15.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2068
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 15.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2068
Date of entry into force
25.01.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEMIR YOʻL TRANSPORTI TAʼMIRLASH TASHKILOTLARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2068]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Temir yoʻl transporti taʼmirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 28-dekabrdagi 82-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transporti taʼmirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq temir yoʻl transporti taʼmirlash tashkilotlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar temir yoʻl transporti taʼmirlash tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish mutaxassislarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Bevosita temir yoʻl transportini taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Temir yoʻl transportini taʼmirlash jarayonida taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavfli va zararli omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xodimlar temir yoʻl transportini taʼmirlash jarayonida taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavfli va zararli omillar, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Har bitta tashkilot yoki alohida xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tashkilot (sex) rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalar va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi meʼyorlar boʻyicha temir yoʻl transportini taʼmirlash uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tashkilot rahbariyati ishchi va xizmatchilarni quyidagi maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kiyim-kechak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus poyabzal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus bosh kiyimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafas aʼzolarining himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlni himoyalash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh uchun himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzni himoyalash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzni himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Xodimlarni temir yoʻl transportini taʼmirlash jarayonida qatnashishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashkilot xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng temiryoʻl transportini taʼmirlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilotlarda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy (mehnat faoliyati davomida) hamda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilotlarda xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yoʻl sostavlarini intensiv harakatlanishiga oʻtish joylari avtomatik signal bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishini taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda toʻxtalishi lozim, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, oʻrta ogʻir ishlarda 17°S va ogʻir ishlarda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(11-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Tashkilotning oqova suvlari, tashqi oqova suvlariga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Issiq va qoliplash sexlarida, bugʻlantirish kameralari boʻlinmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz boʻlgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan taʼminlanishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tashkilotda oqova suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻlyuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun koʻchma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Temir yoʻl transporti harakat tarkibini taʼmirlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Temir yoʻl transporti harakat tarkibini taʼmirlashga tayyorlash boʻyicha texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Tashkilot yoʻllarida temir yoʻl transporti harakatlanishida manevr lokomotivlari va motor-vagon harakatdagi tarkib eshiklari yopiq holda boʻlishi hamda tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Harakatdagi tarkibni yurishi davomida temir yoʻl transporti sexi dispetcheri ruxsati bilan strelka oʻtkazgichi doimiy navbatchisi yoki mashinist yordamchisi tomonidan strelka aylantirilib turilishini tashkil etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Taʼmirlash hajmini aniqlash boʻyicha ishlar maxsus yoʻllarda bajarilib, ular yoʻlni har ikki tomonidan qattiq materiallar bilan yopilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Elektr harakat tarkibi belgilangan joyga qoʻyilmaguncha yoki kontakt simidan kuchlanish oʻchirilmaguncha unda ish olib borish va kuzatuv ishlarini bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Harakatdagi tarkib chegaralash tayanchlari