan/roʻyxatdan chiqarilgan kun
Gaz taʼminoti tashkilotlari, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Koʻchmas mulkning kadastr
raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha
2.
Yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, F.I.O, pasport seriyasi va raqami, bergan organ, berilgan sana) haqidagi maʼlumotlar
Notarial idoralar
Koʻchmas mulkning kadastr
raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha
3.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, STIR, sotib oluvchining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Notarial idoralar
Notarial tasdiqlangandan keyin
4.
Koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
Notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechikmay
5.
STIR, soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjudligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumot
Notarial idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
Koʻchmas mulkning kadastr
raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha
6.
Koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari, koʻchmas mulkni boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi maʼlumotlar
Notarial idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha
7.
Mulkdorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mulkdorning mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa), mulkdorning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Davlat soliq qoʻmitasi,
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin, bir vaqtda — amaldagi mulkdorning mulk huquqi paydo boʻlgandan keyin mulkdorga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni toʻliq bir-biriga moslashtirish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq vaqt rejimida idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimida beriladigan oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv isteʼmolchilari shaxsiy hisob raqamlarining hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek yakka tartibda hisobga olish asboblari holati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BATAFSIL MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning kadastr raqami
Isteʼmolchi tomonidan koʻrsatilgan yakka tartibda hisobga olish asbobining koʻrsatkichi
Yakka tartibda hisobga olish asbobining avvalgi koʻrsatkichi bilan farqi
Hisob-kitobning boshqa mezoni
Oʻlchov birligi
Amalga oshirilgan toʻlov (soʻm)
Toʻlov amalga oshirilgan sana
Yakka tartibda hisobga olish asbobi holati tekshirilgan sana
Yakka tartibda hisobga olish asbobini navbatdagi tekshirish sanasi
Inspektor tomonidan koʻrsatilgan yakka tartibda hisobga olish asbobining koʻrsatkichi
Isteʼmolchining balansi (soʻm)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu jadvalda oxirgi uch yil mobaynidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, issiq suv taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari oʻz xususiyatlaridan kelib chiqib ushbu jadvalda koʻrsatilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqa shaxsga oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi”.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-bandga “maʼlumotlar taqdim etilishi” soʻzlaridan keyin “, shuningdek zarur hollarda yoki Isteʼmolchining talabiga koʻra uy ichidagi issiqlik taʼminoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil maʼlumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“107. Shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladi va aniq vaqt rejimida idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Yangi mulkdor koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun muddatda shartnoma tuzishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan Yetkazib beruvchiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yangi doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotni yuboradi. Bunda Yetkazib beruvchi maʼlumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik taʼminoti shartnomasi tuzilishini taʼminlashi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ISKX tashkilotiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotni yuboradi. Bunda ISKX tashkiloti maʼlumot olingandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik suv taʼminoti va (yoki) oqova suvni chiqarish xizmatlaridan foydalanishga shartnoma tuzilishini taʼminlashi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil maʼlumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 131-modda, 33-son, 863-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 06.04.2018-y., 09/18/269/1041-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)