24.07.2017 yildagi PF-5120-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2017 yildagi PF-5120-son
Date of entry into force
31.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek sanoatni modernizatsiya qilish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni barpo etish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tahlillar kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarning samarali bajarilishiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga g‘ov bo‘layotgan omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjudligini, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni ta’minlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, loyihalarni amalga oshirish sur’ati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga yetarlicha joriy etilmaganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablag‘lar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiiste’molchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari shaffofligini ta’minlovchi davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi)ning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan yagona axborot maydonining mavjud emasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib ko‘rsatish va boshqa suiiste’molchiliklar alomatlarini aniqlash bo‘yicha ishlar samaradorligining pastligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqiqiy bozor qiymatini aniqlash imkonini beradigan yagona klassifikator ishlab chiqilmaganligini ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat organlari faoliyati, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha boshqaruvining yagona axborot tizimini yaratish orqali davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, moliyaviy mablag‘lar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sug‘urta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarining sug‘urta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.
(2-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash tavsiyaviy tusga ega.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini va O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5120-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 722-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)