oʻrtasida belgilangan joyda joylashtirilib, boshmoqlar bilan mahkamlanishi, shuningdek tok qabul qiluvchi moslama tushirilib, yonilgʻi, suv va moy maxsus sigʻimlarga quyilishi va akkumulyator batareyalaridan chiqqan simlar oʻchirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Elektr harakat tarkibi elektrofikatsiyalashgan yoʻllarda belgilangan joyga qoʻyilgandan soʻng simdan kuchlanish oʻchirilishi va kontakt simi yerga ulanib, machtali ajratgich qulfga berkitilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Harakatdagi tarkib taʼmirlanishdan oldin axlat, yuk qoldiqlari, qor va muzlardan tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Yoʻlovchi tashish vagonlarining motor-vagon harakatdagi tarkibi yuvilgan va dezinfeksiyalangan holda boʻlishi, sisternalar esa ularni taʼmirlashga tayyorlash qoidalariga muvofiq yuk qoldiqlaridan tozalangan va moysizlantirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Harakatdagi tarkibni tozalash, yuvish va quritish ishlari maxsus kiyim-bosh va himoya koʻzoynaklarida sexdan tashqarida yoki soʻrish-shamollatgichi boʻlgan maxsus kameralarida bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Seksiyalar elektr ulanmalarini uzish ishlari simlar zararsizlantirilganda va tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilib, mahkamlangandan soʻng, ishlamay turgan holatda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Harakatdagi tarkib sexlarga olib kirilayotganda odamlarni yoʻllarda, darvozalar orasida, harakatlanayotgan temir yoʻl transporti vositalari ustida hamda chiqish moslamalarida turishi taqiqlanadi. Lokomotiv yoki vagon sexga olib kirilayotganda, mazkur yoʻlda harakatdagi tarkib turgan boʻlsa, ishlayotgan odamlar manevr ishlari tugagunga qadar undan tushishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Lokomotivlar va vagonlar koʻtarib taʼmirlanayotganda ular orasidagi masofa 2 m dan kam boʻlmasligi lozim. Taʼmirlashga qoʻyilgan lokomotivlardan sex darvozasidan chiqadigan joygacha boʻlgan masofa 4,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Elektr harakatdagi tarkib yoʻlga qoʻyilganda, unga ikki tomonidan bemalol tushadigan va yonidan oʻtadigan boʻsh joylar qoldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Manyovr ishlari harakat tarkibini saqlaydigan va ishlovchilar xavfsizligini taʼminlaydigan amaldagi texnologik jarayonlarga muvofiq bajarilishi lozim. Tashkilot rahbariyati tomonidan manyovr ishlari xavfsiz bajarilishi boʻyicha texnologik jarayon ishlab chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Manyovr ishlari paytdagi tezlik: zavod tashkilot yoʻllarida soatiga 5 — 15 km, kesishmalarda va sex yaqinida soatiga 3 km, sex ichida soatiga 2 km ni tashkil etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Harakatdagi tarkib qoʻyiladigan joy tozalanadi va uni keskin tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Temir yoʻl transporti harakat tarkibini taʼmirlashda uskunalar va ish oʻrinlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Foydalanayotgan uskunalarni barchasi doimo soz holatda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Toʻsiqlar va himoyalash qurilmalari belgilangan joylarda oʻrnatilib, oʻrnatilgan darajada mahkamlab qoʻyiladi. Nosoz uskuna va toʻsiqlarni nosozligi paytida ishlashga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Yangi oʻrnatilgan yoki taʼmirdan chiqqan uskunalar sex boshligʻi va mehnatni muhofaza qilish muhandisi ishtirokida komission tartibda qabul qilingandan soʻng ishga tushirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Foydalanilayotgan uskunalar boʻyicha texnik hujjatlar mavjud boʻlishi kerak. Uskunalar konstruksiyasi va uni boshqaruv organlari mehnat xavfsizligini taʼminlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Verstaklar, stollar va stellajlar mustahkam, chidamli, qulay va balandlikda ishlovchilar uchun xavfsiz boʻlishi hamda polga ishonchli mahkamlab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Verstaklar yuzalari silliq materiallar bilan qoplanadi. Stellajlar va uni tag qismlarida koʻchish, tigʻli joylari, yoriqlar va boshqa nuqsonlari boʻlmasligi kerak. Stellajlar polkalarini qiyaligi, saqlanayotgan jismlar tushib ketmasligi uchun ichkari tomonga qaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Verstaklarni qoplash paytida oʻtkir burchaklar boʻlmasligi kerak. Verstak kengligi 0,75 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Verstaklar qoʻyilgan qisqich (tiski)lar ishlov berilayotgan detal oʻlchovlariga muvofiq boʻlishi va ular orasidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Verstakda ishlovchilarni uchish mumkin boʻlgan parchalardan himoyalash maqsadida yacheykalari 3 mm dan katta boʻlmagan 1 m va undan ziyod balandlikda toʻrlar qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Buyumlar va materiallarni taxlash uchun moʻljallangan stellaj va stollarda ularni