Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2019 06.05.1995 yildagi 66-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 06.05.1995 yildagi 66-I-son
Date of entry into force
01.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DEPUTATLARNING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomini, eng muhim vakolatlarini va deputatlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Deputatning davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kengesning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshirishi deputatlarning qonunlar tayyorlash va ularni qabul qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida oliy davlat vakillik organlarining ixtiyoriga berilgan masalalarni hal qilishda tashabbuskorlik bilan faol ishtirok etishiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning viloyat, tuman, shahar Kengashlarining ishida ishtirok etib, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etadilar, qonunlar va davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarining joylarda ijro etilishini nazorat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati oʻz faoliyatida saylovchilarning, shuningdek oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan tegishli siyosiy partiyaning yoxud tegishli hokimiyat vakillik organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining manfaatlarini ifoda etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashlarining qarorlari va tegishli siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari asosida tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Deputat vakolatlarining vujudga kelishi va muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning vakolatlari u tegishincha Oliy Majlisga, Joʻqorgʻi Kengesga, xalq deputatlari viloyat, tuman yoki shahar Kengashiga saylangan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning vakolatlari yangi chaqiriq Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari saylangan kunda yoki ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollarda tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish va xizmat vazifalarini bajarish bilan qoʻshib olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar oʻz vakolatlarini, qoida tariqasida, ishlab chiqarish yoki xizmat faoliyatini toʻxtatmagan holda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar deputatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan qonun hujjatlariga muvofiq ozod qilinishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlisning yoki Joʻqorgʻi Kengesning deputatlari tegishincha Oliy Majlisda, Joʻqorgʻi Kengesda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Deputatni Oliy Majlis yoki Joʻqorgʻi Kengesga doimiy ishga oʻtkazishni rasmiylashtirish tartibi tegishli hokimiyat oliy vakillik organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlisda va Joʻqorgʻi Kengesda doimiy ishlaydigan deputatlar oʻz vakolatlari davrida boshqa haq toʻlanadigan biron-bir lavozimni egallashlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlisga, Joʻqorgʻi Kengesga saylangan deputatlarga ularning deputatlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyalar va organlar bilan oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan aloqa bogʻlab turadi, tegishli hokimiyat vakillik organida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat saylovchilar oldida masʼul va hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning ishonchini oqlamagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Deputatning tegishli hokimiyat vakillik organi bilan oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining, bu organ tuzadigan qoʻmitalarning, komissiyalarning ishida faol ishtirok etishini taʼminlaydigan barcha huquqlarga toʻla-toʻkis egadir, u bu organlar oldida masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimiyat vakillik organi deputatning oʻz ishi toʻgʻrisidagi, qabul qilingan qarorlar va oʻziga berilgan topshiriqlarni qanday bajarayotganligi haqidagi axborotlarini tinglashga haqli. Deputat oʻz vazifalarini bajarmagan, belgilab qoʻyilgan ish tartibini buzgan taqdirda uning xulqi toʻgʻrisidagi masala tegishli hokimiyat vakillik organi yoki uning topshirigʻiga koʻra boshqa organ yoxud komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimliklar deputatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari qanday bajarilayotgani toʻgʻrisida, ularning tanqidiy mulohazalari va takliflari yuzasidan qabul qilingan choralar haqida xabardor qiladi, deputatlarning qonun hujjatlarini, hokimiyat vakillik organlarining ish tajribasini, jamoatchilik fikrini oʻrganishiga koʻmaklashadi va ularning ishiga zarur boshqa yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Deputatlik odobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli hokimiyat vakillik organi yoki uning topshirigʻiga koʻra boshqa organ yoki komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Deputat vakolatlarining muddatidan ilgari toʻxtatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning vakolatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatini zammasidan soqit qilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga koʻra deputatlik vakolatini bajarishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqirib olingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan taqdirda muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli hokimiyat vakillik organi qarori bilan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organ (partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu organning (partiyaning) taklifi ham deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. DEPUTATNING HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANIDAGI FAOLIYATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Deputatning hokimiyat vakillik organidagi faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining sessiyalarida, oʻzi saylangan qoʻmitalar va komissiyalarning majlislarida qatnashishi, ularning ishida faol ishtirok etishi shart. Sessiyaga yoki qoʻmita, komissiya majlisiga yetib kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat bu haqda tegishli hokimiyat vakillik organining yoki qoʻmitaning, komissiyaning rahbarlaridan biriga xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining sessiyasida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan bayon qilgan nuqtai nazari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishincha Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges, viloyat, tuman, shahar Kengashlari organlariga saylash va saylanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vakillik organi qarab chiqishi uchun masalalar taklif etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va ularning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihalari va ularga kiritish uchun tuzatish taklif etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vakillik organi tuzadigan organlarning shaxsiy tarkibi, ushbu vakillik organi saylab qoʻyadigan, tayinlaydigan yoki tasdiqlaydigan mansabdor shaxslarning nomzodlari xususida oʻz fikrini bildirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralarda qatnashishga, soʻrov bilan murojaat qilishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari xususida izoh berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiyada hokimiyat vakillik organiga hisobdor yoki uning nazoratida boʻlgan har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisobotini yoki axborotini eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, tegishli hokimiyat vakillik organi qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida koʻrib chiqish uchun masalalar taklif etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz nutqlarining stenogrammalardagi matnlari bilan tanishishga va eʼlon qilinmaydigan nutqlarning matnlari bilan belgilangan tartibda tanishishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi va mulohazasining matnini sessiya stenogrammasiga kiritish uchun raislik qiluvchiga topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga vazifalarni ham bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur huquqlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va tegishli hokimiyat vakillik organining reglamenti bilan, boshqa qonunlar bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputati tegishli hokimiyat oliy vakillik organida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlib, bu huquq yangi qonun ishlab chiqish zarurligi toʻgʻrisida masala qoʻyish, yangi qonun loyihalarini, amaldagi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini kiritish, shuningdek amaldagi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish haqida takliflar bilan chiqish tarzida roʻyobga chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik tashabbusi huquqi tegishli qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqini roʻyobga chiqarish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqi qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan taklifni Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kenges majlisida albatta koʻrib chiqib, qonun qabul qilish; yangi qonun loyihasini ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish; taklif qilingan qonun loyihasini takomiliga yetkazish uchun tegishli qoʻmitalar va komissiyalarga yuborish; qonun loyihasini, taklifni asosli rad qilish singari qarorlardan birini qabul qilish bilan kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Deputatlarning fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar oʻzaro kelishuv asosida fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Deputat soʻrovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat soʻrovi — sessiyada davlat organlari yoxud mansabdor shaxslarga ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilib berish haqida qoʻyilgan talabdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputati tegishli oliy vakillik organining sessiyalarida tegishincha Oliy Majlisning Raisiga va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi Raisiga va Vazirlar Kengashiga, vazirlarga, boshqa davlat organlari rahbarlariga soʻrov bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputati qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatiga va boshqaruvi mahalliy organlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrov kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati hokimga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimlik boʻlimlari va boshqarmalarning rahbarlariga, shuningdek Kengash hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrov bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrov deputat yoki bir guruh deputatlar tomonidan yozma ravishda yoxud ogʻzaki kiritilishi mumkin. Yozma ravishda kiritilgan soʻrov hokimiyat vakillik organining sessiyasida oʻqib eshittirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrov qaratilgan davlat organi yoki mansabdor shaxs soʻrovga kechi bilan uch kunlik muddat ichida yoki tegishli hokimiyat vakillik organi belgilab qoʻygan boshqa muddatda sessiyada ogʻzaki yoki yozma ravishda javob berishi shart. Soʻrov munosabati bilan oʻtkazilgan muhokama natijasi boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Hokimiyat vakillik organi sessiyasida deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar sessiyada ogʻzaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalar hokimiyat vakillik organi, uning qoʻmitalari yoki komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi yoxud koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sessiyada deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarning olgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari, mansabdor shaxslar kechi bilan bir oylik muddat ichida bu taklif va mulohazalarni koʻrib chiqishlari hamda natijalari toʻgʻrisida bevosita deputatga va tegishli hokimiyat vakillik organiga maʼlum qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning taklif va mulohazalarini koʻrib chiqish hamda ularni roʻyobga chiqarish ustidan nazorat Oliy Majlis Kengashi, Joʻqorgʻi Kenges, tegishli komissiyalar va qoʻmitalar, Hukumat, hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Deputatning Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari organlaridagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita, komissiya yoki boshqa organlar tarkibiga kirgan deputat mazkur organlar koʻrib chiqish uchun har qanday masala va taklif kiritishga, bu masala va takliflarni koʻrib chiqish uchun tayyorlashda, ularni muhokama qilish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda, shuningdek qabul qilingan qarorlar roʻyobga chiqarilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat tegishli organning tarkibida boʻlsa-yu, uning qaroriga qoʻshilmasa, oʻz nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda raislik qiluvchiga yozma ravishda maʼlum qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita yoki komissiya tarkibiga saylangan deputat ularning ishida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita yoki komissiyaning aʼzosi boʻlmagan deputat ularning majlisida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. DEPUTATNING SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Deputatning saylov okrugidagi ish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat saylov okrugida oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hokimiyat vakillik organi nazorati ostidagi tashkilotlarda oʻz saylov okrugidagi fuqarolarning muhim manfaatlariga taalluqli boʻlgan har qanday masala koʻrib chiqilishi chogʻida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
okrug saylovchilari bilan yigʻilishlar, mehnat jamoalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalarning tashkilotlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻz deputatlik faoliyatiga doir masalalar yuzasidan matbuot organlarida chiqish, radio va televideniye orqali soʻzlash borasida imtiyozli huquqqa egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻz saylov okrugida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini tegishincha Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining ishi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib turishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarning va hokimiyat vakillik organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etish haqida nazorat qilishda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik fikrini, aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganishi, bular haqida tegishli davlat hokimiyati organlariga xabar berishi, tegishli qonunlar va qarorlar tayyorlash chogʻida oʻz takliflarini kiritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga vazifalarni ham bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Deputatning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning saylovchilardan oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda koʻrib chiqadi, ularni oʻz vaqtida toʻgʻri hal etish choralarini koʻradi, oʻz saylov okrugida fuqarolarni muntazam ravishda qabul qilib turadi. Deputat fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etish uchun tegishli hokimiyat vakillik organi hududida joylashgan davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini taklif qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat shikoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni oʻrganadi va zarur hollarda oʻz takliflarini tegishli hokimiyat vakillik organiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻzi yuborgan taklif, ariza va shikoyatlar tegishli hokimiyat organi hududida joylashgan davlat organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda koʻrib chiqilishini nazorat qilishga va ularning koʻrib chiqilishida shaxsan ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Deputatning saylovchilar oldida hisob berishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kenges deputati vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta, viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati esa yiliga kamida ikki marta oʻz ishi toʻgʻrisida saylovchilarga hisobot berib turishi va oʻzi saylangan hokimiyat vakillik organining ishi haqida xabardor etib borishi shart. Deputatning hisoboti saylovchilar talabi bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning hisobotlari shu maqsadda chaqiriladigan saylovchilar yigʻilishlarida yoki mazkur saylov okrugi vakillarining yigʻilishlarida oʻtkaziladi. Deputatning hisoboti yuzasidan yigʻilish qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli ommaviy axborot vositalari deputatlarning hisobotlari yoritilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Hisobotlarni va saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazishda deputatga koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning hisobotlarini va ular bilan uchrashuvlarni oʻtkazish uchun saylovchilarning yigʻilishlari tegishli hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot berish va saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoitlar taʼminlanadi. Uning iltimosiga koʻra hokimiyat ijroiya organlari bino ajratib, deputatning hisoboti, uning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat fuqarolarni qabul qiladigan vaqt va joyini fuqarolarga maʼlum qiladilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotlar va soʻzga chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnoma hamda axborot materiallari deputatning iltimosiga binoan tegishli hokimiyat ijroiya organlari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Deputatning quyi Kengashlar ishida qatnashishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat quyi Kengashlar va ularning organlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Deputatning qonuniylik buzilgan hollarni bartaraf etishni talab qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilgan taqdirda yoki qonuniylikni buzishning boshqa hollarida deputat davlat hokimiyatining vakili sifatida, oʻsha joyning oʻzida bunday qonunbuzarlik toʻxtatilishini talab qilishga, zarur hollarda esa, ularga chek qoʻyishni talab qilib, tegishli organlar va mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqlidir. Qonunbuzarlik fakti deputatning oʻzi yoki uning talabi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki nazorat organining vakili tuzgan bayonnomada qayd etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat talab bilan murojaat etgan davlat organlarining mansabdor shaxslari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining rahbarlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning maʼmuriyati, shuningdek militsiya xodimlari qonun buzilgan hollarni bartaraf etish uchun, zarur hollarda esa aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan chora koʻrishlari va keyinchalik buni deputatga maʼlum qilishlari shart. Chora koʻrmagan taqdirda mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. DEPUTATLIK FAOLIYATINING ASOSIY KAFOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Deputatning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida har bir deputatga oʻz vakolatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun sharoit yaratilishiga kafolat beriladi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning shaʼni va qadr-qimmatiga qasd qilgan shaxslar qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki oʻzga javobgarlikka tortiladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga toʻsqinlik qiladigan, unga ataylab soxta maʼlumot beradigan, deputatlik faoliyati kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik vazifalarini bajarishga biron-bir shaklda monelik qilish yoki kimningdir foydasiga qaror qabul qilinishiga erishish maqsadida deputatga qanaqa tarzda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish qonunda belgilangan tartibda jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinishi huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik faoliyati masalalari yuzasidan Oliy Majlis deputati deputatlik guvohnomasini koʻrsatib, respublika hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari va davlat hokimiyati organlari hamda jamoat birlashmalarining boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻqorgʻi Kenges deputati mazkur huquqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida, viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati esa tegishli Kengashga qarashli hududda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyati davlat siri bilan hamda qonun tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sir bilan bogʻliq korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga deputatlarning kirishi tartibi qonunda belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Deputatning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan mansabdor shaxslarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalariga, mulkichilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilishga va oʻrtaga qoʻyilgan masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etishga haqlidir. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar deputatning murojaatiga darhol, qoʻshimcha ravishda oʻrganish yoki tekshirish zarur boʻlgan taqdirda esa, kechi bilan bir oylik muddat ichida javob qaytarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning gʻoyat muhim masalalar, shu jumladan tegishli organning qaror qabul qilishi, qabul qilgan qarorini oʻzgartirishi yoki bekor qilishi zarurligi toʻgʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilishi shart. Murojaat koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida deputat oldindan xabardor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Deputatga oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratib beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputatlarining faoliyatini taʼminlash tartibi tegishli ravishda Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Deputatning axborot va maslahatlar olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges devoni, hokimliklar tegishli deputatlarni tegishli hokimiyat vakillik organlari qabul qilgan hujjatlar bilan taʼminlaydilar, axborot va yordamchi materiallar bilan taʼminlashga koʻmaklashadilar, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Deputatga huquqiy yordam berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimliklar, korxonalarning, tashkilotlarning, ilmiy, yuridik muassasalarning, oʻquv yurtlarining maʼmuriyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar deputatga uning deputatlik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarda yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis deputati respublika