21.05.2008 yildagi PQ-872-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.05.2008 yildagi PQ-872-son
Date of entry into force
21.05.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUG‘URTA XIZMATLARI BOZORINI YANADA ISLOH QILISH VA RIVOJLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga asosan 2012-yilning 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga asosan 2012-yilning 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urtalovning, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi);
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to‘lov qobiliyati normativlarini sug‘urtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi miqdorigacha jarima belgilangan tartibda solinadi va jarima summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2008-yilning 1-iyunidan boshlab uch yil muddatga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalovchilar aksiyalari bo‘yicha dividendlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urtalovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin va soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan berilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan birgalikda sug‘urtalovchilarga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari to‘g‘risida nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-872-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda, 44-45-son, 440-modda; 2011-y., 22-23-son, 230-modda; 2011-y., 22-23-son, 230-modda; 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)