koʻtarishi mumkin boʻlgan ogʻirliklar haqida belgi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Ishlovga kelib tushgan detal va materiallar maxsus va aniq belgilangan joylarda joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Uskunalar va binolar qismlari orasidagi masofa oʻtish va harakatlanish joylari kengligi, amaldagi qurilish, binolar va inshootlarni yongʻinga qarshi meʼyorlarini loyihalash talablariga muvofiqlashtiriladi hamda uskunalar quvvati va turi transport vositalari va tayyorlanayotgan mahsulot gabariti, tashishni bajarish ishlari, odamlar va yuklarni intensivligiga qarab belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Chang ajratadigan uskunalar (tozalash barabanlari, gitinaks, tekstolik, asbest va boshqalarga mexanik ishlov beradigan stanoklar) alohida xonalarda oʻrnatiladi va ular boshqa sexlar xonalaridan chang va ovozdan himoyalangan toʻsiqlar bilan izolyatsiyalanishi hamda tortish-soʻrish shamollatish uskunalari, mahalliy soʻrish va tozalash vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Agarda uskunalar ishi yuqori darajadagi shovqinni keltirib chiqarsa, ularni sexlarda oʻrnatish sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Issiq va zararli ishlar bilan bogʻliq sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari izolyatsiyalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Pnevmatik zarba berib ishlaydigan doimiy ishlar uchun alohida xona ajratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Barcha harakatni uzatuvchi (tasmali, arqonli, zanjirli, sharnirli va boshqalar) qismlarda mustahkam saqlaydigan toʻsiqlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Uskunalar va mexanizmlarni aylanish qismlari 2,5 m balandlikdan pastda joylashgan boʻlsa, maxsus toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Katta gabaritli uskunalarga xizmat koʻrsatish poldan 1 m va undan oshgan holda amalga oshirilishi hamda uning yonida toʻsigʻi boʻlgan maxsus maydoncha va unga chiqish uchun narvon boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Ishga tushirish apparaturasi uskunani tez va bir tekisda yoqish va undan qulay foydalanishni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Yirik va uzun oʻlchovli uskunalar (transportyor, rolgang, konveyer va boshqalar) bir necha joyda toʻxtatish tugmalari (knopkalari) bilan jihozlanishi lozim. Toʻxtatish tugmachasi qizil rangda boʻlib “toʻxta” yozuviga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Uskunani ishga tushirish pedallari ishonchli toʻsiqlar va himoyalovchi qurilmalardan iborat boʻlib, ular uskunani oldindan oʻqish imkoniyatiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Uskunalar va mexanizmlarni taʼmirlash va sozlash ishlari maxsus ajratilgan, oʻqitilgan va yoʻl-yoʻriqdan oʻtgan xodim tomonidan bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uskunalar va mexanizmlar ishlayotganda taʼmirlash ishlari bajarilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Ish boshlanishi oldidan uskunalar va mexanizmlar oʻchirib qoʻyiladi. Barcha harakat uzatadigan kamarlar shkivdan olib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Ishga tushirish apparati va rubilniklarda belgilangan plakatlar osib qoʻyiladi va ishlayotgan joyga kuchlanish berilmasligi boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Qirindilar, qirqilgan boʻlaklar, changlar va ifloslanishlar stanokda ishlovchilar tomonidan tozalanib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Har bir ishlovchi uchun qulay sharoit yaratilib, ish bajarayotgan paytda ularning erkin harakati taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Ish joyi yordamchi uskunalarni joylashtirish uchun yetarli darajada maydon, shuningdek, asboblar, jihozlar, ishlov beriladigan va ishlov berilgan buyumlar (stellajlar, stollar, yashiklar va boshqalar)ni saqlash uchun tegishli inventarlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Ish joyida ishchini oyogʻi tagida soz yogʻoch panjarali taglik boʻlishi va plankalari orasidagi masofa 25 — 30 mm ni tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Agarda ish joylari ishchi yonida ishlayotganlar yoki atrofidan oʻtayotganlar uchun xavfli boʻlsa, toʻsiq oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Ish oʻrni yetarli darajada yoritilishi va tozalikda saqlanishi kerak. Ish oʻrinlari, yurish va harakatlanish yoʻllari, ish kuni davomida va ish joylarida tayyor mahsulot va qoldiqlar yigʻilganda tozalanib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Ish joyida yonish xavfi bor va yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Asboblar va moslamalarni ish joylarida saqlash uchun alohida shkaflar oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Buyumlarni shtabel shaklida taxlash uchun uning balandligi buyumni muvozanat sharoiti va ulardan detallarni olishda qulaylik boʻlishiga qarab belgilanadi. Bunda shtabel balandligi 1 m dan