hududida barcha turdagi davlat passajir transportida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek yoʻl pattalarini navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻqorgʻi Kenges, viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari bundan mustosno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning transportda tekin yurish tartibi va shartlarini, shu ish bilan bogʻliq ravishda transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasida deputatning mehnat huquqlari kafolati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning hokimiyat vakillik organida ishlagan vaqti umumiy va uzluksiz ish stajiga, avvalgi ixtisosi boʻyicha ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining taʼtili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatiga har yili 36 ish kuniga teng haq toʻlanadigan taʼtil beriladi, qonun hujjatlarida bundan ham koʻproq davom etadigan taʼtil nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges deputatining daxlsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis deputati Oliy Majlisning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — Oliy Majlis Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻqorgʻi Kenges deputati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Joʻqorgʻi Kengesning, sessiyalar oralagʻidagi davrda esa — Joʻqorgʻi Kenges Raisining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Joʻqorgʻi Kenges Raisining rozilik berish haqidagi qarori keyinchalik Joʻqorgʻi Kenges tasdigʻiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis deputatiga nisbatan jinoiy ish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Joʻqorgʻi Kenges deputatiga nisbatan esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kenges deputatini majburan keltirish, ushlash, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yuki, transporti, uy-joyi yoki xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar, Kengashi deputatining daxlsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning rozilik berish haqidagi qarori keyinchalik tegishli hokimiyat vakillik organi tasdigʻiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va Toshkent shahar Kengashining deputatiga nisbatan jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent shahri prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa — tegishli tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Deputatni javobgarlikka tortish uchun rozilik olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, hibsga olish yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortishga Oliy Majlisning va Joʻqorgʻi Kengesning, viloyat, tuman, shahar Kengashining roziligini, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — Oliy Majlis Kengashining, Joʻqorgʻi Kenges Raisining, tegishli hokimning roziligini olish uchun tegishli prokuror taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror ham kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday taqdimnoma deputatga ayb qoʻyish yoki uni qamoqqa olishga sanksiya berish oldidan yoxud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sudga yuborish oldidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori turuvchi prokuror deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani chaqirtirib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning taqdimnomasi kechi bilan bir oylik muddat ichida koʻrib chiqiladi. Taqdimnomada qoʻyilgan masalani hal etish uchun prokurordan zarur qoʻshimcha materiallar ham soʻrab olinishi mumkin, qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli prokuror uch kunlik muddat ichida xabardor qilinadi. Asos boʻlgan taqdirda ilgari qabul qilingan qaror qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Deputat oʻzining deputatlik daxlsizligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganida ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimiyat vakillik organining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda yuqori turuvchi prokuror qarorni bekor qilish va masalani qayta koʻrib chiqishi uchun tegishli hokimiyat vakillik organiga topshirish toʻgʻrisida tegishincha yuqori Kengashga, Joʻqorgʻi Kengesga, Oliy Majlisga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti prokurorning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda kiritilgan taqdimnomasi tegishli hokimiyat vakillik organi tomonidan bir oylik muddat ichida koʻrib chiqilmagan boʻlsa, yuqori hokimiyat vakillik organi tegishli prokuror yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan uning darhol koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma kiritgan prokuror ishni koʻrib chiqish tugagan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida deputatni javobgarlikka tortishga va uni hibsga olishga rozilik bergan hokimiyat vakillik organiga ishni koʻrib chiqish chogʻidagi tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti deputat oʻzi saylangan Kengashga qarashli boʻlmagan hududda jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, hibsga olish yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortish uchun rozilik olish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Deputatlik guvohnomasi va deputatning koʻkrak nishoni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatda deputatlik guvohnomasi va deputatning koʻkrak nishoni boʻladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat tariqasida roʻyxatga olinganidan keyin topshiriladi. Deputatlik guvohnomasi va koʻkrak nishonidan deputat oʻz vakolatlari muddati davomida foydalanadi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 114-modda; 1996-y., 9-son, 141-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda)