02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1876
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazining qarori, 02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1876
Date of entry into force
12.12.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1876-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-872-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2013-yil 3-dekabrdagi 110, 2013-8-son qarori (roʻyxat raqami 1876-1, 18.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 671-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-31-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligining, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 7-noyabrdagi 106, 2008-31-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-872-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olingan vaqtdan boshlab amalga oshirish huquqiga ega. Bunda, sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olinishi talab qilinmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirilishiga oid talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurtalovchi oʻzining tizimida sugʻurtalovchi tomonidan faqat qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan boʻlinmaga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuqorida koʻrsatilgan boʻlinmaning xodimlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi) tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi lozim. Bunda, ushbu boʻlinma rahbari boʻlgan xodim qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifali malaka attestatiga ega boʻlishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurtalovchining qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlari yuqorida koʻrsatilgan boʻlinma rahbari tomonidan imzolangan (viza qoʻyilgan) boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan axborotning oshkor qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan axborotning oshkor qilinishi qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishda sugʻurta siri toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishlari lozim, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxfiy boʻlgan axborotga ega boʻlgan holda, ushbu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emaslar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchidan u tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar va bitimlar boʻyicha axborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soʻrash va olish huquqiga ega.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi sugʻurtalovchiga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 485-modda; 2013-y., 51-son, 671-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)