oshmagan, ular orasidagi masofa 0,8 m dan kam boʻlmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Shtabellar yiqilib ketmasligi va ulardan materiallar sirpanib, tushib ketmasligini oldini olish maqsadida maxsus moslamalar, tayanchlar, tirkagich, qatorlar orasiga taglik qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Ish paytida qozonxonaga tushish qopqogʻi, sisternalar va quduqlar lyuklari ochiq boʻlib, zarur boʻlganda toʻsib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Agar tabiiy yoritilishi yetarli boʻlmasa, 12 V li koʻchma va portlashdan himoyalangan chiroqlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Sex ichidagi koʻtarma-transport vositalari va ular bilan ishlash vaqtida xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Barcha yuk koʻtarish hamda transport vositalari va yordamchi yuk koʻtarish moslamalaridagi ishlarni bajarish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Yuk koʻtarish krani hamda yuk koʻtarish moslamalari yaroqsiz holatga kelganligi tufayli hisobdan chiqarilganda yoki yozma arizaga muvofiq boshqa egasiga berilayotgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlmagan koʻtarish kranlari hamda yuk koʻtarish moslamalariga inventar raqami beriladi, bu raqam tashkilot yoki sex yuk koʻtarish kranlari va yuk koʻtarish moslamalarini hisobga olish kitobiga qayd etilishi lozim.
(140-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan yuk koʻtarish moslamalarini ishga tushirish boʻyicha ruxsat quyidagi hollarda olinishi shart:
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yangi roʻyxatdan oʻtkazilgan yuk koʻtarish kranini ishga tushirish oldidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuk koʻtarish kranini yangi joyga koʻchirib montaj qilingandan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuk koʻtarish krani roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) portal kranini yangi joyga koʻchirib oʻrnatilgandan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yuk koʻtarish kranlari taʼmirlangandan keyin va bunda uning hisoblanadigan elementlari va uzellarini payvandlash qoʻllanilib almashtirilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan roʻyxatga olinmagan yuk koʻtarish kranlarini ishga tushirishga ruxsatni tashkilotda yuk koʻtarish kranlari ustidan nazoratni olib boradigan masʼul shaxs tomonidan berilishi lozim.
(142-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Tegishli yuk koʻtarish kranlari, yuk koʻtarish moslamalari va taralarini soz holda ushlab turilishini hamda talab darajasida koʻrik, taʼmirlash va xizmat koʻrsatish orqali, ularni xavfsiz ishlash sharoitlari taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Yuk koʻtarish kranlarini xavfsiz ishlatish boʻyicha masʼul shaxslar tayinlanishi xizmat koʻrsatadigan xodimlar va muhandis-texnik xodimlar oʻqitilishi va bilimlarini sinovdan oʻtkazish tartibi belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Asosiy kasblarda ishlovchilar poldan yoki statsionar pultdan yuk koʻtarish kranlarini boshqarish va bunda kranlar changaklariga yuklarni ilish ishlariga tegishli yoʻriqnoma olgandan va kranlarni xavfsiz boshqarish va belgilangan tartibda yuklarni mahkamlash boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Yuk koʻtarish kranlariga toʻgʻri xizmat koʻrsatishni taʼminlash uchun tashkilot rahbariyati ishchilarni maxsus asboblar bilan taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Yuklarni koʻtarish va tashish ishlari bajarilganda quyidagi asosiy talablar bajarilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ish joyida va yuk koʻtarish kranlarida ishga aloqasi yoʻq shaxslar boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻpriksimon va harakatlanadigan konsol kranlarga chiqish va kirish maydonchasi yoki oʻtish galereyasi orqali amalga oshirilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agar, kran elektrouskunalari, mexanizmlari va metallokonstruksiyalar sozlansa, taʼmirlansa yoki koʻrikdan oʻtkazilsa, kirish qurilmasidan rubilnik oʻchirilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻtarish uchun belgilangan yuklarni ilish uchun koʻtarilayotgan yukni ogʻirligiga mos keladigan hamda shoxlari soni va ular ogʻish burchagi hisobga olingan stropalar qoʻllaniladi, bunda umumiy maqsaddagi stropalar shunday qabul qilinadiki, ularning shoxlari orasidagi burchak 90°S dan oshmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mayda (donalik) yuklarni koʻtarish va tushirish maxsus taralarda bajariladi va bunda, ularni joyidan tushib ketmaslik choralari koʻrilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) devor, kolonna, shtabel, temir yoʻl vagoni, stanok va boshqa uskunalar yonidagi yuklar koʻtarilganda odamlar (shu jumladan yuk iluvchilar) koʻtarilayotgan yuk va mazkur koʻrsatilgan bino yoki uskunalar orasida boʻlmasligi kerak, shuningdek bu talablar yuk tushirilganda ham bajarilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yuk gorizontal yoʻnalishda olib ketilayotgan sharoitda u yoʻlda uchraydigan jismlardan 0,5 m balandlikda joylashgan boʻlishi va bu ish oldidan bajarilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tashilayotgan yukni tushirish faqat belgilangan joyga olib borilganda va oldindan taglik qoʻyilgan joydagina amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) avtomashina kuzovi va ochiq vagonlar ichida odamlar turgan paytda, ularga yuklarni tushirish va koʻtarishga yoʻl qoʻyilmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) magnit va greyfli kranlar ishlayotgan hududlarda odamlarni boʻlishi va ish bajarilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) ish tugaganda va ishdan tanaffus paytida yuk osilgan holda qoldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Yuk koʻtarish krani ishlayotganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muvozanatsiz holatda joylashgan yukni koʻtarish yoki ikki tomonli changakni bir tomoniga yukni ilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) odamlar ustida yoki yonida boʻlgan yuklarni koʻtarish va tashish, tuproq bilan toʻldirilgan yuk yoki u muzlab yerga yopishgan boʻlsa, boltlar bilan mahkamlangan yoki beton qoʻyilgan boshqa yuklar bilan toʻldirilsa hamda metall va shlak pechda qotib qolganda ularni koʻtarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuk kanatlari ogʻish holatida kran changagi bilan yerda, polda va relslarda yukni tashish hamda yuk kanatlarini vertikal holatini taʼminlaydigan yoʻnaltiruvchi bloklarni qoʻllamay temir yoʻl vagonlari, platformalari, vagonetka va aravachalarni harakatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yuk koʻtarish krani yordamida qisilgan yuklar, kanatlar, stropalar va sexlarni boʻshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ishlashi toʻxtatilgan yoki nosoz xavfsizlik priborlari va tormozlari bilan ish bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Elektr uzatish simlari yoki elektr tarmogʻi havo simlari kuchlanishi 10 kV dan oshgan boʻlsa va chekkadagi simdan masofa 30 m dan kam joylashganda strelkali kranlarni oʻrnatish va ishlatish faqat tegishli ruxsatnomaga muvofiq bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Berk omborxonalarda va saralash platformalarida yuklash-tushirish ishlari kichik gabaritdagi, akkumulyatorli, yuk koʻtarish quvvati 0,5 t dan 2 t gacha boʻlgan elektr yuklagichlar bilan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Ochiq va yopiq maydonchalarda yuk koʻtarish ishlari 3 t dan 10 t gacha boʻlgan va ichki yonuv dvigatelidan harakatlanuvchi qurilma qoʻllanilgan avtoyuklagichlar orqali amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Yuk koʻtarish vositalarida ish boshlanishidan oldin haydovchi tormoz priborlari holatini tekshirib koʻrikdan oʻtkazishi, signallar, koʻtarish moslamalari, barcha uzellar va detallarni sozligiga ishonch hosil qilishi va shundan keyin ishga kirishishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Haydovchi yukni koʻtarishdan oldin changakni bloksiz strelada va belgilangan ogʻirlikni koʻtarishi lozim boʻlgan holatga hamda yuk koʻtarish moslamasini vertikal holatga qoʻyishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Kovshlar bilan jihozlangan va yuklash, tushirish, parchalangan va yengil toʻkiladigan materiallarni tashish va toʻkish uchun ishlatiladigan avtoyuklagichlar yukka birinchi tezlikda kelib, yukni bogʻlanish joyi oʻchirilishi bilan bir vaqtda oʻzi tomoniga kovshni aylantirib olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Kovshlar bilan jihozlangan avtoyuklagichlarni ishlayotgan dvigatel, koʻtarilgan yuk yoki kovsh bilan qoldirishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Yuklarni tashish kichik tezlikda bajariladi, bunda avtoyuklagich ramasi orqaga oxirigacha pasaytiriladi, iluvchi moslamalar yukni yerdan koʻtarishdagi balandlikda joylashtiriladi, pnevmatik shinali yuklagichlarda bu masofa 400 mm dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Harakatlanish yoʻllarida va burilishlarda, odamlar gavjum joyda haydovchi mashina tezligini pasaytirib signal berishi shart. Vagonga kirish va undan chiqish paytida mashina aylanadigan zonada odamlar yoʻqligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Kichik mexanizatsiya vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Yukni koʻtarish paytida domkrat vertikal holatda oʻrnatiladi va bunda oldindan tormoz moslamalari sozligi va mustahkamligi tekshiriladi. Metall predmetlar koʻtarilganda domkrat yostigʻi va jismni tegish nuqtasiga tekis yogʻoch taglik qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Reykani tayanchli joyi va reykali domkratni pastki qismi yuklar sirpanib ketmasligi uchun oʻtkir oʻyiqli joylariga, domkratni tayanch maydoni oʻtkir shiplarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Domkratlar shtoki