Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2012 14.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1689
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 14.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1689
Date of entry into force
24.06.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI VA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA QONUN HUJJATLARINING TURKUMLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-iyunda 1689-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2326, 14.02.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 226-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1689-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 436-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirining
2007-yil 14-iyundagi 112-mh-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 5-avgustdagi 304-son “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi oʻrinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 226-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1689-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 436-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatida ushbu Qoidalarning qoʻllanilishi tavsiyaviy xarakterga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish ushbu Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining klassifikatori (keyingi oʻrinlarda matnda Klassifikator deb yuritiladi) asosida kod berish, ularga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish jurnalida (keyingi oʻrinlarda matnda Jurnal deb yuritiladi) hisobga olish va qonun hujjatlarining nazorat nusxalarini olib borishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, kodekslari va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish vazifasi yuridik xizmat xodimiga (yuriskonsultga) yuklatiladi. Uning yoʻqligida ushbu vazifa davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan vaqtincha boshqa shaxsga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qonun hujjatlarini Jurnalda hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan har bir normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot yuridik xizmat xodimi (yuriskonsult) tomonidan Jurnalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat ushbu hujjatlarning rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan manbasidan yoki rasmiy tarqatilgan normativ-huquqiy hujjatlar nusxalaridan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq (qisqartirilmasdan), aniq va adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Bunda umumiy qabul qilingan qisqartmalardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnaldagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar yozuvlarni Jurnalga kiritishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilsa, notoʻgʻri kiritilgan yozuv toʻliqligicha oʻchirilib, maʼlumotlar qaytadan kiritiladi. Jurnalga kiritilayotgan jiddiy boʻlmagan tuzatishlar, oʻzgartish va qoʻshimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jurnalga normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning Klassifikator boʻyicha kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana va hujjat raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni rasmiy nashrda chop etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Klassifikator boʻyicha kod normativ-huquqiy hujjatning qonunchilik tarmogʻiga taalluqliligi boʻyicha beriladi. Agar normativ-huquqiy hujjatda qonunchilikning bir necha tarmogʻiga tegishli normalar mavjud boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatga bir necha kod beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi, ularni toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar Jurnalga alohida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganda Jurnalning tegishli ustuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi va hujjat raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganda, Jurnalning tegishli ustuniga oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi va hujjat raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini turkumlashtirilgan hisobi Jurnalda va elektron koʻrinishda yuritiladi. Elektron koʻrinishdagi maʼlumotlarni viruslar va boshqa taʼsirlar natijasida yoʻq boʻlib ketishini oldini olish maqsadida maʼlumotlar yilda kamida ikki marotaba elektron axborot tashuvchi jismlarga (disketa, SD-disk va boshqalarga) koʻchiriladi va alohida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar jamgʻarmasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qonun hujjatlarini nazorat nusxalarini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qonun hujjatining nazorat nusxasi boʻlib, shu hujjatga kiritilgan barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar, hujjatni toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganligi, hujjatning toʻliq yoki qisman amal qilish muddatini uzaytirish yoxud amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi maʼlumotlar kiritilgan nusxasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning faqat rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan nusxalari nazorat holatida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nazorat holati yuritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning muqovasiga “NAZORAT” belgisi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, yangi tahrirda qabul qilish, hujjatni toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi, hujjatning toʻliq yoki qisman amal qilish muddatini uzaytirish yoxud amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatning nazorat nusxasiga tegishli belgi qoʻyiladi va shu koʻrsatmaning mazmunini yorituvchi yozuv hamda hujjatning turi, qabul qilingan sana va hujjat raqami hamda hujjat eʼlon qilingan manba aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar normativ-huquqiy hujjat yoki uning boʻlimi, kichik boʻlimi, bobi, paragrafi, moddasi, qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisi (keyingi oʻrinlarda matnda tuzilmaviy birliklari deb yuritiladi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganda yoki yangi tahrirda qabul qilinganda mazkur Qoidalarning 13-bandida koʻrsatilgan belgi va yozuvlardan tashqari mazkur hujjat yoki uning tegishli tuzilmaviy birliklari egri chiziq bilan oʻchiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-dekabrdagi 599-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan. Shu