08.05.2001 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.05.2001 yildagi 207-son
Date of entry into force
08.05.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining va ular xodimlarining faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini va ularning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘zlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi va 1995-yil noyabrdagi 436-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 8-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 8-maydagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1 Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi (elchixonasi va missiya) ga (keyingi o‘rinlarda “diplomatik vakolatxona” deb ataladi), xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi (bosh konsulligi, vitse-konsulligi yoki konsullik agentligi) ga (keyingi o‘rinlarda “konsullik muassasasi” deb ataladi) xorijiy davlatning organlari sifatida, diplomatik vakolatxonalar xodimlarga va konsullik muassasalari xodimlariga ularning funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladi, ular diplomatik aloqalar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasiga hamda konsullik aloqalari to‘g‘risida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasiga, xalqaro urf-odatlarga, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladigan diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va qoidalarini, uning xalqi madaniyati, an’analari va urf-odatlarini hurmat qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Nizomdagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Nizomda nazarda tutilgan qoidalar o‘zaro do‘stlik prinsipidan kelib chiqqan holda, alohida xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, shuningdek ularning xodimlariga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Ushbu Nizom maqsadlari uchun foydalaniladigan atamalar ularning diplomatik vakolatxonalar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi va konsullik aloqalari to‘g‘risida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi bilan belgilanadigan ma’nolariga muvofiq ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Diplomatik vakolatxonalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.Diplomatik vakolatxonalar respublika davlat organlari va muassasalari bilan rasmiy munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali o‘rnatadilar va amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Diplomatik vakolatxonaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) elchilar, nunsiylar, vakillar, internunsiylar darajasidagi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ishonchli vakillar darajasidagi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qaysi klassga mansubligi tegishli davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Diplomatik vakolatxona boshlig‘i yoki diplomatik personalning istalgan a’zosi akkreditatsiya qilinuvchi davlat tomonidan bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini oldindan xabardor qilgan holda boshqa davlatda yoki davlatlarda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4.Diplomatik vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) diplomatik vakolatxona xodimlarining tayinlanganligi, ularning kelishi va ketishi yoki ularning diplomatik vakolatxonadagi faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) diplomatik vakolatxona xodimi oilasiga mansub shaxsning kelishi va uzil-kesil ketishi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) diplomatik vakolatxona xodimlari uy xizmatchilarning kelishi va uzil-kesil ketishi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) O‘zbekistonda yashovchi shaxslar diplomatik vakolatxona xodimlari yoki imtiyozlarga va daxlsizlik huquqlariga ega bo‘lgan uy xizmatchilari sifatida yollanganligi va ishdan bo‘shatilganligi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish niyati to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) vakolatxona diplomatik xodimlarining yashash joyi to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Akkreditatsiya qilinuvchi davlat O‘zbekiston Respublikasi Hukumati roziligisiz respublikaning boshqa aholi punktlarida diplomatik vakolatxonaning tarkibiy qismi bo‘lgan kanselyariya ta’sis etishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi diplomatik vakolatxonaga va uning xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida zarur ko‘chmas mulkni sotib olishda va ijaraga olishda ko‘maklashadi, shuningdek xususiy shaxslardan binolarni ijaraga olishda vositachilik qiladi.