sekin va osoyishta tushirilishi kerak. Suyuqlikni (havo) olib keluvchi yoki olib ketuvchi truba zararlanganda, uni harakatini toʻxtalishini taʼminlovchi moslamalari (qaytish klapani va diagrammasi) mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Domkratlarni sinash yilda bir marta oʻtkaziladi. Sinovdan oʻtkazish boʻyicha natijalar pasportga yoziladi hamda domkratga yuk ogʻirligi va sinov muddati koʻrsatilgan trafaret va kleyma urilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Balandlikda ishlash moslamalarini tuzilishi va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Balandlikda mustaqil ishlash uchun majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan, oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitilgan, bilimlari sinovdan oʻtkazilgan shaxslar qoʻyilishi lozim.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 4-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2068-3, 09.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Yuqorida ishlovchilar himoya kaskalari va kamarlaridan foydalanib ishlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Ish boshlanishidan oldin himoya kamari, kaskalar va boshqa asboblar ish rahbari tomonidan tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Sinovdan oʻtkazilmagan va belgisi boʻlmagan kamardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Asboblar olib yurish va saqlash uchun tepada ishlovchilar maxsus sumkalarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Vishka staninasida uni yuk koʻtarish ogʻirligi va har yilda oʻtkaziladigan sinov muddati koʻrsatilgan yozuv boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Teleskopik vishkada ish bajarishdan oldin ish joyi toʻsib qoʻyiladi. Teleskopik vishkada 2 kishi ishlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Teleskopik vishka savatida himoya kamarisiz ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Odamlar vishka ichiga joylashganda uni gorizontal harakatlanishi mumkin emas. Ish bajariladigan joyga begona shaxslar qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Balandlikda ishlash uchun inventar maydonchalar (havoza, koʻtarma kajavalar) qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Taglikni tekislash uchun gʻishtlar, toshlar, klinlar ishlatilmaydi. Havoza butun balandligi boʻyicha qurilayotgan bino va inshootlarga unga oʻrnatilgan changaklar orqali mahkamlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havozalar binoning boshqa chiqib turgan qismlariga mahkamlanishi taqiqlanadi. Metall trubali havozalar devorlariga uning ichiga yoki oraliqlariga qoʻyilgan anker boltlari bilan mahkamlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Havozalar tagliklari har kuni axlat va ifloslanishlardan tozalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Osib qoʻyiladigan kajavalar statik sinovdan oʻtkazilgandan keyin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi va bu sinov hisoblangan ogʻirlik koʻtarish imkoniyatdan 25 foiz koʻp yuk bilan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Osib qoʻyiluvchi kajavalar zich taxlangan taglik va 1 m dan iborat toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Kajava koʻtarilayotgan paytda, ularni ushlab turgan poʻlat arqonlar binoni chiqib turgan qismlariga tegmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Havozalarni buzish qurilish ustasi rahbarligida bajariladi. Buzilayotgan joyga oʻtishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Koʻchma narvonlar sinalgan va tegishli belgiga ega boʻlishi kerak. Koʻchma narvonlar har olti oyda 120 kg yuk bilan sinaladi va bu yuk narvon gorizontal tekislikka nisbatan 75° burchak ostida oʻrnatilgan holda, uning oʻrtacha qismidagi pogʻonalaridan biriga ilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Koʻchma yogʻoch narvonlar uzunligi 5 m dan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Narvon pogʻonalari qoʻyilgan joyda oʻrnatilib, har 2 m dan kam boʻlmagan masofada metall boltlar bilan mahkamlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Ishchi narvonning yuqori pogʻonasida turib ish bajarganda narvonning tepa qismidan kamida 1 m past masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Narvonni pastki qismi oʻtkir metall (nam tuproqda) shiplari bilan yoki rezina (qattiq yerda) bilan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Yopiq metall narvonlari 5 m dan baland boʻlsa, ularni chiqish pogʻonalari 3 m balandlikdan boshlab vertikal bogʻlangan yoy shaklidagi metall bilan qoplanadi. Narvonlar qiyaligi 1:3 nisbatidan oshmasligi kerak. Ikki tomonlama tayanchdagi narvon, ularni oʻz-oʻzidan siljib ketmasligini taʼminlaydigan qurilmaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Harakat tarkibi uzellari va detallarni yuvish va tozalashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Harakatdagi tarkib uzellari va detallari, agar ular taʼmirlashdan oldin ochilgan taqdirda