sababli ushbu qaror egri chiziq bilan oʻchiriladi, tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzR VMning 22.12.2004-y. 599-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan (OʻzR QHT 2004-y., № 51, 518-m.)” degan yozuv kiritiladi (3-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-oktabrdagi PF-3811-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan. Shu sababli 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonning 2-bandi matni egri chiziq bilan oʻchiriladi, tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzR Prezidentining 17.10.2006-y. PF-3811-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan (OʻzR QHT, 2006-y., № 43-44, 424-m.)” degan yozuv kiritiladi (4-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasining uchinchi qismi yangi tahrirda bayon etilgan. Shu sababli “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining uchinchi qismi egri chiziq bilan oʻchiriladi, tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzRning Qonuni 10.10.2006-y. OʻRQ-59-son tahririda (OʻzR QHT, 2006-y., № 41, 405-m.)” degan yozuv kiritiladi (5-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qonun hujjatida matndan alohida jumlalarni, soʻzlarni, raqamlarni almashtirish yoki chiqarib tashlash yoʻli bilan oʻzgartirish haqida koʻrsatma boʻlsa mazkur Qoidalarning 13-bandida koʻrsatilgan belgi va yozuvdan tashqari hujjat matnidagi ushbu jumlalar, soʻzlar va raqamlar gorizontal toʻgʻri chiziq bilan oʻchiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibining 5.1-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 5.2-bandidagi “Vakil qilingan agent” soʻzlari “Sotuvchi” soʻzi bilan almashtirilgan. Shu sababli mazkur Tartibning 5.1-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 5.2-bandidagi “Vakil qilingan agent” soʻzlari gorizontal toʻgʻri chiziq bilan oʻchiriladi, tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzR VMning 09.06.2006-y. 112-son qarori bilan soʻzlar almashdi (OʻzR QHT 2006-y., № 23, 210-m.)” degan yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibining 5.2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlangan. Shu sababli ushbu banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda” soʻzlari gorizontal toʻgʻri chiziq bilan oʻchiriladi, tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzR VMning 09.06.2006-y. 112-son qarori bilan soʻzlari chiqarildi (OʻzR QHT 2006-y., № 23, 210-m.)” degan yozuv kiritiladi (6-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Normativ-huquqiy hujjatga qoʻshimchalar kiritilsa tegishli belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyundagi Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan. Shu sababli tegishli 9-moddaga belgi qoʻyiladi va “OʻzRning 20.06.2006-y. Qonuni bilan toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi (OʻzR QHT, 2006-y., № 25-26, 223-m.)” degan yozuv kiritiladi (7-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qonun hujjati toʻliq yoki uning tuzilmaviy birliklarining amal qilishi muddati uzaytirilganda, yoxud amal qilishi toʻxtatib turilganda, qaysi muddatga hujjatning amal qilish muddati uzaytirilgani yoki amal qilishi toʻxtatib turilganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 2-yanvardagi PF-3020-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmonining 2-bandi bilan belgilangan koʻrsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilgan. Shu sababli 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmoniga tegishli belgi qoʻyiladi va “OʻzR Prezidentining 02.01.2002-y. PF-3020-son Farmoni bilan imtiyozlar amal qilish muddati uzaytirildi (OʻzR OM Axb., 2002-y., № 1, 33-m.)” degan yozuv kiritiladi (8-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nazorat nusxalardagi yozuvlar faqat havo rangdagi sharikli ruchka bilan tushunarli yozuvda kiritilishi kerak. Agar yozuv butun hujjatga taalluqli boʻlsa, belgi qonun hujjati nomining qarshisiga qoʻyiladi. Agarda yozuv qonun hujjatining tuzilmaviy birliklariga taalluqli boʻlsa u holda belgi tegishli tuzilmaviy birliklar qarshisiga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kodeksning yangi nashri olinganida ilgarigi nashrdagi nazorat nusxa yangisi bilan almashtiriladi. Yangi nashr etilgan kodeksning titul varagʻida koʻrsatilgan sanadan boshlab nazorat nusxa yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishda qulay boʻlishi uchun kodekslarning nazorat nusxalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar aks ettirilgan matnning yopishtirilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qonun hujjatlarini saqlash va foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Normativ-huquqiy hujjatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlarida yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik byuro yoki yuriskonsult tomonidan (keyingi oʻrinlarda matnda yuridik xizmat deb yuritiladi), agar shunday tarkibiy boʻlinma mavjud boʻlmasa, ushbu organ rahbari tomonidan belgilanadigan boshqa boshqarma yoki boʻlim tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida — yuridik xizmat tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruh tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimliklarida — yuridik xizmat tomonidan yoki tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushadigan qonun hujjatlarining rasmiy nashrlari qatʼiy hisobga olinishi, saqlanishi va vaqti-vaqti bilan ular xatlovdan (inventarizatsiyadan) oʻtkazilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarining rasmiy nashrlari yil boʻyicha xronologik tartibda yigʻiladi va muqovalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy nashrlarning foydalanish uchun berilishi va qaytarilishi maxsus jurnalda qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organiga rasmiy tarqatilgan normativ-huquqiy hujjatlar nusxalari xronologik tartibda turkumlashtiriladi hamda jildlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonun hujjatlarini turkumlashgan hisobini yuritish boʻyicha javobgarlik mazkur Qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan masʼul xodimlarga yuklatiladi. Bu xodimlar moddiy javobgar shaxs hisoblanadi va ular bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilgan xodimlar oʻzgarganda Qonun hujjatlari dalolatnoma asosida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klassifikatori*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01.00‎

