16.04.2009 yildagi O‘RQ-210-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 16.04.2009 yildagi O‘RQ-210-son
Date of entry into force
17.04.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi — hayotni sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchi — oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning u mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha oʻz vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga oʻtkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoxud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchi — qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi — umumiy sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb kasalligi — xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili taʼsiri natijasi boʻlgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasalligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi — kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berguniga qadar boʻlgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayishi;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatda mayib boʻlish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naf oluvchi — xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hodisasi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim — ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ish beruvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchi oʻz fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda hayoti va sogʻligʻi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinishi belgilangan shaxslarning bir vaqtning oʻzida budjet mablagʻlari hisobidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi taqiqlanadi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti va subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyektidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi (bundan buyon matnda sugʻurtalovchi deb yuritiladi), annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun ish beruvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi asos boʻladi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiriladigan boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi mazkur faoliyatni amalga oshiradigan muddat uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining eng yuqori darajalarini, sugʻurta tariflarining tuzilishini va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini belgilashda mazkur tariflarning sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllanilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflari darajalarining oʻzgarishi ish beruvchi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlanishi sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofoti miqdori shartnomaning amal qilish muddati ichida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari bazaviy stavka va koeffitsiyentlardan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tarifining bazaviy stavkasi barcha ish beruvchilar va sugʻurtalovchilar uchun yagonadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining xavflilik darajasiga bogʻliq holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi ushbu Qonunga muvofiq belgilanganidan farq qiladigan bazaviy stavkani va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlarini qoʻllashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xavflilik darajalari tasnifiga va faoliyat turlarini muayyan xavflilik darajasiga kiritish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
(10-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi quyidagicha belgilanadi:
(10-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga koʻra faoliyatini bir yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun — mazkur shartnoma tuzilgan oydan oldingi oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyin keladigan oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi ish haqi miqdorini oʻn ikkiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun — ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda, bu shartnomaning sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti qismiga ushbu shartnomaga yozma ravishda qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali oʻzgartishlar kiritiladi. Bunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qayta hisob-kitob qilish mazkur shartnoma tuzilgan sanada amalda boʻlgan sugʻurta tarifi boʻyicha, qolgan sugʻurta davri va sugʻurta summasiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlagan boʻlsa, sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda ish beruvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sugʻurta mukofotini yetti ish kuni ichida qoʻshimcha toʻlashi shart.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta summasini sugʻurta tarifiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti bir yoʻla toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Zararning miqdorini aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlov yoki kasb kasalligi aniqlanguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning oʻziga va qaramogʻida boʻlgan, lekin yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga haqli boʻlmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga toʻgʻri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik toʻlov;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlovi;
(12-moddaning uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda dafn etish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining qoʻshimcha xarajatlarini qonunchilikka muvofiq kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi.
(12-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan tartibda oshirilgan taqdirda, xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi munosabati bilan zararning oʻrnini qoplashning belgilangan summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi. Bunda zarar oʻrnini qoplashning koʻpaytirilgan summasi qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta hodisasi yuz berganligi munosabati bilan yetkazilgan maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz berganda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga murojaat etadi:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan oʻrtacha oylik yoki yillik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasining (kontraktning) koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb kasalligida — xodimning kasb kasalligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir boʻlganligini va xodim uchun uning oqibatini tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa — sudning qarori).
(13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim vafot etgan taqdirda xodimning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi va naf oluvchining zararning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinadi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni, agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yilgacha muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, sugʻurtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining ish beruvchining xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning sogʻligʻi yomonlashganligi yoxud vafot etganligi tufayli kelib chiqqan va har oylik tusga ega boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarining kompensatsiya qilinishiga doir qismi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchiga toʻlanadi. Bunda sugʻurta tovoni ish beruvchi taqdim etgan, u shunday xarajatlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan uch tomonlama annuitetlar shartnomasi shartlari boʻyicha annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga toʻlanadi. Bunda sugʻurtalovchi, ish beruvchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻrtasida annuitet shartnomasi tuzilishi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash uchun foydalanishi shart. Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovoni summasi annuitetlar shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdoridan kam boʻlsa, farq ish beruvchi hisobidan qoʻshimcha toʻlanishi kerak.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Annuitetlar shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga, sugʻurta summasi doirasida tegishincha:
(15-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchiga u oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan naf oluvchiga joriy toʻlovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi sugʻurtalovchi, ish beruvchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish beruvchining arizasi asos boʻladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi qonunchilikka muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻladigan muddatga tuziladi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga qonunchilikka muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yetkazilgan zarar miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda jabrlanuvchiga uning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va sogʻligʻi shikastlanguniga qadar ham, undan keyin ham boʻlgan boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar hisobga olinmaydi va yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan miqdori kamaytirilishiga olib kelmaydi (yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi). Jabrlanuvchi sogʻligʻi shikastlanganidan keyin oladigan ish haqi (daromad) ham yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchi tomonidan annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtaning butun davri uchun bir yoʻla toʻlanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunga muvofiq ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasini tuzish uchun annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchidan va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining va (yoki) annuitetlar shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik ish haqi miqdori kamayganda sugʻurta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran yoki ish beruvchilar — jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechiktirmay oʻzining fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunga muvofiq sugʻurtalashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha va ayrim hollarda annuitetlar shartnomasi boʻyicha qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta mukofotini toʻlashi;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik ish haqi miqdori oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur boʻlgan hollarda, qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotini toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berganligi oʻziga ayon boʻlgan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida asossiz ravishda toʻlangan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan sugʻurta tovoni haqida sugʻurtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta mukofotini aniqlash uchun sugʻurta xavfini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Jabrlanuvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish;
(19-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining yoki annuitetlar shartnomasining shartlari toʻgʻrisida ish beruvchidan yoki sugʻurtalovchidan yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda zaruriyat boʻlganda, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Naf oluvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalovchi va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olish;
(20-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchidan, sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida hamda annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi haqida ish beruvchiga xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Sugʻurtalovchiga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi belgilangan tartibda faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining alohida boʻlinmalariga ega boʻlishi kerak, ular ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi yoki annuitetlar shartnomasini tuzish, ish beruvchilarning va (yoki) jabrlanuvchilarning yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda sugʻurta tovonini toʻlash vakolatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda raqobatni cheklash yoki bartaraf etish, ayrim sugʻurtalovchilarga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchilarga boshqalariga nisbatan asossiz imtiyozlar berish yoki olish, ish beruvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda ushbu daromadlarning besh foizidan ortiq boʻlsa, ortiqcha summa keyingi yillarda sugʻurta tovonini toʻlash xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun sugʻurtalovchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta zaxirasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchini va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchiga yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilganda;
(23-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganda yoki u bekor qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda belgilangan majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, 17-moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 17-moddasining ikkinchi qismi qoidalari mazkur Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 16-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 197-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)