24.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2048
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 24.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2048
Date of entry into force
04.12.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MATBAACHILIK ISHLAB CHIQARISHI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda 2048-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Matbaachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir v.b. A.Xaitov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 28-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 64-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matbaachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar matbaachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar matbaachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilotlar xodimlariga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining quyidagi guruhlari taʼsir etishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jismoniy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari guruhi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanuvchi mashinalar va mexanizmlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish zonasining havosidagi miqdori yuqori boʻlgan chang va gaz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalar va materiallarning harorati yuqori boʻlgan yuzasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish zonasining harorati yuqori boʻlgan havosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidagi darajasi yuqori boʻlgan shovqin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori darajali tebranma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namlik darajasi yuqori boʻlgan havo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam badani orqali ulanishi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan elektr zanjiridagi darajasi xavfli boʻlgan kuchlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori darajali statik elektr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy yorugʻlik mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari guruhi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafas olish yoʻllari va teri qoplamasi orqali taʼsir etuvchi zararli suyuq, qattiq, bugʻsimon moddalar va aerozollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) psixofiziologik zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari guruhi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sezgi organlarining haddan tashqari kuchlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat monotonligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tashkilotlarda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilotlar xodimlari belgilangan meʼyorlarda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yakka tartibdagi himoya vositalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kiyim-kechak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus poyabzal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus bosh kiyim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafas aʼzolarining himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlni himoyalash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh uchun himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzni himoyalash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzni himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashkilot maʼmuriyati, ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan Nashriyot, matbaa va kitob savdosi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1926, 2009-yil 18-mart) muvofiq taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39.Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ishlab chiqarish binolari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41.Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va shishib chiqqan joylari boʻlmasligi, SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bajarilgan boʻlishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Boshqarish pultlari zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib, shuningdek yuqori tebranishga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarida havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°C, oʻrta ogʻir ishlarda 17°C va ogʻir ishlarda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tashkilotni ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlar tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ichimlik suvining harorati 8oS dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tashkilotda oqova suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarini sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlarni metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpogʻi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Maishiy va qoʻshimcha xonalarga, ularning soni, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Har bir tashkilotda SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Maishiy va qoʻshimcha xonalarni (binolarni) loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Maxsus kiyim-kechak va badanning katta darajada ifloslanishini yuzaga keltiradigan muhitdagi ish uchastkalarida ishlovchi xodimlar uchun maxsus maishiy xonalar jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa shu kabi qurilmalarning soni, koʻpchilikni tashkil etadigan smenada ishlovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Har bir yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Maxsus kiyimni yuvish uchun tashkilotlarda kir yuvish xonalari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13- §. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi lozim. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Tashkilotda avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Qurilish maydonida ishchilar uchun dam olish joylari boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sutkaning qorongʻu vaqtlarida hududlarning yoritilishi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar omborxonalariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Barcha omborlar uchun tashkilot maʼmuriyati tomonidan materiallarni xavfsiz saqlash qoʻllanmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Ochiq ombordagi maydon yuzasidan suvlarni va jala suvlarini chetga chiqarilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Qish paytida omborxona joylashgan maydonda qor, muzlardan tozalangan va qum, kul yoki shlak sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Taxlamlar va stellajlar orasidagi yoʻlkalarning eni 1 m dan kam boʻlmasligi kerak. Omborda transport vositasidan foydalanilganda yoʻlkalarga qoʻshimcha oʻtish yoʻllarining eni 3 m dan kam boʻlmasligi koʻrsatilishi kerak. Taxlamlar qatori va transport vositasi oʻlchamlari oraliq eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Omborlarni umumiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Taxlash uchun omborlar va maydonlardagi yuklarni yuklash, yuk tushirish va boshqa joyga koʻchirish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar va tayyor mahsulotlarni elektr tarmoqlari ostiga va kran yoʻllariga taxlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1- §. Ishlab chiqarish jarayoniga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Tashkilotlar oʻz tuzilmasiga koʻra harf terish, fotomexanik va tezkor matbaa sexlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Tashkilotning harf terish sexida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuterda harf terish, fotousulda terish va suratlarni koʻrinadigan qilish mashinalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harf terishni dasturlashtirish apparatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotoqoliplarni montaj qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmirlash ustaxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musahhihlar uchastkalari joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Fotousulda va kompyuterda harf teriladigan EHM, harf terishni dasturlash mashinalari, fotoqoliplarni montaj qilish uchastkalari va laboratoriyalarining har biri alohida xonalarda joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Harf terishni dasturlash va boshqa mashinalarda mehnatni tashkil qilishda tartibga solingan mehnat va dam olish rejimi hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Harf terishni dasturlash mashinalar xonalari, EHM mashina zallarini tovushyutgich materiallar bilan qoplash, mazkur uchastkalar xodimlarini shovqindan himoyalovchi vositalar bilan taʼminlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Deraza oʻrinlarida tabiiy yorugʻlikning toʻgʻri tushishidan saqlanish uchun quyosh nuridan himoyalaydigan darpardalar osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Fotoqolipni montaj qilish uchastkalari umumiy sunʼiy yoritilganda bir tekis yorugʻlik shiftdan yoyilib qaytishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Shaxsiy kompyuter ekrani harf teruvchining koʻzi normal tushadigan chiziqqa perpendikulyar tekislikda moslashtiriladi. Shaxsiy kompyuterning klaviaturali pulti va ekrani bir-biridan ajralgan va har bir harf teruvchining individual xususiyatidan kelib chiqqan holda qulay joyda oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Alohida fotomexanik ishlab chiqarish xonalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
retush;

fotoqolip montaji asoslarini tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nusxa koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyoviy moddalar omborchasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kumushni qayta tiklash uchastkalari joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Suratni koʻrinadigan qiluvchi mashinalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eritma va kondensatlarning elektr-shkaf, mashina sirti va sex xonalariga toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quritish boʻlinmasidagi elektrisitish qurilmalari toʻsilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina konstruksiyasi tortib oluvchi ventilyatsiya tizimiga ulash uchun mahalliy soʻrib oluvchi qurilmalarni nazarda tutishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina materialda hosil boʻladigan statik elektr tokini qaytarish yoki zararsizlantirish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalarda eritmalar aylanishi yoki ventilyatsiyaning oʻchirilgan holatida elektr isitgichga kuchlanish uzatilishiga yoʻl qoʻymaydigan toʻsiqlar oʻrnatilishi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Retush uchastkalaridagi derazalar oʻrni quyosh nurini toʻsuvchi darpardalar bilan jihozlanishi koʻzda tutilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Retush pulti ishchining koʻzini qoʻshimcha yorugʻlik qamashtirishidan saqlovchi yon toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Quritish uchun qoʻllaniladigan stol usti shamollatgich parraklari toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Ishlab chiqarish xonalarida kimyoviy moddalar, spirtlar, efir moyi, foto-tasma bir smena ehtiyojidan oshmaydigan miqdorda va idishda, tarkibi toʻgʻrisidagi yozuvlari boʻlgan holda saqlashga ruxsat etiladi. Kimyoviy moddalar qulflanadigan metall qutilar yoki qopqoqli qutilarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Joriy ishlarga moʻljallangan fototasmalarni, shuningdek tayyor fotoqoliplarni (negativlar, diapozitivlar, va ularning montajini) saqlash uchun metall qutilar, seyflar yoki shkaf-javonlar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xar kuni smena tugagandan soʻng fototasma chiqindilarini ish xonalaridan chiqarib tashlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar yoysimon fonarlar, simob-kvarsli va inert gazli lampalar bilan ishlashda yoritgich filtrli himoya koʻzoynagini taqishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Montaj qiladigan stollar ularning ish zonasiga har qaysi tomondan yondashishi uchun kamida 1 m, ishlanmaydigan zonasiga kamida 0,6 m masofa qoldirib oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Foto va nusxa koʻchirish uskunalari, bosma qoliplarga ishlov berish vannalari (stollar, fotoqogʻoz yuviladigan vannachalar) yoritish moslamalari va mahalliy havo soʻruvchi qurilma bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Tezkor matbaaning alohida xonalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harf terish-yozish mashinalari va avtomatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotojamlagich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maketlashtirish, yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikro filmlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrografiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma qoliplarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma mashinalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musahhihlik uchastkalari va omborxona joylashishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Harf terish-yozish mashinalari, nusxa koʻchirish stollari deraza oldida ularga yorugʻlik yon tomondan tushib turadigan tarzda joylashtirilishi kerak. Stollar orasidan oʻtish joylari 1m. dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Elektrografiya va yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirish apparatlari, shuningdek tezkor matbaa boʻlimining boshqa uskunalari, ularga har taraflama qulay yondashish mumkin boʻladigan tarzda oʻrnatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Uskunalarni joylashtirilishidagi eng kam masofa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalar orasidagi 1,5 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
devor, ustunlar yaqinidagi ish zonasida 1,2 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlashda foydalanilmaydigan zona 1,0 m boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Matbaa tashkilotlarida tahririyatlar xonalarini tovushyutgich materiallar bilan qoplash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish stollari bir-biridan kamida 0,8 m masofada joylashtirilish; stol qatorlari orasidagi masofa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2- §. Elektr xavfsizligiga talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Isteʼmolchilarning yangidan quriladigan va taʼmirlanadigan barcha elektr qurilmalari “Elektr qurilmalar tuzilishi qoidalari (EQTQ)”ga muvofiq bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Mazkur talablar isteʼmolchilarning ishlab turgan elektr qurilmalari va ular joylashadigan bino va inshootlarga ham taalluqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish zarur.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Ishlab turgan elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish, ularda elektr tokini tezkor uzish, taʼmir, montaj yoki sozlash ishlari hamda sinovlarni tashkil etish va bajarish maxsus tayyorlangan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Mazkur Qoidalar talablarining elektrotexnik xodimlari tomonidan bajarilishi uchun masʼuliyatni nashriyot rahbariyati tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalari va nizomlari belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Har bir matbaa tashkilotida rahbariyat buyrugʻi bilan energoxizmat muhandis-texnik xodimlari tarkibidan elektr xoʻjaligining umumiy holati va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishiga javob beradigan masʼul shaxs tayinlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Tashkilotda bosh energetik lavozimi mavjud boʻlsa, mazkur tashkilotda elektr xoʻjaligiga javob berish uchun masʼuliyat shu shaxsga yuklatiladi. Elektr xoʻjalik uchun javobgar shaxs (mehnat taʼtili, kasallik, xizmat safari tufayli) uzoq vaqt boʻlmaganida, uning vazifasini ijro etish rahbar buyrugʻi bilan rahbarning oʻrinbosariga yoki energoxizmat boʻyicha bilimi tekshiruvdan oʻtgan boshqa shaxsga yuklatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Elektr xoʻjalik uchun masʼul shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) elektr qurilmalardan ishonchli foydalanish va ularning xavfsiz ishlashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektr uskunalar, apparaturalar va tarmoqlarning rejali-ogohlantirish taʼmiri va profilaktik sinovlarini tashkil etish va oʻz vaqtida oʻtkazishni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) energoxizmat xodimlari oʻquvini, ularga yoʻl-yoʻriq berilishini va bilimi muntazam tekshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) himoya vositalari va yongʻinga qarshi asbob-anjomlar mavjudligini va oʻz vaqtida tekshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) elektr qurilmalar ishidagi avariyalar va yaroqsiz holatlarning, shuningdek elektr tokidan shikastlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oʻz vaqtida tekshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) texnik hujjatlar yuritilishini, zarur yoʻriqnoma va nizomlar ishlab chiqilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Mustaqil ishga tayinlangunga qadar yoki elektr qurilmalaridan qayta foydalanish vaqtida, shuningdek elektro texnik xodim sifatida ishda 1 yildan ortiq tanaffus boʻlganda, xodim yangi ish joyida ishlab chiqarish taʼlimini oʻtib, keyin bilimi malaka komissiyasi tekshiruvidan oʻtkazilishi va unga belgilangan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Tashkilotlarda foydalaniladigan elektr uskunalar, elektr tarmoqlar, elektr asboblar va qoʻl elektr mashinalari belgilangan muddatlarda sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Taʼmirdan soʻng qayta ishga tushiriladigan uskuna belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Taqsimlash qurilmalarining kabel kanallarini zarurat tugʻilganda olinadigan, yonmaydigan