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM‎

01.01 ‎ Suverenitet. Konstitutsiya‎
01.02‎ Davlat ramzlari. Poytaxt‎
01.03‎ Davlat tili‎
01.04‎ Hudud‎
01.05 ‎ Aholi
01.06‎ Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari
01.07 ‎ Referendum. Saylov. Saylov tizimi
01.08‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
01.09 ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
01.10 ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
01.11 ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchilik va ijro ‎organlari
01.12 ‎ Sud hokimiyati
01.13 ‎ Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati
01.14 ‎ Mahalliy davlat hokimiyati organlari
01.15 ‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
01.16 ‎ Deputatlar va Senat aʼzolari
01.17 ‎ Nodavlat notijorat tashkilotlari ‎
01.18 ‎ Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ‎ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi ‎
01.19 ‎ Davlat mukofotlari, yuqori darajalar va farqlovchi belgilar‎
01.20‎ Faxriy unvonlar‎
01.21 ‎ Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar‎
01.22‎ Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar‎
01.23 ‎ Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish.
‎Nom berish, toponomik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish ‎
02.00‎ DAVLAT BOShQARUVI ASOSLARI‎
02.01 ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
02.02 ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ‎‎
02.03 ‎ Davlat boshqaruvining respublika organlari ‎
02.04 ‎ Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar)‎
02.05 ‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ‎
02.06 ‎ Davlat xizmati ‎
02.07 ‎ Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar)‎
02.08‎ Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi
‎davlat boshqaruvining umumiy masalalari ‎
03.00‎ FUQAROLIK QONUNChILIGI‎
03.01 ‎ Umumiy qoidalar‎
03.02 ‎ Fuqarolar (jismoniy shaxslar)‎
03.03 ‎ Yuridik shaxslar‎
03.04 ‎ Fuqarolik huquqi obyektlari‎
03.05 ‎ Bitimlar‎
03.06 ‎ Vakillik. Ishonchnoma‎
03.07 ‎ Daʼvo muddati‎
03.08 ‎ Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar‎
03.09 ‎ Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish‎
03.10 ‎ Majburiyat huquqi‎
03.11 ‎ Majburiyatlarning alohida turlari‎
03.12 ‎ Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar‎
03.13 ‎ Asossiz boyib ketish natijasidagi majburiyatlar‎
03.14 ‎ Intellektual mulk‎
03.15 ‎ Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar va xizmatlarni ‎individuallashtirish vositalari ‎
03.16 ‎ Meros huquqi‎
03.17 ‎ Xalqaro xususiy huquq‎
04.00‎ OILA QONUNChILIGI‎
04.01 ‎ Umumiy qoidalar‎
04.02 ‎ Nikoh‎
04.03 ‎ Bolalarning kelib chiqishini belgilash‎
04.04 ‎ Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning ‎huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari ‎
04.05 ‎ Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari‎
04.06 ‎ Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish ‎
04.07 ‎ Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish‎
04.08 ‎ Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish‎
04.09 ‎ Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ‎ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish ‎

