26.08.2004 yildagi 658-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004 yildagi 658-II-son
Date of entry into force
17.09.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EKSPORT NAZORATI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi eksport nazorati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari eksport nazoratini amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligini hamda Oʻzbekiston Respublikasining yalpi qirgʻin quroli va boshqa turdagi qurol-yarogʻlarni tarqatmaslik sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishini taʼminlashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Eksport nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport nazorati obyektlarini olib chiqishning (bundan buyon matnda eksport nazorati obyektlarini olib chiqish deb yuritiladi) eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taʼminlanishiga qaratilgan barcha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Eksport nazorati obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz xossa hamda xususiyatlariga koʻra yalpi qirgʻin qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirgʻin qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarogʻ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan, eksport nazorati obyektlari roʻyxatlarida koʻrsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari eksport nazorati obyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarining roʻyxatlari belgilangan tartibda eʼlon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Eksport nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligi manfaatlarining ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining vijdonan bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati masalalariga doir axborotning oshkoraligi va barcha uchun ochiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Eksport nazoratini amalga oshirish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazoratini amalga oshirishning usullari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi ustidan nazorat oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining eksport nazorati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati sohasida davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlari roʻyxatlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida eksport nazorati obyektlarining olib chiqilishiga, shu jumladan ayrim chet davlatlarga olib chiqilishiga nisbatan cheklashlar va taqiqlar joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Eksport nazorati sohasidagi vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi eksport nazorati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan 8-modda ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati sohasida davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazoratini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni va boshqa axborotni talab qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatning eksport nazorati obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bayon etilgan maqsadlarda foydalanilishiga taalluqli yozma majburiyat beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
(8-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollarda, eksport nazorati obyektlarini olib chiqish eksport nazorati obyektlarini oluvchi chet davlatning va (yoki) chet davlat yuridik hamda jismoniy shaxslarining mazkur obyektlardan yalpi qirgʻin qurolini hamda uni yetkazib berish vositalarini, boshqa turdagi qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratish maqsadida foydalanilmasligi toʻgʻrisida yozma majburiyati boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan 9-modda uchinchi qismining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yalpi qirgʻin qurolini ishlab chiqarishda komponentlar sifatida foydalanish mumkin boʻlgan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) materiallarni, shu jumladan oʻta xavfli infeksiyalarning patogenlari va shtammlarini olib chiqish qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan kelishuvga binoan amalga oshiriladi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi ustidan nazorat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqishni amalga oshirishda bojxona nazoratini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib chiqilayotgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalarining eksport nazorati obyektlari roʻyxatlariga kiritilgan eksport nazorati obyektlariga muvofiqligini aniqlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollarda, olib chiqilayotgan eksport nazorati obyektlaridan yalpi qirgʻin qurolini hamda uni yetkazib berish vositalarini, boshqa turdagi qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratish maqsadida foydalanilmasligi toʻgʻrisida yozma majburiyat olishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish monitoringini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibini buzish hollari toʻgʻrisida axborot toʻplash hamda bunday axborotlarni tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanishning belgilangan tartibini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ichki nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat eksport nazorati obyektlarini olib chiqish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etishning yuridik shaxslar tomonidan belgilangan barcha chora-tadbirlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarini olib chiquvchi yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati hamda xavfsizligini saqlash sohasida davlat ehtiyojlarini taʼminlash boʻyicha ilmiy va (yoki) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat oʻtkazish majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning eksport nazorati obyektlarini olib chiqishdagi majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarini olib chiquvchi yuridik va jismoniy shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazorati obyektlarini olib chiqishga ruxsatnoma olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport nazoratini amalga oshirish uchun zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni vakolatli organ hamda boshqa davlat organlarining talabiga binoan taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar eksport nazorati obyektlari roʻyxatlariga kiritilmagan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari olib chiqilayotgan boʻlsa, ulardan yalpi qirgʻin qurolini hamda uni yetkazib berish vositalarini, boshqa turdagi qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratish uchun foydalanish ehtimoli toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligidan vakolatli organni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar eksport nazorati obyektlarini olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Eksport nazorati sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Eksport nazoratini amalga oshirish uchun taqdim etilgan axborotdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazoratini amalga oshirish uchun davlat organlariga taqdim etilgan axborotdan faqat eksport nazorati maqsadida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
658-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 406-modda; 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 25-26-son, 223-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)