plitalar bilan yopish va toza saqlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Apparatlarning tok oʻtkazadigan qismlari bexosdan tegib ketishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Taqsimlash qurilmalarining tashqi eshiklarida ularning nomi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Taqsimlovchi qurilma devorlari och tusga boʻyalishi, ularning oldi va orqa tomonlariga alohida ogohlantirish vazifasini koʻrsatuvchi aniq yozuvlar tushirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Taqsimlovchi qurilma 3 oyda kamida bir marta koʻrikdan oʻtkazilishi va chang, axlatlardan tozalanib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Isteʼmolchilar elektr uskunalarining yerga ulanadigan qurilmalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Ochiq holatda yotqizilgan yerga ulanuvchi simlar bir-biridan farqlanib turuvchi rangda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Yerga ulanuvchi qurilmaning qarshilik qiymati EQTQ talablarida belgilangan darajada saqlab turilishi va amaldagi meʼyorlar asosida kuchlanishini taʼminlash maqsadida muntazam sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Xavflilik darajasi yuqori va oʻta xavfli xonalarda ishlash vaqtida kuchlanishi 42 V dan baland boʻlmagan qoʻl elektr yoritgichlaridan foydalanish va oʻta noqulay sharoitlarda ishlashda kuchlanish 12 V dan baland boʻlmagan qoʻl elektr yoritgichlari qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Bino, ishlab chiqarish, maishiy-xoʻjalik xonalari, omborlar, shuningdek muhandislik inshootlari, elektr xoʻjaligida yongʻin xavfsizligi boʻyicha javobgarlik tashkilot rahbari buyrugʻiga binoan tegishli xizmatlar rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Tashkilot binolari, maishiy-xoʻjalik xonalari, muhandislik inshootlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari talablari asosida yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar ishlab chiqilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Yoʻl-yoʻriqlarda quyidagi masalalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud, inshoot va binolarni tark etish yoʻllarini saqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlar (payvandlash, elektr jihozlaridan foydalanish, taʼmirlash va h.k.)ni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlash, tez alangalanish, yonish xavfi boʻlgan materiallarni saqlash hamda tashish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chekish joylari, ochiq olovdan foydalanish va olov bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi mahsulotlar va materiallarni saqlash, yigʻish va tashkilot binosidan olib chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-oʻlchov asboblari (manometr, termometr va boshqalar)ning chegaraviy qiymatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin vaqtida ishchi va xizmatchilarning vazifalari va harakati yoritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Maʼmuriy binoning barcha xonalari, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻindan saqlanishning asosiy qoidalari va oʻt oʻchirish xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Tashkilot hududlari hamisha saranjom-sarishta, ozoda tutilishi, muntazam ravishda qurigan oʻt-oʻlan, shox-shabba, barglardan hamda ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa yonuvchi materiallardan tozalanib turilishi kerak. Yengil yonuvchi chiqindilar alohida ajratilgan maydonchadagi qutilarga yigʻilishi va muassasa hududidan oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Binolar, ishlab chiqarish, maishiy-xoʻjalik xonalari, yoʻlaklar va omborxonalar birlamchi oʻt oʻchirish vositalari hamda yongʻindan xabar berish texnik vositalari bilan toʻliq jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Arxiv, omborxona, havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalar, xoʻjalik va yongʻin nasoslari xonalarini eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Yongʻin nasoslari dvigatellari hamda yongʻindan xabar berish avtomatika tizimi moslamalariga elektr toki transformator podstansiyalaridan alohida tortilgan sim orqali keltirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Tashkilotlarning yongʻin nasoslari dvigatellari hamda yongʻinni oʻchirish tizimi moslamalarining yoqilishi avtomatlashgan tarzda havo almashtirish va sovutish tizimlarining oʻchirilishi bilan bogʻliq ravishda amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Tashkilot binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida, xodimlarni koʻchirish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻinni oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarni favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Zaxira chiqish yoʻllarida, qavatlarda, zinapoya va oʻtish joylarida navbatchi yoritish chiroqlari oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Zaxira chiqish eshiklari tashqari tomonga ochilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Binoning har bir qavatidan evakuatsiya chiqish joylari soni ikkitadan kam boʻlmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Bino, inshootlarda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yertoʻlada yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan mollarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda uskunalarni va boshqa asboblarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zinapoya maydonchalari, zinapoyalar, lift xollari, zaxira chiqish yoʻlaklarini har xil mebellar, shkaf, uskuna va boshqa narsalar bilan toʻsib qoʻyish hamda chiqish eshiklarini muhrlab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira chiqish yoʻllari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xollarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash, turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira chiqish yoʻllariga yengil yonuvchi sunʼiy poyondozlarni toʻshash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi, yengil yonuvchi suyuqliklarni xonalarga olib kirish hamda boshqa maqsadlarda ochiq olovdan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr uskuna va jihozlardan foydalanishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻida qisqa tutashuvni keltirib chiqaruvchi, sanoat tashkilotlarida ishlab chiqarilmagan yasama saqlagichlardan, nosoz rozetka, elektr uzgich (rubilnik) va boshqa elektr uskunalaridan, shuningdek qobiqlarining himoyalash darajasi yoʻqolgan yoki zararlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Tashkilot hududida payvandlash yoki yongʻin chiqadigan bir martalik boshqa ishlar boʻyicha yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash, ushbu ishlar olib boriladigan ish joyi rahbarining zimmasiga yuklatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Payvandlash va olov bilan olib boriladigan ishlarni bajarish uchun bir martalik ruxsatnoma joriy ish kuniga beriladi. Ishlar bir necha kun davom ettiriladigan boʻlsa, ish joyi maʼmuriyat tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, ushbu ruxsatnoma muddati uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Payvandlash va olov bilan olib boriladigan ishlarga yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilimlari tegishli tartibda sinalgan va bir martalik ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Tashkilotlarda ichki gidrant tarmogʻi joylardagi suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, suv quvurlariga oʻrnatilgan yongʻin joʻmraklari, yeng va dastaklar maxsus yongʻin qutilari ichida joylashtiriladi. Yeng va dastak yongʻin joʻmragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Yongʻin joʻmraklarining ishga yaroqliligi har 6 oyda joʻmraklaridan suv chiqarib, u necha metr masofaga otilib chiqishi tekshirib koʻrilishi va dalolatnoma asosida rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Gidrant qutilariga joʻmraklarining belgisi, qutining tartib raqami va yaqinda joylashgan oʻt oʻchirish qismi telefon raqamlari yozib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Gidrant tarmogʻi oʻtkazilmagan yoki oʻtkazilgan taqdirda ham suv bosimi yetarli boʻlmagan joylarda, yaʼni har qavatga toʻgʻri keladigan suv bosimi 1,5 atm dan kam boʻlgan holatlarda, bino yaqinida suv havzasi boʻlishi va u suvni bosim ostida binoning yuqori qavatlariga yetkazib berish moslamasi — motopompa yoki elektr nasos bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Yongʻin jihozlaridan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda boʻlishi, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Tashkilot binolari, xonalari amaldagi meʼyor talablari asosida birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Bino qavatlarida oʻrnatilgan oʻt oʻchirgichlar bir turda boʻlishi, ularda asosiy koʻrsatkichlar hamda foydalanish qoidalari bitilgan yorliq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Har 10 kunda binolarda oʻrnatilgan oʻt oʻchirgichlar qoʻyilgan tamgʻalar, manometr koʻrsatkichlari ruxsat etilgan chegaraviy qiymatdan tushib ketmaganligi koʻzdan kechirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Karbonat angidrid gazi asosidagi OU rusumli oʻt oʻchirgichlarni haddan tashqari qizib ketishdan va quyosh nurlari tushishdan saqlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Oʻt oʻchirgich ballonlarining yuqori bosimga chidamliligi har besh yilda tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Agar oʻt oʻchirgichlarni qayta tekshiruvdan oʻtkazish muddati ballon sirtiga oʻyib yozilgan muddatdan oʻtib ketsa yoki unga qoʻyilgan tamgʻa (plomba) buzilgan boʻlsa, oʻt oʻchirgichlar almashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Koʻpikli oʻt oʻchirgichlarning kimyoviy tarkibi har yili kamida bir marotaba tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Koʻpikli oʻt oʻchirgichlar qishki mavsumda (havo harorati 10° S darajadan past boʻlganda) isitilgan xonalarga olib kirilishi va oʻt oʻchirgich olingan joyga oʻt oʻchirgich qoʻyilgan xonaning tartib raqami osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV.Ishlab chiqarish uskunasiga qoʻyilgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ergonomik talablarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§.Taʼmirlash ishlarini tashkil etishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, quyidagilar bajarilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz mahsulotlaridan boʻshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§.Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Asbob va moslamalar holati bir oyda bir martadan kam boʻlmagan davrda tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmir boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Texnologik uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, ularni tarmoqlari toʻgʻri yigʻilganligiga, begona jismlar yoʻqligiga, havo uzatish pnevmatik tizimi toʻgʻri ulanganligi va mustahkam qotirilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Agregatni harakatlantiruvchi elektrodvigatellarni yoqishdan oldin, yirik aralov va fugoval dastgoh ventilyatori patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarini qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarini sozligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) uskuna yigʻilishini toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Uskunani taʼmirdan soʻng foydalanishga yaroqliligi, qabul qiluvchi komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI.Mehnat muhofazasi boʻyicha qoidalarni buzganligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Mansabdor shaxslar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(197-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII.Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori B. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 517-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)