‎‎05.00‎
‎‎
‎MEHNAT VA AHOLINING BANDLIGI TOʻGʻRISIDAGI ‎QONUNChILIK
05.01 ‎ Ishga joylash va aholi bandligi‎
05.02 ‎ Mehnat‎
05.03 ‎ Mehnatga haq toʻlash‎
05.04 ‎ Kafolatlar va kompensatsiyalar‎
05.05 ‎ Mehnat intizomi‎
05.06 ‎ Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi‎
05.07 ‎ Mehnatni muhofaza qilish‎
05.08 ‎ Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash‎
05.09 ‎ Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga ‎solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari ‎
05.10 ‎ Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizma�ini) ‎tartibga solishning xususiyatlari ‎
05.11 ‎ Mehnat nizolari‎
05.12 ‎ Mehnat qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat.
‎Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik ‎

‎06.00 ‎

‎‎IJTIMOIY TAʼMINOT VA IJTIMOIY SUGʻURTA ‎TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK
06.01 ‎ Umumiy qoidalar‎
06.02 ‎ Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish‎
06.03 ‎ Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish ‎
06.04 ‎ Mehnat staji‎
06.05 ‎ Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash ‎
06.06 ‎ Pensiyalar‎
06.07 ‎ Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari‎
06.08 ‎ Ijtimoiy xizmat koʻrsatish‎
06.09 ‎ Imtiyozlar‎
06.10 ‎ Nogironlarning ijtimoiy himoyasi‎
06.11 ‎ Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta sohasida nizolarni ‎hal qilish tartibi ‎
06.12 ‎ Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun ‎hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ‎

‎07.00 ‎

‎‎MOLIYA VA KREDIT TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. ‎BANK FAOLIYATI
07.01 ‎ Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari‎
07.02 ‎ Moliya sohasidagi boshqaruv‎
07.03 ‎ Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya‎
07.04 ‎ Budjet tizimining umumiy qoidalari‎
07.05 ‎ Respublika budjeti‎
07.06 ‎ Mahalliy budjet‎
07.07 ‎ Budjet tizimining boshqa masalalari‎
07.08 ‎ Gʻaznachilik‎
07.09 ‎ Soliqlar va yigʻimlar‎
07.10 ‎ Umumdavlat soliqlari‎
07.11 ‎ Mahalliy soliqlar va yigʻimlar‎
07.12 ‎ Soliq toʻlovchilar huquqlari va majburiyatlari ‎
07.13 ‎ Soliqqa oid ish yurituv‎
07.14 ‎ Soliq hisoboti ‎
07.15 ‎ Davlat soliq xizmati organlari aktlari va ularning mansabdor ‎shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish ‎
07.16 ‎ Soliqqa tortishning boshqa masalalari‎
07.17 ‎ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ‎
07.18 ‎ Davlat boji ‎
07.19 ‎ Bank tizimi‎
07.20 ‎ Banklarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi. ‎
07.21 ‎ Bank faoliyatini litsenziyalash‎
07.22 ‎ Bank faoliyati‎
07.23 ‎ Kreditlash‎
07.24 ‎ Boshqa kredit muassasalari‎
07.25 ‎ Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori‎
07.26 ‎ Zayomlar. Lotereyalar‎
07.27 ‎ Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish
07.28 ‎ Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish
07.29 ‎ Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot ‎