yuvish yoki bugʻlash mashinalarida tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Bugʻlovchi vannalar 1 m dan past boʻlmagan toʻsiqlar va eritma (qorishma) bugʻlarini soʻrish moslamalariga ega boʻlishi kerak. Yuvish mashinalarida mahalliy soʻrish shamollatgichi va himoya shtorlari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Gazlar va bugʻlarni haydash uchun shamollatgich pirpiragi zanglamaydigan materialdan tayyorlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Vannada bugʻlangandan keyin detallarda qolgan kaustik va kislota aralashmalari qoldigʻi toza suv bilan yuvilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Detallarni vannaga yuklash, chiqarish hamda ogʻir detallarni yuvish mashinalariga yuklash va chiqarish maxsus moslamalar bilan bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash va taʼmirlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Akkumulyator xonalari mustaqil tortish-soʻrish shamollatgichi bilan jihozlanishi va uning elektr dvigateli yopiq holda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Akkumulyator xonalari, uning eshiklari va tamburlari doimo soz boʻlishi hamda zich yopilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Akkumulyator xonalari devorlari va tamburlari kislotaga qarshi boʻyoqlar bilan boʻyalib, pol sementda metlax plitkasi yoki kislotani oʻziga tortmaydigan va kislota taʼsiriga uchramaydigan boshqa material bilan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Akkumulyator xonalarida elektr apparaturasi faqat yopiq koʻrinishda (portlashga xavfsiz ijroda) oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Akkumulyator xonalarida ishchi va avariya elektr yoritgichi oʻrnatilib, ular germetik armaturada boʻlishi va simlar bir tomirli elektr simlaridan tayyorlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Oʻchirgichlar, shtepsel rozetkalari va himoyalash vositalari akkumulyator xonalaridan tashqarida oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Zaryadlash agregati alohida xonada oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaryadlash agregatini aylanish qismlari himoyalash toʻrlari yoki shitoklar bilan toʻsib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Akkumulyator xonalarini isitish uchun ochiq pechlar, elektr pechlari va elektr plitkalari ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Akkumulyator batareyalari joylashgan stellajlar isitish priborlaridan kamida 1,5 m va bir-biridan 1 m masofada oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Kislotani saqlash va elektrolit tayyorlash uchun maxsus xona ajratilib, ushbu xona 5 baravar kuchlikdagi havo almashishini taʼminlaydigan mexanik shamollatgich bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Oltingugurt kislotasi maxsus tayyorlangan panjarali yogʻoch yashiklarda 2 kishi tomonidan koʻtarib tashilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Polga toʻkilgan kislota oʻtkir hidli kaliy yoki kuchli soda aralashmasi bilan neytrolizatsiyalanadi va darhol poldan tozalanib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada saqlash man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Asbob va metall qismli detallarni batareyalarga qoʻyish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Akkumulyator xonalarida ochiq oʻtdan foydalanish, chekish va ularni boʻyash uchun nitrobuyoq va nitrolak ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Akkumulyator batareyalari bevosita lokomotivda yoki vagonda plastinkalararo ulagichlar ulanayotganda past kuchlanishli (12 — 36 V) chiroqlar ishlatilib, ularni simlari rezina shlanglar ichiga joylashtiriladi va chiroqlar metall armatura bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Oltingugurt kislotasi va elektrolit bilan akkumulyator batareyalari taʼmirlanayotganda chilangar qoʻpol junli kiyimda, rezina etikda, rezinalashtirilgan fartuk, tizza himoyalagan va himoya koʻzoynagida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Sex xonalari va ish joylarini tozalash har kuni bajarilib, unda qoʻrgʻoshin changlari va elektrolitlar yuviladi. Devorlar, shiplar, karnizlar, oynalar va havo yoʻllari har oʻn kundan kam boʻlmagan muddatda bir marta nam lattalar bilan tozalanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Akkumulyator batareyalari nosozligi bartaraf etish jarayonida elementlarini qisqa tutashuviga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Akkumulyator batareyalari bilan ishlash jarayonida quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) metall jismlar bilan akkumulyator ikkita elementiga bir vaqtda tegish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) izolyatsiyasiz tok yurish qismlariga qoʻlga (ulanish joylari, kontaktlar, elektr simlari) dielektrik qoʻlqoplarni kiymasdan tegish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) akkumulyator batareyalarini ulanish joyida kuchlanish borligini qisqa tutashuv