(2.6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Diplomatik vakolatxonaga, diplomatik personal boshliqlari va a’zolariga beriladigan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binosi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar a’zolarining uy-joylari daxlsiz hisoblanadi. Diplomatik vakolatxonani va xususiy qarorgohni qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan shartnoma asosida qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga qo‘riqlashga ishonib topshirilayotgan diplomatik vakolatxonalar va qarorgohlarning texnik mustahkamligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(3.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxona, uning faoliyati diplomatik vakolatxonaning mutlaqo ichki ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, ichki qo‘riqlashni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binolariga, shuningdek diplomatik vakolatxonalar a’zolarining uy-joylariga faqat tegishli xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi boshlig‘ining roziligi mavjud bo‘lgandagina kirish mumkin. Ushbu binolar va ulardagi anjomlar, shuningdek diplomatik vakolatxonaga tegishli harakatlanish vositalari tintish, musodara qilish, rekvizitsiya, hisobga olish va boshqa majburiy xatti-harakatlardan daxlsizdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur binolar va harakatlanish vositalaridan diplomatik vakolatxona funksiyalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxona boshlig‘i diplomatik vakolatxonalar, shu jumladan diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qarorgohlari binolariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrog‘ini va Davlat gerbini o‘rnatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Diplomatik vakolatxona o‘z hukumati bilan, o‘z davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek o‘z davlatining uchinchi davlatlardagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan odatdagi aloqa vositalari, kodlashtirilgan va shifrlangan xabarlar, shuningdek diplomatik pochta (keyingi o‘rinlarda dippochta deb ataladi) vositasida to‘siqsiz aloqa bog‘lashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar simsiz xabar uzatgichlar o‘rnatishi va ulardan faqat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari ruxsati bilangina foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Diplomatik vakolatxonaning arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari istalgan vaqtda, ular joylashgan joydan qat’i nazar, daxlsizdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Diplomatik pochtani ochish va ushlab qolish mumkin emas. Diplomatik pochtani tashkil etuvchi barcha o‘rinlarda ularning xarakterini ko‘rsatib turuvchi tashqi belgilar bo‘lishi kerak va ularda faqat rasmiy ravishda foydalanish uchun mo‘ljallangan diplomatik hujjatlar va buyumlar bo‘lishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Maqomi va diplomatik pochtadagi o‘rinlar soni ko‘rsatilgan rasmiy hujjat bilan ta’minlangan diplomatik kuryer (keyingi o‘rinlarda diplomatik kuryer deb ataladi) o‘z vazifalarini bajarayotgan O‘zbekiston Respublikasi himoyasidan foydalanadi. U shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va biror-bir shaklda hibsga olinmaydi yoki ushlab qolinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyatining vakolatli organlari diplomatik kuryerlarga xizmat vazifalarini bajarishda mumkin bo‘lgan darajada ko‘maklashadi va ularni himoya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. 3.6.-band qoidalari diplomatik pochtani bir marta tashish uchun tayinlangan vaqtinchalik kuryerlarga (ad hoc diplomatik kuryerlarga) nisbatan ham qo‘llanadi, ulardagi eslatib o‘tilgan daxlsizlik huquqlari bunday kuryer tomonidan unga yuklangan diplomatik pochta belgilangan joyga yetkazib berilgan vaqtda to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik pochta xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida, kuryer kuzatuvchisiz, odatdagi aloqa kanali bo‘yicha jo‘natilishi yoki fuqaro samolyotining diplomatik kuryer hisoblanmaydigan komandiriga ishonib topshirilishi mumkin. Diplomatik vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq maxsus ruxsatnoma asosida o‘z xodimini diplomatik pochtani bevosita samolyot komandiridan qabul qilib olish uchun yuborish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. O‘zining rasmiy vazifalarini bajarayotganda diplomatik vakolatxona tomonidan undiriladigan haq va yig‘imlar barcha soliqlar, yig‘imlar va bojlardan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Diplomatik vakolatxonalar boshliqlari xususiy yoki ijaraga olingan diplomatik vakolatxona binolariga nisbatan barcha soliqlar, yig‘imlar va bojlardan ozod qilinadilar, xizmat ko‘rsatishning muayyan turlari, shu jumladan binoni ijaraga olish uchun to‘lovdan iborat soliqlar, yig‘imlar va bojlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik personal a’zolari barcha soliqlar, yig‘imlar va bojlardan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) odatda tovarlar yoki xizmatlar ko‘rsatish narxiga qo‘shiladigan soliqlar ( qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar mulkidan yig‘imlar va soliqlar, agar u mulkka akkreditatsiya qilinuvchi davlat nomidan vakolatxona maqsadlari uchun egalik qilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) merosdan davlat bojlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) manbai O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan daromaddan yig‘imlar va soliqlar, O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat korxonalariga kapital qo‘yilmalardan soliqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) xizmatlar ko‘rsatishning muayyan turlaridan undiriladigan yig‘imlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, sud va reyestr bojlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Diplomatik vakolatxona rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlarni, diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali a’zolari esa—ularning shaxsan foydalanishi uchun mo‘ljallangan buyumlarni, shu jumladan dastlabki joylashib olish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni olib kirishi va olib chiqib ketishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonaning rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek diplomatik vakolatxona boshlig‘ining va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar, buyumlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya etilgan taqdirda, barcha bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi, buyumlarni saqlash, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona rasmiylashtirishi uchun to‘lovlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.12. Diplomatik vakolatxona boshlig‘ining va diplomatik personal a’zolarining shaxsiy bagaji ko‘rikdan o‘tkazishdan ozod qilinadi, bagajda olib kirilishi va olib chiqib ketilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan tovarlar borligiga asoslar bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bunday ko‘rikdan o‘tkazish faqat bagaj egalarining yoki ularning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.13. Diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik personal a’zolari shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar hamda tintuv qilinishi yoki hibsga olinishi, yoki biror-bir shaklda ushlab turilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.14. O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining o‘z chegaralari doirasida erkin yurishini ta’minlaydi, maxsus ruxsatnoma asosida kiritiladigan zonalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.15. Diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik personal a’zolari O‘zbekiston Respublikasining jinoiy, fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar, biroq ushbu shaxslar bunga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning aniq ifodalangan roziligi bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga tegishli bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqi diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali a’zolari fuqarolik-huquqiy munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ularga tegishli ko‘chmas mulk, meros to‘g‘risidagi da’vo munosabati bilan, shuningdek ular tomonidan xizmat vazifalaridan tashqarida amalga oshiriladigan kasbiy yoki tijorat faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar munosabati bilan xususiy shaxs sifatida kiradigan holatlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxona boshlig‘i va diplomatik vakolatxona a’zolari guvohlar sifatida ko‘rsatma berishga majbur emas, bunday ko‘rsatmalar berishga rozi bo‘lishganda esa ular buning uchun sud yoki tergov organlariga kelishga majbur emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.16. Ushbu Nizomning 3.8, 3.9, 3.11, 3.12 va 3.13-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar diplomatik vakolatxona boshlig‘i, diplomatik personal a’zolarining ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga, agar oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmasa, tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.17. Diplomatik vakolatxonaning ma’muriy-texnik personali a’zolari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmasa yoki O‘zbekistonda doimiy yashamasa, 3.1, 3.8, 3.9, 3.10, 3.11-bandlarda (3.11-bandda ko‘rsatilgan imtiyozlarning dastlabki joylashib olish uchun mo‘ljallangan tovarlarga nisbatan qo‘llanishini istisno qilgan holda), 3.13 va 3.15-bandlarda (O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqining faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan ma’muriy-texnik personal xodimlari tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlargagina tatbiq qilinishi istisno qilgan xolda) nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat ko‘rsatuvchi personalning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan a’zolari ular tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan sodir etilgan xatti-harakatlarga nisbatan daxlsizlik huquqidan foydalanadilar hamda o‘z xizmati bo‘yicha olishadigan ish haqi yuzasidan soliqlar, yig‘imlar va bojlardan ozod qilinadilar. Bunday shaxslarga, shuningdek, har bir xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan o‘zaro do‘stlik prinsipidan kelib chiqqan holda bojxona imtiyozlari ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.18. Xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tadigan uchinchi davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i, diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali a’zolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning o‘tishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar. Ushbu qoida ularning imtiyozlar va daxlsizlik huquqidan foydalanishadigan oila a’zolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi yoki ularga qo‘shilish yoki o‘z davlatiga qaytish uchun alohida jo‘naydigan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.19. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tayotgan diplomatik kuryerlarga ham O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan diplomatik kuryerlarga kabi daxlsizlik huquqi beriladi va himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Konsullik muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Konsullik muassasasi o‘z funksiyalarini konsullik okrugi doirasida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasining joylashgan joyi, klassi va uning konsullik okrugi chegarasi O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlat o‘rtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Xorijiy davlat tomonidan tayinlangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan bosh konsul, vitse-konsul va konsullik agenti konsullik muassasasining boshlig‘i hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Konsullik muassasasi boshlig‘i unga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik ekzekvaturasi berilgandan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Konsul lavozimidagi shaxs alohida holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining roziligi bilan o‘z funksiyalarini o‘z konsullik okrugi tashqarisida bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Konsullik muassasasi binolari daxlsiz hisoblanadi. Ushbu binolarga faqat tegishli xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasi boshlig‘ining yoki diplomatik vakolatxonasi boshlig‘ining roziligi bilangina kirish mumkin. Shu bilan birga, yong‘in yoki zudlik bilan himoya choralarini talab qiladigan boshqa tabiiy ofatlar ro‘y berganda konsullik muassasasi boshlig‘ining roziligi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasi binolarining daxlsizligi ulardan konsullik vakolatxonasi funksiyalariga to‘g‘ri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Konsullik muassasasi binosiga, shuningdek konsullik muassasasi boshlig‘i qarorgohiga va bu xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lganda konsullik muassasasi boshlig‘i yuradigan transport vositalariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrog‘i osib qo‘yilishi va Davlat gerbi o‘rnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.7. Ushbu Nizomning 2.5, 2.6, 3.1-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik muassasasiga nisbatan ham qo‘llanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.8. Konsullik muassasasining arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari, ularning joylashgan o‘rnidan qat’i nazar, har qanday vaqtda daxlsiz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.9. Konsullik muassasasi o‘z hukumati bilan, o‘z davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bilan, shuningdek o‘z davlatining uchinchi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan ushbu Nizomning 3.3-bandida nazarda tutilgan tartibda aloqa bog‘lashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.10. Ushbu Nizomning diplomatik pochta va diplomatik kuryer to‘g‘risidagi 3.5 va 3.6-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik valizasiga va konsullik kuryeriga nisbatan ham qo‘llanadi. Konsullik valizasida rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlardan tashqari boshqa narsalar bor deb hisoblash uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakolatli organlar ishtirokida konsullik valizasini ochishni talab qilishga haqlidir. Bunday talabni bajarish rad etilgan taqdirda valiza jo‘natuvchiga qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Konsullikning mansabdor shaxslariga va konsullik muassasalarining boshqa xodimlariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Konsullikning mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va ushlab turilishi yoki hibsga olinishi mumkin emas, og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ta’qib qilish yoki qonuniy kuchga kirgan sud hukmini (qarorini) bajarish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Konsullikning mansabdor shaxslari va konsullik xizmatchilari ular konsullik funksiyalarini bajarish chog‘ida sodir etadigan xatti-harakatlarga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sud yoki ma’muriy organlari yurisdiksiyasiga kirmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur daxlsizlik huquqi konsullik mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan, ular uning bo‘yicha o‘zi vakili bo‘lgan davlatning yoxud uchinchi tomonning agenti sifatida O‘zbekiston Respublikasida yo‘l-transport vositasi sababchi bo‘lgan baxtsiz hodisa yetkazgan zarar uchun o‘z zimmasiga bevosita yoki bilvosita majburiyatlar olishmagan shartnomadan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosiga nisbatan qo‘llanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Konsullik muassasasi xodimlari sud ishlarini yoki ma’muriy ishlarni olib borish chog‘ida guvohlar sifatida chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.1. Konsullik xizmatchisi yoki xizmat ko‘rsatuvchi personal ko‘rsatma berishdan bosh tortishi mumkin emas, 5.3.3-kichik bandda qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.2. Konsullik mansabdor shaxsning ko‘rsatmasini talab qiladigan organ ushbu shaxsning o‘z funksiyalarini bajarishiga xalal yetkazmasligi kerak. U, imkoni bo‘lgan vaqtda, bunday ko‘rsatmalarni mazkur shaxsning uyida yoki konsullik muassasasida eshitishi yoki undan yozma ko‘rsatmalarni qabul qilib olishi mumkin. Agar konsullikning mansabdor shaxsi ko‘rsatma berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majbur qilish yoki jazolash choralari ko‘rilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.3. Konsullik muassasasi xodimlari o‘z funksiyalarini bajarishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga yoki o‘zlarining funksiyalariga taalluqli rasmiy xat-xabarlarni taqdim etishga majbur emaslar. Ular, shuningdek, o‘zlari vakili bo‘lgan davlat qonunchiligini izohlovchi ko‘rsatmalar berishga majbur emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Konsullikning shtatdagi mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi xududida shaxsiy daromadlar olish maqsadida biror-bir kasb yoki tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas, ushbu norma buzilgan taqdirda ularga nisbatan berilgan imtiyozlar va ushbu Nizomda ular uchun nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasi tegishli bo‘lgan davlat konsullik muassasasi xodimining ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlari va daxlsizlik huquqlaridan voz kechishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Konsullik muassasasining mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tishi, shuningdek konsullikning mansabdor shaxslariga bojxona imtiyozlari berish tartibi ushbu Nizomning 3.11-bandiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik xizmatchilariga va xizmat ko‘rsatuvchi personal xodimlariga, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga bojxona imtiyozlari har qaysi xorijiy davlat bilan maxsus bitim asosida va ular bilan o‘zaro do‘stlik prinsipidan kelib chiqqan holda tatbiq etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qo‘shimcha qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Ushbu Nizomda diplomatik personal a’zolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalarda va yig‘ilishlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelishadigan xorijiy davlatlarning vakillariga, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan oila a’zolariga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Xuddi shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tuvchi xorijiy davlatlar vakillari, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolari, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan oila a’zolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning o‘tishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga, ushbu tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlar vakolatxonalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanuvchi shaxslarga mansublik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlanadi, 3.18, 3.19 va 6.1-bandlarda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Ushbu Nizom bilan qamrab olinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-dekabrdagi 543-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda; 2002-y., 14-son, 112-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son; 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)