‎08.00‎

‎‎UY-JOY QONUNChILIGI. KOMMUNAL XOʻJALIK‎‎
08.01 ‎ Uy-joy fondi‎
08.02 ‎ Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan
‎foydalanish‎
08.03 � Kommunal xoʻjalik‎
08.04 ‎ Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish ‎xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, ‎imtiyozlar) ‎
08.05‎ Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonun ‎hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ‎
08.06 ‎ Noturar joylar. Maʼmuriy binolar‎
08.07 ‎ Rieltorlik faoliyati‎
08.08 ‎ Dacha xoʻjaligi‎
08.09 ‎ Mehmonxona xoʻjaligi‎

‎09.00‎

‎‎TADBIRKORLIK VA XOʻJALIK FAOLIYATI‎‎

09.01 ‎ Tadbirkorlikka oid qonunchilik‎
09.02 ‎ Monopoliyaga qarshi qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar‎
09.03 ‎ Bankrotlik va sanatsiya‎
09.04 ‎ Auditorlik faoliyati‎
09.05 ‎ Birja faoliyati‎
09.06 ‎ Baholash faoliyati‎
09.07 ‎ Standartlashtirish. Metrologiya.
‎Sertifikatlash ‎
09.08 ‎ Asillik darajasi ishlari‎
09.09 ‎ Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik ‎
09.10 ‎ Sanoat‎
09.11 ‎ Geodeziya va kartografiya‎
09.12 ‎ Qurilish‎
09.13 ‎ Shaharsozlik va arxitektura ‎
09.14 ‎ Qishloq xoʻjaligi ‎
09.15 ‎ Transport‎
09.16 ‎ Aloqa ‎
09.17 ‎ Savdo‎
09.18 ‎ Umumiy ovqatlanish‎
09.19 ‎ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish‎

‎10.00‎

‎‎TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT. BOJXONA IShI‎
10.01 ‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar‎
10.02 ‎ Bojxona-tarifini tartibga solish‎
10.03 ‎ Tarifsiz tartibga solish ‎
10.04 ‎ Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari ‎
10.05 ‎ Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda ‎undiriladigan soliqlar va yigʻimlar ‎
10.06 ‎ Bojxona ishi ‎
10.07 ‎ Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar ‎va transport mahsulotlarini olib oʻtish ‎
10.08 ‎ Bojxona rasmiylashtiruvi‎
10.09 ‎ Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik‎

‎11.00‎

‎‎ATROF TABIIY MUHIT VA TABIIY RESURSLAR‎ ‎
11.01 ‎ Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar‎
11.02 ‎ Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash ‎
11.03 ‎ Erdan foydalanish va muhofa�a qilish ‎
11.04 ‎ Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ‎
11.05 ‎ Suvdan foydalanish va muhofaza qilish‎
11.06 ‎ Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan ‎foydalanish va muhofaza qilish ‎
11.07 ‎ Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish ‎
11.08 ‎ Atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik ‎
11.09 ‎ Gidrometeorologiya‎
11.10 ‎ Seysmologiya‎

‎‎12.00‎

‎AX�OROT VA AXBOROTLAShTIRISh‎
12.01‎ Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari‎
12.02 ‎ Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv‎
12.03 ‎ Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish‎
12.04 ‎ Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ‎ularni taʼminlash vositalari ‎
12.05 ‎ Ish yuritish‎
12.06 ‎ Reklama‎
12.07 ‎ Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish ‎sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish ‎

‎13.00‎

‎TAʼLIM. FAN. MADANIYAT‎
13.01 ‎ Taʼlim‎
13.02 ‎ Fan‎
13.03 ‎ Madaniyat‎

‎14.00‎

‎SOGʻLIQNI SAQLASh. JISMONIY TARBIYA. SPORT. TURIZM ‎
14.01 ‎ Sogʻliqni saqlash‎
14.02 ‎ Jismoniy tarbiya va sport‎
14.03 ‎ Turizm. Ekskursiyalar‎

