18.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1971
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 18.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1971
Date of entry into force
28.06.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OBODONLASHTIRISH VA KOʻKALAMZORLASHTIRISH ISHLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1971]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-iyundagi 29/B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida (bundan buyon matnda obodonlashtirish ishlari deb yuritiladi) ishlovchi xodimlarning (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) mehnatini muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha obodonlashtirish ishlarida xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa, mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Mehnat muhofazasi boʻyicha qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan oʻta xavfli ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Korxonalarda shikastlanish, kasallik yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan, xodimlarga taʼsir oʻtkazadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab turgan elektr uzatgich liniyalari yaqinida olib boriladigan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanish ostidagi elektr kabellar oʻtkazilgan uchastkalarda yer qazish ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xlorni transportirovka qilish, xlordan foydalanish va boshqa kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ftordan foydalanish va uni chiqarish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerning patogen zararlangan uchastkalari (chiqindi toʻplanadigan joylar, mol oʻlikxonalari, qabrlar va boshqa shu kabi joylar)da yer qazish ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balandlikda ishlarni bajarish va balandlikka koʻtarilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlarni kesish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlarni transport vositalariga ortish, tushirish va ularga birlamchi ishlov berish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining qatnovi vaqtida yoʻl harakati joylarida daraxtlarni antiseptik va yongʻindan himoya vositalari bilan toʻydirish ishlarini bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishga boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Korxona maʼmuriyati xodimlarni belgilangan meʼyorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va taʼmirlash boʻyicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini taʼminlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishi lozim boʻlgan xodimlar, ularning qoʻllanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Korxona rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Himoya kiyimi ish vaqtida toʻla tugmalangan boʻlishi, shuningdek ulardan foydalanishda yeng manjetlari va barmoqlari qoʻl himoya vositasi bilan bekitilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xodimlarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, roʻmol va hokazo) bilan bekitilgan va yigʻishtirib olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Transport vositalari harakatlanish joylarida ishlarni bajarayotgan xodimlar qoʻshimcha signal vositasi sifatida, sariq rangli ip matodan tikilgan nimchalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yakka tartibda himoyalanish vositalari alohida joylarda saqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suyuq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislotadan himoyalovchi vosita bilan toʻydirilgan ip matodan tikilgan maxsus kiyim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezinadan tikilgan koʻkrakpeshli fartuk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezina etiklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezina qoʻlqoplar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezina yeng manjeti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Changsimon, quruq va qattiq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chang oʻtmaydigan matodan tikilgan maxsus kiyim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus qoʻlqop;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezina etiklar yoki brezent baxillar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Koʻzni zaharli kimyoviy moddalardan himoyalash uchun PO-2, “Monoblok”, SZZM-bs turdagi himoya koʻzoynaklaridan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Zaharli kimyoviy moddalarni nafas olish yoʻllariga kirishidan himoyalash uchun RU-60 M turdagi universal respiratorlar, korobkalari almashtiriladigan sanoat protivogazlari, F-62 III, U-2K, “Lepestok”, “Astra-2” turlaridagi changga qarshi respiratorlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchanligi yuqori boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda korobkali sanoat protivogazlaridan (A, V, G markali) yoki respiratorlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda RU-60 M turdagi, patronlari almashtiriladigan respiratorlar (A, V markalari) foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchan boʻlmagan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda changga qarshi U-2K, F-62 III, “Astra”, “Lepestok” turidagi respiratorlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Korxonalarda kasbiga koʻra tanlov asosida ishga qabul qilinishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Barcha ishchilar oʻta xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin, bunday ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻta xavfli ishlar bilan shugʻullanish, belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) xodimlarni kasbiy tanlovdan oʻtkazishda quyidagilarni tashkil etishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablariga asosan ishga kirishdan oldin dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali saralashdan oʻtgan xodimlarning kasbga adaptatsiyasi jarayonini nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning amaliy koʻnikmalarini kasb talablariga muvofiqligini tekshirib turish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Korxona maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari hamda ularga mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Obodonlashtirish ishlariga belgilangan tartibda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda ularning koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Korxona rahbariyati majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davriy majburiy tibbiy koʻriklarni oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Obodonlashtirish ishlarini bajarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Obodonlashtirish ishlarini bajarishda xodimlarning mehnat xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yoʻl qoplamasiga nitroboʻyoq bilan chiziqlarni chizish ishlari kombinezon, himoya koʻzoynaklari va respirator kiygan xodimlar tomonidan bajariladi. Boʻyoqlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar ularning xususiyati va xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Belgi chiziqlarini chizish ishlarini bajarayotgan xodimlar brigadasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan tibbiy aptechka boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Daraxtlarga shakl berish jarayonida gulqaychi, qoʻlarralar, elektr arralar hamda benzin bilan ishlaydigan arralardan foydalanishga, faqatgina ulardan xavfsiz foydalanish usullarini oʻzlashtirgan xodimlarga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Xodimlarning tegishli dielektrik oyoq kiyimi, rezina qoʻlqoplar va boshqa himoya vositalarisiz elektr toki bilan ishlaydigan asbob-uskunalarda ishlashlari man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ob-havoning yogʻingarchilik paytlarida elektr asbob-uskunalarda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Xodimlar tomonidan pichoqlari maxsus himoya vositalari bilan jihozlanmagan avtomatik oʻt oʻrish uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Xodimlar tomonidan mehnat xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha (kuchaytirilgan) talablar qoʻyiladigan ishlar (daraxtlarga shakl berish, daraxtlarni agʻdarish va boshqalar) belgilangan tartibda ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma mavjud ish hajmlarini bajarish muddatiga beriladi. Ishlarni bajarishda bir sutkadan ortiq vaqt tanaffus qilinganda yoki bajarilayotgan ishlarning shart-sharoitlari oʻzgargan hollarda ruxsatnoma bekor qilinadi va ishlarni qayta boshlash uchun yangi ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Obodonlashtirish ishlarini bajarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar va transport vositalarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Obodonlashtirish ishlarida foydalaniladigan asbob-uskunalarga quyidagi talablar oʻrnatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga javob berishligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik koʻrikdan va sinovlarda oʻtganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan talablarga muvofiq holda joylashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish jarayonida ularga profilaktika xizmati koʻrsatib borilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlarda joriy va mukammal taʼmirdan oʻtganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Foydalanishda boʻlgan barcha turdagi avtomashinalar, shuningdek obodonlashtirish sohasida ishlatiladigan texnik vositalar (gidravlik, teleskopik) shotilar, koʻchatlarni sugʻorishga ixtisoslashgan avtosuvtashuvchi vositalar va nasos-kuchlanish uskunalari va tirkamalar texnik jihatdan soz holatda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlamaydigan, texnik jihatdan eskirgan hamda yaroqsiz holga kelgan jihozlar almashtirilishi va hisobdan chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ish rejimiga qoʻyiladigan talablar. Dam olish va mehnat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Xodimlarning optimal darajadagi ish rejimi va dam olishini taʼminlashga quyidagilar orqali erishiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish sharoitlari zararli boʻlgan ish joylari va uchastkalarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish va dam olishning belgilangan rejimiga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatkashlarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini taʼminlaydigan ish va dam olish rejimlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha toʻxtatishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha toʻxtatishni taʼminlash zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish sharoitlaridan kelib chiqib, zararli ish sharoitlari uchun qoplama toʻlovlar va imtiyozlar taqdim etiladigan xodimlar kontingentini aniqlash va ularga ushbu imtiyozlarni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va ogʻirlik darajasini ham inobatga olish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat boʻlishi kerak. Dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning ogʻir va yengilligi, jismoniy va aqliy ish turlariga qarab belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kunning issiqlik harorati 33oS dan oshgan vaqtlarda, tashqarida ishlovchi xodimlarning ish kuni rejimiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-iyun

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi B. ULASHOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Oʻ. XALMUXAMMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 293-modda; 2010-y., 44-45-son, 402-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1971-2/0391-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)