orqali tekshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Ishlovchilar shaxsiy ehtiyotkorlik choralari va mehnat gigiyenasiga rioya qilib, tez-tez qoʻli va yuzini yuvishi, maxsus belgilangan joyda taomni saqlashi va isteʼmol qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Payvandlash ishlari bajarilayotganda quyidagi hujjatlarga amal qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) elektr payvandlash ishlari paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) metallarga atsitelen va gaz oʻtli ishlov berish paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) payvandlash va boshqa oʻt bilan bogʻliq ishlar obyektlarda bajarilgan paytda yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Payvandlash va eritish ishlarida ishlayotgan xodimlar payvandlash davomida ajralib chiqqan gazlar va zararli toksik moddalardan himoyalanishini taʼminlovchi vositalardan foydalanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Payvandlash simlari tok manbasidan payvandlovchini ish joyigacha mexanik zararlanishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Payvandlovchi bilan birga ishlayotgan shaxslar himoya vositalari (himoya koʻzoynaklari, qoʻlqoplar) ga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Payvandlash xonasida yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Kuchlanish manbasidan elektr ushlagichga tok uzatayotgan payvandlash kabeli va qaytuvchi qarama-qarshi sim puxta izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Qaytuvchi qarama-qarshi sim oʻrniga relsni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Payvandlash ishlarini yangi boʻyalgan metall konstruksiyalarida hamda vagonlar neft mahsulotlari bilan ifloslangan yoʻllarda bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Gazlarni chiqishi gaz chiqayotgan joyga sovun koʻpiklari surkalib aniqlanadi. Gaz chiqishi aniqlanganda payvandlash ishlari toʻxtatiladi va gaz chiqishi bartaraf etiladi hamda xona shamollatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Shlanglar mexanik zararlanish va oʻtdan ishonchli himoyalanishi kerak. Izolyatsiya lentasi yoki boshqa materiallar bilan oʻralgan nosoz shlanglarni ishlatish taqiqlanadi. Shlangni taʼmirlash kerak boʻlganda, uni nosoz joyi qirqilib, poʻlat quvur orqali ulanadi. Taʼmirlangan joyi 3 tadan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Gaz payvandlash uskunalari va asboblarini moylash yoki yogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Kislorod va atsetilen bilan toʻldirilgan ballonlarni tashlab yuborish, ularga zarba berish hamda ballonlarni yelkada tashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Kislorod va gaz ballonlarini issiqlik manbalari yonida joylashtirish, quyosh nurlari taʼsirida boʻlishi, tok yurish qismlariga tegib ketishi va himoyalovchi moslamasiz shtutser, qalpoqlarsiz tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Ballonlarni buzish va taʼmirlash payvandchi tomonidan bajarilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunasini avtomatik oʻchishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan taʼminlanadi. Signal elementlari (qoʻngʻiroq, sirena va lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va koʻrishini taʼminlab joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xavf manbai boʻlgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam qotirilgan, izolyatsiyalangan, toʻsilgan yoki odamlar uchun oʻtib boʻlmas joyda oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektr uskunaning ochiq boʻlgan tok uzatuvchi qismini eshigi yopiluvchi korpusi (shkaf, blok) yoki odamlar uchun oʻtishi mumkin boʻlgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolyatsiya shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishining xavfli koʻrsatkichi 10 — 15 mA. taʼsirida boʻlsa, yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni taʼminlash tarmogʻidan oʻchirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Yechiladigan himoya va toʻsiq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar boʻyicha ularni statsionar oʻrnatish imkoni boʻlmaganidagina qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Taʼmirlash va sozlash ishlarini bajarish hamda texnologik jarayonlarni va mexanizm ishini kuzatish uchun toʻsiqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va lyuklarining tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat koʻrsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(226-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(227-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavlatenergonazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi O. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 yil 25-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 18-modda, 51-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 11.04.2025-y., 10/25/2068-3/0332-son; 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)