‎15.00‎

‎MUDOFAA‎
15.01 ‎ Mudofaaning umumiy masalalari‎
15.02 ‎ Mudofaani boshqarish‎
15.03 ‎ Qurolli Kuchlar‎
15.04 ‎ Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan ‎boshqa qismlar, qoʻshinlar ‎
15.05 ‎ Urush holati. Harbiy holat‎
15.06 ‎ Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash‎
15.07 ‎ Qurolli kuchlarning fuqaro xodimlari‎
15.08 ‎ Qurol va harbiy texnika ‎
15.09 ‎ Qoʻshinlarni taʼminlash‎
15.10 ‎ Qarorgohlar qurish va qoʻshinlarni joylashtirish‎
15.11 ‎ Harbiy majburiyat‎
15.12 ‎ Harbiy xizmat‎
15.13 ‎ Muqobil xizmat‎
15.14 ‎ Fuqaro mudofaasi. Obyektlarni himoya qilish.
‎Fuqarolarni himoya qilish ‎
15.15 ‎ Harbiy ilm‎
15.16 ‎ Shaxsiy tarkibni tarbiyalash‎
15.17 ‎ Xizmatchilar maqomi. Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular ‎oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish ‎

‎16.00 ‎

‎XAVFSIZLIK VA HUQUQ TARTIBOT MUHOFAZASI‎
16.01 ‎ Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy qoidalar ‎
16.02 ‎ Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari‎
16.03 ‎ Davlat xavfsizligi‎
16.04 ‎ Jamiyat xavfsizligi‎
16.05 ‎ Shaxs xavfsizligi ‎
16.06 ‎ Taʼminlash vositalari‎
16.07 ‎ Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni ‎taʼminlashdagi ishtiroki ‎
16.08 ‎ Davlat taʼminlash organlarining oʻzaro va chet davlatlar ‎huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan boʻlgan munosabatlari ‎
16.09 ‎ Maʼmuriy javobgarlik‎
16.10 ‎ Jinoiy javobgarlik‎
16.11 ‎ Jinoyat-protsessual qonunchiligi‎
16.12 ‎ Jinoyat-ijroiya qonunchiligi‎

‎17.00‎

‎ODIL SUDLOV‎
17.01 ‎ Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohati‎
17.02 ‎ Sud tizimi‎
17.03 ‎ Sud-ekspertiza muassasalari. Sud-tibbiy ekspertizasi‎
17.04 ‎ Konstitutsiyaviy sud ish yurituvi‎
17.05 ‎ Fuqarolik protsessual qonunchiligi‎
17.06 ‎ Xoʻjalik protsessual qonunchiligi‎

‎18.00‎

‎PROKURATURA. ADVOKURATURA. NOTARIAT‎
18.01 ‎ Prokuratura‎
18.02 ‎ Advokatura‎
18.03 ‎ Notariat‎
18.04 ‎ Adliya, prokuratura va sud xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish‎

‎19.00 ‎

‎XALQARO MUNOSABATLAR. XALQARO HUQUQ
19.01 ‎ Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar‎
19.02 ‎ Tashqi aloqalarni tashkil etish‎
19.03 ‎ Davlatlarning huquqiy vorisligi‎
19.04 ‎ Hudud‎
19.05 ‎ Aholi‎
19.06 ‎ Xalqaro shartnomalar huquqi‎
19.07 ‎ Diplomatik va konsullik huquqi‎
19.08 ‎ Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar‎
19.09 ‎ Xalqaro iqtisodiy hamkorlik‎
19.10 ‎ Xalqaro xavfsizlik huquqi‎
19.11 ‎ Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash‎
19.12 ‎ Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh. Ushbu klassifikator Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorining soddalashtirilgan shakli boʻlib hisoblanadi va davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida faqat mazkur qoidalar maqsadlari uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

t/r‎

Normativ-huquqiy hujjatning Klassifikator boʻyicha kodi ‎

Roʻyxatga olish sanasi‎

Normativ- huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi‎

Normativ- huquqiy hujjatning turi‎

Normativ- huquqiy hujjatning nomi‎

Normativ- huquqiy hujjatni qabul qilingan sana va hujjat raqami ‎

Normativ- huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi ‎

Normativ- huquqiy hujjatni rasmiy nashrda chop etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

Normativ- huquqiy hujjatning amal qilish muddati‎

Normativ- huquqiy hujjatga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ‎

Normativ- huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

1‎

2 ‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga
3-ILOVA

4-ILOVA

5-ILOVA

6-ILOVA

7-ILOVA

8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 256-modda, 2011-y., 40-son, 436-modda)